
Ijtimoiy himoya milliy agentligi
Samarqanddagi Butunjahon sammiti doirasida bolalar kelajagi uchun xalqaro muloqot bo‘lib o‘tdi
Misr ommaviy axborot vositalari sharhi
Batafsil
Батафсил
Рус
|
Eng
|
Facebook
|
X
|
YouTube
|
Instagram
Samarqand sammiti bolalar salomatligi va ta’limiga sarmoya kiritishda global platformaga aylandi
Xitoy matbuoti sharhi
Batafsil
Батафсил
Рус
|
Eng
|
Facebook
|
X
|
YouTube
|
Instagram
Самаркандский саммит стал глобальной платформой для инвестиций в здоровье и образование детей
Обзор прессы КНР
Подробнее
O‘zb
|
Eng
|
Facebook
|
X
|
YouTube
|
Instagram
Hurmatli ichki ishlar organlari xodimlari!
Sizlarni
25-oktabr – Ichki ishlar organlari xodimlari kuni
bilan samimiy muborakbod etamiz!
Yurtimizda tinchlik va osoyishtalikni saqlash, fuqarolarimizning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish yo‘lidagi mas’uliyatli va sharafli xizmatingiz yuksak e’tirofga loyiq.
Barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat, sharafli xizmatingizda kuch-g‘ayrat va muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Ijtimoiy himoya milliy agentligi jamoasi
📝
telegram
💻
instagram
📝
facebook
🐧
xcom
🎞
youtube
🎖
ihma.uz
#WorldSummit2026
#WSICW_2026
#Samarqand2026
Samarqandda bo‘lib o‘tgan Jahon sammiti doirasida O‘zbekiston, Turkiya, Qirg‘iziston Respublikasi, Livan va Zimbabve Birinchi xonimlari hamda boshqa oliy martabali mehmonlarga
“Dunyo bola nigohida”
konsepsiyasi asosida tayyorlangan ko‘rgazma namoyish etildi.
Ko‘rgazmada O‘zbekistonda so‘nggi o‘n yil davomida ijtimoiy himoya, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarida amalga oshirilgan islohotlar bolalar nigohi orqali aks ettirildi.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari
Shahnoza Mirziyoyeva
:
Biz bu ko‘rgazmaga bor mehrimizni berdik. Mehmonlarimiz iliq fikrlar bildirayotganidan juda xursandman.
Umid qilamanki, bu ko‘rgazma barchamizga bir narsani eslatadi: dunyo qanchalik katta bo‘lmasin, unda har bir bolaning baxti va quvonchi uchun hamisha joy bo‘lishi kerak.
“Dunyo bola nigohida”
ko‘rgazmasi islohotlarning markazida inson, avvalo, bolaning baxti, ehtiyojlari va kelajagi turishini namoyon etdi.
Batafsil ma’lumot:
investinchildren.uz
Ijtimoiy tarmoqlarimiz:
https://taplink.cc/investinchildren
#WorldSummit2026
#WSICW_2026
#Samarqand2026
Samarqandda bo‘lib o‘tgan Jahon sammitining yopilish marosimida ishtirokchi davlatlar vakillari bilan birgalikda
Bolalar farovonligiga investitsiya kiritish to‘g‘risidagi Samarqand deklaratsiyasi
imzolandi.
Deklaratsiya bolalarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, ularni zo‘ravonlikdan himoya qilish, sifatli ta’lim va tibbiy yordamdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish hamda bolalar saratoniga qarshi kurashishda xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari
Shahnoza Mirziyoyeva
:
Sammitimizning shunchalik katta e’tibor qozongani va bolalar taqdiriga befarq bo‘lmagan ko‘plab insonlarni, jumladan, jahon yulduzlarini ham birlashtirgani meni juda quvontirdi.
Edrian Broudiga alohida minnatdorlik bildiraman. U bolalarga yordam berishga qaratilgan insonparvarlik loyihalari bilan shaxsan tanish. Shu bois uning fikr-mulohazalarini tinglashdan mamnun bo‘ldik.
Barcha ishtirokchilar, hamkorlarimiz va katta jamoamizga sammitni muvaffaqiyatli o‘tkazish yo‘lida qilgan mehnatlari uchun chin dildan minnatdorman. Endi oldimizda har bir bola uchun munosib kelajak yaratish vazifasi turibdi!
Samarqand deklaratsiyasi bolalar farovonligini ta’minlash yo‘lida xalqaro sa’y-harakatlarni birlashtirish va hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Batafsil ma’lumot:
investinchildren.uz
Ijtimoiy tarmoqlarimiz:
https://taplink.cc/investinchildren
O‘zbekiston paralimpiya delegatsiyasi Para Osiyo o‘yinlarida tarixiy natija qayd etdi
Yaponiyaning
Aichi–Nagoya
shahrida bo‘lib o‘tgan
V Para Osiyo
o‘yinlarida O‘zbekiston paralimpiya delegatsiyasi mamlakatimiz parasporti
tarixidagi eng yuqori natijaga
erishdi.
Hamyurtlarimiz musobaqani
45 ta oltin, 49 ta kumush va 51 ta bronza — jami 145 ta medal
bilan yakunlab,
45 ta davlat
orasida Xitoy va mezbon Yaponiyadan keyin umumjamoa hisobida
faxrli 3-o‘rinni
egalladi.
Bu — O‘zbekistonning Para Osiyo o‘yinlari tarixida ilk bor kuchli uchlikdan joy olishi.
✅
Tarixiy o‘sish va yangi marralar
2023-yilda Xanchjouda o‘tkazilgan IV Para Osiyo o‘yinlarida sportchilarimiz 25 ta oltin, 24 ta kumush va 30 ta bronza — jami 79 ta medal bilan 8-o‘rinni egallagan edi.
↗️
Bu gal esa oltin medallar soni 80 foizga, umumiy medallar soni 84 foizga oshdi.
Shuningdek, delegatsiyamiz avvalgi eng yuqori natijalarni ham yangiladi. Jumladan, 2018-yilda Jakartada qo‘lga kiritilgan 33 ta oltin medal hamda 2023-yilgi Xanchjou o‘yinlaridagi 79 ta medal ko‘rsatkichi ortda qoldi.
✅
Ishtirokchilar safi kengaydi
Bu yil O‘zbekiston sharafini
11 ta sport turi bo‘yicha 149 nafar sportchi, jumladan, 77 nafar ayol sportchi himoya qildi.
Para qilichbozlik, bochcha va para kamondan otish yo‘nalishlarida vakillarimiz ilk bor ishtirok etdi. Bobur Toshtemirov esa para velosport bo‘yicha mamlakatimiz tarixidagi ilk oltin medalni qo‘lga kiritdi.
✅
Jahon va Osiyo rekordlari yangilandi
Sportchilarimiz
para yengil atletika, para suzish, para pauerlifting va para velosport
yo‘nalishlarida
1 ta jahon, 8 ta Osiyo va 15 tadan ortiq O‘yinlar rekordini
o‘rnatdi.
✅
Xususan, Ro‘za Qo‘ziyeva para pauerlifting bo‘yicha 73 kg vazn toifasida 152 kg natija qayd etib, jahon rekordini yangiladi.
✅
Shuningdek, Yegor Bolotov, Lolaxon Qodirova, Madina Muxtorova, Shahinaxon Yigitaliyeva, Navruza Ahmadova, Karomat Omonova va Xurshid Qodirov Osiyo rekordlarini qayd etdi.
🧠
Ijtimoiy himoya milliy agentligi V Para Osiyo o‘yinlarida yuksak natijalarga erishgan barcha sportchilarimizni, ularning murabbiylarini hamda paralimpiya delegatsiyasini ushbu tarixiy muvaffaqiyat bilan samimiy muborakbod etadi!
Sizlarning matonatingiz, qat’iyatingiz va yuksak sport mahoratingiz barchamiz uchun faxr va ilhom manbaidir.
Yangi g‘alabalar, ulkan marralar va kelgusi musobaqalarda omad tilaymiz!
📝
telegram
💻
instagram
📝
facebook
🐧
xcom
🎞
youtube
🎖
ihma.uz
Ijtimoiy himoya milliy agentligi
pinned a photo
#WorldSummit2026
#WSICW_2026
#Samarqand2026
Samarqand Jahon sammiti: O‘zbekistonning ijtimoiy himoya sohasidagi islohotlari xalqaro delegatsiyalar e’tiborida
21–22-oktabr kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tgan
“Bolalar farovonligiga investitsiya: kelajak avlodlar uchun barqaror va adolatli taraqqiyot sari yo‘l” Jahon sammiti
doirasida O‘zbekistonda bolalar farovonligi va inson kapitalini rivojlantirishga qaratilgan islohotlar namoyish etilgan ko‘rgazma tashkil etildi.
Xalqaro ekspertlar, xorijiy davlatlar vazirlari va OAV vakillari Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori Mansurbek Olloyorov boshchiligida ko‘rgazma bilan tanishdi.
Ekspozitsiyada bolalarni ijtimoiy himoya qilish, sog‘liqni saqlash, erta rivojlanish, inklyuziv ta’lim hamda murakkab hayotiy vaziyatga tushib qolgan oilalarni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishidagi islohotlar taqdim etildi.
Ko‘rgazmaning muhim jihati — O‘zbekiston tajribasini bolalar hayotida yaratilayotgan amaliy imkoniyatlar orqali xalqaro hamjamiyatga namoyish etishdir.
Ushbu muloqot xalqaro tajriba almashish, ijtimoiy himoya sohasidagi yondashuvlarni keng jamoatchilikka yetkazish va hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish uchun muhim maydon bo‘ldi.
Batafsil ma’lumot:
investinchildren.uz
Ijtimoiy tarmoqlarimiz:
https://taplink.cc/investinchildren
🏆
Ijtimoiy himoya milliy agentligi loyihalari «AI4DOST Social Award 2026» mukofotiga sazovor bo‘ldi: «INSON» markazlari g‘olib deb topildi, yana uchta loyiha finalistlar qatoriga kirdi
Ozarbayjonning Xonkandi shahrida o‘tkazilgan «SOCGOV 2026 – Aqlli boshqaruv uchun raqamli tahlil» xalqaro forumi doirasida «AI4DOST Social Award 2026» tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Turli davlatlardan taqdim etilgan 84 ta loyihadan 20 tasi finalga chiqdi, 7 tasi g‘olib deb topildi.
🥇
«Mintaqaviy ijtimoiy tashabbus» nominatsiyasi g‘olibi:
🧠
«INSON markazlari va mahalladagi ijtimoiy xodimlar tizimi: mahalla bilan integratsiyalashgan smart tizim»
. Bugungi kunda «INSON» tizimi O‘zbekistonning barcha hududlarida faoliyat yuritmoqda: 208 ta markaz 100 dan ortiq xizmat ko‘rsatadi, ularning 80 foizdan ortig‘i raqamlashtirilgan.
🏅
Yana uchta loyiha finalist sertifikatlari bilan taqdirlandi:
🧠
«IMKON: Har bir bolaga eshiklarni ochamiz»
(«Mintaqaviy ijtimoiy tashabbus» nominatsiyasi);
🧠
«Yordamchi texnologiyalar uchun smart-vaucher ekotizimi»
(«Ijtimoiy sohada sun’iy intellektga asoslangan raqamli yechimlar» nominatsiyasi);
🧠
«To‘siqsiz kasblar» — Agentlik huzuridagi Xalqaro inklyuziv hub
loyihasi («Mintaqaviy ijtimoiy tashabbus» nominatsiyasi).
Ishimizning xalqaro darajada e'tirof etilgani biz uchun quvonarli. Aholiga ko'rsatiladigan ijtimoiy xizmatlarni har bir inson uchun yanada qulay, zamonaviy va inklyuziv qilishga undaydi.
📝
telegram
💻
instagram
📝
facebook
🐧
xcom
🎞
youtube
🎖
ihma.uz