
PROFEDU.UZ
🏛
Professional ta’limni rivojlantirish instituti rasmiy telegram kanali
• Veb sayt:
http://ipitvet.uz/
• Elektron pochta: pedagoginnovatsiyalar@edu.uz
🛳
Kruiz kemalarida ishlab, dunyo bo'ylab sayohat qilishga nima deysiz?!
Migratsiya agentligi hamda Shimoliy Makedoniya davlatining "Kouzon" korporatsiyasi hamkorligida
250 ta bo’sh ish o’rni
ochildi.
💸
Oylik maosh:
950 – 2100 yevrogacha (ish sohasiga qarab)
⏰
Ish soatlari:
sohaga qarab grafik asosida
📅
Muddat:
6 oylik shartnoma
Sohalar:
▪️
Kafe xodimi
▪️
Ekipaj ovqatlanish zalida xizmat ko‘rsatuvchi xodim
▪️
Bosh ofitsiant
▪️
Restoran menejeri
▪️
Restoran nazoratchisi
▪️
Ofitsiant
▪️
Yordamchi ofitsiant
Talablar:
▪️
Kamida 2 yillik ish tajriba (restoran, mehmonxona, servis sohalarida)
▪️
Yosh chegarasi: 21 dan 45 yoshgacha bo'lgan erkak va ayollar
▪️
Kamida o‘rta (litsey, kollej) ma’lumotga ega bo‘lish
▪️
Ingliz tilini yaxshi bilish (IELTS kamida 5,5 yoki boshqa xalqaro sertifikat)
▪️
Mehmondo‘stlik va jamoada ishlash qobiliyati
Imtiyozlar:
▪️
Tibbiy sug‘urta
▪️
Viza, transport, ovqat, yashash joyi xarajatlari ish beruvchi tomonidan qoplab beriladi.
❗️
Diqqat
Nomzodlar ingliz tilida CV tayyorlashi shart!
CVda quyidagilar aniq ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak:
– Qaysi korxonada ishlagansiz
– Ishlagan yillar (masalan, 2020–2022)
– Lavozim va vazifalaringiz
📥
Ro'yxatdan o'tish
❗️
Ro‘yxatdan o‘tish ishga joylashishni kafolatlamaydi, nomzodlar ish beruvchi talabi asosida tanlanadi.
📞
Murojaat uchun: Migratsiya agentligi – 71 202-33-55 (ichki raqam 172)
@migratsiyaagentligi
@uzmigration
🔺
KASBIY TA'LIMNING JORIY ATAMALARI VA TA'RIFLARI LUG‘ATI
Mazkur glossariy Oʻzbek, rus va ingliz tillarida kasbiy ta’lim jarayonining tushunchalarini ifoda etgan
oʻzbek, ingliz
va
rus
tillaridagi maxsus atama va tariflarni toʻgʻri talqin qilishga ortib borayotgan talabga javoban mualliflar tomonidan amalga oshirilgan ishning mahsuli boʻlib, oʻz ichiga
300dan ortiq
atamalar va tariflarni o‘z ichiga olgan.
PDF yuklab olish.
https://edu.profedu.uz/media/files/izohli_lugat_Kasbiy_talim_.pdf
|Bizni kuzatib boring
🌐
Veb-sayt
|
✅
Facebook
|
✅
Telegram
|
📹
Youtube
🎓
Oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchi va talabalari uchun “YOSH GIDLAR MAKTABI” DASTURIga start berilmoqda
!
🎯
Dastur maqsadi:
Turizm va gidlikka qiziqqan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash;
Tajribali gidlar bilan “ustoz-shogird” tizimida stajirovka tashkil etish;
Yozgi ta’tilni mazmunli va samarali o‘tkazish
.
❇️
Dastur bosqichlari:
-
dasturda qatnashish istagida boʻlgan oliy va kasbiy taʼlim muassasalari oʻquvchi va talabalarini
saralash
;
- “Yosh gidlarni tayyorlash” bo'yicha
qisqa muddatli kurs
da o'qish (4 hafta);
- oʻquvchi va talabalarga tajribali gidlarni biriktirish orqali
15 kunlik stajirovka
tashkil etish.
✅
Ishtirokchilarga beriladigan imkoniyatlar:
▪️
Tajribali gidlar bilan stajirovka
(15 kun);
▪️
Yo‘l haqi (500 ming so‘m) va yashash xarajatlari (1 mln so‘m)
uchun moliyaviy ko‘mak;
▪️
30% chegirma
bilan gid-tarjimonlar tayyorlash bo'yicha
6 oylik
to'liq kursda o‘qish huquqi.
🗓
Arizalar qabul qilinadi:
📅
22–26 iyul, 2025-yil
📧
Ariza
va
200–300 so‘zli
motivatsiya xatlarini
quyidagi oliy ta’lim muassasasining elektron manziliga yuboring.
❗️
Nomzodlar kamida bitta horijiy tilni bilishi zarur.
🏫
Kurslar o‘tkaziladigan OTMlar:
1️⃣
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti
(info@tsuos.uz);
2️⃣
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti (uzdjtu@uzswlu.uz)
3️⃣
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti (info@univ-silkroad.uz)
4️⃣
Urganch davlat universiteti (info@urdu.uz)
5️⃣
Samarqand davlat chet tillari instituti (info@samdchti.uz)
6️⃣
Andijon davlat chet tillari instituti (asifl@edu.uz)
7️⃣
Buxoro davlat universiteti (buxdu_rektor@buxdu.uz)
Bizni
kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram
#hamkorlik
🤝
🌏
👨🏫
👩🏫
🗣
Hamkorlik ishlari davom etadi
➡️
2025-yil 22-iyul
kuni O‘zbekiston Respublikasi Professional ta’limni roivojlantirish instituti hamda Rossiya Federatsiyasi Professional ta’limni roivojlantirish instituti o‘rtasida olib borilayotgan hamkorlik ishlarni muhokama qilish yuzasidan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
➡️
Unda, Rossiya Federatsiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasining Professional ta’limni rivojlantirish institutlari rahbarlari
Kojevnikov
Sergey Mixaylovich va Xudayberdiev Zayniddin Yavkachevichlar
boshchiligida prorektor, o‘rinbosarlar hamda mas’ullar ishtirok etdi.
➡️
Uchrashuv davomida kasbiy ta’lim tizimini rivojlantirish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar va kelgusida rejalashtirilayotgan muhim vazifalar belgilab olindi.
|Bizni kuzatib boring
🌐
Veb-sayt
|
✅
Facebook
|
✅
Telegram
|
📹
Youtube
6-kun natijalari e’lon qilindi
2025-yil
19-iyul
kuni o‘tkazilgan oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga kirish
test sinovi natijalari
e’lon qilindi.
Natijalarni
4 xil usulda
bilish mumkin:
1️⃣
my.uzbmb.uz
saytidagi
“Natijani olish”
bo‘limiga pasport seriyasi va raqami hamda JShShIRni kiritgan holda
(shaxsiy kabinetdan ham bilish mumkin)
.
2️⃣
mandat.uzbmb.uz
saytiga qayd varaqa yoki ruxsatnomadagi
abituriyentning ID raqami
ni kiritgan holda.
3️⃣
Agentlikning quyidagi
telegram botlari
ga qayd varaqa yoki ruxsatnomadagi
abituriyentning ID raqami
ni yuborgan holda:
👉
@bmba_natija_bot
👉
@bmba_natija_1bot
👉
@bmba_natija_2bot
4️⃣
SMS xabarnoma xizmati orqali:
5100
raqamiga qayd varaqa yoki ruxsatnomadagi
abituriyentning ID raqami
ni yuborgan holda
(xizmat haqi mavjud)
.
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram
📣
Abituriyentlar diqqatiga
!
Endilikda O‘zbekistonning
14 ta texnikumida
BTEC xalqaro ta’lim dasturi asosida
100% grant asosida o‘qish imkoniyati
mavjud!
💡
Bu dastur sizga nima beradi?
✔️
100 foiz grant asosida
ta’lim
olish
✔️
Xalqaro darajadagi
kasb
egasi bo‘lish
✔️
Buyuk Britaniyada
amaliyot
o‘tash
✔️
70 dan ortiq
davlatda tan olinadigan diplom
✔️
Yevropa, Osiyo va Amerikada
o‘qish va ishlash
imkoniyati.
🧑🏻💻
Hujjatlar
my.edu.uz
platformasi orqali onlayn tarzda topshiriladi.
➡️
Ta’lim shakli:
kunduzgi
📊
Ajratilgan
kvotalar
bilan tanishing:
🟢
9-sinf bitiruvchilari uchun
kvota
👈
🟢
11-sinf bitiruvchilari uchun
kvota
👈
(qabul avgust oyida boshlanadi)
➡️
BTEC xalqaro dasturlari joriy etiladigan texnikumlar
ro‘yxati
👈
✍️
Kasb tanlang, xalqaro imkoniyatlarga yo‘l oching!
#BTEC
#Texnikum
#XalqaroTaʼlim
#Abituriyent2025
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram
O‘zbekiston texnikumlarida xalqaro BTEC dasturlari joriy etilmoqda
17-iyul kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari
Sarvarxon Buzrukxonov
Buyuk Britaniyaning “Pearson Education Limited” kompaniyasi vakillari —
Ollie Wintle va Kieran Hawkins
bilan uchrashdi.
Uchrashuvda 2025/2026-o‘quv yilidan boshlab
14 ta texnikumda BTEC kvalifikatsiyalarini joriy etishga
doir tashkiliy ishlar, hozirgacha erishilgan natijalar, muammolar va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.
Shuningdek, BTEC dasturlarini
tarjima qilish, pedagog kadrlar malakasini oshirish, metodik ta’minotni shakllantirish
bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.
#BTEC
#Pearson
#TaʼlimSifati
#Texnikumlar
#XalqaroHamkorlik
Bizni
kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram
Kasbiy ta’lim – real amaliyot – barqaror bandlik yo‘lida muhim hamkorlik!
2025-yil 17-iyul kuni Toshkent shahar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasida yoshlarning zamonaviy kasb-hunarga egaligi, amaliy ko‘nikmalari va mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini oshirish maqsadida yana bir muhim qadam tashlandi.
Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumi va yurtimizdagi yetakchi gastronomiya tarmog‘i —
AB Group (Novikov) restoran xoldingi
o‘rtasida o‘zaro manfaatli
Memorandum imzolandi.
Ushbu Memorandumdan ko‘zlangan asosiy maqsad
, texnikum o‘quvchilarini tajriba va amaliyotga yo‘naltirish, nufuzli restoran va mehmonxona majmualarida amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish va bitiruvchilarning bandligini ta’minlashga hissa qo‘shishdan iborat.
Hamkorlik ikki tomonlama manfaatdorlik asosida texnikum bitiruvchilarining kasbiy tayyorgarligini oshirish, ularni ish bilan ta’minlash imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram
#BTEC
#Texnikum
#Amaliy_seminar
Xalqaro diplom olishni xohlaysizmi? BTEC dasturlari 14 ta texnikumda start oldi!
2025-yil 15–16-iyul kunlari Professional taʼlimni rivojlantirish institutida
Buyuk Britaniyaning “Pearson Education Limited” kompaniyasi
bilan hamkorlikda
BTEC xalqaro taʼlim dasturlarini joriy etish yuzasidan amaliy seminar
bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda
“Pearson” kompaniyasi vakillari Ollie Wintle va Kieran Hawkins,
shuningdek,
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi
hamda
Professional taʼlimni rivojlantirish institutining masʼul xodimlari
ishtirok etdi.
Seminar davomida BTEC dasturlarini 2025/2026-o‘quv yilidan boshlab respublikaning
14 ta texnikumida joriy etish, taʼlim dasturlarini ishlab chiqish, o‘quv adabiyotlarini tarjima qilish, pedagog kadrlar malakasini oshirish, metodik taʼminotni shakllantirish
va boshqa tashkiliy masalalar muhokama qilindi.
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram
#YUNESKO
🗣
Ilg'or kasbiy tayyorgarlik markazlari faoliyatini yo'lga qo'yish bo'yicha birlamchi qadamlar
⏺
2025 yil 16 iyul
kuni Professional ta’limni roivojlantirish institutida Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan va
YUNESKO
tomonidan olib borilayotgan
“Qishloq hududlarida ishga joylashish koʻnikmalarini rivojlantirish”
loyihasi doirasida hududiy Ilgʻor kasbiy tayyorgarlik markazlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish yuzasidan uchrashuv tashkil etildi.
⏺
Uchrashuvda
YUNESKO
ning Ta’lim boʻlimining yangi rahbari
Bojana Zivkovich
, loyiha vakillari hamda Institut rahbariyati va mas’ullari ishtirok etishdi.
⏺
Unda loyiha doirasidagi pilot markazlar
(Toshkent shahar, Qoraqalpoʻgiston Respublikasi, Namangan va Samarqand viloyatlaridagi Ilgʻor kasbiy tayyorgarlik markazlari)
da olib borilayotgan modernizatsiya ishlari va ularning institutsional salohiyatini oshirishda
YUNESKO-UNEVOC
tashkilotining rejasi haqida fikr almashildi.
⏺
Uchrashuv yakunida tomonlar oʻzaro hamkorlikni kengaytirishga, Namangandagi markazning modernizatsiyadan keyin ochilish marosimini yuqori saviyada tashkil etishga hamda Ilgʻor kasbiy tayyorgarlik markazlirining faoliyatini qoʻllab-quvvatlovchi metodik va administrativ hujjatlarni birgalikda ishlab chiqishga kelishib olishdi.
|Bizni kuzatib boring
🌐
Veb-sayt
|
✅
Facebook
|
✅
Telegram
|
📹
Youtube