
IHMA Sirdaryo viloyati
#qonunga_sharh
2025-yil 9-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan O‘zbekiston Respublikasining
“Davlat ijtimoiy sug‘urtasi to‘g‘risida”gi
qonun imzolandi
.
✅
Yangi tizim joriy etilishi natijasida:
😲
budjet tashkilotlarida ishlovchi
2,2 mln
nafarga yaqin fuqaro;
😲
xususiy sektorda band bo‘lgan
3,6 mln
nafardan ortiq fuqaro;
😲
yakka tartibdagi tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi, o‘zini o‘zi band qilgan hamda norasmiy sektorda band bo‘lgan
7 mln
nafardan ortiq fuqarolarning ijtimoiy kafolatlari taʼminlanadi.
Maʼlumot uchun:
yakka tartibdagi tadbirkorlar, o‘zini o‘zi band qilgan, dehqon xo‘jaligi va tomorqada ishlovchilar, chet elda yollanib ishlaydigan fuqarolarni sug‘urtalash ixtiyoriy asosda amalga oshiriladi.
📝
telegram
💻
instagram
📝
facebook
🐧
xcom
🎞
youtube
🎖
ihma.uz
Shahnoza Mirziyoyeva Osiyo Paralimpiya qo‘mitasining Osiyo ordeni bilan taqdirlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o'rinbosari, O‘zbekiston Milliy Paralimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari, World Aquatics Byurosi a’zosi Shahnoza Mirziyoyeva tenglik, inklyuziya hamda nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini himoya qilish, ular o’rtasida parasportni targ’ib qilish yo‘lidagi xizmatlari uchun Osiyo Paralimpiya qo‘mitasining Osiyo ordeni bilan taqdirlandi.
Aytish kerakki, aynan ularning tashabbusi bilan O‘zbekistonda Adaptiv sport turlari assotsiatsiyasi tashkil etilib, sport orqali reabilitatsiya qilish jarayoni yanada rivojlanmoqda, ayniqsa nogironligi bo‘lgan ayollar va qizlarning adaptiv sportdagi ishtirokini kengaytirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Shuningdek, Shahnoza Mirziyoyeva Osiyo miqyosida ham parasportni rivojlantirish, davlatlar o‘rtasida hamkorlik va inklyuziv sport dasturlarini qo‘llab-quvvatlashga katta hissa qo‘shib kelmoqda. Uning tashabbuslari tufayli mintaqada adaptiv sport infratuzilmasi rivojlanib, ko‘plab yosh sportchilar uchun yangi imkoniyatlar yaratilmoqda.
Fursatdan foydalanib, Ijtimoiy himoya milliy agentligi jamoasi nomidan Shahnoza Shavkatovnani ushbu yuksak e’tirof bilan samimiy muborakbod etamiz!
📝
telegram
💻
instagram
📝
facebook
🐧
xcom
🎞
youtube
🎖
ihma.uz
#OAV
#TV
📺
"Diyor yangiliklari"
Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ayollar reabilitatsiya qilish va moslashtirish Sirdaryo viloyati hududiy markazi faoliyatiga nazar
📝
@IHMA_Sirdaryoviloyati
Ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi mexanizmlarni mustahkamlashga bag‘ishlangan davra suhbati
Bugun xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi yuqori darajadagi davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Davra suhbatida davlat organlari, fuqarolik jamiyati va xalqaro hamkorlarni birlashtirdi va jabrlanuvchilarni himoya qilishga qaratilgan choralarni muhokama qilishga xizmat qildi.
Tadbir doirasida milliy javob mexanizmlarini mustahkamlash, qonunchilikni takomillashtirish va raqamli xavf tahlili hamda monitoring vositalarini joriy qilish masalalari ko‘rib chiqildi.
Ishtirokchilar jabrlanuvchilar ehtiyojlariga yo‘naltirilgan inklyuziv va tezkor xizmatlarni kengaytirish zarurligini ta’kidladilar. Bu qadam xotin-qizlarni himoya qilish tizimini yanada samarali qiladi.
Ushbu davra suhbati
“Zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakat”
xalqaro kampaniyasining yakuniy tadbiri sifatida o‘tkazildi va Inson huquqlari kunida mamlakat bo‘ylab hamkorlikni mustahkamlash uchun muhim platforma bo‘ldi.
Tadbirda onlayn-ta’qib, kiberstalking, tasvirlarni noqonuniy tarqatish va texnologiyalar orqali sodir bo‘layotgan boshqa zo‘ravonlik shakllari mavzulari muhokama qilindi. Bu xatarlar ayniqsa yosh xotin-qizlar, faollar va jurnalistlar uchun jiddiy muammo hisoblanadi.
Tadbirda YUNFPAning global
“BodyRight” kampaniyasi
O‘zbekistonda rasmiy ishga tushirildi. Loyiha raqamli rozilik, tanaviy avtonomiya va har bir xotin-qizning onlayn zo‘ravonlikdan himoyalanish huquqini ilgari surishga qaratilgan.
O‘zbekiston bo‘ylab zo‘ravonlikka uchragan
867 nafar ayol
ishtirokida
Ijtimoiy siyosat laboratoriyasi
tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot natijalari taqdim etildi.
📝
telegram
💻
instagram
📝
facebook
🐧
xcom
🎞
youtube
🎖
ihma.uz
#OAV
#Gazeta
"Yangi Sirdaryo" gazetasining 9-dekabrdagi 48-49-qo‘shma sonida
"Zo‘ravonlik zanjiri uzilmasa..."
sarlavhasi bilan maqola
chop etildi
.
Unda Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ayollar reabilitatsiya qilish va moslashtirish Sirdaryo viloyati hududiy markazi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar xususida so‘z borgan.
📝
@IHMA_Sirdaryoviloyati
#qonunga_sharh
2025-yil 9-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan O‘zbekiston Respublikasining
“Davlat ijtimoiy sug‘urtasi to‘g‘risida”gi
qonun imzolandi
.
Qonunning yana bir muhim maqsadi
— xususiy sektorda ishlovchi xodimlarga to‘lanadigan nafaqalar bo‘yicha tadbirkorlar zimmasidagi ortiqcha moliyaviy yukni kamaytirishdir.
Oldin homiladorlik va tug‘ruq nafaqasi, vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasi yoki boshqa to‘lovlar ayrim hollarda ish beruvchilar tomonidan qoplab kelinar edi.
Endilikda ushbu nafaqalar to‘liq Davlat ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi tomonidan to‘lanadi.
Batafsil ma'lumot videoda...
📝
telegram
💻
instagram
📝
facebook
🐧
xcom
🎞
youtube
🎖
ihma.uz
#OAV
#Gazeta
"Yangi Sirdaryo" gazetasining 9-dekabrdagi 48-49-qo‘shma sonida
"Har bir bolaga eʼtibor va imkoniyat"
sarlavhasi bilan maqola
chop etildi
.
Unda viloyatda bolalarni ijtimoiy himoya qilish, yetim va ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar haqida so‘z borgan.
📝
@IHMA_Sirdaryoviloyati
#madhiya
O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasii — surdo tilida
📝
@IHMA_Sirdaryoviloyati
#Zo
‘ravonlikkaQarshimiz
#16KunFaollik
🫰
Tazyiq va zo‘ravonlikka “YO‘Q” deng
✅
Zo‘ravonlik hech qachon muammo yechimi emas. Jamiyatning har bir a’zosi ayolmi, erkakmi, bola yoki keksami hurmat va xavfsizlikka loyiq.
16 kunlik faollik doirasida
tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi kurashda barchani hushyorlikka, befarq bo‘lmaslikka va jabrlanganlarga ko‘mak berishga chaqiramiz.
✅
Agar siz yoki atrofingizdagi inson tazyiqdan aziyat chekayotgan bo‘lsa, mahalladagi ijtimoiy xodimga, reabilitatsiya markazlari va mas’ul tashkilotlarga murojaat qiling — yordam bor, yolg‘iz emassiz!
❗️
Bizning maqsad — sukutni buzish; har bir ovoz, har bir aralashuv jabrlanuvchining hayotini o‘zgartirishi mumkin.
🎬
Batafsil videoda...
📝
telegram
💻
instagram
📝
facebook
🐧
xcom
🎞
youtube
🎖
ihma.uz
📢
DIQQAT E’LON!!!
Xotin-qizlar orasida zo‘ravonlik haqida xabardorlikni oshirish maqsadida yangi bot ishga tushirildi!
Xabaringiz bor, mamlakatimiz bo'ylab z
o‘ravonlikka qarshi
“16 kunlik faol harakat” kampaniyasi ishga tushirilgan.
Tadbirlar doirasida ayollar va qizlarning zo‘ravonlikdan himoyalanishi, uning turlari va oqibatlari haqida xabardorligini kuchaytirish maqsadida
@xabardor_ayol_bot
ishga tushirildi.
Ushbu botning asosiy maqsadi —
ayollarni zo‘ravonlikning turlari, belgilari, oqibatlari va yordam olish mumkin bo‘lgan manzillar haqida xabardor qilishdir.
Muhim: Botdagi savollar diagnostika vositasi emas. Ular zo‘ravonlik mavjudligini aniqlash uchun mo‘ljallanmagan va professional skrining o‘rnini bosa olmaydi. Bot faqat ma’lumot berish va xabardorlikni oshirishga xizmat qiladi.
📝
telegram
💻
instagram
📝
facebook
🐧
xcom
🎞
youtube
🎖
ihma.uz