
PROFEDU.UZ
#korrupsiya
9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni
!
Halollik, mas’uliyat va xalqqa sadoqat
tamoyillariga sodiq qolgan holda, kelajagimiz uchun
mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladigan avlodni
tarbiyalaylik!
Keling, i
lm-fan qudratini yuksaltirish, oliy ta’lim sifatini yangi bosqichga ko‘tarish
, yoshlarimizning iqtidor va salohiyatini ro‘yobga chiqarishda birgalikda faol hissa qo‘shaylik.
|Bizni kuzatib boring
🌐
Veb-sayt
|
✅
Facebook
|
✅
Telegram
|
📹
Youtube
Konstitutsiya kuni munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga
bayram tabrigi
—
Праздничное поздравление
народу Узбекистана по случаю Дня Конституции
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X
Aziz yurtdoshlar!
🇺🇿
Barchangizni
8-dekabr
— O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi kuni
bilan samimiy tabriklaymiz!
Bayramingiz muborak bo’lsin!
Bizni kuzating
📱
Telegram
|
🌐
Instagram
⛩️
Xitoyda 14 nafar texnikum ishlab chiqarish ta’lim ustalarining “Yashil energiya va transport vositalari” - elektromobillar yo’nalishi bo‘yicha malaka oshirish kurslari davom etmoqda.
Bizni kuzatib boring
📱
Telegram
|
🌐
Instagram
🇩🇪
Qashqadaryodagi texnikum o’quvchilariga nemis taʼlim dasturining xalqaro sertifikatlari topshirildi
Shahrisabz shahar 1-son texnikumida Germaniya Federativ Respublikasi
Laypsig shahar Hunarmandchilik palatasi
va
“Avestos” kompaniyasi
bilan hamkorlikda xalqaro taʼlim dasturi yoʻlga qoʻyilgan edi.
🔖
Texnikumning 2-bosqich oʻquvchilari nemis mutaxassislari o‘tkazgan imtihonlardan o‘tib,
xalqaro sertifikatlarg
a ega boʻldi.
📌
“Bino va inshootlar qurilishi”
kasbidan yakuniy imtixonlarni topshirgach oʻquvchilarga
Germaniyaning
yirik qurilish kompaniyalariga toʻgʻridan-toʻgʻri ishga kirish imkoniyati beriladi.
Bizni kuzating
📱
Telegram
|
🌐
Instagram
🇺🇿
O‘zbekiston delegatsiyasi Filippindagi xalqaro ta’lim forumida ishtirok etmoqda
Filippinning Manila shahrida Osiyo taraqqiyot banki tomonidan
“Osiyo va Tinch okeani mintaqasida ta’limning kelajagi”
mavzusida forum bo‘lib o‘tmoqda.
🔹
Tadbirda mintaqaning
30 dan ortiq davlatidan 100 ga yaqin yetakchi ekspertlar
qatnashyapti.
🔹
O‘zbekiston delegatsiyasi forum doirasida ОTB’ning Inson va ijtimoiy rivojlanish bo‘yicha direktorlari
Ayako Inagaki
va
Sofia Shakil
bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda:
👉
kasbiy ta’lim tizimini
yanada rivojlantirish,
👉
yoshlarni
kelajak kasblariga
tayyorlash,
👉
O‘zbekistonda
Butunjahon professional ta’lim sammitini
o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.
Bizni kuzatib boring
📱
Telegram
|
🌐
Instagram
#Konstitutsiya_33
Har kim
ta’lim olish
huquqiga ega.
Davlat
uzluksiz ta’lim
tizimi, uning har xil turlari va shakllari,
davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlari
rivojlanishini ta’minlaydi.
Davlat
maktabgacha ta’lim va tarbiyani
rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratadi.
Davlat
bepul umumiy o‘rta ta’lim va boshlang‘ich professional ta’lim
olishni kafolatlaydi.
Umumiy o‘rta ta’lim
majburiydir.
Maktabgacha ta’lim va tarbiya, umumiy o‘rta ta’lim
davlat nazoratidadir.
Ta’lim tashkilotlarida alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan bolalar uchun
inklyuziv ta’lim va tarbiya
ta’minlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 9-bob 50-modda
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram
#TaʼlimniTargʻibEtuvchi
Nukus va Samarqand UNESCOning Ta’limni targʻib etuvchi shaharlar global tarmog‘iga (GNLC) kiritildi.
4-dekabr kuni
UNESCO
O‘zbekistonning
Nukus va Samarqand
shaharlarini
Ta’limni targʻib etuvchi shaharlar global tarmog‘iga
qo‘shilganini e’lon qildi.
Mazkur tarmoq maktablarda, ish joylarida, madaniyat muassasalarida, kutubxonalarda hamda jamoat joylarida
hayot davomidagi ta’limni targʻib etayotgan
shaharlarni birlashtiradi.
Joriy yilda
46 davlatdan 72 ta shahar
tarmoqqa qo‘shildi va shu tariqa GNLC a’zolarining umumiy soni
91 davlatdan 425 ta shaharga
yetdi.
Nukus va Samarqandning tarmoqqa qo‘shilishi O‘zbekistonning barcha yosh toifalari uchun
sifatli ta’limni rivojlantirish,
inklyuziv yondashuvlarni kengaytirish
yo‘lidagi sa’y-harakatlarining e’tirofi bo‘ldi.
Nukus shahrida, ayniqsa,
yoshlar va ayollarning
ehtiyojlariga mos keladigan qulay
ta’lim ekotizimini shakllantirish
borasida sezilarli yutuqlar qayd etilgan.
Samarqand shahrida esa hayot davomidagi
ta’lim tizimini rivojlantirish, zamonaviy ta’lim muassasalarining tashkil etilishi, “Bilim Samarkand” raqamli
platformasining joriy etilishi, shuningdek,
professional va kasb-hunar
ta’limi imkoniyatlarining kengaytirilgani alohida ta’kidlandi.
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram
#kasbiy_taʼlim
#xalqaro_musobaqa
#natija
🏆
Oʻzbekiston texnikumlarining o’quvchilari xalqaro onlayn musobaqada g’oliblikni qo’lga kiritdi
⌨️
“China-Uzbekistan Telecommunications Skills Competition 5G” texnologiyalari bo‘yicha xalqaro onlayn musobaqa tashkil etildi.
🎓
Unda Toshkent transport texnikumining “Axborot xavfsizligini ta’minlash” va “Avtomatika” mutaxassisliklarida ta’lim olayotgan 2-kurs o’quvchilari qatnashdi.
🏅
Yakunda baholash komissiyasi qarori bilan texnikum o’quvchilari 2 ta oltin, 7 ta kumush va 13 ta bronza medallarini qo’lga kiritishdi.
🌐
Ma’lumot uchun, ushbu xalqaro onlayn musobaqada O‘zbekistondan
jami 35 nafar
ishtirokchi qatnashdi.
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram
Sankt-Peterburgda “Professionallar” xalqaro kasbiy mahorat chempionatida Oʻzbekiston vakili 2-oʻrinni qoʻlga kiritdi
2025-yil 27-noyabr – 4-dekabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida Rossiya Federatsiyasi Hukumati tashabbusi bilan Xalq taʼlimi vazirligi hamkorligida
“Professionallar” xalqaro kasbiy mahorat chempionati
oʻtkazildi.
Nufuzli musobaqada jami
41 davlat vakillari 27 ta kompetensiya boʻyicha
bellashdilar.
Chempionatda
Oʻzbekiston kasbiy taʼlim tizimi vakillari
ham munosib ishtirok etdilar. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Beruniy Agrotexnologiyalar texnikumi oʻquvchisi
Nursulton Rustambayev
(ustozi — Atham Tangirbergenov)
“Metallarga ishlov berish”
kompetensiyasi boʻyicha final bosqichida berilgan uchta amaliy topshiriqni mukammal bajardi.
Natijada
Nursulton Rustambayev nufuzli xalqaro chempionatning finalida
2-oʻrin
ni
qoʻlga kiritdi.
Ushbu yutuq mamlakatimiz
kasbiy taʼlim muassasalarida amalga oshirilayotgan islohotlar, zamonaviy oʻquv dasturlari va amaliyotga yoʻnaltirilgan oʻqitish tizimi samaradorligi
ning yorqin ifodasi boʻldi.
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram