
O’zMU rektori Inom Madjidov
Olmazor tarix va innovatsion taraqqiyot bilan uyg‘un zamonaviy qiyofa kasb etadi; mahallalarni rivojlantirishda solishtirma ustunlikdan foydalanish, loyihaviy yondashuv va chuqurlashgan ixtisoslashuv bosh mezonga aylanadi.
—
Алмазар приобретет современный облик, гармонично сочетающий историю и инновационное развитие; использование сравнительных преимуществ, проектный подход и углубленная специализация станут основой развития махаллей.
🕊
Telegram
|
📱
Facebook
|
📱
Instagram
Rektor universitetga biriktirilgan Toshkent geodeziya va kartografiya texnikumida bo‘ldi
Bugun, 20-yanvar kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti rektori Inom Madjidov universitetga biriktirilgan Toshkent geodeziya va kartografiya texnikumiga tashrif buyurdi.
Dastlab texnikum rahbariyati va pedagogik jamoa bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda O‘zbekiston Milliy universitetining professor-o‘qituvchilari ham ishtirok etdi. Uchrashuv davomida texnikumda universitetning kafedralari filiallarini tashkil etish, texnikum yo‘nalishlariga mos fanlar bo‘yicha universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan seminar va mahorat saboqlarini o‘tkazish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, yosh pedagoglarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularga tajribali o‘qituvchilarni mentor sifatida biriktirish, kasbiy moslashuv va pedagogik mahoratini rivojlantirish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.
Bundan tashqari, texnikum bitiruvchilarining kasbiy moslashuvchanligini oshirish, ularni oliy ta’limga puxta tayyorlash maqsadida maqsadli maslahatlar, seminar va treninglar tashkil etish, o‘quv dasturlarini optimallashtirish, oliy ta’lim – professional ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha integratsiyani kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.
🕊
Telegram
|
📱
Facebook
|
📱
Instagram
#RektorTabrigi
#VatanHimoyachalari
Hurmatli universitetimiz jamoasi!
Yurt taraqqiyoti yo‘lida xizmat qilayotgan hamkasblar!
Ilmu iqtidori bilan Vatan ravnaqiga hissa qo‘shadigan jasur o‘g‘lonlar!
Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni bilan samimiy tabriklayman.
Mamlakat taraqqiyoti, yurt tinchligi va millat kelajagiga daxldorlik hissi bilan yashash, sarhadlarimiz mustahkamligi, xalqimizning osuda va farovon hayoti yo‘lida olib borilayotgan ezgu sa’y-harakatlarga munosib hissa qo‘shish hamda xizmat vazifalarini sidqidildan, yuksak mas’uliyat bilan bajarish barchamizning muqaddas burchimizdir.
Talaba-yoshlarimizni harbiy-vatanparvarlik ruhida, yuksak ma’naviy-axloqiy qadriyatlar asosida tarbiyalashga munosib hissa qo‘shib kelayotgan barcha professor-o‘qituvchilarimizga chuqur minnatdorlik bildirib, ularga ulkan muvaffaqiyat va zafarlar tilayman.
Yana bir bor barchangizni yurtimiz hayotidagi ushbu ulug‘ va sharafli sana bilan tabriklayman. Kuch-g‘ayratingiz, sha’nu sharafingiz yanada ziyoda bo‘lsin!
Inom Madjidov,
O‘zbekiston Milliy universiteti rektori
🕊
Telegram
|
📱
Facebook
|
📱
Instagram
#Hamkorlik
Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti bilan hamkorlik aloqalari yo'lga qo'yilmoqda
⏺
Bugun, 12-yanvar kuni
O'zbekiston Milliy univesiteti rektori Inom Madjidov
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi
Parlament tadqiqotlari instituti direktori Akrom Toshpo'latov
bilan uchrashuv o'tkazdi.
⏺
Unda tomonlar o‘rtasida
ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, qonunchilik jarayonlarini ilmiy tahlil qilish, parlament faoliyatini takomillashtirish
ga qaratilgan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
⏺
Professor-o‘qituvchilar va tadqiqotchilar ishtirokida seminarlar, davra suhbatlari hamda ilmiy anjumanlar tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Tadbir so'ngida O'zbekiston Milliy univesiteti hamda Parlament tadqiqotlari instituti o‘rtasida
o‘zaro hamkorlik Memorandumi imzolandi.
🕊
Telegram
|
📱
Facebook
|
📱
Instagram
O‘zbekiston Milliy universiteti va Notarial palata o‘rtasida memorandum imzolandi
🔺
Bugun, O‘zbekiston Milliy universiteti rektori Inom Madjidov O‘zbekiston Respublikasi Notarial palatasi raisi Dilshod Ashurov bilan muloqot qildi. Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
🔺
Tomonlar yuqori malakali yuridik kadrlarni tayyorlash sohasida hamkorlikni rivojlantirish, talabalarning nazariy bilimlari bilan amaliy tayyorgarligi o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni ta’minlash, shuningdek, ularda amaliy faoliyat uchun zarur ko‘nikmalarni shakllantirish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.
🔺
Uchrashuv yakunida O‘zbekiston Milliy universiteti hamda O‘zbekiston Respublikasi Notarial palatasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
🕊
Telegram
|
📱
Facebook
|
📱
Instagram
O‘zbekiston Milliy universiteti hamda Konstitutsiyaviy sud o‘rtasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi
🇺🇿
Bugun, O‘zbekiston Milliy universiteti rektori Inom Madjidov O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyaviy sudi sudyasi Kozimjon Kamilov
bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida mamlakatda huquqiy ta’lim va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
🗣
Xususan, tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, universitetning
“Yurisprudensiya” yo‘nalishi talabalarini Konstitutsiyaviy sudda amaliyot o‘tash
ga yo‘naltirish, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish hamda malaka oshirishga oid tashabbuslarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar.
📰
Uchrashuv yakunida Inom Madjidovga
“O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi — 30 yil”
esdalik nishoni topshirildi.
🕊
Telegram
|
📱
Facebook
|
📱
Instagram
Rektor Jizzax shahridagi universitetga biriktirilgan ta’lim muassasalari faoliyati bilan tanishdi
Kuni kecha, 6-yanvar kuni O‘zbekiston Milliy universiteti rektori Inom Madjidov universitetga biriktirilgan Jizzax shahridagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida bo‘ldi.
Tashrif doirasida ijod maktabi rahbariyati va pedagogik jamoa bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda ayrim fanlar bo‘yicha universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan maktab o‘qituvchilari uchun mahorat darslari tashkil etish, shuningdek, matematika, kimyo, biologiya, informatika, chet tillari hamda ona tili va adabiyot fanlaridan xalqaro va respublika fan olimpiadalariga o‘quvchilarni hamkorlikda tayyorlash masalalari muhokama qilindi.
Bundan tashqari, maktab o‘qituvchilariga ilmiy maqolalar va uslubiy qo‘llanmalar tayyorlashda masofaviy maslahat darslarini yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.
So‘ng rektor O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filialiga borib, ushbu muassasa faoliyati bilan tanishdi. Tashrif davomida yaqinda kapital ta’mirdan chiqarilib foydalanishga topshirilgan faollar zali, kutubxona hamda kompyuter sinflari ko‘zdan kechirildi. O‘quv jarayonini yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli mas’ullarga taklif va tavsiyalar berildi.
🕊
Telegram
|
📱
Facebook
|
📱
Instagram
Hurmatli universitetimiz jamoasi,
qadrli hamkasblar!
Aziz universitetimiz talabalari!
Sizlarni kirib kelayotgan yangi – 2026-yil bilan chin dildan tabriklayman. 2025-yil O‘zbekiston Milliy universiteti tarixida yana bir mazmunli sahifa bo‘ldi. Ko‘p ming sonli jamoamiz mehnati orqali turli sohalarda muhim yutuqlarga erishdik.
Yangi yil jamoamiz uchun yangi marralar va yuksak natijalar yili bo‘lishini tilayman.
Barchangizni kirib kelayotgan Yangi yil bilan samimiy tabriklayman.
Sog‘lik, xotirjamlik, oilaviy baxt va farovonlik sizlarni hech qachon tark etmasin.
Yangi yil hammamiz uchun xayrli va fayzli bo‘lsin!
👉
Batafsil
🕊
Telegram
|
📱
Facebook
|
📱
Instagram
#Rektor_intervyu
#Anons
⏺
O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasida
O‘zbekiston Milliy universiteti rektori Inom Madjidov
bilan intervyu tasvirga olindi.
Unda tizimda erishilgan natijalar, islohotlar samarasi,
O‘zbekiston Milliy universitetida qo‘lgan kiritilgan yutuqlar
, kelgusidagi rejalar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasi
da ko‘tarilgan masalalar, belgilangan vazifalar haqida so‘z bordi.
⏺
Intervyu tez orada
“O‘zbekiston 24”
telekanalida efirga uzatiladi.
🕊
Telegram
|
📱
Facebook
|
📱
Instagram
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasidan eng muhim
iqtiboslar
🕊
Telegram
|
📱
Facebook
|
📱
Instagram