
📚 Introvert oshxonasi
Filmni ko'ryapsizlar va tahlillarni tez orada yozishni boshlaysizlar degan yaxshi gumondaman
😌
https://m.ok.ru/video/3710070688294
https://m.vk.com/video-39165340_456250691
Filmning ingliz va rus tillariga ilovalarni qoldiryapman. O'zbek tilidagisini afsuski topolmadim.
Shunda ham ko'rmasangiz uyat bo'lar endi
🤭
Bu safar film tahlilini yolg'iz qilishni istamadim. Filmni sizlar bilan birga muhokama qilishga nima deysiz?
Sizlarga vazifa bor (
va bunga jiddiy yondashasiz degan umiddaman
🫶🏻
)
Ertaga
"Брачная история" "Nikoh hikoyasi"
filmini tomosha qiling, tahlil qiling va shu post ostiga yozib qoldiring. (Spoylerlarsiz)
Ertaga kechga kanalda o'zimning tahlil va xulosalarim bilan bo'lishaman. Birga muhokama qilamiz!
💫
Eng ko'p layk yiqqan va menga manzur bo'lgan tahlil egasiga kichik sovg'am bor.
Filmning ingliz va rus tillariga ilovalarni qoldiryapman. O'zbek tilidagisini afsuski topolmadim.
Shunda ham ko'rmasangiz uyat bo'lar endi
🤭
Брачная история на русском языке
Marriage story in english
Ertaga Oqtoshdagi oxirgi kunimiz, 10 kun juda mazza qilib dam oldim, lekin ovqat pishirish, idish-tovoqlarni yuvish, uy tozalash va dazmol qilishni umuman sog’inmadim
😂
Lekin hozir gap bu haqidamas. Uyga borvolib, sayohat taassurotlari haqida batafsil yozaman, inshaalloh. Hozircha esa bir qancha rasmlar bilan cheklanaman.
Ha aytgancha, rasmlarga qarab eng ko’p nima bilan band bo’lganimni uch urinishda topib ko’ring
😅
Endi esa, asosiy masalaga o’tamiz. Sizlarga kanalda tahlil uchun bir zo’r film tavsiya qilmoqchiman, nima qildik, ko’ramizmi?
Bu videoni ko'rib shaxsiy rivojlanish uchun ketkazadigan yillab vaqtingizni tejab qolishingiz mumkin. Videoni albatta tomosha qiling, sizga yoqishi aniq.
1-fakt
. Ma'lumot (bilim) olish insonning xulq-atvorini, harakatlarini o'zgartirmaydi.
Bu shaxsiy rivojlanish industriyasidagi eng keng tarqalgan afsonadir. Nimanidir qilish kerakligini bilish va nimanidir qila olish bu psixologiya tomondan qaralganda ham butunlay farqli narsalardir. Bu holatlar turli neyronlar ishtirokida amalga oshadi.
Bilish bu -
deklarativ xotira
, qilish esa -
jarayonga mas'ul xotira
. Bu xotiralar miyaning turli bo'limlarida saqlanadi. Shu sabab, siz prokrastinatsiya haqida hamma ma'lumotga ega bo'la turib ham prokrastinatsiya qilishda davom etaverasiz.
2-fakt.
Xulq-atvorni o'zgartirmaydigan insayt bu shunchaki ma'lumot.
Buning yana bir qiziq tomoni, siz qandaydir muammoning yechimini topishingiz bilan... Shu yechimni bajarishga bo'lgan motivatsiyangiz tushib ketadi (Bilamanku, ertaga bajaraman deb yuraverasiz) Shu yechimni bilish sizga muammo yechilgandek taassurot (illyuziya) beradi, lekin aslida unday emas. Shu sabab ham
"psixoterapiyaga 10000$ sarflab olgan bilimlarimni sizga tekinga beraman"
degan videolar sizga foyda bermaydi. Chunki ular psixoterapiyada yillab yangi ko'nikma shakllantiradi, sizga esa shunchaki ma'lumotni ulashadi xolos.
Psixoterapiyada fikrlar –> hislar –> ko'nikmani rivojlantirish –> xulq yo'li bosib o'tiladi.
3-fakt.
Neyroplastiklik harakatni tushunish/bilish emas, qayta-qayta bajarish orqaligina mustahkamlanadi.
Tadqiqotlarga ko'ra yangi odatlarni paydo qilishda neyron "yo'llari" o'rtacha 66 kun ichida shakllanadi. 21 kun, yoki 1 oylik marafon emas, 66 kunlik doimiylik. (Bu haqda batafsil
mana bu maqolada
yozganman)
4-fakt.
Hozir ba'zi tanishlaringizni yodingizga solaman. Ko'pchilik insonlar shaxsiy rivojlanish davrida shunchaki konsepsiya (fikr, ma'lumot) yig'ish bilan cheklanib qolishadi. Shu bilimlarni amalga tadbiq qilishni (harakat) esa orqaga surishadi. Chunki chiroyli so'zlar, balandparvoz aforizmlar bilan rivojlanish har kuni davomli amaliy mehnat qilishdan osonroq. (Ayniqsa, bu rivojlanish yo'li divanda yonboshlab kitob o'qish yoki podcast ko'rishdan iborat bo'lsa
🙃
)
5-fakt
. Hayotimizdagi haqiqiy o'zgarishlar — bizga noqulaylik tug'diradi.
Ular bizga xavf, tushunarsizlik, noaniqlik tuyg'ularini beradi. Shu sabab miyamiz haqiqiy rivojlanish va o'zgarishlarga qarshilik bildiradi. Agar siz rivojlanish yo'lingizdagi diskomfortlarni hammasini to'xtatishga belgi berayotgan ilohiy tuyg'u deb tushunayotgan bo'lsangiz, havotir olmang, aslida buning aksi. Shunchaki, hamma yangi narsa boshida biroz qiyin bo'ladi. Xuddi, birdaniga boshqa qo'lda yozishni boshlash yoki saksofon chalishni o'rganish kabi. Haqiqatan rivojlanishni istasangiz shu ichki qarshiliklarni yengib o'tishingiz kerak.
6-fakt.
Bir marta haqiqatan harakatlaringizni boshqara olishingiz 100 ta kitob o'qib tugatishga teng.
Shu sabab, tinmay kitob o'qib uni amalda qo'llamaslik bu muammoni yechishga, hayotingizni o'zgartirishga bo'lgan urinish emas. Aksincha, muammodan va javobgarlikdan qochish, o'zingizni "men nimadir qilyapman"deb aldashdir.
Psixoterapiya
mavzusini yakunlash uchun shu videodan foydalangim keldi. Eshitib ko'ring, ajoyib fikrlar aytilgan. Videoda inson xulqidagi, shaxsiyatidagi muammolarni yolg'iz bartaraf etishi oson emasligi va bu ishda aynan psixoterapiyaning foydasi tegishi juda qiziq tilda tushuntirilgan. Marhamat, xulosa qiling
🤗
Mobodo, postlardan keyin har xil infolo’ttibozlarni reklamasi chiqsa, buni telegram chiqaryapti, meni reklamam emas, ishonmaymiz
😂
Darvoqe, qanday o’chirish mumkin bu reklamani?
O’zi instagram allaqachon axlat qutiga aylanib bo’ldi, bir telegram qoluvdi shular yetib kemagan
😣