Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

IHMA Sirdaryo viloyati

ihma_sirdaryoviloyati
Subscribers
1 160
Post views
305
ER
26,1%
Posts
4 001
October 24, 10:53
Media unavailable
2
Show in Telegram

Sardobada ijtimoiy xizmatlar va ehtiyojmand oilalar bilan ishlash holati o‘rganildi
Ijtimoiy himoya milliy agentligi Sirdaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i Sardoba tumanida bo‘lib, mahallalarda
ijtimoiy xizmatlarni tashkil etish
jarayoni,
kambag‘al oilalar
bilan ishlash hamda
"Saxovat va ko‘mak" jamg‘armasi mablag‘larining maqsadli sarflanishi
bilan bog‘liq masalalarni o‘rgandi.
Tashrif davomida uy taʼmiri, kiyim-kechak va oziq-ovqat mahsulotlari uchun ajratilayotgan mablag‘lardan samarali foydalanish, taʼminotchi tadbirkorlar bog‘liq muammolar, tahlil qilindi.
Kun yakunida boshqarma rahbari
"Nurli maskan" maktab-internati
dagi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari va infratuzilmalar holati bilan tanishdi.
📝
@IHMA_Sirdaryoviloyati

October 24, 09:07
Media unavailable
2
Show in Telegram

#Mediya_loyiha
INSON HIKOYA EMAS — HAYOT EGASI
Aziza Umirova — chap qo‘li amputatsiya qilingan bo‘lishiga qaramasdan, hayotga bo‘lgan ishonchi va mehnatsevarligi bilan atrofdagilarga namuna bo‘la olgan ayol.
Bir paytlar boquvchisini yo‘qotib, to‘rt nafar farzandi bilan yolg‘iz qolgan Aziza opa bugun o‘z tikuv ustaxonasida shogirdlar tayyorlayapti.
Ijtimoiy xodim va mahalla ko‘magi bilan ishga joylashdi, oilasida barqarorlik yaratdi.
Uning hayoti — sinovlarni yengish, mehnat bilan orzuga yetish mumkinligining yorqin namunasi.
Batafsil videoda...
📝
telegram
💻
instagram
📝
facebook
🐧
xcom
🎞
youtube
🎖
ihma.uz

October 24, 06:53
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

#OAV
#UzA
“Eng yaxshi ijtimoiy loyiha” tanlovi o‘tkazildi
Batafsil:
https://uza.uz/uz/posts/eng-yaxshi-izhtimoiy-loyiha-tanlovi-otkazildi_774499
📝
@IHMA_Sirdaryoviloyati

October 24, 06:48
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

«London Post»: O‘zbekiston siyosati har tomonlama iqtisodiy o‘sish va inklyuziv ijtimoiy himoyaga o‘tdi
Britaniyaning mashhur London Post yangiliklar portalida
O‘zbekistonning kambag’allikni qisqartirish va ijtimoiy himoyaning yangi modeli tajribasi
haqida
maqola
chop etildi.
Maqolani o'qing
📝
telegram
💻
instagram
📝
facebook
🐧
xcom
🎞
youtube
🎖
ihma.uz

October 23, 15:41
Media unavailable
2
Show in Telegram

Boyovut va Sayxunobodda ijtimoiy xizmatlar o‘rganildi
Ijtimoiy himoya milliy agentligi Sirdaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i tomonidan Boyovut va Sayxunobod tumanlarida ijtimoiy xizmatlar samaradorligi o‘rganildi.
Aholining ehtiyojmand qatlamiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar, ularni qamrab olish darajasi va xizmat sifatini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Shuningdek, “Kambag‘al oilalar reyestri”ga kiritilgan fuqarolar hamda reyestrga kiritish rad etilgan oilalarning holati o‘rganilib, ularni bandlik va daromadli faoliyatga jalb etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
📝
@IHMA_Sirdaryoviloyati

October 23, 11:45
Media unavailable
5
2
Show in Telegram

Farg‘onada ijtimoiy himoya masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
Bugun Farg‘ona viloyati hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining o‘rinbosari
Muxtorxon Tashxodjayev
hamda mutasaddi vakillar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Muloqot davomida aholining ehtiyojmand qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish, ularni sport va mehnat faoliyatiga jalb etish, shuningdek, jamoatchilik asosida amalga oshirilayotgan parasport loyihalarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Yig‘ilish yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Farg‘ona viloyati boshqarmasiga
Saidfarrux Islamov
tayinlangani ma’lum qilindi. U ishtirokchilarga rasman tanishtirildi va yangi rahbar sifatida hududda ijtimoiy islohotlarni samarali davom ettirish vazifasi yuklatildi.
📝
telegram
💻
instagram
📝
facebook
🐧
xcom
🎞
youtube
🎖
ihma.uz

October 23, 10:29
Media unavailable
2
Show in Telegram

#press_tur
🥹
Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan Termiz shahrida OAV vakillari uchun tashkil etilgan press-turga start berildi
🇺🇿
Tadbirda 15 nafardan ziyod OAV vakillari va blogerlar ishtirok etmoqda.
☺️
Ishtirokchilar dastlab shahar markazidagi «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazida bo'ldi.
📝
telegram
💻
instagram
📝
facebook
🐧
xcom
🎞
youtube
🎖
ihma.uz

October 23, 08:22
Media unavailable
3
2
Show in Telegram

IJTIMOIY HIMOYA MILLIY AGENTLIGI SANATORIYLARIDA SO‘G‘LOMLASHTIRISH KO‘LAMI KENGAYMOQDA
↗️
2025-yil yanvar–sentyabr oylaridagi natijalar:
Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi 11 ta sanatoriyda jami 53,1 ming nafar fuqaroning sog‘lomlashtirilishiga erishildi.
Bu ko‘rsatkich 2024-yilga nisbatan 114,8 foizga o‘sdi (2024-yilda — 46,1 ming nafar).
↗️
Shu jumladan:

Yo‘llanma asosida: 40,9 ming nafar (2024-yilda — 33,7 ming, +121,4%)

Pullik asosda: 12,2 ming nafar (2024-yilda — 12,3 ming)
👥
Yo‘llanma bo‘yicha sog‘lomlashtirilganlar:

I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar — 27,2 ming nafar (66,4%)

Yoshga doir pensiya oluvchilar — 11,9 ming nafar (29,1%)

O‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz keksalar — 1 022 nafar (2,5%)


Boshqa toifalarga kiruvchi shaxslar — 808 nafar (2,0%)
❗️
O‘tgan yilga nisbatan o‘sish dinamikasi:
1️⃣
Urush nogironlariga tenglashtirilgan shaxslar — 2025-yilda 316 nafar (2024-yilda 120 nafar), 2,6 barobar o‘sish
2️⃣
I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar — 2025-yilda 27 197 nafar (2024-yilda 11 629 nafar), 2,3 barobar o‘sish
Ushbu natijalar Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan aholining ehtiyojmand toifalarini sog‘lomlashtirish, reabilitatsiya va dam olish imkoniyatlarini kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini yaqqol ko‘rsatadi.
🖋
Manba: Ijtimoiy himoya milliy agentligi ma’lumotlari, 2025-yil yanvar–sentyabr.
📝
telegram
💻
instagram
📝
facebook
🐧
xcom
🎞
youtube
🎖
ihma.uz

October 22, 07:26
Media unavailable
4
2
Show in Telegram

O’zbekistonda o'zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarni qo’llab-quvvatlash bo’yicha muhim axborot
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 318-son qaroriga muvofiq, o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan fuqarolarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimi takomillashtirildi.
❗️
Muhim ma’lumot:
Endi 80 yoshdan oshgan keksalarning parvarishga muhtojligini aniqlash uchun shifokor xulosasi talab etilmaydi. Agar ular
Bartel va Lauton
shkalalari bo‘yicha 116 balldan past to‘plasa, parvarishga muhtoj deb hisoblanadi.
Parvarishga muhtoj shaxsga qarab turgan fuqarolarning bu faoliyati ish stajiga qo‘shib hisoblanadi.
❗️
9 oylik natijalar:

Jami kelib tushgan arizalar: 62 761 ta

Qanoatlantirilgani: 61 326 ta (97,7%)

80 yoshdan oshgan keksalarga qarab turuvchilar: 31 370 ta (51,2%)

1-guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga qarab turuvchilar: 25 258 ta (41,2%)

18 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bolalarga qarab turuvchilar: 4 698 ta (7,6%)
Bu o‘zgarishlar keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda ularning yaqinlari uchun qulaylik yaratish, byurokratik to‘siqlarni qisqartirishga xizmat qiladi.
Manba: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 318-son
qarori
📝
telegram
💻
instagram
📝
facebook
🐧
xcom
🎞
youtube
🎖
ihma.uz

October 22, 07:08
Media unavailable
9
2
Show in Telegram

TALABALAR ORASIDA “ENG YAXSHI IJTIMOIY LOYIHA” TANLOVI O‘TKAZILDI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi
Ijtimoiy himoya milliy agentligi Sirdaryo viloyati boshqarmasi
tashabbusi bilan viloyatdagi oliy taʼlim muassasalari talabalari o‘rtasida
“Eng yaxshi ijtimoiy loyiha”
ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Tanlovning maqsadi — yoshlarning ijtimoiy sohadagi bilim va ko‘nikmalarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, aholining ehtiyojmand qatlamlariga yordam beruvchi innovatsion g‘oyalarni rag‘batlantirishdir.
G‘oliblar va ularning ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalari:
1-o‘rin.
“ImkonEdu” – nogironligi bo‘lgan bolalar uchun zamonaviy taʼlim ilovasi loyihasi bilan
Yo‘ldasheva Zamira Baxtiyor qizi
.
😲
Bolalarning imkoniyatlaridan kelib chiqib o‘quv jarayonini moslashtiradi, uyda turib taʼlim olish imkonini yaratadi va ijtimoiy integratsiyani qo‘llab-quvvatlaydi.
2-o‘rin.
“OsonSign” – o‘zbek imo–ishora tilini oson va qiziqarli o‘rganish ilovasi loyihasi bilan
Shamiddinova O‘g‘loy Kamoliddin qizi
.
😲
Eshitishda nuqsoni bo‘lgan fuqarolar bilan muloqot qilishni osonlashtiradi, “hamma uchun ochiq jamiyat” g‘oyasini amalga oshirishga xizmat qiladi.
3-o‘rin.
“Ko‘chma tikuv sexi – ayollar bandligi va hunarmandchilikni rivojlantirish loyihasi” bilan
Hamidova Zarina Sherali qizi
.
😲
Qishloq va chekka hududlardagi ayollar uchun mehnat va daromad imkoniyatini yaratadi, mobil ustaxonalar orqali hunarmandchilikni rivojlantiradi.
Ahamiyatli jihati, tanlov orqali yoshlar ijtimoiy sohadagi muammolarga innovatsion yechimlar taklif etdi, jamiyatda insonparvarlik va ijtimoiy masʼuliyat hissini kuchaytirishga hissa qo‘shdi.
📝
@IHMA_Sirdaryoviloyati