Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

IHMA Sirdaryo viloyati

ihma_sirdaryoviloyati
Murojaat uchun: Telefon: 67 236-10-70 Murojaat uchun: @ihma_sirdaryo_bot
Subscribers
1 270
24 hours
-1
30 days
-32
Post views
235
ER
18,5%
Posts (30d)
41
Characters in post
1 476
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
News
Audience gender
Female
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Healthcare & Medicine
Summary
October 28, 05:32
Media unavailable
15
Show in Telegram

Samarqand Jahon sammiti — xalqaro telekanallar nigohida
21–22-oktabr kunlari Samarqand shahrida o‘tkazilgan
“Bolalar farovonligiga investitsiya: kelajak avlodlar uchun barqaror va adolatli taraqqiyot sari yo‘l” Jahon sammiti
xorijiy ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi.
Xususan,
Euronews, Ummon televideniyesi, Ozarbayjonning Baku TV, Qirg‘izistonning “Ala-Too 24”, Pokistonning Public News va Daily Point
kabi xorijiy axborot manbalari sammitga bag‘ishlangan videomateriallarni e’lon qildi.
🎬
Xalqaro reportajlarda
bolalarning ijtimoiy himoyasi, sifatli ta’lim va tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari, bolalar onkologiyasiga qarshi kurash hamda xalqaro hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, xorijiy jurnalistlar Samarqanddagi
“Imkon” markazi
faoliyati, reabilitatsiya imkoniyatlari va O‘zbekistonda bolalar farovonligini ta’minlash borasidagi amaliy tashabbuslarni ham yoritdi.
Samarqand sammitining xalqaro axborot maydonida keng yoritilishi bolalar farovonligiga investitsiya kiritish global ahamiyatga ega masala ekanini yana bir bor namoyon etdi.
Batafsil ma’lumot:
investinchildren.uz
Ijtimoiy tarmoqlarimiz:
https://taplink.cc/investinchildren

October 27, 07:44
Media unavailable
1
Show in Telegram

Ta’lim sohasidagi islohotlar va bolalar farovonligi — xalqaro ekspert nigohida
“Bolalar farovonligiga investitsiya” Jahon sammiti doirasida tashkil etilgan panel sessiyalarda bolalar ta’limini rivojlantirish, har bir bolaning individual ehtiyojlarini hisobga olish hamda sifatli ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Sammit ishtirokchisi,
World Vision International tashkiloti vakili Tamara Tutnjevic Gorman
ta’lim yo‘nalishidagi muhokamalar yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirdi.
U bilan suhbat davomida bolalar farovonligini ta’minlashda ta’limning o‘rni, xalqaro tajriba va ushbu yo‘nalishdagi tashabbuslarning ahamiyati haqida so‘z yuritildi.
Batafsil ma’lumot:
investinchildren.uz
Ijtimoiy tarmoqlarimiz:
https://taplink.cc/investinchildren

October 26, 14:50
Media unavailable
1
Show in Telegram

The Associated Press (AP) O‘zbekistonning bolalarni qo‘llab-quvvatlash tashabbuslarini alohida e’tirof etdi
AP (The Associated Press)
Samarqandda bo‘lib o‘tgan
“Bolalar farovonligiga investitsiya”
jahon sammiti yakunlari haqida maqola e’lon qildi.
Maqolada sammitda qabul qilingan Samarqand deklaratsiyasi, bolalarni himoya qilish, ularning ta’lim va tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish hamda farovonligiga investitsiyalarni oshirishga qaratilgan vazifalar yoritilgan. Shuningdek, Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyevaning bolalarning bugungi xavfsizligi, salomatligi va qadr-qimmatini ta’minlash muhimligi haqidagi fikrlari keltirilgan.
Nashr Samarqandda ochilgan “Imkon” ko‘p tarmoqli reabilitatsiya markazi haqida ham ma’lumot bergan. Markazning maktabgacha ta’lim bo‘limi 150 nafar bolaga mo‘ljallangan, ambulator bo‘limi esa har oyda 100 nafarga yaqin bolaga reabilitatsiya va maxsus pedagogik xizmat ko‘rsata oladi.
Batafsil ma’lumot:
Associated Press of Pakistan
Ijtimoiy tarmoqlarimiz:
https://taplink.cc/investinchildren

October 26, 05:49
Media unavailable
5
Show in Telegram

#Ijtimoiy_dayjest
🇺🇿
Ijtimoiy Dayjest
O‘tgan hafta davomida mamlakatimiz ijtimoiy himoya sohasida muhim tashabbuslar, samarali loyihalar va xalq farovonligiga xizmat qiluvchi qator tadbirlar amalga oshirildi. Quyida ushbu yo‘nalishdagi eng muhim yangiliklar bilan tanishing.
🇺🇿
Sociallıq Dayjest
Ótken hápte dawamında mámleketimiz sociallıq qorǵaw tarawında áhmiyetli baslamalar, nátiyjeli joybarlar hám xalıqtıń abadanlıǵına xızmet etetuǵın bir qatar ilajlar ámelge asırıldı. Tómende usı baǵdardaǵı eń áhmiyetli jańalıqlar menen tanısıń.
🇬🇧
Social Digest
Over the past week, a number of impactful initiatives, meaningful projects, and people-centered events have taken place in the field of social protection in our country. Below is a summary of the key highlights from this week.
📝
telegram
💻
instagram
📝
facebook
🐧
xcom
🎞
youtube
🎖
ihma.uz

October 25, 07:01
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

O‘zbekiston paralimpiya delegatsiyasi Para Osiyo o‘yinlarida tarixiy natija qayd etdi
Yaponiyaning
Aichi–Nagoya
shahrida bo‘lib o‘tgan
V Para Osiyo
o‘yinlarida O‘zbekiston paralimpiya delegatsiyasi mamlakatimiz parasporti
tarixidagi eng yuqori natijaga
erishdi.
Hamyurtlarimiz musobaqani
45 ta oltin, 49 ta kumush va 51 ta bronza — jami 145 ta medal
bilan yakunlab,
45 ta davlat
orasida Xitoy va mezbon Yaponiyadan keyin umumjamoa hisobida
faxrli 3-o‘rinni
egalladi.
Bu — O‘zbekistonning Para Osiyo o‘yinlari tarixida ilk bor kuchli uchlikdan joy olishi.
✅
Tarixiy o‘sish va yangi marralar
2023-yilda Xanchjouda o‘tkazilgan IV Para Osiyo o‘yinlarida sportchilarimiz 25 ta oltin, 24 ta kumush va 30 ta bronza — jami 79 ta medal bilan 8-o‘rinni egallagan edi.
↗️
Bu gal esa oltin medallar soni 80 foizga, umumiy medallar soni 84 foizga oshdi.
Shuningdek, delegatsiyamiz avvalgi eng yuqori natijalarni ham yangiladi. Jumladan, 2018-yilda Jakartada qo‘lga kiritilgan 33 ta oltin medal hamda 2023-yilgi Xanchjou o‘yinlaridagi 79 ta medal ko‘rsatkichi ortda qoldi.
✅
Ishtirokchilar safi kengaydi
Bu yil O‘zbekiston sharafini
11 ta sport turi bo‘yicha 149 nafar sportchi, jumladan, 77 nafar ayol sportchi himoya qildi.
Para qilichbozlik, bochcha va para kamondan otish yo‘nalishlarida vakillarimiz ilk bor ishtirok etdi. Bobur Toshtemirov esa para velosport bo‘yicha mamlakatimiz tarixidagi ilk oltin medalni qo‘lga kiritdi.
✅
Jahon va Osiyo rekordlari yangilandi
Sportchilarimiz
para yengil atletika, para suzish, para pauerlifting va para velosport
yo‘nalishlarida
1 ta jahon, 8 ta Osiyo va 15 tadan ortiq O‘yinlar rekordini
o‘rnatdi.
✅
Xususan, Ro‘za Qo‘ziyeva para pauerlifting bo‘yicha 73 kg vazn toifasida 152 kg natija qayd etib, jahon rekordini yangiladi.
✅
Shuningdek, Yegor Bolotov, Lolaxon Qodirova, Madina Muxtorova, Shahinaxon Yigitaliyeva, Navruza Ahmadova, Karomat Omonova va Xurshid Qodirov Osiyo rekordlarini qayd etdi.
🧠
Ijtimoiy himoya milliy agentligi V Para Osiyo o‘yinlarida yuksak natijalarga erishgan barcha sportchilarimizni, ularning murabbiylarini hamda paralimpiya delegatsiyasini ushbu tarixiy muvaffaqiyat bilan samimiy muborakbod etadi!
Sizlarning matonatingiz, qat’iyatingiz va yuksak sport mahoratingiz barchamiz uchun faxr va ilhom manbaidir.
Yangi g‘alabalar, ulkan marralar va kelgusi musobaqalarda omad tilaymiz!
📝
telegram
💻
instagram
📝
facebook
🐧
xcom
🎞
youtube
🎖
ihma.uz

October 22, 16:48

Samarqandda bolalar farovonligiga investitsiya kiritish to‘g‘risidagi Deklaratsiya qabul qilindi «Bolalar farovonligiga investitsiya kiritish: kelajak avlodlar uchun barqaror va adolatli rivojlanish sari yo‘l» Jahon sammiti doirasida Samarqandda Bolalar farovonligiga…

October 22, 16:48
Media unavailable
5
Show in Telegram

Samarqandda bolalar farovonligiga investitsiya kiritish to‘g‘risidagi Deklaratsiya qabul qilindi
«Bolalar farovonligiga investitsiya kiritish: kelajak avlodlar uchun barqaror va adolatli rivojlanish sari yo‘l» Jahon sammiti doirasida Samarqandda Bolalar farovonligiga investitsiya kiritish to‘g‘risidagi Samarqand deklaratsiyasi qabul qilindi. Hujjat 21–22 oktyabr kunlari o‘tkazilgan ikki kunlik Sammit yakuniga ko‘ra 22 oktyabr kuni tasdiqlandi.
Sammitni O‘zbekiston BMT Bosh kotibining bolalarga nisbatan zo‘ravonlik masalalari bo‘yicha maxsus vakili, YUNISEF, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va Jahon banki bilan hamkorlikda tashkil etdi. Unda birinchi xonimlar, ijtimoiy himoya, sog‘liqni saqlash, ta’lim va moliya vazirlari, davlatlar, xalqaro tashkilotlar, fuqarolik jamiyati, ilm-fan va biznes vakillari, shuningdek, bolalar va yoshlarning o‘zlari ishtirok etdi.
Deklaratsiyada ishtirokchilar Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyaga va bolaning manfaatlarini eng ustuvor qo‘yish tamoyiliga sodiqliklarini tasdiqladi. Ular bolalar dunyo aholisining uchdan birini tashkil etishini, ularga kiritilgan investitsiyalar sog‘liqni saqlash, ta’lim, mehnat unumdorligi, ijtimoiy hamjihatlik va tinchlikni mustahkamlash sohalarida samara berishini ta’kidladi.
Davlatlar milliy sharoitlar, ustuvor vazifalar va imkoniyatlardan kelib chiqib, quyidagi yo‘nalishlarda ishlashini qayd etdi:
• ijtimoiy himoya tizimlarini rivojlantirish, bolalar va oilalar uchun nafaqalarni, shu jumladan inqiroz davrlarida ham, kengaytirish;
• bolalarni zo‘ravonlik, shafqatsiz muomala va ekspluatatsiyadan, shu jumladan onlayn muhitda, himoya qilish tizimlarini mustahkamlash;
• bolalik chog‘idagi rivojlanishni, inklyuziv ta’lim va sog‘liqni saqlashni qo‘llab-quvvatlash, shu jumladan bolalar saratoniga qarshi kurashish;
• ota-onalar va vasiylarga yordam berish, bolalarning oiladan asossiz ajralishiga yo‘l qo‘ymaslik;
• yoshlarni kelajak iqtisodiyotiga tayyorlash: «yashil» va raqamli ko‘nikmalarni rivojlantirish, munosib mehnat bilan ta’minlash, shu jumladan imkoniyati cheklangan yoshlar uchun.
Alohida bo‘lim moliyalashtirishga bag‘ishlangan. Davlatlar bolalarga davlat investitsiyalarini izchil oshirish hamda milliy byudjetlarni shaffofroq va bolalarning manfaatlarini hisobga oladigan qilishning muhimligini qayd etdi. Xalqaro moliya institutlari, taraqqiyot bo‘yicha hamkorlar, xayriya jamg‘armalari va xususiy sektorga moliyalashtirishni ko‘paytirish chaqiruvi bildirildi. Bu, avvalo, daromadi past va o‘rtacha bo‘lgan mamlakatlar, shuningdek, nizolar, iqlim o‘zgarishi va tabiiy ofatlardan jabr ko‘rgan davlatlar manfaatlariga xizmat qiladi.
Bolalar va o‘smirlar to‘laqonli subyektlar va «o‘zgarishlar agentlari» sifatida tan olindi. Ishtirokchilar ularning qarorlar qabul qilishdagi xavfsiz va mazmunli ishtirokini, shu jumladan Deklaratsiyaning o‘zini amalga oshirishda, ta’minlashga tayyor ekanini bildirdi.
Hujjatni amalga oshirish milliy siyosat va byudjetlar orqali, mamlakatlar o‘zlari belgilaydigan muddatlar va muntazam hisobotlarni hisobga olgan holda nazarda tutiladi. Ishtirokchilar erishilgan natijalarni baholash uchun yana bir bor yig‘ilishga kelishdi. Sammit tashkilotchilariga Deklaratsiyani amalda joriy etishda davlatlarni qo‘llab-quvvatlash taklif etildi.
Ishtirokchilar sammitni Samarqandda tashkil etgani uchun O‘zbekiston xalqi va hukumatiga minnatdorlik bildirib, uni «sivilizatsiyalar chorrahasi» deb atadi.
Sammit yakunlarini «Oskar» mukofoti sovrindori Edrian Broudi sarhisob qildi. U shuningdek Shahnoza Mrziyoyevaga o‘zi chizgan rasmni sovg‘a qildi.
Batafsil ma’lumot:
investinchildren.uz
Ijtimoiy tarmoqlarimiz:
https://taplink.cc/investinchildren

October 22, 16:48

Samarqandda bolalar farovonligiga investitsiya kiritish to‘g‘risidagi Deklaratsiya qabul qilindi «Bolalar farovonligiga investitsiya kiritish: kelajak avlodlar uchun barqaror va adolatli rivojlanish sari yo‘l» Jahon sammiti doirasida Samarqandda Bolalar farovonligiga…

October 22, 16:48
Media unavailable
10
Show in Telegram

Samarqanddagi sammit doirasida «IMKON» markazining ochilish marosimi ham bo‘lib o‘tdi
«Bolalar farovonligiga investitsiyalar: kelajak avlodlar uchun barqaror va adolatli taraqqiyot yo‘lida» xalqaro sammiti doirasida Samarqandda «IMKON» markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva, shuningdek, sammitda ishtirok etayotgan birinchi xonimlar va yuqori martabali mehmonlar qatnashdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimiga kiruvchi ushbu markazda maktabgacha ta’lim, korreksion-pedagogik yordam va kompleks reabilitatsiya uyg‘unlashtiriladi. Har bir bola uchun dastur uning individual ehtiyojlarini hisobga olgan holda tuziladi. Ota-onalar bolasi egallagan ko‘nikmalarni uyda mustahkamlash uchun mutaxassislardan tavsiyalar olishi mumkin.
Maktabgacha ta’lim bo‘limi 150 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, 2 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun 10 ta ixtisoslashtirilgan guruhni o‘z ichiga oladi. Ambulator bo‘limda esa 2 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan oyiga 100 nafarga yaqin bola reabilitatsiya kurslaridan o‘tishi mumkin.
Markazda davolovchi jismoniy tarbiya, nutq va mayda motorikani rivojlantirish, sensor integratsiya mashg‘ulotlari, fizioterapiya va boshqa muolajalar o‘tkaziladi. Bu yerda yetti yo‘nalishdagi shifokorlar, defektolog pedagoglar, logopedlar, psixologlar, reabilitatsiya mutaxassislari va boshqa xodimlar faoliyat yuritadi.
Samarqanddagi markaz Nukus, Qibray, Qarshi va Zarafshondagi muassasalarni ham o‘z ichiga olgan «IMKON» tarmog‘ining yangi bo‘g‘iniga aylandi. 2025-yilda tarmoq muassasalarida 546 mingdan ortiq muolaja va mashg‘ulot o‘tkazilib, 3 777 nafar bola ambulator reabilitatsiyadan o‘tgan.
Tarmoqni kengaytirish davom etmoqda: Farg‘onada markaz qurilishi boshlangan, Namanganda va Toshkent viloyatining Nurafshon shahrida ham shunday muassasalar barpo etish rejalashtirilmoqda.
—
В рамках саммита в Самарканде также состоялось открытие центра «IMKON»
В рамках международного саммита «Инвестиции в благополучие детей: путь к устойчивому и справедливому развитию будущих поколений» в Самарканде состоялась церемония открытия центра «IMKON». В ней приняли участие Первая леди Республики Узбекистан Зироат Мирзиёева, а также первые леди и высокие гости саммита.
В центре, входящем в систему Национального агентства социальной защиты при Президенте Республики Узбекистан, будут сочетаться дошкольное образование, коррекционно-педагогическая помощь и комплексная реабилитация. Программа для каждого ребёнка будет составляться с учётом его индивидуальных потребностей. Родители смогут получать рекомендации специалистов, чтобы закреплять приобретённые навыки дома.
Дошкольное отделение рассчитано на 150 мест и включает 10 специализированных групп для детей от 2 до 7 лет. Амбулаторное подразделение сможет принимать около 100 детей в месяц в возрасте от 2 до 18 лет для прохождения курсов реабилитации.
В центре предусмотрены занятия по лечебной физкультуре, развитию речи и мелкой моторики, сенсорной интеграции, а также физиотерапевтические и другие процедуры. В работе будут участвовать врачи семи специальностей, педагоги-дефектологи, логопеды, психологи, специалисты по реабилитации и другие сотрудники.
Центр в Самарканде стал новым звеном сети «IMKON», в которую также входят учреждения в Нукусе, Кибрае, Карши и Зарафшане. В 2025 году в учреждениях сети провели более 546 тысяч процедур и занятий, амбулаторную реабилитацию прошли 3 777 детей.
Расширение сети продолжается: начато строительство центра в Фергане, ещё аналогичные учреждения планируется построить в Намангане и Нурафшане Ташкентской области.
Facebook
|
Instagram

October 22, 08:10
Media unavailable
2
Show in Telegram

“Hozir mana yaxshi xabar keldi. Yaponiyada Para Osiyo o‘yinlarida biz 3-o‘rinda edik. Hozir 33 ta oltin bo‘lib, 2-o‘ringa chiqdik”
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo faollari bilan muloqot chog‘ida para sportchilarimizning Yaponiyadagi yutuqlari haqida xushxabarni yetkazdi.
Aichi-Nagoya–2026 Osiyo Para o‘yinlarida matonatli sportchilarimiz
105 ta medal
bilan umumjamoa hisobida
2-o‘ringa ko‘tarildi!
🥇
33 ta oltin
🥈
37 ta kumush
🥉
35 ta bronza
O‘zbekiston delegatsiyasi Xitoydan keyingi o‘rinda, mezbon Yaponiya esa uchinchi pog‘onada bormoqda.