Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

ijtimoiyhimoya_agentligi
Subscribers
25 600
Post views
9 940
ER
38,98%
Posts
4 583
July 16, 12:00
Media unavailable
5
2
Show in Telegram

Maxsus maktab-internat yosh futbolchilari jahon chempionatida yurtimiz sharafini himoya qilmoqda
Shvetsiyaning Gyoteborg shahrida futbol bo‘yicha
“Gothia Special Olympics Trophy 2025”
butunjahon yoshlar kubogi xalqaro musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.
Ushbu nufuzli turnir har yili an’anaviy tarzda o‘tkazilib, joriy yilda dunyoning
25 ta
davlatidan maxsus Olimpiada terma jamoalari ishtirok etmoqda.
O‘zbekiston
Maxsus Olimpiada
milliy terma jamoasi ham ushbu musobaqada munosib ishtirok etmoqda.
Milliy terma jamoa tarkibida 78-sonli alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashgan maktab-internatida tahsil oluvchi
10 nafar
o‘quvchi yosh futbolchilar bor.
Musobaqa doirasida O‘zbekiston terma jamoasi quyidagi natijalarni qayd etdi:
O‘zbekiston – Shvetsiya:
3:1
O‘zbekiston – Gonkong:
2:0
O‘zbekiston – Turkmaniston:
6:0
O‘zbekiston – Lyuksemburg:
3:1
Ma’lumot o‘rnida: O‘zbekiston maxsus Olimpiada terma jamoasi bungacha ushbu xalqaro turnirda katta yutuqlarga erishgan – 2021 va 2023-yillarda chempionlikni qo‘lga kiritgan edi.
Turnirning final bahslari 17-iyul kuni bo‘lib o‘tadi va O‘zbekiston jamoasi yana bir bor yurtimiz sharafini munosib himoya etib, yuqori natija ko‘rsatishiga ishonch bildirilmoqda.
📝
telegram
💻
instagram
📝
facebook
🐧
xcom
🎞
youtube
🎖
ihma.uz

July 16, 10:46
Media unavailable
2
Show in Telegram

Og‘ir kechinmalardan so‘ng – ayollar uchun ishonchli qo‘llab-quvvatlash
muhim
!
👥
Buxoro viloyatida zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan ayollarni himoya qilish va ularni jamiyatga qayta integratsiya qilish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
🖋
2025-yilning birinchi yarmida
4235 nafar xotin-qizlarga
himoya orderi berilgan,
312 nafari
esa
“Birlamchi ko‘mak xonalari”
ga joylashtirilib, zarur yordam olgan.
🧮
Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hududiy markazi tomonidan
2025-yilning o'tgan 6 oyi
mobaynida tazyiq va zo'ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga
105 ta ijtimoiy xizmat, 52 ta huquqiy hamda 41 ta psixologik xizmatlar
ko’rsatilgan . Shuningdek, tikuvchilik, bolalar massaji, onlayn savdo va sartaroshlik kabi yo‘nalishlarda kasb-hunar kurslari tashkil etilib, ayollarning mustaqil hayotga qaytishiga ko‘maklashilmoqda.
😮
Alohida e’tiborga molik jihat — markazdan chiqqan ayollar keyinchalik ham “Inson” markazlari va ijtimoiy xodimlar tomonidan doimiy kuzatuvda bo‘ladi. Bu tizim har bir ayolning hayotga qaytishi, o‘zini erkin va himoyalangan his etishi uchun zamin yaratmoqda.
📝
telegram
💻
instagram
📝
facebook
🐧
xcom
🎞
youtube
🎖
ihma.uz

July 16, 06:44
Media unavailable
2
Show in Telegram

❗️
Bilasizmi?
Kambag'al oilalar va ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan oilalardagi
18 yoshdan
katta bo'lgan o'zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga
Ijtimoiy himoya milliy agentligi
"
Kunduzgi qatnov asosida qarab turish"
xizmatini ko'rsatadi.
🧮
Bunda sizning yaqiningizga qarab turish ya'ni yiqilish va jarohatlarning oldini olish, parvarishlash ya'ni ovqatlantirish, gigiyenik tadbirlarni amalga oshirish, muloqot qilish, o'ziga o'ziga xizmat qilishga o'rgatish xizmatlari ko'rsatiladi.
Shuningdek tyutorlik ham bor bu degani gadjetlardan mustaqil foydalanish, kitoblar o'qishga o'rgatish.
Bir mahal issiq ovqat, ikki mahal yengil ovqat, besh ish kuni davomida sakkiz soatgacha bepul xizmat ko'rsatiladi
.
Bir so'z bilan aytganda yaqiningiz ishonchli qo'llarda bo'ladi. Siz bemalol o'zingizga va oilangizga qo'shimcha daromad olib kelishga vaqt topasiz. Xizmatdan foydalanish uchun mahallangizdagi ijtimoiy xodimga hududingizdagi
"Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi
ga murojaat qiling.
📝
Telegram
💻
Instagram
📝
Facebook
🎖
Sayt

July 16, 04:59
Media unavailable
2
Show in Telegram

Keling, gaplashamiz: Manzilli ijtimoiy xizmatlar
Har bir inson hayotida o‘zgarishga muhtoj pallalar bo‘ladi. Kimdir yolg‘izlikni, boshqasi ishsizlik yoki sog‘liq muammosini yengishiga to‘g‘ri keladi.
Ilgari shunday muammolar bilan yashagan mahalla bugun umid va imkoniyat maskaniga aylanmoqda. Ijtimoiy xizmatlarning mahallaga kirib kelishi bilan insonlarning taqdiri va hayoti o'zgarmoqda.
Bu o‘zgarishlar zaminida bir sabab bor — ijtimoiy xizmatlar aholiga yaqinlashdi. Ijtimoiy xizmatlar nafaqat moddiy yordam, balki ishonch, kuch va umid ham bag‘ishlayapti. Eng muhimi, bu xizmatlar yuraklarga yetib bormoqda.
🎬
Batafsil videolavhada
📝
telegram
💻
instagram
📝
facebook
🐧
xcom
🎞
youtube
🎖
ihma.uz

July 15, 13:05
Media unavailable
2
Show in Telegram

#2yil2mlnTaqdir
Bir inson eshitdi, ikkinchisi ishondi — natijada hayot o‘zgardi
👍
Ijtimoiy xodimlar – davlat va fuqaro o‘rtasidagi ko‘prik, ishonch va yordam timsoli. Bu galgi qahramonimiz — faol va fidoyi ijtimoiy xodimlarda biri Doston Elboyev. Uning mehnati tufayli ko‘plab xonadonlarga ijobiy o‘zgarishlar kirib bormoqda.
Mamadaliyevlar oilasida baxtsiz hodisadan so‘ng to‘xtab qolgandek tuyulgan hayot, Doston Elboyevning tashabbusi bilan yana-da harakatga keldi. Davolanishga yo‘llanma, moddiy ko‘mak, farzandlar uchun taʼlim imkoniyatlari — bularning barchasi mahalla va ijtimoiy tizim o‘zaro hamkorligi samarasidir.
Yermolayevlar oilasi esa ishsizlik va kasallik fonida tushkunlikka tushgan edi. Ular ham ijtimoiy xodim yordamida zarur hujjatlarni rasmiylashtirib, moddiy yordamga ega bo‘lishdi.
Qo‘rg‘ontepa mahallasi raisiga ko‘ra, mahallada ijtimoiy xizmatchilar faoliyati yo‘lga qo‘yilgandan buyon kam taʼminlangan oilalar, nogironligi bo‘lgan fuqarolar va yolg‘iz keksalarning muammolari tizimli hal etila boshladi. Davlat yordamini o‘z vaqtida yetkazish, aholi ishonchini tiklash — ijtimoiy xodimlar orqali amalga oshmoqda.
Taqdirlardagi o‘zgarishlar ijtimoiy himoya faqat xizmatlar to‘plami emas, balki inson taqdirini o‘zgartiruvchi kuch ekanini yaqqol ko‘rsatadi.
📺
To‘liq lavhani ko‘rish quyidagi havola orqali
📝
telegram
💻
instagram
📝
facebook
🐧
xcom
🎞
youtube
🎖
ihma.uz

July 15, 11:41
Media unavailable
2
Show in Telegram

#Yoshlarga_hamrohlik
#Bandlik
🎙
Muhammad Alisherov: Men yolg’iz emasman…
☺️
“Yoshlarga hamrohlik” dasturi doirasida minglab yetim va ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan yoshlarga “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan belgilangan xizmatlar ko’rsatib kelinmoqda.

Jumladan, Namangan shahrida istiqomat qiluvchi Muhammad Alisherovga ham bir nechta ijtimoiy xizmatlar taqdim etildi:
🟢
Muhammadga ijtimoiy xodim biriktirildi;
🟢
Unga o’zi qiziqqan sohada oliy ta’limga ega bo’lishi uchun sharoit qilinib, o'quv-kurslarga yo’naltirildi;
🟢
Bandligi ta’minlandi;
🟢
Haydovchilik guvohnomasini olishi uchun o’quv kurslariga to’lov qilindi;
🟢
1% li maxsus kvota asosida Davlat ta'lim grantiga tavsiya etildi.
🎬
Batafsil videoda...
📝
telegram
💻
instagram
📝
facebook
🐧
xcom
🎞
youtube
🎖
ihma.uz

July 15, 10:21
Media unavailable
7
2
Show in Telegram

Xabaringiz bor
, Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Xalqaro inklyuziv habda
O‘zbekistonda ilk bor Xalqaro imo-ishora tili (XIT) kursi
tashkil etildi.
Kurs doirasida Quvayt, Janubiy Koreya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Turkiya va Qozog‘istondan xalqaro ekspertlar ishtirokida 7 ta tadbir o‘tkazildi.
E'tiboringizga
Xalqaro imo-ishora tili kursi
yakunlari yuzasidan sarhisoblarni taqdim etamiz.
___
Как сообщалось
, впервые в Узбекистане в Международном инклюзивном хабе при Национальном агентстве социальной защиты был организован курс Международного жестового языка (МЖЯ).
В рамках курса было проведено 7 мероприятий с участием международных экспертов из Кувейта, Южной Кореи, Германии, Великобритании, Турции и Казахстана.
Представляем вашему вниманию обзор результатов Международного курса жестового языка.
📝
telegram
💻
instagram
📝
facebook
🐧
xcom
🎞
youtube
🎖
ihma.uz

July 15, 06:32
Media unavailable
2
Show in Telegram

#yangi_xizmat
👫
Hududlarda nogironligi bo‘lgan bolalarni kunduzgi parvarish xizmati bilan qamrab olinishi tobora kengayib bormoqda. Bosqichma-bosqich barcha hududlarda davlat-xususiy sheriklik asosida mazkur xizmat yo‘lga qo‘yilmoqda.
Navbatdagi manzil Navoiy viloyati Navbahor tumani bo‘ldi.
👩‍👩‍👧‍👦
Barcha sharoitlarga ega muassasada
3 yoshdan 18 yoshgacha
bo‘lgan bolalar tengdoshlari bilan muloqotga kirishib, qo‘shimchasiga ularga psixologik va ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatilmoqda.
🏃
Tarbiyachilar tomonidan turli xil rivojlantiruvchi mashg‘ulotlarning tashkil etilayotgani esa ularda yangi hayotiy ko‘nikmalar shakllanishida yordam bermoqda.
↗️
Eng asosiysi endi doimiy ravishda farzandining yonida bo‘lgan onalar uy-ro‘zg‘or ishlariga hamda o‘zi uchun ham vaqt ajrata oladi. Kasb o‘rganishga, hunar egallashga imkoni bo‘ladi. Ishlab jamiyatga qo‘shilib, oilasiga daromad olib kelishi mumkin.
🎬
Batafsil videoda bilib olishingiz mumkin.
📝
telegram
💻
instagram
📝
facebook
🐧
xcom
🎞
youtube
🎖
ihma.uz

July 15, 04:53
Media unavailable
2
Show in Telegram

#ijtimoiy_xodim
Ijtimoiy himoya — insoniylik timsoli!
Qiziriq tumanidagi “Yangi turmush” mahallasida mehr, e’tibor va ijtimoiy g‘amxo‘rlik hayotlarni o‘zgartirmoqda.
🤝
Zohidjon Choriyev II-guruh nogironligi bo‘lishiga qaramay, o‘z mahallasining fidoiy ijtimoiy xodimi sifatida faoliyat olib bormoqda. U yuragidagi mehr, irodasi va fidoiyligi bilan ko‘plab oilalarga umid, ishonch va farovonlik olib kirmoqda.
Farmon To‘raqulov oilasi bunga yorqin misol.
Ko'rsatilgan kompleks ijtimoiy xizmatlardan so'ng:

Nabiralari uchun vasiylik huquqini olib, mehribon bobolik qilmoqda;

Qizi Sayyoraga subsidiya asosida tikuv mashinasi olib berilib, o‘z ishini boshlashiga yo‘l ochildi;

Issiqxona barpo etilib, doimiy daromad manbai yaratildi;

Bolalar to‘garaklarga jalb qilinib, iste’dodlarini rivojlantirishga imkon yaratildi;

Tibbiy ko‘rik, sanatoriyga yo‘llanma va dars uchun jihozlar bilan ta'minlandi.
🎬
Batafsil videolavhada...
📝
telegram
💻
instagram
📝
facebook
🐧
xcom
🎞
youtube
🎖
ihma.uz

July 14, 16:14
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

🟦
🟦
🟦
2025-yilning I-yarim yilligi yakuni bo‘yicha surdo-tarjimonlar faoliyati to‘g‘risida ma'lumot
👐
Ijtimoiy xizmatlarni mahalla darajasida tashkil etish va eshitish hamda so‘zlashish bilan bog‘liq alohida ehtiyoji bor shaxslarga qulayliklar yaratish maqsadida surdo-tarjimonlar guruhi (1 nafar surdo-tarjimon koordinatori va 1 nafar surdo-tarjimon) jalb qilingan.
👮‍♂️
Surdo-tarjimonlarning vazifasi
— eshitish qobiliyati cheklangan (kar va eshitishda muammosi bor) shaxslar bilan ijtimoiy xodimlar o‘rtasida (videoaloqa vositalari yordamida) samarali muloqotni ta’minlashdir.
M. Kosterina va G. Rahmatullayeva 2023 yil dekabr oyidan buyon faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
2023-yil dekabr oyidan buyon 17 278 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, 2024 yilning so‘nggi 6 oyligida murojaatlar soni 6,3 mingni tashkil etgan.
2025-yilning birinchi yarim yilligida bu ko‘rsatkich 900 taga kamayib, 5,4 mingga yetgan.
2025-yilning so‘nggi 6 oyligida:

eng ko‘p murojaatlar Samarqand (1 429 ta) va Xorazm (1 270 ta);

eng kam murojaatlar Qashqadaryo (95 ta), Sirdaryo (96 ta) hamda Buxoro (96 ta) viloyatlariga to‘g‘ri kelmoqda.
📝
telegram
💻
instagram
📝
facebook
🐧
xcom
🎞
youtube
🎖
ihma.uz