Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Islom Urolov

islom_urolov

Research Analyst at IMF
Contact: iurolov@imf.org

Subscribers
1 420
Post views
1 072
ER
75,01%
Posts
836
October 14, 18:16

IMF va World bankda an’anaviy Annual Meeting haftaligi bo’lyapti.

October 14, 17:56
Media unavailable
2
Show in Telegram

October 13, 05:37

Инкор, Ғазаб, Савдо, Тушкунлик ўтиб, ваниҳоят Қабул қилиш босқичи :) @aslanov_futbol

September 30, 22:34
Media unavailable
3
Show in Telegram

O’tgan shanba kuni Xalqaro Valyuta Jamg’armasining xodimlari o’rtasida “IMF Multi-Sports day 2025” sport musobaqalari o’tkazildi. Futbol, volleybol, badminton, stol tennisi, tennis, piklbol, shaxmat va 5k metrga yugurish kabi sport turlari bo’yicha turnir va musobaqalar bo’lib o’tdi. Shaxmat bo’yicha 3-o’rin kaminaga nasib qildi:)
@islom_urolov

September 24, 14:50

Interesting reading by our new FDMD.
https://www.csis.org/analysis/world-bank-and-international-monetary-fund-should-do-less-achieve-more

September 18, 14:18
Media unavailable
1
Show in Telegram

Yaqinda Xalqaro Valyuta Jamg’armasining boshqaruv direktori birinchi o’rinbosari Gita Gopinath vazifasidan bo’shab, Harvard universitetidagi professorlik ishiga qaytgan edi. Bugun xabar chiqdiki, uning o’rniga Trump taklif etgan nomzod – hozirda AQSh G’aznachiligida…

September 17, 17:42

Yaqinda Xalqaro Valyuta Jamg’armasining boshqaruv direktori birinchi o’rinbosari Gita Gopinath vazifasidan bo’shab, Harvard universitetidagi professorlik ishiga qaytgan edi.
Bugun
xabar
chiqdiki, uning o’rniga Trump taklif etgan nomzod – hozirda AQSh G’aznachiligida Chief of Staff lavozimida ishlab turgan Dan Katz birinchi o’rinbosar sifatida kelishi mumkin ekan.
Trump saylov oldi dasturida IMF va WB kabi xalqaro tashkilotlardan chiqish va bosh qarorgohlarini ko’chirish haqida bandlar bor edi.
Qiziq ishlar bo’lyapti…
Aytgancha, yanada qizig’i, Gita Gopinathdan oldingi birinchi o’rinbosar ham 2020-yilda G'aznachilikdan kelgan Trumpchi Geoffrey Okamoto edi.
@islom_urolov

September 10, 22:49
Media unavailable
2
Show in Telegram

Sababini Qilib, Duoda
Iqtisodiyot kafedramizga kirganingizda, bir burchakda talabalarning yutuqlariga bag‘ishlangan faxr va e’tirof doskalarini ko‘rasiz. Unda turli darajadagi muvaffaqiyatlarga erishgan talabalar ismlari o‘yib yozilgan. Har yili, masalan, eng yaxshi doktorant-o‘qituvchi yoki eng yaxshi bakalavr bitiruvchisi ismi mos doskalardan joy oladi. Bunday rag‘batlantirish talabalarni ilhomlantiradi, mehnati qadrlanganligini his qildiradi va mas’uliyat yuklaydi.
Shu yil iqtisodiyot kafedrasida kandidatlikka o‘tgan talabalar orasida men yozgan maqola eng yaxshi maqola sovrinini qo‘lga kiritdi. Bizning guruh oxirgi 10–15 yil ichida eng ko‘p doktorantga ega bo‘lgani (15 ta) va mendan ancha bilimdon hamkasblarim borligi bois, bu sovrinni olish yana ham qiyinroq edi.
Hozirgacha akademik faoliyatimda ko‘plab shunga o‘xshash imkoniyatlarga urinib ko‘rganman, ammo aksarida yutuq nasib qilmagan. Bilamanki, nasib qilsa, bundan keyin ham maqolalarim ko‘p bora jurnallarda rad qilinadi, topshirgan ishlarimdan rad javoblari keladi. Shunday paytlarda esa keyingi imkoniyat uchun sabablarni chiroyli ado etish va duoda bo‘lish eng to‘g‘ri yo‘l bo‘ladi.
@musofir_iqtisodchi

August 28, 21:46
Media unavailable
2
Show in Telegram

Dunyo noaniqlik indeksi (World Uncertainty Index) 90-yillardan keyingi davrdagi eng yuqori darajaga chiqibdi. Jahon savdosi noaniqlik indeksi (World Trade Uncertainty Index) esa Covid paytidagi darajaga yaqinlashyapti ekan.
@islom_urolov

August 26, 19:15

Xalqaro Valyuta Jamg’armasi (XVJ)da ish boshlaganimga bugun roppa-rosa bir yil bo’libdi. Bir yillik ish tajribam haqida boshqa post yozaman, bu postda XVJdagi xodimlar ichki rotatsiyasi haqida yozmoqchiman.
XVJda ikki turdagi departamentlar bor: funksional va hududiy. Funksional departamentlarga moliya, yuridik, tadqiqot, statistika vhk kabi ma'lum funksiya bo'yicha ishlaydigan departamentlar kiradi. Hududiy departamentlarga esa o'z nomi bilan Afrika, Osiyo, Yevropa, O'rta sharq va Markaziy Osiyo, G'arbiy yarimshar kabi dunyoning ma'lum mintaqalarini o'z ichiga oluvchi departamentlar kiradi. Hududiy departamentlarda har bir davlat bo'yicha bitta missiya boshlig'i, 6-7 ta iqtisodchilar, bitta tadqiqot tahlilchisi (RA) va boshqa turli funksional xodimlardan iborat jamoalar bo'ladi. Har bir xodim darajasidan kelib chiqqan holda ma'lum muddatda boshqa departamentga rotatsiya bo'lishi talab etiladi. Masalan, iqtisodchilar o'rtacha har 3-5 yilda boshqa departamentdan ish topishlari kerak bo'ladi. Agar o'zingiz topolmasangiz, sizga topib berishadi. Shu sababli, xodimlar ish jarayoniga aloqador bo'lgan har bir qadamni hujjatlashtirib borishadi, o'zidan keyin kelgan odamlarga ishni davom ettirish qiyin bo'lmasligi uchun. Bu albatta qo'shimcha vaqt va kuch talab etadi, ammo uzoq muddatli davrda ish samaradorligini va natijadorligini yuqori darajada bo'lishini ta'minlaydi.
Menimcha, bu rotatsiya tizimi judayam yaxshi tajriba. Ixtiyoriy odam bir vazifada uzoq vaqt ishlasa, unda "learning curve" tekislashib boradi va o'z ishidan o'rganadigan jihatlari 0 ga yaqinlashib boradi. Yangi vazifada esa doimo yangi chaqiriq, yangi bilim va hatto yangi ko'nikma (skill)lar orttirish ham mumkin.
Ma'lumot uchun, men Afrika departamentida Markaziy-1 bo'limida Kamerun hamda Sao Tome va Prinsipe davlatlari bo'yicha RA bo'lib ishlayman. Qizig'i, ayni damda ushbu ikki jamoada ham men eng "eski" xodimman. O'tgan bir yil ichida ikki jamoamdagi deyarli hamma o'zgarib ketdi.
@islom_urolov