
Islom Urolov
🇺🇸
Dreaming of spending an academic year in the United States?
Applications for the FLEX Global 2027-2028 Program are now open!
FLEX Global is a competitive, merit-based exchange program funded by the U.S. Government that provides high school students with the opportunity to live with an American host family and study at a U.S. high school for one academic year.
🗓
Application Deadline: October 22, 2026
⚠️
Complete and submit your application within 5 days after starting the form.
🔗
Apply:
https://ais.americancouncils.org/flexglobal
#FLEXGlobal
#FLEXGlobal_Uzbekistan
Iqtisodiyot bo‘yicha nufuzli PhD dasturlariga kirsh bo'yicha bepul vebinar.
IDEA tashkiloti
Yale University va GAIN bilan birgalikda PhD arizalarini baholash jarayoniga bag‘ishlangan ikki qismli bepul vebinar o‘tkazar ekan. Muhokamani atoqli iqtisodchi professorlar olib borar ekan.
Muhokama mavzulari:
Tavsiyanoma, motivatsiya xati, baholar va GRE ballariga komissiya qanday qaraydi? RA, predoc va magistratura tajribasining ahamiyati. Xalqaro talabalar uchun grant va moliyalashtirish imkoniyatlari.
Jadval (Toshkent vaqti bilan):
AQSh dasturlari (Yale mezbonligida): 19-oktabr, 19:00–20:30 (
link
)
Xalqaro dasturlar (GAIN mezbonligida): 21-oktabr, 18:30–20:00 (
link
)
Qiziqqanlar ro‘yxatdan o‘tib, savol-javoblarda bevosita qatnashishi mumkin ekan!
@musofir_iqtisodchi
Men Afrikadagi Sao Tome and Principe (STP) davlati bo'yicha ishlayman.
STP Afrika g'arbidagi juda kichik orol davlat. Iqtisodiyoti turizmga juda bog'langan. STPga turistlar oqimi bo'yicha ma'lumotlarni tahlil qilib turib, bir qiziq ma'lumotga ko'zim tushib qoldi. O'zbekistondan STPga so'nggi 10 yildan oshiq vaqt ichida bor yo'gi 5 kishi tashrif buyurgan ekan.
Nemis tilida pul topish (verdienen) - harakat orqali qo'lga kiritish degan so'zni anglatar ekan. Lotin tillarda (ganar) pul "yutiladi" yoki "qozoniladi" - fransuzchada masalan. Xuddi nol yig'indilik o'yin kabi. Inglizlar pulni yig'ib-terib oladilar (earn).…
O
’zbekistonning iqtisodiy o’sishi juda qimmat
2025-yildagi O’zbekistonning real YaIM o’sishi 7.7%ni tashkil qildi. Mintaqada bundan yaxshi natija misollari kam. Lekin bu o'sish bizga arzon kelmadi.
Muhim savol:
bir foiz o’sish uchun biz YaIMning necha foizini sarmoyaga kiritishimiz kerak?
Buni o’lchaydigan ko’rsatkich
ICOR (incremental capital output ratio)
deb ataladi. Uni hisoblash oddiy: investitsiyaning YaIMdagi ulushini o'sish sur'atiga bo'lamiz. 2025-yilda O'zbekiston uchun bu 38.4% : 7.7% =
5.0
.
Ya’ni, biz har bir qo’shimcha $1 real o’sish uchun iqtisodiyotga $5 sarmoya kiritishimiz zarur. Bu ko’rsatkich 2018-yilda 3ga teng bo’lgan. Demak,
7 yil ichida, bizning sarmoya samaradorligimiz 67%ga pasaygan
.
Taqqoslaydigan bo’lsak, Qozog’iston, Vetnam, Armaniston va Gruziya bizdan sarmoya jihatidan samaradorroq. Muhimi esa, “iqtisodiy mo’jiza”ga erishgan Xitoy va Janubiy Koreya o’z rivojlanish davrlarida 3.7 va 3.1 ICOR ko’rsatkichlariga ega bo’lgan.
Sabab nimada?
Past samaradorlikning uchta asosiy sababi bor:
1. Subsidiyalangan ipoteka.
2024-yilda berilgan ipoteka kreditlarining 56% markazlashtirilgan davlat mablag'lari hisobidan moliyalashtirilgan. Natijasi ko'rinib turibdi: Markaziy bank baholashicha, uy-joy narxlari haqiqiy qiymatdan 28% yuqori.
2. Yo’naltirilgan kreditlash.
Bank kreditlarining 24% imtiyozli dasturlar doirasida beriladi. Davlat banklari tizim aktivlarining 65% nazorat qilishini hisobga olsak, bizning bank sektor kredit sifatini emas, davlat rejasini bajarishga kattaroq ahamiyat beradi. Bu, o’z o’rnida, past sifatli kreditlarni keltirib chiqadi.
3
.
Tashqi qarz taqsimoti.
Sarmoyaning asosiy qismi (66%) chet eldan keladi. Qaysi loyiha davlat tomonidan kafolatlanadi, va qaysi biri kutadi - buni bozor emas, davlatning fiskal va ijtimoiy siyosati hal qiladi.
Biz chet eldan qarz olib, uni samaradorligi past bo’lgan sohalarga yo’naltiryabmiz.
Buning asl sababi esa - iqtisodiyotga sarmoya kiritilishi bozor mantiqiga emas, balki markazlashgan qarorlarga asoslanganligi
.
Bu holatni to’g’irlamasak, bizning nafaqat o’sish istiqbolimiz xavf ostida qoladi, balki undan kattaroq muammolar ham chiqib kelishi mumkin.
Qarzni valyutada jalb qilib, valyutada daromad topmaydigan iqtisodiy sohalarga yo’naltirishni davom etaversak -
har qanday valyuta kursiga ekzogen shok
(masalan, jahon bozoridagi oltin narxi keskin qulashi, yoki Rossiyadagi inqiroz)
biz uchun hayot va mamot masalasi bo’lishi mumkin
. Bizga bog’liq bo’lmagan omillarga kelajagimizni tikmasligimiz zarur.
Hurmatli do‘stlar,
Sizni, do'stimiz, Illinoys universiteti doktoranti Ikromjon Tuhtasunov tomonidan olib borilayotgan ilmiy tadqiqot doirasidagi so‘rovnomada ishtirok etishga taklif qilamiz. Tadqiqot O‘zbekistondagi mahalliy rivojlanish dasturlariga oid fuqarolar fikri va tajribasini o‘rganishga qaratilgan.
So‘rovnomani to‘ldirish 15–20 daqiqa vaqt oladi. Ishtirokingiz evaziga siz $4.50 miqdoridagi mukofot yutib olish imkonini beruvchi qur’ada qatnashishingiz mumkin.
Agar ishtirok etishga rozilik bildirsangiz, so‘rovnomani quyidagi havola orqali boshlashingiz mumkin:
🔗
https://illinois.qualtrics.com/jfe/form/SV_7W1RJf0oo4jY6UK
Oldindan rahmat! Sizning ishtirokingiz ushbu ilmiy tadqiqot uchun juda muhim.
O'zbekistonda bakalavr uchun mandat javoblari chiqibdi. 189 maksimum balldan 185 ball to'plab ham o'qishga kira olmay qolish hech gap emas endi. Bu raqobat kuchayib o'quvchilar darajasi oshganidan emas, tizim noto'g'ri ekanligida.
Avvallari cheklangan kvotaga oshib borayotgan talab yuklamasini yengillashtirish uchun kirish imtihoni savollarini absurd darajada qiyinlashtirib borishardi. Keyin savollarni yengillashtirishga o'tildi va bir qancha eksperimentlar qilinib ko'rildi. Keyin xalaqaro tajribada SAT, IELTS, TOEFL kabi sertifikatlar bor ekan deb Milliy sertifikatlar joriy qilindi. Lekin o'sha xalqaro tajribada faqat sertifikatlarning o'zi o'qishga kirishni kafolatlamasligini o'rganishmagan shekilli. Xullas, vaziyat shunday xunuk muvozanatga kelib qoldiki, talab etilgan maksimum darajadan bor yo'g'i 2-3 foiz kamroq natija ko'rsatsang ham o'zing xohlagan joyga o'qishga kirolmay qolishing mumkin.
📚
“Kutilmalarni baholash” seminari
Markaziy bank tomonidan
Markaziy bank xodimlari, Tadqiqot kengashi a’zolari, iqtisodiyot va moliya yo‘nalishlaridagi oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilar hamda soha mutaxassislari
uchun navbatdagi ochiq seminar tashkil etilmoqda.
Seminar mehmoni —
Purdue University Mitch Daniels School of Business moliya professori Michael Weber
. Professor Weberning ilmiy faoliyati makroiqtisodiyot, aktivlar narxlari, xalqaro va uy xo‘jaliklari moliyasi, xususan, inflyatsion kutilmalarni o‘rganishga qaratilgan.
🔹
Mavzu:
“Inflyatsion kutilmalarni baholash va boshqarish: so‘rov metodologiyasi, empirik natijalar va markaziy banklar uchun xulosalar”
🗓
19-avgust, 2026-yil
🕚
11:00–13:00
— seminar davomiyligi
2 soat
📍
Markaziy bank, B-bino, katta majlislar zali
🌐
Seminar ingliz tilida olib boriladi.
Seminarda inflyatsion kutilmalarni baholash usullari, so‘rovlarni tashkil etish, empirik natijalarni talqin qilish va ularning pul-kredit siyosatidagi amaliy ahamiyati muhokama qilinadi.
🏛
Seminarda bevosita ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish
havolasi
💻
Seminarga onlayn qo‘shilish uchun
havolasi
Mavzuga qiziquvchi Markaziy bank xodimlari, Tadqiqot kengashi a’zolari, professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar va amaliyotchi mutaxassislarni seminarda ishtirok etishga taklif qilamiz.
Yarim yildan beri ishlab kelayotgan bitta proyektimni yaqinda tugatdim. Agar ish izlayotgan boʻlsayiz va sizda Claude Code yoki Codex boʻlsa unda shu proyektni sinab koʻrishingiz mumkin.
Proyektda maxsus AI agent yaratilgan va avtonom ravishda ishlaydi. AI ga oʻzizni maqsadlarizni yozasiz (masalan, senior dasturchi X, Y skillar) keyin rezyumeni joylaysiz. Keyin AI oʻzi boshlaydi: oʻzi sizga toʻgʻri keladigan vakansiyalarni izlaydi, formalarni toʻldiradi, rezyumeni vakansiyaga qarab oʻzgartiradi, kompaniya rekruterlarni izlaydi va email yuboradi. Sistema tinmasdan 24/7 ishlaydi agar AI biron bir savoli chiqib qolsa sizni telefonizga notification yuboradi.
https://jobpilot.suxrobgm.net
Soliq siyosatida rag'batlarga jiddiy e'tibor berish muhim.
1696-yilda Angliya qiroli Uilyam III qirollik xarajatlari va urushlarni moliyalashtirish uchun "Deraza solig'i" (Window tax)ni joriy qiladi. O'sha davrda shisha qimmatbaho mahsulot bo'lib, oynali derazalar uy egalarining daromadlari yuqoriligidan darak bergan. Shuning uchun qirol uydagi derazalar soniga qarab soliq solishni yo'lga qo'yadi. Odamlar esa soliqdan qochish maqsadida derazalarini g'isht bilan berkitishgan. Bu esa uylarning yorug'lik va havo aylanish tizimi buzilishiga hamda aholining salomatligi bilan bog'liq muammolarning yuzaga kelishiga olib kelgan. Biroz o'tib Angliyada bir necha o'n minglab odamlar o'limiga sabab bo'lgan tif (Typhus, 1781) va vabo (Cholera, 1832, 1848-49) epidemiyalari tarqalgan. 1851-yilda o'sha deraza solig'i rasman to'xtatilgan.