Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

O’zMU rektori Inom Madjidov

inom_madjidov_uzmu_rektori

O’zbekiston Milliy universiteti rektorining rasmiy kanali.

Subscribers
1 200
Post views
1 830
ER
150,05%
Posts
3 016
October 26, 16:57
Media unavailable
6
2
Show in Telegram

O‘zMU delegatsiyasi Qirg‘iz Milliy universitetining 100 yillik yubiley tadbirlarida ishtirok etdi
2025-yilning 24–25-oktyabr kunlari Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti rektori Inom Madjidov boshchiligidagi delegatsiya Bishkek shahrida bo‘lib o‘tgan Jusup Balasagin nomidagi Qirg‘iz Milliy universitetining 100 yillik yubileyiga bag‘ishlangan xalqaro forum va tantanali tadbirlarda ishtirok etdi.
Rektor I. Madjidov so‘zga chiqib, Qirg‘iz Milliy universiteti rahbariyati va jamoasini ushbu qutlug‘ sana bilan samimiy tabrikladi hamda ularning ilmiy-pedagogik faoliyatida, shuningdek, ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish yo‘lida muvaffaqiyatlar tiladi.
Forumda Qirg‘iziston Respublikasi Vazirlar Kabineti raisi Adilbek Kasimaliyev, Qirg‘iziston Respublikasi Ilm, oliy ta’lim va innovatsiyalar vaziri Baktiyar Orozov, Maorif vaziri Dogdorgul Kendirbayeva, shuningdek Xitoy, Yaponiya, Turkiya, Janubiy Koreya, Rossiya, Qozog‘iston va O‘zbekistondan tashrif buyurgan oliy ta’lim muassasalari vakillari ham tabrik so‘zlari bilan ishtirok etdilar.
Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning Farmoniga muvofiq, Jusup Balasagin nomidagi Qirg‘iz Milliy universiteti III darajali “Manas” ordeni bilan taqdirlandi. Ushbu oliy mukofotni Qirg‘iziston Respublikasi Vazirlar Kabineti raisi Adilbek Kasimaliyev universitet rektori, professor Dogdurbek Chontoyevga tantanali ravishda topshirdi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 27-fevral kuni Jusup Balasagin nomidagi Qirg‘iz Milliy universiteti rektori professor Dogdurbek Chontoyev boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston Milliy universitetiga tashrif buyurgan edi. Tashrif doirasida ikki universitet o‘rtasida o‘zaro hamkorlik haqidagi memorandum imzolandi. Shuningdek, D. Chontoyev O‘zbekiston Milliy universiteti rektorini Qirg‘iz Milliy universitetining 100 yillik yubiley tantanalarida ishtirok etishga
taklif etgan edi.
🕊
Telegram
|
📱
Facebook
|
📱
Instagram

October 22, 10:32
Media unavailable
5
2
Show in Telegram

#XalqaroAnjuman
O‘zMU huzuridagi Yarimo‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot institutida xalqaro konferensiya ish boshladi

“Materialshunoslik va muhandislik” 13-xalqaro konferensiyasi O‘zbekiston Milliy universiteti hamda Coalesce Research Group xalqaro tashkiloti hamkorligida
2025-yil 22–24-oktyabr kunlari
o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Anjumanni
O‘zbekiston Milliy universiteti rektori Inom Madjidov
ochib berdi. Unda 50 dan ortiq xorijiy mamlakat vakillari ishtirok etib, materialshunoslik va muhandislik yo‘nalishlarida nazariy hamda amaliy muammolar, zamonaviy texnologiyalar va istiqbolli yo‘nalishlar muhokama qilinmoqda.

Ilmiy hamkorlikni kengaytirish va yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlashdagi faol ishtiroki uchun O‘zbekiston Milliy universiteti rektori
Inom Madjidov
hamda institut direktori
Sharifa Utamuradova
Coalesce Research Group
tomonidan
taqdirlandi.
Konferensiyaning yakuniy kunida ishtirokchilar O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Materialshunoslik institutidagi Katta Quyosh Pechiga tashrif buyurib, ilg‘or materiallar bo‘yicha olib borilayotgan tadqiqotlar bilan tanishadilar.
🕊
Telegram
|
📱
Facebook
|
📱
Instagram

October 20, 13:00
Media unavailable
10
2
Show in Telegram

Ректор ижара хонадонлари ҳамда ТТЖда яшовчи талабалар ҳолидан хабар олди
Ўзбекистон Миллий университети ректори Ином Маджидов Олмазор туманида жойлашган “Мирзо Ғолиб” маҳалласида истиқомат қилувчи талабаларнинг ижара хонадонларига ташриф буюриб, улар билан мулоқот қилди.
Жумладан, Ижтимоий фанлар, Хорижий филология, Амалий математика, Математика ҳамда Тарих факультетларининг талабалари ижарада турувчи хонадонларга ташриф буюрилиб, шароитлар кўздан кечирилди.
Шунингдек, ректор университетга қарашли талабалар турар жойларига бориб, у ердаги талабалар ҳолидан хабар олди. Талабалар ҳамда масъуллар билан гаплашди, тегишли фикр ва тавсиялар билдирди. Ёнғин хавфсизлигини таъминлаш, газ жиҳозлари, иситиш қурилмаларидан тўғри фойдаланиш бўйича талабаларга керакли кўрсатмалар берди.
Ижара хонадонлари эгалари билан мулоқот қилинди, талабаларнинг яшаш шароити ўрганилди, бўш вақтларини мазмунли ташкил этиш, фавқулодда вазиятларнинг олдини олиш борасида тушунтириш ишлари олиб борилди.
Ректор талабалар билан суҳбат қилди, уларнинг қизиқишлари, муаммолари, таклиф ва мулоҳазаларини тинглади. Шунингдек, уларга илмий-оммабоп, бадиий-дидактик турдаги китоблар жамланмасини совға қилди.
🕊
Telegram
|
📱
Facebook
|
📱
Instagram

October 16, 14:53
Media unavailable
10
2
Show in Telegram

#TarixFakulteti_90
#Jarayon
Rektor Tarix fakultetidagi tayyorgarlik ishlari bilan tanishdi

O‘zbekiston Milliy universiteti rektori Inom Madjidov Tarix fakultetiga tashrif buyurib, fakultetning 90 yilligi munosabati bilan tashkil etilayotgan tadbirlar va xalqaro ilmiy-amaliy anjumanga ko‘rilgan tayyorgarlik ishlarini ko‘zdan kechirdi.

Eslatib o‘tamiz, 17-oktabr kuni universitetda “O‘zbekiston Milliy universiteti Tarix fakultetiga 90 yil: ta’lim va fan markazi” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tadi.

Tashrif davomida rektor yangidan jihozlangan va ertaga tantanali ravishda ochilishi mo‘ljallangan Arxeologiya kafedrasi o‘quv xonasi bilan ham tanishdi. Mazkur xonada tashkil etilgan maxsus ekspozitsiyada miloddan avvalgi birinchi mingyillikdan to XVIII asrgacha bo‘lgan tarixiy yodgorliklar namoyish etilgan.

Inom Madjidov tayyorgarlik jarayonlarini yuqori baholab, mas’ullarga tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berdi.
Biz shu yerdamiz:
🌐
Veb-sayt
🕊
Telegram
📱
Facebook
📱
Instagram
📺
YouTube
🌐
Linkedin

October 15, 13:04
Media unavailable
7
2
Show in Telegram

O‘zbekiston Milliy universitetida “Premier Languages” tillar markazi tashkil etildi

Bugun, 15-oktyabr kuni xorijiy tillarni puxta o‘rgatadigan
“Premier Languages”
tillar markazi rasmiy o‘z faoliyatini boshladi.

O‘zbekiston Milliy universiteti rektori Inom Madjidov
fakultet binosida universitet hamda xususiy sektor hamkorligida davlat xususiy sherikchiligi asosida tashkil etilgan ushbu markazga tashrif buyurib, sharoitlar bilan tanishdi.

Mazkur zamonaviy markaz barcha qulayliklarga ega bo‘lib, respublikada joylashgan korxona va tashkilotlar xodimlari, maktab o‘quvchilari, abituriyentlar, talabalar hamda boshqa shaxslarga
o‘zbek, rus va xorijiy tillarni (ingliz, fransuz, nemis, ispan, italyan, yapon, koreys, xitoy, turk)
xalqaro metodik tizimlar asosida o‘qitishni rejalashtirgan.
Batafsil
👉
nuu.uz
👉
На русском
👉
In English
Biz shu yerdamiz:
🌐
Veb-sayt
🕊
Telegram
📱
Facebook
📱
Instagram
📺
YouTube
🌐
Linkedin

October 15, 13:04
Media unavailable
2
Show in Telegram

#Bugun
#Ochilish
#TillarMarkazi
🇺🇿
O‘zbekiston Milliy universiteti rektori Inom Madjidov
Xorijiy filologiya fakulteti binosida universitet hamda xususiy sektor hamkorligida tashkil etilgan
“Premier Languages”
tillar markaziga tashrif buyurdi.
Biz shu yerdamiz:
🌐
Veb-sayt
🕊
Telegram
📱
Facebook
📱
Instagram
📺
YouTube
🌐
Linkedin

October 14, 10:18
Media unavailable
5
2
Show in Telegram

#Rektor
#Fizika
#Kvant
Nanotexnologiya va kvant tadqiqotlari sari
Rektor tashrifi doirasida muhim vazifalar belgilab olindi
🇺🇿
O‘zbekiston Milliy universiteti rektori
Inom Madjidov Fizika fakultetida bo‘ldi.
Tashrif doirasida fakultet hamda
Nanotexnologiyalarni rivojlantirish markazi
faoliyati bilan tanishildi hamda uni yanada takomillashtirish, bu yo‘nalishdagi ilmiy-tadqiqot ishlarini kengaytirish masalalari muhokama etildi.
🏡
Xususan,
markaz va Fizika fakulteti o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash
, kvant texnologiyalari bo‘yicha qo‘shma tadqiqotlarni yo‘lga qo‘yish yuzasidan takliflar bildirildi.
📰
Shuningdek, nanofizika, nanotexnologiya va kvant texnologiyalari sohasidagi ilmiy yutuqlarni ta’lim jarayoniga integratsiya qilish, ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashni zamonaviy talablar asosida tashkil etish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi. Ayniqsa,
mazkur fanlarni mutaxassislikning tanlov fanlariga kiritish va o‘qitish usullarini takomillashtirish
muhimligi ta’kidlandi.
Biz shu yerdamiz:
🌐
Veb-sayt
🕊
Telegram
📱
Facebook
📱
Instagram
📺
YouTube
🌐
Linkedin

October 08, 04:29
Media unavailable
5
2
Show in Telegram

#Tashrif
#TTJ_Ijara
Universitet rahbariyati tomonidan TTJ va ijara xonadonlarida yashovchi talabalar holidan xabar olindi

2025/2026-o‘quv yili davomida O‘zbekiston Milliy universiteti rektorining talabalar turar joyi va ijara xonadonlariga tashriflari bo‘yicha reja-grafigiga muvofiq rektor va tegishli mas'ullarning talabalar turar joylari hamda ijara xonadonlariga tashrifi amalga oshirildi.

Rektor Inom Madjidov 2- va 3-talabalar turar joylariga kelib, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatlari hamda talabalarning yashash sharoitlari, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdi.

Universitet birinchi prorektori Jabbor Muhammadiyev hamda fakultet dekanlari Zafar Rahmonov, Komil Inakov Olmazor tumani “Universitet” hamda “Mirzo Gʻolib” mahallalarida joylashgan ijara xonadonlarida bo‘lib, talabalar bilan muloqot qilishdi.

Suhbat davomida talabalarning kundalik hayotdagi qiziqishlari, duch kelayotgan muammolari, shuningdek, yashash sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha taklif va mulohazalari tinglandi. Bu bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.
Batafsil
👉
nuu.uz
👉
На русском
👉
In English
Biz shu yerdamiz:
🌐
Veb-sayt
🕊
Telegram
📱
Facebook
📱
Instagram
📺
YouTube
🌐
Linkedin

September 29, 07:27
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

Ўзбекистон Миллий университети профессор-ўқитувчилари!
Муҳтарам устозлар!
Қадрли ҳамкасблар!
Аввало, ўз умрини машаққатли ва шарафли ишга бағишлаб келаётган сиздек фидойиларни
Ўқитувчи ва мураббийлар куни
билан самимий табриклайман.
Сидқидилдан меҳнат қилаётган, педагогик ва илмий фаолият олиб бораётган профессор-ўқитувчиларга, университет жамоасига чуқур миннатдорчилик билдираман.
Олийгоҳимизда сўнгги йилларда қўлга киритилаётган муносиб натижалар
, халқаро тан олиниш, нуфузли рейтинглардаги юқори ўринлар — аввало, сизларнинг
фидокорона меҳнатингиз, садоқатингиз ва юксак масъулиятингиз
самарасидир.
Барчамизга маълум, куни кеча П
резидентимиз Бирлашган Миллатлар ташкилотининг олий минбаридан туриб нутқ сўзладилар.
Давлатимиз раҳбари ўз нутқларида Янги Ўзбекистонда қисқа давр ичида кўплаб йўналишлар қатори таълим, илм-фан соҳаларида ҳам сезиларли ўзгаришлар қилингани, айниқса
ўқитувчи ва устозлик касбининг обрўси ва нуфузини кескин оширишга ҳал қилувчи масала
сифатида қаралаётганини алоҳида таъкидлаб ўтдилар.
Педагогларнинг ўзаро тажриба ва билим алмашиши учун ягона халқаро платформани яратиш мақсадида Ўзбекистонда
Бутунжаҳон профессионал таълим саммитини ўтказиш
таклиф этилди.
Президентимизнинг халқаро минбарда сўзлаган ушбу
нутқлари
биз учун
дастури амал
, билдирган ҳар бир
таклиф ва ташаббуслари
келгусида масъулият билан амалга оширишимиз керак бўлган
бурч ва вазифамиз бўлиши лозим.
Бугун таълим соҳасида рақобат кучаймоқда, янги трансформациялар урфга кирмоқда. Шундай шиддатли даврда профессор-ўқитувчиларимизнинг замонавий таълим технологиялардан унумли фойдаланиши, устоз-шогирд анъаналарининг мустаҳкамланиб бораётгани, янги ўқув-илмий адабиётларнинг яратилиши, халқаро университетлар, халқаро минбарларда ўқилаётган маърузалар, турли йўналишларда қилинаётган илмий янгиликлар, ўйлайманки,
Миллий университетнинг минтақамиз, қолаверса, жаҳон илм-фан тамаддунида ҳам ўз ўринига эга эканлигини исботлаб келмоқда.
Рақамларга тўхталадиган бўлсак, бугунги кунда университетимизда жами
1200 нафардан ортиқ профессор-ўқитувчилар
асосий штатда фаолият олиб боради, шундан,
11 нафар академик, 240 нафар фан доктори, профессорлар, 480 нафар фан номзоди, доцентлар
илмий ва педагогик жараёнларни ташкил этишга ҳисса қўшиб келмоқда. Шунингдек, университетда
“Хирш” индекси 5 ва ундан юқори бўлган 60 нафардан ортиқ
профессор-ўқитувчиларимиз бор.
2025 йил сентябрь ҳолатига бўйича университет профессор-ўқтувчиларидан
50 нафари, шундан, 9 нафар фан доктори (DSc), 41 нафар фалсафа доктори (PhD)
илмий даражаларини олиш учун докторлик диссертацияларини мувафақиятли ҳимоя қилди.
Таълим сифатини ошириш,
профессор-ўқитувчилар, илмий фаолият билан шуғулланаётган олимлар учун муносиб шароит яратиш,
уларнинг машаққатли меҳнатини рағбатлантириш борасидаги ишларимиз янада самарали, изчил давом этиб бораверади.
Президентимиз таъкидлаганидек,
“Янги Ўзбекистонда энг муҳим соҳа – таълим, энг ҳурматли инсонлар – ўқитувчи ва мураббийлардир!”
Барчангизга шу шарафли йўлда олиб бораётган самарали фаолиятингизда ва шахсий ҳаётингизда янги ютуқ ва омадлар тилайман.
Хонадонларингизга доимо тинчлик-хотиржамлик, файзу барака ёр бўлсин!
Ҳамиша соғ-омон бўлинглар!
Ином МАДЖИДОВ,
Ўзбекистон Миллий университети ректори
🕊
Telegram
|
📱
Facebook
|
📱
Instagram

September 25, 10:06
Media unavailable
2
Show in Telegram

#Intervyu
#Munosabat
Ином Маджидов,
Ўзбекистон Миллий университети ректори
📰
Президентимиз ўз нутқларида Янги Ўзбекистонда қисқа давр ичида кўплаб йўналишлар қатори таълим, илм-фан соҳаларида ҳам сезиларли ўзгаришлар қилингани, ўқитувчи ва устозлик касбининг обрўси ва нуфузини кескин оширишга ҳал қилувчи масала сифатида қаралаётганини алоҳида таъкидлаб ўтдилар.
📰
Педагогларнинг ўзаро тажриба ва билим алмашиши учун ягона халқаро платформани яратиш мақсадида Ўзбекистонда Бутунжаҳон профессионал таълим саммитини ўтказиш таклиф этилди.
📰
Давлатимиз раҳбарининг олий минбарда сўзлаган нутқи биз учун дастури амал, билдирган ҳар бир таклиф ва ташаббуслари келгусида масъулият билан амалга оширишимиз керак бўлган вазифаларимиз демакдир.
Ўзбекистон Миллий университети ректори Ином Маджидов Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Бирлашган Миллатлар Ташкилоти Бош Ассамблеяси 80-сессиясида сўзлаган нутқи, юксак минбардан туриб дунё ҳамжамиятига билдирган таклиф ва ташаббуслари юзасидан муносабат билдирди.
🕊
Telegram
|
📱
Facebook
|
📱
Instagram