Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

ijtimoiyhimoya_agentligi
Подписчики
37 854
24 часа
-1
30 дней
-313
Просмотры
6 730
ER
17,78%
Посты (30д)
121
Символов в посте
1 553
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Новости
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Государственный и публичный сектор
Краткое описание
September 11, 04:01
Файлы недоступны
5
1
Открыть в Telegram

Xorazmda 156 ta ehtiyojmand oila munosib uy-joy bilan ta’minlanadi
Uy-joy sharoitining og’irligi oilaning ijtimoiy holatiga bevosita ta’sir qilishi mumkin. Munosib va xavfsiz yashash sharoitining yo‘qligi oilaning
barqaror hayot kechirishi va mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalanishiga
qo‘shimcha to‘siqlar yaratadi.
Oilani qo‘llab-quvvatlashda esa uning
ehtiyojlarini har tomonlama hisobga olgan
holda zarur sharoitlarni yaratish muhim. Barqaror hayot uchun
moddiy ko‘mak, bandlik, ijtimoiy xizmatlar, ta’lim va tibbiy yordam
bilan bir qatorda,
munosib va xavfsiz uy-joy ham
ana shunday muhim omillardan biridir.
Shu maqsadda Ijtimoiy himoya milliy agentligi, “InFinBank” AJ va Xorazm viloyati hokimligi o‘rtasida
ehtiyojmand oilalarning uy-joy sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan hamkorlik memorandumi
imzolandi.
Kelishuv doirasida 156 ta ehtiyojmand oilaning
ijtimoiy holati va uy-joyga bo‘lgan real ehtiyoji
o‘rganilib, ularni munosib xonadon bilan ta’minlash bo‘yicha amaliy ishlar olib boriladi.
Loyiha doirasida Agentlik Xorazm viloyati hokimligi tomonidan taqdim etilgan oilalar ro‘yxatini o‘z vakolatlari doirasida o‘rganadi, ularning ijtimoiy holati hamda uy-joyga bo‘lgan real ehtiyojini baholaydi.
Mazkur tashabbus Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham amalga oshirilgan. Uch tomonlama memorandum doirasida
101 ta yosh oila
yangi xonadonga ega bo‘lgan edi. Endi esa ushbu tashabbus Xorazm viloyatida davom ettirilmoqda.
156 ta oila uchun bu shunchaki yangi xonadon emas. Bu — xavfsiz yashash muhiti, oilaviy barqarorlik va kambag‘allikdan chiqish yo‘lida muhim qadam.
📝
telegram
💻
instagram
📝
facebook
🐧
xcom
🎞
youtube
🎖
ihma.uz

September 10, 14:04
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

Erta yordam — bolalar uchun muhim qadam
Jondor tumanida yo‘lga qo‘yilgan
“Erta aralashuv”
xizmati orqali rivojlanishida kechikish va nuqsonlari bo‘lgan 0-3 yoshdagi bolalarga kompleks yordam ko‘rsatilmoqda.
Bu yerda bolalarning jismoniy, ruhiy va nutqiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida psixolog, defektolog, logoped, LFK yo‘riqchisi va oligofrenopedagog kabi mutaxassislar tomonidan mashg‘ulotlar olib boriladi.
“Erta aralashuv” boladagi rivojlanish muammolarini erta aniqlash va zarur ko‘makni o‘z vaqtida yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladi.
🎬
Batafsil videoda
📝
telegram
💻
instagram
📝
facebook
🐧
xcom
🎞
youtube
🎖
ihma.uz

September 10, 11:00
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

📢
Parvarish xizmatlarini ko‘rsatuvchi shaxslar faoliyati qonuniy rasmiylashtirilishi lozim
O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga parvarish xizmatlarini ko‘rsatish mas’uliyat va professional yondashuvni talab qiladi. Shu sababli bunday xizmatlarni ko‘rsatuvchi shaxslar bilan mehnat munosabatlarini qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirish muhim.
🖋
Mehnat kodeksiga ko‘ra:

Mehnat shartnomasi yozma shaklda, kamida ikki nusxada tuziladi va taraflar tomonidan imzolanadi. Uning bir nusxasi xodimga beriladi (
106-modda
).

Tuzilgan mehnat shartnomasi ish beruvchi tomonidan
uch ish kunidan kechiktirmay Yagona milliy mehnat tizimida (YMMT) ro‘yxatdan o‘tkazilishi shart
(
109-modda
).

Mehnat shartnomasi asosida ishlovchi xodimga mehnatiga haq to‘lash, dam olish, mehnatni muhofaza qilish, ijtimoiy sug‘urta va qonunchilikda belgilangan boshqa kafolatlar ta’minlanadi.
🖋
“Faol hayotga qadam” dasturi doirasida
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-iyundagi 376-son qaroriga muvofiq, dastur doirasida ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatuvchi shaxslar uchun
36 soatdan kam bo‘lmagan qisqa muddatli o‘quv kurslari
tashkil etiladi.
Kursni muvaffaqiyatli tamomlagan shaxslarga
3 yil muddatga amal qiluvchi sertifikat
beriladi.
2026-yil 1-iyundan boshlab
dastur doirasidagi ijtimoiy xizmatlar ushbu sertifikatga ega bo‘lgan shaxslar tomonidan ko‘rsatiladi.
Shuningdek, xizmat ko‘rsatuvchi shaxslar xizmatdan foydalanuvchilarning
shaxsiy ma’lumotlarini sir saqlashi
shart.
❗️
MUHIM!
Parvarish xizmatlarini ko‘rsatuvchi shaxsni mehnat munosabatlarini qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirmasdan ishga jalb qilish xodimning mehnat huquqlari va qonuniy manfaatlari ta’minlanmasligiga hamda qonunchilik talablarining buzilishiga olib kelishi mumkin.
Shu munosabat bilan parvarish xizmatlarini tashkil etuvchi
jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarni
amaldagi qonunchilik talablariga rioya qilishga chaqiramiz.
🤝
Qonuniy rasmiylashtirilgan mehnat — xodimning huquqiy himoyasi va munosib mehnat sharoitlarining muhim kafolatidir.
📝
telegram
💻
instagram
📝
facebook
🐧
xcom
🎞
youtube
🎖
ihma.uz

September 10, 08:20
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbari
Saida Shavkatovna Mirziyoyeva
hozirgi lavozimi bilan o‘rindoshlik asosida Toshkent xalqaro moliya markazi boshqaruvchisi lavozimiga tayinlandi.
Boshqaruvchi Moliya markazi kengashining Bosh kotibi hisoblanadi, kun tartibini shakllantirishni tashkil etadi, rais qatnashmagan majlislarda ularga raislik qiladi.
Moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yishni muvofiqlashtirish boshqaruvchi faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘ladi. Birinchi navbatdagi hujjatlarni tayyorlash, davlat organlari va Markaz tuzilmalari o‘rtasidagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish shular jumlasidan.
Shuningdek, Moliya markazi nomidan O‘zbekistonda va xorijda xalqaro tashkilotlar, investorlar hamda hamkorlar bilan munosabatlarda Markazga vakillik qilish, kadrlar bo‘yicha qarorlar qabul qilishda ishtirok etish, jumladan, Moliya markazi ma’muriyatining ijrochi direktorini va uning o‘rinbosarlarini tayinlash, Moliyaviy xizmatlar boshqarmasi rahbariyati bo‘yicha tavsiyalar kiritish ham boshqaruvchining muhim funksiyalari sirasiga kiradi.
Boshqaruvchi, shuningdek, bitimlar tuzish, ishchi guruhlar tashkil etish va ekspertlarni jalb qilish huquqiga ega.

Указом Президента Республики Узбекистан Руководитель Администрации Президента Республики Узбекистан
Мирзиёева
Саида Шавкатовна
назначена на должность управляющего Ташкентского международного финансового центра по совместительству с ныне занимаемой должностью.
Управляющий считается Генеральным секретарем Совета Финансового центра, организует формирование повестки, а в отсутствие председателя – председательствует на его заседаниях.
Ключевым направлением деятельности управляющего станет координация запуска Финансового центра: подготовка первоочередных документов, выстраивание взаимодействия между государственными органами и структурами центра.
В числе важных функций также представление Финансового центра во взаимоотношениях с международными организациями, инвесторами и партнерами в Узбекистане и за рубежом, а также участие в кадровых решениях, включая назначение исполнительного директора Администрации Финансового центра, его заместителей и внесение рекомендаций по руководству Управления финансовых услуг.
Управляющий также вправе заключать соглашения, создавать рабочие группы и привлекать экспертов.
Facebook
|
Instagram
|
X

September 10, 07:02
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

Mehnat orqali mustaqillik sari
Buxoro shahridagi “
G‘amxo‘rlik” markazida
vasiylikka olingan xotin-qizlarning mustaqil hayot ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan
mehnat terapiyasi
yo‘lga qo‘yilgan.
Markazning
issiqxonasida
ayollar ko‘chat ekish, o‘simliklarni parvarishlash va hosil yetishtirishda ishtirok etmoqda. Shuningdek,
ro‘molcha tikish sexida
mehnat qilayotgan xotin-qizlar tikuvchilik ko‘nikmalarini egallab, o‘z mehnati orqali daromad topmoqda.
Muhimi, bajarilgan mehnat uchun ularga
ish haqi to‘lanib, mablag‘lar shaxsiy bank kartalariga o‘tkazib beriladi
. Bu esa xotin-qizlarning mehnatga qiziqishini oshirish, o‘z imkoniyatiga ishonchini mustahkamlash va
iqtisodiy mustaqillikka bir qadam yaqinlashishiga
xizmat qilmoqda.
🎬
Batafsil videoda
📝
telegram
💻
instagram
📝
facebook
🐧
xcom
🎞
youtube
🎖
ihma.uz

September 10, 05:32
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

#mutaxassisresursi
🗣
Kasbiy kuyishning oldini olishda SMART texnikasi
📝
SMART texnikasi kasbiy kuyishni oldini olishda ish jarayonidagi maqsadlarni aniq belgilash, professional chegaralarni saqlash va tiklanishga qaratilgan faoliyatni rejalashtirish uchun foydali yondashuvdir.
SMART yondashuvi kasbiy kuyish profilaktikasida:
S – Specific (aniq):
“O‘zimga ko‘proq vaqt ajrataman” emas, balki “Har ish kunida tushlikdan keyin 10 daqiqa tiklanish uchun tanaffus qilaman”.
M – Measurable (o‘lchanadigan):
“Stressni kamaytiraman” o‘rniga “Haftada kamida 3 marta 30 daqiqalik jismoniy faollik bilan shug‘ullanaman”.
A – Achievable (erishish mumkin):
juda katta o‘zgarishlardan boshlash emas, mavjud imkoniyat va resurslarga mos kichik, barqaror odatlarni shakllantirish.
R – Relevant (ahamiyatli):
maqsad aynan xodimning professional farovonligiga xizmat qilishi kerak. Masalan, hissiy jihatdan murakkab holatlarni yolg‘iz boshqarishga urinish o‘rniga superviziyadan muntazam foydalanish.
T – Time-bound (muddatli):
maqsadning aniq muddati bo‘lishi kerak: “Keyingi 4 hafta davomida har juma kuni 15 daqiqa ajratib, o‘z hissiy holatim va professional chegaralarimni tahlil qilaman”.
📝
Ijtimoiy xodim uchun SMART maqsad namunasi:
Maqsad:
“Kasbiy kuyishning oldini olish uchun o‘zimga ko‘proq e’tibor beraman.”
SMART shaklida:
“Keyingi bir oy davomida haftasiga bir marta o‘z hissiy holatimni tahlil qilaman, murakkab professional vaziyatlarni superviziya uchun qayd etaman va haftada kamida uch marta ishdan keyingi tiklanish uchun 30 daqiqa ajrataman.”
📎
SMART texnikasining kasbiy kuyish profilaktikasidagi asosiy qiymati

“o‘zimni asrashim kerak” degan umumiy maqsadni bajarilishi va kuzatilishi mumkin bo‘lgan aniq harakatlarga aylantirishidir.

Savol:
Agar hozir o‘z professional resurslaringizni qo‘llab-quvvatlash uchun SMART maqsad belgilashingiz kerak bo‘lsa, u qanday bo‘lar edi?
#IjtimoiyXodimKompetensiyasi
#smarttexnikasi
#IjtimoiyIsh
#KasbiyRivojlanish
#psixolog
📱
Telegram
📱
Facebook
📱
Instagram
📱
Youtube
📱
LinkedIn

September 09, 16:45
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#Xizmat_safari
#Navoiy
Navoiy viloyatiga xizmat safari davomida hududlarning rivojlanish salohiyati, yangi loyihalar va aholi farovonligini oshirish borasidagi ishlar bilan yaqindan tanishdik.
Konimex tumanida «Kengsoy» kanali qurilishi hamda «Konimex–Chordara» chorvachilik majmuasidagi ishlarni ko‘rdik. Bu loyihalar suv ta’minotini yaxshilash, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, bandlik va aholi daromadlarini oshirish uchun muhim imkoniyatlar yaratadi.
Xatirchida «Chinobod» mahallasidagi xonadonda oilaning sharoiti va mavjud muammolarini o‘rgandik. Aniqlangan masalalar bo‘yicha mas’ullarga vazifalar belgilandi. «Yoshlik» futbol o‘yingohi faoliyati bilan ham tanishdik.
Karmana tumanida «Sardoba» va «Malik» mahallalaridagi yangi loyihalar, jumladan, chorvachilik yo‘nalishidagi tashabbuslarni ko‘rdik.
Safar davomida yana bir bor amin bo‘ldikki, hududning rivoji — bu, avvalo, odamlar uchun yangi imkoniyatlar yaratish demakdir. Ish o‘rinlari, tadbirkorlik, infratuzilma va ijtimoiy sharoitlar birgalikda rivojlangandagina aholi farovonligida real natija ko‘rinadi.
Hududlarda amalga oshirilayotgan har bir loyiha ortida aniq maqsad — odamlar uchun yangi imkoniyatlar yaratish, daromadlarini oshirish va turmush sharoitlarini yaxshilash turishi kerak. Navoiy viloyatida bu boradagi ishlarni izchil davom ettirish uchun yetarli salohiyat va imkoniyatlar mavjud.
Telegram
|
Facebook
|
Instagram

September 09, 14:49
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

Bolani cheklash emas, qo‘llab-quvvatlash kerak!
Ijtimoiy himoya milliy agentligining Komplayens xizmati tomonidan Agentlik tizimidagi ayrim ta’lim tashkilotlarida o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida 1-sinfda tahsil olayotgan ayrim bolalarni yangi ta’lim muhitiga moslashtirish hamda dars jarayonidagi ishtirokini ta’minlash maqsadida bugungi zamonaviy pedagogik yondashuvlarga mos kelmaydigan usullardan,
jumladan, bolaning sinfda harakatini cheklashdan
foydalanilgan holatlar aniqlandi.
Bunday cheklovchi usullar ayrim davlatlarda maxsus ta’lim va parvarish amaliyotlarida tarixan uchragan bo`lsa-da, bugungi kunda bunday usullar zamonaviy pedagogik yondashuvlar, bolaning huquqlari, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilish hamda insonparvarlik tamoyillariga mos kelmaydi.
Mazkur holatlardan kelib chiqib, Agentlik tomonidan tizimdagi barcha ta’lim tashkilotlariga
eskirgan, zamonaviy pedagogik talablarga mos kelmaydigan va bolaga nisbatan asossiz jismoniy yoki boshqa cheklovlarni nazarda tutuvchi usullardan foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik
, har bir bolaga uning individual ehtiyojlari va xususiyatlarini inobatga olgan holda mehr, hurmat va professional yondashuv asosida munosabatda bo‘lish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, 1–2-sinf o‘quvchilarining yangi ta’lim muhitiga moslashuvini qo‘llab-quvvatlash hamda dars jarayonida ularga individual yordam ko‘rsatish maqsadida yangi o‘quv yilidan boshlab
maxsus assistent-pedagog lavozimi joriy etilmoqda
.
Hurmatli ota-onalar!
Agar farzandingiz ta’lim jarayonida yuqoridagi kabi nomaqbul holatlarga duch kelsa:
— birinchi navbatda maktab ma’muriyatiga bu haqda xabar berishingiz;
— pedagog yoki maxsus assistent-pedagog bilan holatni muhokama qilishingiz;
— muammo o‘z vaqtida bartaraf etilmasa, Ijtimoiy himoya milliy agentligining
1246 ishonch telefoniga
murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Har bir bolaning sha’ni, qadr-qimmati va xavfsizligini ta’minlash — ta’lim jarayonining ajralmas tamoyilidir.
📝
telegram
💻
instagram
📝
facebook
🐧
xcom
🎞
youtube
🎖
ihma.uz

September 09, 10:02
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

Muammo bilan idorama-idora yurish shart emas — ijtimoiy xodim mahallaning o‘zida
Bugun ijtimoiy xizmatlar aholiga yanada yaqinlashmoqda. Endi fuqaroning ehtiyoji mahallaning o‘zida o‘rganilib, unga kerakli yordam va xizmatlarni olishiga ko‘maklashilmoqda.
Bu jarayonda
ijtimoiy xodim — fuqaro va ijtimoiy xizmatlar o‘rtasidagi eng muhim bog‘lovchi.
U oilaning holatini o‘rganadi, muammoni aniqlaydi, zarur tashkilotlar bilan bog‘laydi va kerakli ijtimoiy xizmatlardan foydalanishiga amaliy yordam beradi.
Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani “Mirishkor” mahallasi ijtimoiy xodimi
Malika Aminova
ham 2024-yil noyabr oyidan buyon hududdagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan ishlab, ularning muammolariga yechim topishda ko‘maklashib kelmoqda.
Ijtimoiy xodimning mahalladagi bir kuni qanday o‘tadi?
🎬
Batafsil — videoda.
📝
telegram
💻
instagram
📝
facebook
🐧
xcom
🎞
youtube
🎖
ihma.uz

September 09, 07:32
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram