Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Islom Urolov

islom_urolov
Research Analyst at IMF Contact: iurolov@imf.org
Subscribers
1 280
24 hours
30 days
-10
Post views
802
ER
62,66%
Posts (30d)
3
Characters in post
835
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Politics
Audience gender
Male
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Research & Academia
Summary
June 01, 23:56

Bir necha yillar oldin Yangi O’zbekiston universiteti tashkil etilgani haqida eshitgan edim-u, lekin qanday universitet ekanligidan xabarim yo’q ekan.
Yaqinda Behzod aka va Botir aka ushbu universitetning
matematika
va
iqtisodiyot
bo’yicha magistratura dasturlarini tavsiya qilganlaridan keyin qiziqib universitet fakultetlari, dasturlari va professorlar tarkibi bilan tanishib chiqdim. To’g’risi, shunaqa salohiyatli universitet O’zbekistonda ochilganidan va faoliyat yuritayotganidan xayratlandim va juda xursand bo’ldim.
Juda katta investitsiya kiritilayotgani sezilib turibdi. Turli davlatlarda ishlab turgan Professorlarni va nufuzli universitetlarda PhD darajasini olgan yosh olimlarni jalb qilish uchun katta mablag’ talab etilishi turgan gap. Lekin natijada ko’plab eng iqtidorli o’zbek yoshlari uchun ham endi oilasidan uzoqlashmay turib yaxshi ta’lim olish imkoni bo’ladi. Uzoq muddatda O’zbekiston ilmiy salohiyati darajasiga ham ijobiy ta’sir ko’rsatishi mumkin deb o’ylayman.
@islom_urolov

May 28, 05:45

Qurbon hayiti muborak bo’lsin, azizlar!

May 28, 05:44

Ёшлигимда хажга бориб келган одамлар тўғрисида «Онадан туғилгандек гуноҳлардан покланиб келди» деган гапларни кўп эшитганман. Кўп хайрон бўлардим. Биринчидан бу амал бешта асосий фарздан бири холос. Иккинчидан, қаёқдаги ишларни қилиб юриб, ора сира хажга бориб келганларни биламан.
Хуллас мана шу масала ҳеч кўнглимга ўтирмасди. Вақт ўтиб, хаж ибодати ҳақида кўп маълумотларга эга бўлдим, бориб келганларнинг хикояларини тингладим. Ва бир жиҳатни ўзимда тушуниб етдим.
Атрофимиз, ҳаётимиз турли дунёвий фитналарга, риёга тўла. Намоз ўқиб туриб кўпинча бирор юмушимизни ҳал қилиш чорасини қидирамиз. Умуман ибодатга кириш учун алоҳида ҳолатимиз йўқ, турли ишлар орасида бажариб кетаверамиз. Шунчаликки, ҳатто қалбимизда озгина бўлса-да, юмшоқлик сезилмайди баъзан. Рўза фақатгина ошқозонимизни қийнайди, закот бизни кимдандир устун сифатида муомалаларимизда акс этади.
Хаждачи? Қайсидир маънода, Хаж ибодати бизни ўша ҳамма орзу қиладиган, умр бўйи бизни четлаб ўтиши мумкин бўлган қандайдир ибодат муҳитига олиб киради. Аллоҳнинг энг азиз қилган жойи, пайғамбаримиз ётган жойлар, саҳобаларнинг қони тўкилган тоғлар... бу тасаввур бизни беихтиёр ўша даврлар билан яқинроқ боғлайди, билмаган ҳолда фақатгина ўзимиз ва Аллоҳ, Унга қанчалик боғлиқ эканимизни хис этишни бошлаймиз. Ҳеч нарсани ўйламасдан, ўзимизни бутунлай Аллоҳнининг қўлига топширгандек бўламиз, бажараётган амалларимиздан мантиқ изламаймиз, “нега унақа” деб хайрон бўлмаймиз, тўкаётган кўз ёшларимизни кимдир кўрдимикин, деган фикрлар бўлмайди.
Субҳаноллоҳ...Мана шу ҳолатдаги ибодат бизни гуноҳлардан фориғ қилишга қодир эмасми? Аллоҳнинг карами чексиз, чин дилдан, кўзда ёш билан қилинган икки ракатлик намоз ва тавба ҳар қандай улкан гуноҳлардан қутқаришга қодир. Икки ракаат намоз... Қаерда бўлса ҳам...
Барчасини тушундим. Хаж ибодати Аллоҳ томонидан бизга буюрилган бешта асосий фарздан бири. Моҳиятан ушбу ибодатнинг устунлиги айнан унинг бажариш шаклида ва руҳиятида экан. Демак, биз ҳар қандай амални ўша шаклда, ўша руҳият билан амалга ошира олсак, шунинг ўзи ҳам ўша катталаримиз айтган “онадан янги туғилгандек гуноҳлардан покланиб олиш” учун етарли бўлар экан. Ўша Хаж ибодатидек, турли фикр ўйлардан ҳоли, хушуъ билан, кўзда ёш билан икки ракаат бомдод намозини ўқинг... Астойдил тавба қилинг. Ёки мукаммал равишда рамазон рўзасини қойим қилинг. Холис, Аллоҳ учун кимгадир закот беринг. Қилган ишингиздан қалбингиз хотиржамлик ва роҳат топсин. Ҳеч бўлмаса, бир марта, кўнглингизнинг тубидан ўша биринчи фарз бўлмиш иймон калимаси отилиб чиқсин. Аллоҳнинг ваъдаси бор, сиз гуноҳлардан поксиз. Сиз ҳам Хожисиз!!! Қанчалар осон... Қанчалар қийин...
Байрам муборак.
@aslanov_futbol

May 07, 23:10

Yaqinda iqtisodiyot bo’yicha Nobel mukofoti sohiblari Abhijit Banerjee va Esther Duflo yozgan “Good Economics for Hard Times” kitobini o’qidim. Kitob juda ko’p iqtisodiy masalalar yuzasidan fikrlashimni kengaytirdi.
Tavsiya qilaman.

May 06, 14:28

Ikkinchi jahon urushidan keyin Atlantika okeanining ikki tarafida ham ishlab chiqarish samaradorligi oshadi. Lekin ikki tarafdagi davlatlar bundan ikki xil yondashuvda foydalanishadi. Amerika samaradorlikdan har bir ishchi kuchi hisobiga to'g'ri keladigan ishlab chiqarish hajmini oshirishga e'tibor qaratsa, Yevropa esa odam boshiga to'g'ri keladigan jami mehnat soatlarini qisqartirishga erishadi. Natijada Amerika va Yevropa davlatlari ikki xil bozor muvozanatiga (equilibrium) kelishadi.
Mana shu
Botir aka va
Behzod akaning
so'ngi postlaridagi bog'liqlikni tushuntirishi mumkin.
Lekin qaysi yo'l yaxshiroq ekanligi haqida yakdil fikr yo'q. Mening fikrim, ikkisi ham bo'lgani yaxshidir.
@islom_urolov

May 05, 12:34
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

🏦
Markaziy bank ilmiy izlanuvchilar uchun stipendiya dasturini e’lon qiladi
Markaziy bank magistratura bosqichida tahsil olayotgan talabalar, shuningdek doktorant va mustaqil izlanuvchilar uchun
“Tadqiqot
stipendiyasi dasturi”
bo‘yicha tanlov e’lon qiladi.
Dastur iqtisodiyot, moliya, bank ishi, pul-kredit siyosati, moliyaviy barqarorlik, to‘lov tizimlari, moliyaviy savodxonlik va boshqa dolzarb yo‘nalishlarda ilmiy izlanish olib borayotgan tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar quyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim:
🔘
rezyume;
🔘
ilmiy tadqiqot rejasi;
🔘
tadqiqot ishlarining oyma-oy grafigi;
🔘
mavjud bo‘lsa, chop etilgan ilmiy maqolalar.
Hujjatlar 3-iyun soat 18:00 gacha qabul qilinadi. Mazkur dastur Markaziy bankning ilmiy-tahliliy salohiyatni rivojlantirish, yosh tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlash hamda iqtisodiy siyosat bo‘yicha dalillarga asoslangan yondashuvni kengaytirish borasidagi tashabbuslaridan biridir.
🔗
Batafsil ma’lumot
✉️
Arizalar uchun manzil:
nurbekomonov@cbu.uz

May 03, 18:46

Aviakompaniyalar sifati o’rtasidagi farq qisqa masofalarga uchganda unchalik sezilmasligi mumkin, lekin uzoq masofaga uchganda aniq tiniq sezilib
qoladi.
Amerikaga Toshkentdan uchganda Uzairways’ning yagona afzalligi (sun’iy yaratilgan) bu to’g’ridan-to’g’ri parvoz (direct flight) borligida bo’lsa kerak.

May 01, 05:47

Iqtisodiyot fanini o’rganmoqchi bo’lgan inson uchun matematikani tushunish qanchalik muhimligi haqida oldin bir necha bor
yozgan edim.
Aslida matematikani bilish asosan statistika va ekonometrikani tushunish uchun kerak. Statistik/ekonometrik tahlillar esa iqtisodiyotni tushunish va tushuntirishning markaziy instrumenti hisoblanadi.
Bir qiziq shaxsiy fakt aytaman, Diplomatiya universteti XIM fakultetining men o’qigan 2016-2020 yillardagi o’quv dasturidan oliy matematika va statistika fanlari olib tashlagan edi. “Komil inson” tarbiyalash orzusida bo’lgan o’sha paytdagi mas’ullar iqtisodiyot uchun matematika va statistikadan ko’ra ma’naviyat asoslari va milliy g’oya fanlari muhimroq deb hisoblagan bo’lsa kerakda - kim bilsin.
Men uchun bu og’riqli bo’lgani sababi magistraturaga kelganimdan keyin ushbu fanlarning ahamiyatini chuqur his qildim. Tufts universiteti magistraturasining birinchi semestrda Advanced Statistics fani bor edi. Statistika bo’yicha boshlang’ich bilimga ega bo’lmay turib, advanced darajadadan boshlash ikki karra ko’p vaqt talab qilardi. Masalalarni matematik jihatdan tushunsam ham, lekin intuitiv qabul qilishim juda qiyin bo’lardi.
Yaqinda MITx online platformasidan
“Data Analysis for Social Scientists”
kursini o’qib chiqdim va geshtalt yopildi:). To’g’risi, shu kurs haqida oldinroq bilmaganimga achindim.
Kursni o’qish bepul, lekin sertifikat olmoqchi bo’lsangiz Proctored Exam pulli ekan. Qattiq tavsiya qilaman.
@islom_urolov

April 28, 15:21

Mana bu
post
akademik iqtisodchi va amaldor iqtisodchi o'rtasidagi klassik farqni korsatar ekan. Ya'ni akademik iqtisodchilar paternalistik yondashuvni to'g'ri deb hisoblashmaydi, chunki bunday yondashuvlar doim samaradorlik tushishiga olib keladi. Amaldorlar esa inson xayoliga kelishi mumkin bo'lgan barcha risklarni hisobga olib, o'rtacha net effektni emas balki minimum zararlarni hisobga olib nazoratni qo'yvorishni (= o'zgarishga borishni) istashmaydi.
Balki akademik iqtisodchida mas'uliyat yo'qligi uning erkinroq fikrlashiga sabab bo'layotgan bo'lishi ham mumkin. Lekin buni bug emas, balki feature deb qarab bundan foydanalish kerakdir balki:)
@islom_urolov

April 21, 20:03

Men hammuallif bo'lgan IMF Selected Issues Paper e'lon qilindi.
https://www.imf.org/en/publications/selected-issues-papers/issues/2026/04/17/strengthening-domestic-revenue-mobilization-for-fiscal-resilience-in-cameroon-575441
@islom_urolov