Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Kasbiy ta'limni rivojlantirish instituti

ipi_uz
🏛 Kasbiy ta'lim agentligi huzuridagi Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti rasmiy telegram kanali • Veb sayt: http://ipitvet.uz/ • Elektron pochta: pedagoginnovatsiyalar@edu.uz
Подписчики
2 379
24 часа
-59
30 дней
-59
Необычное падение (24 часа)
Просмотры
1 206
ER
50,69%
Посты (30д)
13
Символов в посте
1 177
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
EDОбщее образование и новости
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
October 01, 04:43
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

Ustoz va murabbiylar - ezgulik va fidoyilik timsoli
🔺
Sizlarni 1 oktyabr - O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!
✍️
O‘qituvchilik va murabbiylik - yuksak mas’uliyat, fidoyilik va sabr-toqatni talab etadigan sharafli kasbdir. Bugungi kunda kasbiy ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish, ta’lim mazmunini takomillashtirish, zamonaviy yondashuvlarni joriy etish va malakali kadrlar tayyorlashda har biringizning mehnatingiz muhim ahamiyat kasb etmoqda.
✍️
Fursatdan foydalanib, ta’lim sohasida samarali mehnat qilib kelayotgan barcha ustoz va murabbiylarga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, kuch-g‘ayrat va kasbiy faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.
✍️
Sizlarning fidokorona mehnatingiz, yangilikka intilishingiz va kasbiy ta’lim ravnaqi yo‘lidagi sa’y-harakatlaringiz doimo yuksak e’tirofga munosibdir.
Barchangizga baxt-saodat, fayzu baraka va yangi yutuqlar tilayman!
Bayramingiz muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Kadirov Xayot Sharipovich
Sahifalarimizga obuna bo‘ling!
✈️
Telegram
|
🌐
Instagram
|
🌐
Web
|
▶️
Youtube
|
🗳
Facebook

September 30, 12:35
Файлы недоступны
10
2
Открыть в Telegram

Ustoz va murabbiylarga yuksak ehtirom
🔺
Kasbiy ta’limni rivojlantirish institutida 1-oktyabr - O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi.
🔺
Tadbirda ustoz va murabbiylarning yosh avlodga sifatli ta’lim-tarbiya berish, kasbiy ta’lim tizimini rivojlantirish va ta’lim sifatini oshirishdagi munosib hissasi alohida e’tirof etildi.
Shuningdek, institutda samarali mehnat qilib, kasbiy ta’limni rivojlantirishga munosib hissa qo‘shayotgan, faolligi va tashabbuskorligi bilan ajralib turgan bir guruh xodimlar faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
✅
Tadbirda barcha ustoz va murabbiylarga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, kasbiy faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar va yangi zafarlar tilab qolindi.
Barcha ustoz va murabbiylarni 1-oktyabr - O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan samimiy muborakbod etamiz!
Sahifalarimizga obuna bo‘ling!
✈️
Telegram
|
🌐
Instagram
|
🌐
Web
|
▶️
Youtube
|
🗳
Facebook

September 28, 11:04
Файлы недоступны
6
2
Открыть в Telegram

#ictweek_tashkent_2026
2026-yil 25-sentabr kuni
Toshkent shahridagi “CAEx Uzbekistan” ko‘rgazma majmuasida
ICT WEEK Uzbekistan 2026
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi bo‘lib o‘tmoqda.
🔺
Mazkur nufuzli tadbirda
Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti malaka oshirish kursi tinglovchilari
ishtirok etib, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi eng so‘nggi yangiliklar, zamonaviy ishlanmalar va innovatsion yechimlar bilan yaqindan tanishdilar.
🔺
ICT WEEK Uzbekistan 2026
ko‘rgazmasi doirasida tinglovchilar IT, raqamli texnologiyalar, startaplar, sun’iy intellekt hamda innovatsion loyihalar yo‘nalishidagi ilg‘or texnologiyalarni o‘rganish, soha mutaxassislari va yetakchi tashkilotlar vakillari bilan muloqot qilish hamda o‘zaro fikr almashish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
✅
Tashrif tinglovchilarning zamonaviy raqamli texnologiyalar bo‘yicha bilim va tasavvurlarini kengaytirish, ilg‘or tajribalarni o‘rganish hamda kasbiy faoliyatida innovatsion yondashuvlardan foydalanish imkoniyatlarini oshirishga xizmat qilаdi.
Sahifalarimizga obuna bo‘ling!
✈️
Telegram
|
🌐
Instagram
|
🌐
Web
|
▶️
Youtube
|
🗳
Facebook

September 24, 13:06
Файлы недоступны
5
2
Открыть в Telegram

Malaka oshirish — ochiq muloqot va yangi yechimlar maydoni
🔺
Kasbiy ta’limni rivojlantirish institutida sentabr oyida malaka oshirish kurslariga jalb etilgan tinglovchilar ishtirokida
“Malaka oshirish kurslarini tashkil etishdagi muammo va istiqbollar”
mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
🔺
Ochiq muloqot ruhida tashkil etilgan uchrashuvda tinglovchilar malaka oshirish jarayonida o‘zlarini qiziqtirgan masalalar, mavjud muammolar va ularning amaliy yechimlari yuzasidan fikr almashdilar. Shuningdek, kurslar mazmunini amaliy faoliyat bilan yanada uyg‘unlashtirish, zamonaviy o‘qitish metodlari va raqamli imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha takliflar bildirildi.
✅
Tinglovchilarning fikr va takliflari — malaka oshirish tizimini takomillashtirish, uning amaliy ahamiyati va natijadorligini oshirishning muhim omilidir.
Institutda ana shunday ochiq muloqotlar orqali malaka oshirish jarayonini ehtiyojga yo‘naltirilgan va samarali tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Sahifalarimizga obuna bo‘ling!
✈️
Telegram
|
🌐
Instagram
|
🌐
Web
|
▶️
Youtube
|
🗳
Facebook

September 23, 10:46
Файлы недоступны
5
2
Открыть в Telegram

#uchrashuv
#klaster_modul
Rossiya modeli asosida kompetensiyaviy klaster-modul platformasini ishlab chiqish bo‘yicha ishchi uchrashuv o‘tkazildi
🔺
“Rossiya modeli asosida texnik kasbiy ta’lim tashkilotlarida kompetensiyaviy klaster-modul platformasini ishlab chiqish”
loyihasi doirasida Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti va
Imperator Aleksandr I nomidagi Sankt-Peterburg davlat temir yo‘llar universiteti
vakillari uchrashuv o‘tkazdi.
✍️
Ikki institut o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish va
hamkorlik shartnomasi loyihasini tayyorlash
masalalari muhokama qilindi.
✍️
Kadrlar tayyorlashning
kompetensiyaviy-klaster va modul modelini ishlab chiqish hamda amaliyotga joriy etish
ga alohida e’tibor berildi.
Ilmiy-tadqiqot hamkorligini rivojlantirish
, dolzarb masalalarni birgalikda tadqiq qilish, tajriba almashish hamda
qo‘shma ilmiy-amaliy tadbirlar (konferensiyalar, seminarlar, davra suhbatlari)
o‘tkazish masalalari ko‘rildi.
✅
Uchrashuv yakunida tomonlarning
kelgusidagi hamkorligi ustuvor yo‘nalishlari, mexanizmlari va qo‘shma tadbirlarni amalga oshirish asosiy yo‘llari
belgilandi.
Sahifalarimizga obuna bo‘ling!
✈️
Telegram
|
🌐
Instagram
|
🌐
Web
|
▶️
Youtube
|
🗳
Facebook

September 17, 14:07
Файлы недоступны
7
2
Открыть в Telegram

#kasbiy_salohiyat
Tinglovchilarning kasbiy salohiyatni oshirish yo‘lida muhim qadam
🔺
Kasbiy taʼlimni rivojlantirish institutida malaka oshirish kurslarida tahsil olayotgan rahbar va boshqaruv xodimlari uchun
har kuni
darsdan keyin
zamonaviy kasbiy taʼlimning dolzarb masalalariga bagʻishlangan
uchrashuv va ochiq muloqotlarni muntazam tashkil etish yoʻlga qoʻyildi.
💬
Jumladan, joriy yil 17-sentabr kuni
“Texnikumlarda oʻquv jarayonini tashkil etishda modulli taʼlim dasturlaridan samarali foydalanish”
mavzusida ochiq muloqot oʻtkazildi.
Muloqot davomida 2026/2027 oʻquv yilidan texnikumlarda joriy etilgan kunduzgi, dual, qoʻshma hamda xalqaro taʼlim dasturlari, ularning mazmun-mohiyati, oʻquv jarayonini tashkil etishdagi oʻziga xos jihatlari va modulli yondashuvdan samarali foydalanish masalalari boʻyicha ishtirokchilarga batafsil maʼlumotlar berildi.
✅
Bunday ochiq muloqotlar rahbar va boshqaruv xodimlarining zamonaviy yondashuvlar asosida bilim va koʻnikmalarini boyitish, kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish hamda texnikumlarda taʼlim jarayonini samarali tashkil etishga xizmat qiladi.
Sahifalarimizga obuna bo‘ling!
✈️
Telegram
|
🌐
Instagram
|
🌐
Web
|
▶️
Youtube
|
🗳
Facebook

September 17, 13:22
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

#seminar
🔺
2026 yil 18 sentyabr kuni soat 14:00 va 16:00 da Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.02/2025.27.12.Ped 01.01 raqamli ilmiy kengash qoshidagi Ilmiy seminarda quyidagi tadqiqotchilarning dissertatsiya ishi muxokamasi bo‘lib o‘tadi:
⏰
Soat 14:00 da
🎓
Tadqiqotchi Mamanova Sayyora Faxriddinovnaning 13.00.05 – “Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi” ixtisosligi bo‘yicha “Kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilarida umummadaniy kompetensiyani rivojlantirish metodikasining didaktik ta’minotini takomillashtirish (51010304–Turizm yo‘nalishi misolida)” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi muhokamasi.
Ilmiy rahbar:
p.f.d., prof. S.Yu.Ashurova
Taqrizchilar:
p.f.n.,  dotsent. B.S.Nuriddinov
p.f.d, (DSc).  I.A.Atabayev
⏰
Soat 16:00 da
🎓
Tadqiqotchi Qalanov Hasan Yoqubovichning 13.00.05 – “Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi” ixtisosligi bo‘yicha “Kasbiy taʼlim muassasalarida kadrlar tayyorlashni optimallashtirishning tashkiliy-pedagogik asoslari” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi muhokamasi.
Ilmiy rahbar:
p.f.n., dotsent. B.S.Nuriddinov
Taqrizchilar:
p.f.d., prof. J.A.Xamidov
p.f.f.d., dotsent. O.O. Daminov
Sahifalarimizga obuna bo‘ling!
✈️
Telegram
|
🌐
Instagram
|
🌐
Web
|
▶️
Youtube
|
🗳
Facebook

September 16, 15:16
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

#qabul
✍️
Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlariga hujjat topshirmoqchi boʻlgan talabgorlar diqqatiga!
🔂
Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha tayanch doktorantura (PhD), doktorantura (DSc) va mustaqil izlanuvchilik (PhD, DSc) uchun hujjatlar qabuli boshlanganini e’lon qiladi:
Ixtisosliklar shifri
🔺
13.00.01- Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (Professional ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha)
🔺
13.00.05-Kasb-hunar ta’lim nazariyasi va metodikasi
🔺
13.00.07- Ta’limda menejment (Professional ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha )
Eslatma!
Barcha hujjatlar pdf shaklida tayyorlanib Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtiruvchi Yagona elektron tizimi (
https://daraja.ilmiy.uz/
) orqali ro‘yxatdan o‘tgan holda yuboriladi.
📚
Ixtisosliklar bo‘yicha imtihon savollari:
13.00.01:
Pedagogika nazariyasi va tarixi
13.00.05:
Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi
13.00.07:
Ta’limda menejment
(Savollar ro‘yxatini
daraja.ilmiy.uz
platformasidagi shaxsiy kabinet orqali ham olishingiz mumkin).
🗓
Qabul muddati:
2026-yil 15-sentabrdan 15-oktabrgacha.
📌
Manzil: 100095, Toshkent shahri, Olmazor tumani, Chimboy-2, 96-uy.
🌐
e-mail:
kasbiytalim
@edu.uz
Sahifalarimizga obuna bo‘ling!
✈️
Telegram
|
🌐
Instagram
|
🌐
Web
|
▶️
Youtube
|
🗳
Facebook

September 10, 12:05
Файлы недоступны
6
2
Открыть в Telegram

✍️
Texnikumlarda yangi o‘quv yilini samarali tashkil etish bo‘yicha amaliy seminarlar davom etmoqda
.
📆
Joriy yilning
8–9-sentyabr kunlari
Farg‘ona va Namangan viloyatlaridagi texnikumlarda 2026/2027-o‘quv yilida ta’lim jarayonini samarali yo‘lga qo‘yish, pedagoglarga metodik ko‘mak ko‘rsatish hamda ta’lim sifatini yanada oshirishga qaratilgan amaliy seminar-treninglar tashkil etildi.
📂
Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on 1-son texnikumi, Farg‘ona viloyatidagi Lola Murodova nomidagi texnikum hamda Qo‘qon tibbiyot texnikumlarii
da bo‘lib o‘tgan Amaliy mashg‘ulotlar jarayonida
modul tizimining ta’lim jarayonidagi samaradorligini ta’minlash, nazariy bilimlarni amaliy ko‘nikmalar bilan mustahkamlash, o‘quvchilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish
bo‘yicha ilg‘or tajribalar va amaliy tavsiyalar muhokama qilindi.
📝
Seminar-treninglarda
Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti mas’ul xodimlari, kasbiy ta’lim tashkilotlarining o‘quv va ishlab chiqarish ta’limi bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, maxsus fan o‘qituvchilari hamda ishlab chiqarish ta’limi ustalari
ishtirok etib, o‘zaro tajriba almashdilar.
Sahifalarimizga obuna bo‘ling!
✈️
Telegram
|
🌐
Instagram
|
🌐
Web
|
▶️
Youtube
|
🗳
Facebook

September 09, 13:42
Файлы недоступны
7
2
Открыть в Telegram

✍️
Texnikumlarda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan amaliy seminar-treninglar o‘tkazilmoqda
📆
2026-yil
7–8-sentyabr kunlari
Surxondaryo va Samarqand
viloyatlaridagi texnikumlarda yangi 2026/2027-o‘quv yilini samarali tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan amaliy seminar-treninglar o‘tkazildi.
📂
Tadbirlar davomida texnikumlarda ta’lim jarayonini zamonaviy talablar asosida tashkil etish, yangi
o‘quv dasturlarini amaliyotga samarali
tatbiq etish, pedagoglarning metodik salohiyatini oshirish hamda o‘quv-uslubiy hujjatlarni yuritish bo‘yicha muhim masalalar muhokama qilindi.
📝
Seminar-treninglarning asosiy e’tibori
modul tizimini ta’lim jarayoniga samarali integratsiya
qilish, nazariy bilimlarni amaliy mashg‘ulotlar bilan uyg‘unlashtirish, ta’lim sifatini monitoring qilish hamda mehnat bozori talablariga mos kasbiy ko‘nikmalarga ega raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash masalalariga qaratildi.
🔂
Seminarlarda
Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti mas’ul xodimlari, kasbiy ta’lim tashkilotlarining o‘quv va ishlab chiqarish ta’limi bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari
, maxsus fan o‘qituvchilari hamda ishlab chiqarish ta’limi ustalari faol ishtirok etdi.
Sahifalarimizga obuna bo‘ling!
✈️
Telegram
|
🌐
Instagram
|
🌐
Web
|
▶️
Youtube
|
🗳
Facebook