
📚 Ibratli Hikoyalar 📚
Хаётий ва Ибратли ҳикоялар... Хикматлар хазинаси...
Инсон такдирини аччик синовлари...
Hamkorlik va reklama uchun
👇
👇
@Bronzam
.
.
.
.
.
.
#Жума_муборак
✨
Азиз диндошим муборак Жуманинг файзи барокати сизга бўлсин
🌙
Энг яқин инсоним кириб келган “Жума” куни муборак бўлсин.
😀
ЯҚИНЛАРИНГИЗНИ БИРИНЧИЛАРДАН БЎЛИБ ТАБРИКЛАНГ
📚
Ibratli Hikoyalar
📚
🌿
Qo‘ng‘iroq ovozi jiringladi. Ayolimning telefonidan chiqayotgan ovoz edi. Shubxa aralash qo‘limga olsam, uyg‘otgich ekan.
"Taxajjudda eringni duo qil" degan yozuvlarni ekranida ko‘rdim. Ovozini o‘chirdim. Ayolim sezmadi. Charchoqdan telefon ovozini xam eshitmadi bechora. Miriqib uxlayabdi.
Unga biroz tikildim. Negadir raxmim keldi. U:
Ota uyida bekami-ko‘st ulg‘aygan, o‘ynab-kulib o‘sgan bir muslima qiz edi.
Bechora qiz aslo tanimagan, bilmagan insoni bilan bir umr yashash maqsadida ota uyidan chiqib kelgan.
Umri davomida degani degan, aytgani aytgan xolda o‘sgan qiz endi bir erning uyida, erning degani degan, aytgani aytgan xolda yashaydi.
Xamma ko‘ngliga qarab katta bo‘lgan qiz endi erining ko‘ngliga qarab yashardi.
Erining barcha achchiq-chuchuk gaplari, kinoyayu-ovozalariga sukut ila sabr qilar, aslo gap qaytarishga botinmasdi.
Tun-u kun qaynona-qaynotaning xizmatida yelib-yuguradigan ayol.
Kamiga erining qarindosh-urug‘lariga xurmat-extirom ko‘rsatib, ularning kesatiq gaplariga parvo qilmaslikka intiladigan bir muslima ayol.
Kun davomida tinimsiz mexnat qilib, yana tun yarmida o‘sha jahldor va qo‘pol eri uchun shirin uyqusidan kechib, uning uchun Alloxga duo qiladigan ayol.
Shuncha qiyinchiligu-mashaqqatlarga sabr qiladigan ayol.
Ust-boshidan nolimaydigan, och qolsa sabr qiladigan, eri olib kelgan bir luqmaga sevinib, Alloxga shukurlar aytadigan ayol.
Eridan barvaqt turib, obdastaga suv ilitib, erini namozga uyg‘otadigan ayol.
Barcha ishlarini yakunlab, Qur’on o‘qibgina yostiqqa bosh qo‘yadigan ayol...
Unga tikilganim sari o‘zimdan nafratlanib ketardim. U esa biron marta nolimagandi.
Bu esa meni vijdonimni yanchardi. Naqadar joxil va beparvo bo‘lgan ekanmana?
Rasulullox sollalloxu alayxi vasallamdan ayollarga qanday muomalada bo‘lish merosiga amal qilmay, kunduzi esa yaqinlarimni sunnatga amal qilishga chorlagan mendayin notavon bormikin?
Yana o‘zimni ummat deya kerilib xam yurardima?!
Ayolim shirin uyquda uxlardi. Uni bezovta qilmadim. Taxorat oldim va Taxajjud o‘qishni boshladim.
Biroz vaqt o‘tmay xonada qadam tovushlari eshitilardi. Shoshilib bosilgan qadamlar taxoratxona tomon bordi.
Birozdan so‘ng esa ayolim orqamda turgan xolda namozda menga iqtido qildi.
Xo‘ngrab yig‘lagan xolda namozni arang yakunladim...
- Begim, nega meni uyg‘otmadingiz?dedi u xijolat ovozda.
Bu esa meni battar qiyin axvolga soldi. Uni bag‘rimga bosgancha, yetkazgan jabr-zulumlarim uchun kechirim so‘rardim.
Bechora ayolim mening jabrimga o‘rganib xam qolibdi, menga hayratomuz boqardi. U nima bo‘lganini tushunmasdi. Men esa namlangan ko‘zda yoshim bilan:
- Menga qanday chidayabsan, bilmadim?! Allox sendan rozi bo‘lsin, dedim...
Shu tundan boshlab xayotim o‘zgardi. Yo‘q, xayotim emas, men o‘zgardim. Ayolim xam avvalgidanda quvnoq va baxtiyor bo‘ldi.
"Xizmatingizni qilib to‘ymayman" derdi tabassum bilan. Ishonasizmi, u qizlik uyidagidanda baxtiyor edi...
Uni ko‘rib esa mening ko‘zlarim quvnardi...
Xurmatli erkaklar!
AYOLINGIZNI SEVING...
📚
Ibratli Hikoyalar
📚
КУЙЛАК ТИКТИРАМАН ДЕБ
ФАСОН КИДИРИБ
НЕЧТА КАНАЛГА КИРИБ ЧИКДИМ БИЛМАЙМАН ЛЕКИН БИТТА КАНАЛНИ ТОПДИМ
💥
Окшом
💥
Кучага
💥
Ишга
💥
катта
ХОХЛАГАН ЁШГА ХОХЛАГАН ЖОЙГА КИЙИШГА ФАСОНЛАР ЖАМЛАНГАН КАНАЛГА КИРИБ ФАСОНЛАРИ ЧИРОЙЛИЛИГИДАН ЧИКИБ КЕТА ОЛМАДИМ
💥
ФАСОНЛАР
💥
https://t.me/+dWuE4wLXj-kwNTMy
https://t.me/+dWuE4wLXj-kwNTMy
💥
ЧЕВАРЛАР ДУНЁСИ
💥
https://t.me/+7zxZcKM1gO8xOTMy
🌿
Ishonmang...
Yaxshi o‘g‘lim bor deya, ishonmang: uylantirmasdan...
Yaxshi qo‘shnim bor deya ishonmang: katta dardga yo‘liqmasdan...
Yaxshi tanishim bor deya ishonmang: boshing baloga kirmasdan...
Yaxshi ishim bor deya ishonmang: xastalanib, to‘shakka mixlanmasdan...
Yaxshi aka-ukam bor deya ishonmang: oraga moddiyat kirmasdan...
Yaxshi hosilim bor deya ishonmang: omboring bug‘doyga to‘lmasdan...
Yaxshi do‘stim bor deya ishonmang: oraga do‘st ko‘ringan birisi kirmasdan...
Raxmattulloh Doniyor
📚
Ibratli Hikoyalar
📚
🌿
Diniy ilmlardan xabardor bir ayol universitetda ayollarga dars berar edi. Bir kuni u ta’lim berayotgan ayollarga shunday dedi:
- Taqvodor ayol Payg‘ambar s.a.v ga ergashgan holda o‘z eriga ko‘pxotinlik sunnatini tiriltirishida yordam berishi va erining istagini rad qilmasligi kerak.
Keyin u ko‘pxotinlikning zarurati haqida sabablar keltira boshladi.
Dars tugaganidan so‘ng uning oldiga Fathiya ismli bir ayol keldi va:
- Alloh sizga yordam bersin. Oldin qanday qilib ushbu masala bo‘yicha yoningizga kelishni bilmay yurardim. Ammo, alhamdulillah, siz buni juda yaxshi tushunarkansiz. Men 4 yildan beri sizning eringiz bilan yashayapman va buni sizga qanday aytishni bilmayotgandim.
O‘qituvchi hushsiz yerga yiqildi va uni kasalxonaga olib ketishdi. Fathiya ham ular bilan ketdi. Ayol hushiga kelganda, unga:
- Allohga qasamki, men sizning eringizni tanimayman va ko‘rmaganman. Keling, keyingi safar ibodat, ro‘za, ota-onaga yaxshilik haqida gapiring, o‘zingiz ko‘tara olmaydigan narsalarni emas
💰
Boylik va baraka uchun zikrlar!
Boylik nafaqat mol-mulk, balki rizqning barakasi va qalbning xotirjamligidir. Quyidagi zikrlar halol rizqning kengayishi va baraka uchun tavsiya etiladi:
🔹
1. "Ya Razzaq" – Ya’ni, "Ey rizq beruvchi Alloh!" Har kuni 308 marta aytish tavsiya etiladi.
🔹
2. "Hasbunallahu wa ni’mal wakeel" – Har qanday moliyaviy qiyinchilikda 450 marta o‘qish tavsiya etiladi.
🔹
3. "La hawla wa la quwwata illa billah" – Rizqning ko‘payishi va qiyinchiliklardan qutulish uchun ko‘p takrorlash foydalidir.
🔹
4. "Astaghfirullah" – Tavba qilish rizq eshiklarini ochadi. Har kuni 100 marta aytish tavsiya etiladi.
🔹
5. "Voqea surasi" – Bu surani har kecha o‘qish moliyaviy barakaga sabab bo‘ladi.
Halol mehnat bilan birga Allohga tavakkul qilish eng muhim kalitdir!
📚
Ibratli Hikoyalar
📚
ПСИХОЛОГИК ТEСТ
👍
Бош бармоғингизнинг туриш ҳолати сизнинг шахсиятингиз ҳақида нима дейди?
Жавоблар
👇🏽
🌿
Qiyomatli doʻst...(hikoya)
Bir kuni ishdan chiqib, bir taksiga o‘tirdim. Haydovchi, sochi oppoq yoshi ancha ulug‘, qariya otaxon kishi ekan. Men ularga:
- “Amaki, farzandlaringizni qarzidan qutilib, hammasini uyli-joyli qilib bo‘lmaganmisiz”, - deb so‘radim. Ular menga:
- “Ha, o‘z farzandlarimni hammasini oilali, uyli-joyli qilib bo‘lganman, ammo, yana 2 ta qiz farzandlarim bor, ular uchun ishlab yuribman,” - dedi. Bu javobdan yana hayron bo‘ldim. Shunda ular menga:
- “Alloh uchun qiyomatli do‘st tutingan jo‘ram bor edi. Juda qadrdon edik. U qazo qilayotganida menga o‘zining 2 ta qizini vasiyat qilib, ularni yaxshi joyga uzatishimni so‘ragan edi,” — deb tushuntirish berdi. – “Do‘stim - juda yaxshi edi. Men oilamdan uzoqda yurgan vaqtlarimda u mening farzandlarimni o‘ylab bozor qilib eshikdan kirmasdan, farzandlarimga oziq-ovqat yetkazib, ulardan doim habar olib yurgan. Biz Allohning roziligi uchun, oxiratimiz uchun - do‘st tutinganmiz"- dedi. Taksist amaki, yana: “Shu do‘stimning 2 ta qizlarini uzatmagunimcha, Alloh meni jonimni olmay tursin, mana ishlab ularni to‘yiga ancha sep sarposini yig‘ib qo‘ydim, hammasi tayyor bo‘lib qoldi, InshaAlloh endi yaxshi joyga nasib etsa, ularni uzatib olsam, keyin yorug‘ yuz bilan do‘stimni oldiga borsam deb umid bilan yashab, Allohdan rizq so‘rab yuribman,” - dedi.
Men yig‘lab yubordim. Ha, hali shunday imoni mukammal insonlar oramiz borda. O‘shalar borligi uchun bu dunyo - shuncha razolatlar bilan ham qiymat bo‘lmasdan turibdida, deb o‘yladim.
O‘sha amaki bilan xayrlashar ekanman, ularga juda havasim keldi. Chunki, uning haqiqiy IMONI bilan birga - qiyomatli, vafodor do‘sti bo‘lgan ekan.Bu insonlarga havasim keldi. Qiyomatli do‘stlar ko‘paysin.
📚
Ibratli Hikoyalar
📚
SHUNAQA NEJNI MAKE UP
💄
🫠
O’ZLARIZ QILISHNI O’RGANISHNI XOLISLAMI UNDA
@FITNES_DANCEE
KANALI SIZGA YORDAM BERADI
AYNIQSA BAYRAMLADA BAZMLAGA
🥳
🌹
CHIROYLI MAKIYAJ PRICHOSKALANI O’RGANVOLILA
😻
👱🏻♀️
🫶🏻
🌿
Xalifa Umar ibn Xattob roziyallohu anhu sutga suv aralashtirib sotishni taʼqiqladi. Xalifaning qarori musulmonlar orasida eʼlon ham qilindi. Qonun kuchga kirdi.
Umar ibn Xattob odatiga koʻra tunda koʻcha aylanib fuqaro holini oʻrganar ekan, banogoh bir hovli oldida ikki ayol – ona va qizning suhbati quloqqa chalindi. Ona qizga:
Sutga tezroq suv aralashtir saxar vaqti boʻlib qoldi—der edi. Qiz esa:
Yoʻq. Xalifa Umar bu ishni taʼqiqlagan—dedi.
Xozir seni Umar koʻrib oʻtiribdimi, tezroq boʻl vaqt oʻtyapdi…
Umar koʻrmagani bilan Umarning Rabbisi koʻrib turibdi Ey Ona! Umardanku yashirarman, lekin Rabbisidan yashira olmayman. Shunday ekan, bugundan boshlab sutga suv aralashtirib sotish yoʻq—deb qatʼiy javob berdi qiz.
Qizning qatʼiyatligi, itoati, halolligi, taqvosi, shariat amrini moddiy manfaatidan ustun koʻra olishi, oxirati uchun dunyosidan voz kecha olishi moʻminlar amiri Umar ibn Xattob roziyallohu anhuni lol qoldirdi.
Erta tong. Umar ibn Xattob Oʻgʻli Osimni yoniga chaqirdi va: falon mahallaga borib, falon xonadonga uchra. U yerda bir qiz bor, uni soʻrab-surishtirib kel—dedi. Osim otasi aytgan manzilni topib bordi va qiz haqida soʻrab-surishtirib keldi. Otasiga kelib aniqlaganlarini aytdi. Umar ibn Xattob: endi seni oʻsha qizga uylantiraman—dedi. Ikki yoshning fotihasi oʻqildi, ikkovlari oila qurishdi. Ularning birinchi farzandi qiz boʻldi. Qizaloqqa Laylo deb ism qoʻydilar. Laylo binti Osim ibn Umar ibn Xattob.
Xalifa Umar ibn Xattob roziyallohu anhuning bu nabirasi Laylo honimga Abdulaziz ibn Marvon ibn Hakam uylandi. Ulardan esa tarixda “Ikkinchi Umar” nomi bilan mashhur xalifa Umar ibn Abdulaziz rahimahulloh tugʻildi.
Bir qizning iymoni, taqvosi, eʼtiqodi, halolligi va shariatga itoati uni ikki dunyo saodatiga musharraf qildi. Qiz arzimas harom boylikdan voz kechgani uchun Alloh uni xalifaga kelin qildi, to qiyomatgacha musulmonlarning qalbidan oʻchmaydigan odil amir—Umar ibn Abdulazizga ona qildi! Halollik bilan baxt topdi! Ilohim Laylo honim kabi muslimalar koʻpaysin!
- Abu Muhammad Abdulloh
“Siyratu Umar ibn Abdulaziz”
📚
Ibratli Hikoyalar
📚