
📚 Introvert oshxonasi
Qiziqarli va zerikarli psixologiya. Introvertning subyektiv fikrlari. Kitob qurti
📚
Murojaat uchun:
@lady120794
Bepul va pulli darslar:
https://t.me/introvertdan_darslar
PShB deganda, Rayhonni klipi yodimga tushadi. Bobur Yo'ldoshev maromiga yetkazib rol o'ynagan. "Qizil hona" serialidagi Mehmedda ham PShB bor.
👉
Sizning atrofingiz, oilangiz yoki tanishlaringiz ichida shunday xarakterli insonlar bormi?
👉
Yuqoridagi ta’riflar qaysi film yoki kitob qahramonlarini yodingizga soldi?
👉
Postni o’qib bo’lguncha nechta odamga tashxis qo’yib ulgurdingiz?
😀
✅
Izohlarda albatta fikringizni yozib qoldiring, maqolani do’stlaringiz bilan bo’lishing, kanalga yaqinlaringizni taklif qiling va albatta bu postni reaksiyalar bilan qo’llab-quvvatlashni unutmang. Sizga qiyinchilik tug’dirmaydi, men uchun esa nihoyatda yoqimli
🫶
💛
📌
Beshinchi
belgi — kek saqlash
Paranoid odamlar hatto eng kichkina xafagarchilikni ham unutmaydi. Ular tashqaridan kechirganini aytsa ham, ich-ichidan “qora ro’yxat”ga kiritib qo’yadi.
😀
Eski alamlar qayta-qayta ochilib, hozirgi vaziyatga qo‘shilib boradi. Natijada, qaysidir paytda “portlash” sodir bo’ladi va ularning reaksiyasi ko‘pincha haddan tashqari kuchli bo‘ladi.
📌
Oltinchi belgi — janjallashuvga moyillik
Doimiy ichki taranglik
va “menga qarshi fitna bor” degan kayfiyat kichik narsalardan ham
keskin janjal
chiqarishga olib kelishi mumkin. Neytral gap yoki oddiy hazil ham noto’g’ri talqin qilinib, darhol qarshi zarba beriladi. Bunday vaziyatlarda
disproporsional agressiya
yaqqol namoyon bo’ladi.
Disproporsional agressiya
— bu biror vaziyatga nisbatan
keragidan ortiq jahl yoki zo‘ravonlik bilan reaksiya
qilish, oddiy gapga ham haddan tashqari qattiq reaksiya bildirib javob berish.
👊
Ular uchun muloqot ko‘pincha jang maydoniga aylanadi. Bahslarda esa eski xafaliklar ham “dalil” sifatida qo‘shiladi va janjalli vaziyat tezda kattalashadi. Natijada, ishda ham, uyda ham ziddiyatlar ortadi.
📌
Yettinchi belgi — rashk sousi ostidagi ishonchsizlik va nazorat
😶🌫️
Paranoid shaxs ko‘pincha yaqinlariga ham to‘liq ishonmaydi. Oddiy telefon qo‘ng‘irog‘i yoki kechikish ham unda turli gumonlarga sabab bo‘ladi.
🗣
Oilaviy munosabatlarda
doimiy gumon
: “ishonchsizlik–rashk–nazorat” uchligi aylanib turadi. Turmush o‘rtog‘ining sodiqligiga nisbatan tinmay savollar paydo bo’ladi. “Qayerdasan? Kim bilan? Qachon kelasan” degan —
hisob talab qilishlar
oddiy holatga aylanadi.
🔎
Hattoki, avvaldan kelishib, barcha rejalar muhokama qilinganda ham, har bir qadamni nazotat qilish va
hisobot talab qilish to’xtamaydi.
Bunday insonlar har 5 daqiqada videodalil so’rashi, gps orqali juftini doimiy kuzatishga urinishi mumkin.
💔
Natijada, nazorat
kuchaygani sari, mojarolar ham kuchayadi.
Paranoid shaxs buzilishiga ega odam, vaziyat nazoratdan chiqayotganini tahmin qilishi bilanoq, keskin reaksiya beradi.
Ijtimoiy izlar ham tekshirilishi mumkin.
Qo‘ng‘iroqlar, v“onlayn bo‘ldi–bo‘lmadi”, kimga “layk” qo’ydi, stalking. Oqibatda, o’rtadagi ishonch yemiriladi, orada kuchli ziddiyat va sovuqlik paydo bo‘ladi.
🙂↔️
Ha aytgancha, mana bu
postda
rashk haqida rossa batafsil yozilgan, o’qishni maslahat beraman, juda qiziq, maqolada sog’lom va patologik rashkning farqlari keltirilgan.
✅
Paranoid shaxs buzilishi tashxisi uchun shu 7 ta belgidan kamida 4 tasi bo’lishi va shaxs buzilishi guruxi uchun xos bo’lgan umumiy 3 ta kriteriyga mos tushishi kerak. Tashxisni faqat
shifokor-psixiatr
qo’yadi.
📌
Paranoid shaxs buzilishining 4-belgisi – insonlarning so‘z va harakatlarni noto‘g‘ri talqin qilish
Paranoid tipdagi odamlar ko‘pincha atrofdagilarning gaplari va xatti-harakatlarini
haddan tashqari salbiy talqin qiladi. Neytral gap ham ularga dushmanona eshitiladi.
Oddiy iltifot yoki befarq so‘z ham unga haqoratdek tuyulishi mumkin.
✅
Yordamni ham “zarba” deb ko‘radi.
Masalan, siz unga charchaganini ko‘rib yordam taklif qilsangiz, u buni “meni ojiz, qobiliyatsiz deb o‘ylayapti” deb qabul qilishi mumkin. Siz uni chin dildan maqtasangiz ham, u “masxara qilyapti” deb o‘ylashi ehtimoli katta. Paranoid shaxs buzilishiga ega insonlar hazilni mutlaqo qabul qilmaydi. Shaxsiy manzilga qilingan eng mayda hazil ham ularga haqorat yoki kamsitish sifatida eshitilishi mumkin. Ammo ular o’zlari atrofdagilarga nisbatan tanqid va sarkazmda ancha faol bo’lishadi. Shuning uchun ular bilan hazillashishga urinish ko‘pincha tortishuv bilan tugaydi.
😶🌫️
Natijada, doimiy noto‘g‘ri talqin tufayli ular atrofidagilar bilan tez-tez janjallashadi, o‘zlarini esa doimo “hammaga qarshi kurashayotgan yolg‘iz jangchi” sifatida his qilishadi.
Davom etamizmi, yo bugunga yetadimi?
🙂↔️
📌
Uchinchi belgi – yashirinlik
Paranoid shaxsga xos yana bir belgi —
ortiqcha yopiq bo‘lish, shaxsiy hayotini hammadan yashirish
.
🔖
Bunday odam shaxsiy ma’lumotlarini boshqalarga ishonib bermaydi. Uning uchun oddiy suhbat ham xavfga aylanishi mumkin. U shaxsiy ma’lumotlarini oshkor qilsa, odamlar buni zarar yetkazish uchun ishlatishi mumkin deb o‘ylaydi.
Bu yopiqlikning odatdagi
introvertizmdan farqi
shundaki, introvertlar ham shaxsiy hayotini ko‘p odamga aytavermaydi, lekin eng yaqinlariga ochiladi. Paranoid shaxs esa hatto eng yaqin do‘stlariga ham ko‘nglini to‘liq ocholmaydi.
🌀
Paranoid shaxs buzilishining
diagnostik kitoblarda ko’rsatilmagan
zamonaviy belgisi sifatida, ularning ko‘pincha ijtimoiy tarmoqlarda akkaunti bo‘lmasligini aytishimiz mumkin. Bo‘lsa ham, hamma narsasi yopiq, maxfiy, minimal ma’lumotlar va hech qanday shaxsiy tafsilotlarsiz bo’ladi.
✅
Natijada, yashirinlik kuchaygani sari ular yanada yolg‘izlashib boradi. Chunki odamlar bilan samimiy munosabat o‘rnatish uchun biroz bo‘lsa ham ochiqlik kerak.
✅
Paranoid shaxs buzilishi
belgilarini tahlil qilishdan oldin, umumiy shaxs buzilishlari
kriteriylarini
ko’rib chiqaylik, bular:
🔖
Simptomlarning doimiyligi
🔖
Simtomlar hayotning har bitta sohasini egallab olishi (ishda, uyda, do’stlar bilan)
🔖
Sotsial izolyatsiyaga sabab bo’lishi
📣
Ya’ni hozir biz ko’rib chiqadigan paranoid shaxs buzilishi belgilarining hammasi topilsa ham, yuqoridagi guruh uchun umumiy bo’lgan belgilar topilmasa, bu
shaxsiyat buzilishi yo psixopatiya emas
, shunchaki xarakterdagi o’ziga xoslik yoki aksentuatsiya bo’lishi mumkin.
Aksentuatsiya
— bu inson xarakterining ayrim xususiyatlari haddan tashqari kuchli bo‘lib namoyon bo‘lishi. Ya’ni, oddiy odamlarda hamma xususiyatlar muvozanatda bo‘ladi, lekin aksentuatsiyada ularning biri boshqalardan keskin ajralib turadi.
Masalan, kimdadir haddan tashqari uyatchanlik, kimdadir ortiqcha emotsionallik yoki shubhalilik kuchliroq bo‘lishi mumkin. Bu hali kasallik emas, balki me’yordagi xususiyatning biroz “keskinlashgan” ko‘rinishi xolos.
Aksentuatsiya — bu
xarakterdagi bo‘rttirilgan chiziqlar
, ularning inson hayotidagi ayrim vaziyatlarda yaqqol sezilishi.
📌
Birinchi belgi
–
atrofdagilar, ularning harakat va niyatlariga nisbatan asossiz shubxalar.
Tasavvur qiling, paranoid shaxs buzilishiga ega inson 10-15 kishilik kollektivda ishlaydi. Xarakteridagi o’ziga xoslik va ishonchsizlik hisobiga u katta ehtimol bilan jamoadagi birorta odam bilan do’stona yoki yaqin aloqalar o’rnata olmaydi. Va tabiiyki bu jamoaning qolgan a’zolaridan 2-3-4 kishi o’zaro yaqinroq bo’ladi va boshqalarga qaraganda ko’proq munosabat o’rnatishadi. Ular o’zaro yaqinliklari hisobiga tabiiyki, nafaqat paranoikni, balki jamoadagi boshqa insonlarni ham o’zaro suhbatlarga, yig’inlariga qo’shmasligi mumkin. Bunday munosabatni sog’lom odam mutlaqo normal qabul qiladi (bolalar o’zaro qiziqishlari va h.klarga ko’ra kichik guruxlarga yig’ilgan maktab, universtitet davringizni eslashga urinib ko’ring). Paranoid shaxs buzilishiga ega inson esa bu holatni quyidagicha tahlil qiladi:
“Bu uchalasi yig’ilib, meni g’iybatimni qilishyapti yoki oyog’imdan chalish uchun qulay paytni poylab, menga qarshi fitna qo’ziyapti”.
📌
Ikkinchi belgi
—
do’stlar, hamkasblar va tanishlarining sadoqatidan doimiy shubxalanish
Siz biron yaqin do‘stingizga ishonmasangiz, u bilan do‘stlikni davom ettira olasizmi? Paranoid shaxs buzilishining ikkinchi belgisi aynan shu holat bilan bog‘liq: bunday odam eng yaqinlariga ham doimiy shubha bilan qaraydi.
❕
Bunday odam do‘stlari, tanishlari va hamkasblarining sadoqatidan doimo shubhalanib yuradi. U uchun hatto eng ishonchli inson ham go‘yoki har lahza xiyonat qilib ketishi mumkindek tuyuladi.
🌀
U atrofdagilarini tinimsiz sinovdan o‘tkazadi. Har bir vaziyatda xayolida “meni chindan ham qo‘llab-quvvatlayaptimi?” degan shubha bilan do‘stlarining harakatlarini kuzatadi. Bunday odam boshqalardan o‘ziga bo‘lgan sadoqatni yana va yana isbotlashlarini kutadi. Boshqalar qancha sadoqat ko‘rsatmasin, baribir uning ko‘ngli to‘lmaydi.
✔️
Shubha tuyg‘usi haddan tashqari kuchayganda, u
ijtimoiy muhitdagi oddiy voqealarni ham o‘ziga qarshi fitna
deb bilishi mumkin. Masalan, u og‘ir ahvolga tushsa va do‘stlari darhol yordamga kelmasa, “Menga yordam bermayapti, demak chin do‘st emas” deb o‘ylaydi. Aksincha, agar do‘stlari qo‘l cho‘zsa, “nimadir manfaat ko‘zlayapti” degan gumonga boradi.
☑️
Natijada,
doimiy gumon va ishonchsizlik tufayli
, bunday odamning yaqin do‘stlari bunday munosabatdan charchab, asta-sekin undan uzoqlasha boshlaydi. Hech kim o‘z sadoqati doimo shubha ostida qolishini xohlamaydi, axir. Oxir-oqibat, u yolg‘izlanib boradi va unda “
hamma menga dushman”
degan ishonch yanada kuchayadi.
🌊
Paranoidal shaxsiyat buzilishi
ning asosiy mohiyati — doimiy shubhalar va ishonchsizlikdir. Bunday odam
atrofdagilarga nisbatan nihoyatda ehtiyotkor
bo‘ladi, ularga
ko‘pincha ishonmaydi
va ularning
niyatlarini yomonlikka yo‘yadi.
Uning butun shaxsiyati shubha va gumon bilan qoplanadi: go‘yo hammayoqda uni aldaydigan, undan foydalanadigan yoki qandaydir zarar yetkazadigan odamlar bor, deb hisoblaydi.
🔥
Bugun siz bilan paranoid shaxs buzilishining XKK-11 bo’yicha asosiy belgilari bilan tanishib chiqamiz.
P.S: Post informativ maqsadda yoziladi. Belgilarni o’qib olib, o’zingiz va yaqinlaringizga
“jinni”
tashxisini qo’yishga shoshmang.
📌
Biz shu kungacha ko’rib chiqqan
xarakterdagi patalogiyalar
(psixopatiyalar)
Anonkast shaxs buzilishi
Shizoid shaxs buzilishi
Shizotipik shaxs buzilishi
Postlar davomiy, shuning uchun kanalni varoqlab, oxirigacha o’qishingiz mumkin.
🔖
Bugun esa, siz bilan paranoid shaxs buzilishini ko’rib chiqamiz.
Umumiy
xarakterdagi patalogiyalar va
ularning tavsifi haqida mana bu postda o’qishingiz mumkin. Eng qiziqlari, eng qaymog’i hali oldinda.
😉
Kanalga qaytishga 33558321457995321789953 urinish
😂