Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Javokhir Toshpulatov | Blog

javokhir_toshpulatov

Avvalo o’zimga eslatmalarim.
📩
@javokhirtoshpulatov

Subscribers
2 130
Post views
2 206
ER
103,1%
Posts
611
August 19, 18:35

Shafqat fonidagi zulm
Ba’zida zulm bo’lib ko’ringan munosabat aslida shafqatdan bo’ladi. Shafqat bo’lib ko’ringani esa zulmdan.
Bugungi shafqatning oqibati, ko‘pincha yillar o‘tib ko’rinadigan zulm bo’ladi.
15+ yoshadagi o’quvchilar kelishadi. Karajadval bilishmaydi, eplab 3 ta gapni gapirolmaydi ham. Tengdoshlariga qo’shib qo’ysang faqat kulgugiga qolaveradi.
Boladagi bu nuqsonlar bugun paydo bo’lmadi. Yillar davomida shakllandi. Ota-onalar bilan suhbatlashsang:
- Nima qilib beray yana, barcha sharoitni qilib berganman. Negadir harakati kam. Gapimizga kirmaydi.
- Barchasini qilib berganingiz sizni xatoyingiz.
Ustozlarni ko’raman. O’quvchilariga shafqat fonida vazifa bermaydi. Fanni chuqur tushuntirib o’quvchilarini “qiynagisi” kelmaydi.
Nega deb so’rasang “Miya qiynalsa fandan zerikib qoladi”. Nega kerakligini tez-tez eslatib turib chuqurroq berib tursangchi?
Nafsi bilan kurashda qiynalganda, talabchanroq bo’lib bersangchi? Davomiy bajarmasa, olib qolib, mas’uliyatini his qildirsangchi?
Bular zulmdek ko’rinadigan shafqat.
“Mening qahrim ham rahmatdir”
deganlar Umar ibn Xattob r.a.
Xulosa
Og’ir kasallikni davolash og’riqsiz bo’lmaydi. Ba’zida esa talofatsiz ham.
Talofat, og’riq istamagan ota-onalar va ustozlar o’z vaqtida shafqat fonidagi zulmdan uzoq bo’lishlari shart!
@javokhir_toshpulatov

August 05, 01:51

Ishoning lekin tekshirib turing
Men o’quvchilarimni telefonini tekshirib turaman. O’zlarini ruhsatlari bilan albatta.
Tarbiyada xatoga yo’l qo’ygan ota-onalarning xatolarining oqibatlarini farzandlarini telefoni ochib beraveradi.
Maktab yoshidagi o’quvchilarga telefonning foyda va zararlari haqida gapirmaydigan bo’lganman.
Ko’rganimdagi xulosamni ijobiyligi uchun emas, telefonining muqobiliga o’nlab zarari kam variant bersam muhimligi uchun bitta sabab bilan talashib vaqt yo’qotamiz.
Men shubxalanganligim uchun tekshirgan o’quvchilarimdan biror marta shubxam o’rinsiz bo’lib chiqmagan. Bu milliondan bir ehtimollik bilan faqat men bilan sodir bo’lgan bo’lishi ham mumkin.
Voyaga yetmagan qiz farzandi borlar uchun jiddiy maslahat:
Qizingizni telefonini tekshiring. Chatlarini o’qing. Ona bo’lsangiz haqqingiz bor. Menimcha otalarni ham. Agar birinchisi bo’lsa siqilib qolishingiz mumkin)
(Oqibatlarini tushuntirgan holda) nomahramlar bilan qilayotgan suhbatlariga cheklov qo’ying. U kim bo’lsa ham farqi yo’q. Sinfdosh, qo’shni yana kim kimlardir. Hattoki u ustozi bo’lsa ham. Bu radikal qaror.
Optimalrog’i esa messengerlariga o’zingiz ulanib qo’ying.
Shunda Ikki tomon ham munosabatlardagi asl maqsaddan chalg’imaydi).
Yana ham qadriyatlaringizga qarang. Biz qadriyatlarimiz doirasida qaror qabul qilamiz.
@javokhir_toshpulatov

August 01, 16:55

Bir ustoz demo darsga keldi. Bir formula tushuntirdi. O’quvchilar isbotini so’radi. Gap aylantirildi va qayta-qayta boshqa narsa tushuntirildi.
Bu meni e’tiborimni tortdi. Meni ham qaysarligim tutdi. O’quvchilarni chiqarib yubordim va savollar yog’dirdim. Yakunda esa bilmasliklarini tan oldilar.
Avval boshidan bilmasliklarini tan olganlarida, albatta o’rganib qo’yishlarini aytganlarida hammasi ijobiy hal bo’lar edi.
Balki men sezmay ham qolar edim. Sezganimda ham bilmasliklarini tan olganlari uchun hurmatim oshar edi.
Huddi shunday vaziyat. Bir ustoz keldilar. Bir isbot so’radim hech bu haqida o’ylab ko’rmaganliklarini aytdilar. O’zimdan so’rab oldilar. Shu ustoz bilan kelishuv qildik.
Bilmasligini tan olish ustozlardagi ko’zga ko’rinmaydigan darajadagi muhim hislat.
Bilmasa o’rganib kelishini aytish norma. Uyalib qolishidan qochib o’quvchilarni aldab yuboradigan ustozlar obro’si uchun istalgan ishni qiladi.
O’zini maqtayveradi, boshqalarni ortidan obro’sizlantirishga mo’ljallangan gaplar gapiradi, o’quvchilarga mavzu haqida noto’g’ri ma’lumotlar beradi va.h.k. (Tajribamda ko’rganman)
Bunday ustozlar kamandani muhitini buzadi. O’quvchilarga no’to’g’ri harakter shakllanishiga sabab bo’ladi.
Shu sababli olayotgan ustozlarimizni fandagi bilimidan tashqari xatoni vaqtida tan olishi va shu xatolari ustida ishlashini ham tekshiramiz. Bu filtr kibrli insonlar kelib qolishi ehtimolligini kamaytiradi.
@javokhir_toshpulatov

July 21, 14:18

Maktabimizda grant imtihoni!
9-10-11-sinf o’quvchilariga o’zlarini sinab ko’rishlari uchun zo’r imkoniyat. Grant berishimizga loyiqligingizni isbotlang.
Loyiqlar eng zo’r
maktablardan
birida tekin o’qish imkoniyatiga ega bo’ladi.
Shoshiling Grant imtihoni shu yakshanba kuni. 27-iyulda.Batafsil ma’lumot uchun
link.
Ushbu postni yaxshi muhit izlayotgan maqsadli o’quvchilarga ulashib qo’yarsiz. O’zlarini sinab ko’rsinlar)
@javokhir_toshpulatov

July 04, 14:42

Qadrli kadr
Biznesmenlarni suhbatlarida eshitardim. “Ish yo’q deyishadi ammo biz doim kadr qidiramiz”.
Paradoks. Ish yo’qmi yoki kadr? Qolgan soha haqida ichida bo’lmaganim uchun aniq ma’lumotga ega emasman.
Ammo hozirgi talabga mos bo’lgan kuchli ustozlar ko’p emas. Talabga moslari yuqori maoshga ishlaydi. Kompaniya tomonidan doimiy qadrlanadi.
Ishlayotgan ta’lim dargohingiz uchun, o’quvchilaringiz uchun muhim ekaningizni his qilib ishlash sizga ishdan tashqari ham yuqori kayfiyat berib turadi.
Buning uchun ba’zi etaplardan o’tib olishingiz va ba’zilariga esa doimiy amal qilishingiz kerak. Quyida men bilganlarimni yozaman. Amal qilsangiz qadr topgan ustozlar qatorida bo’lish sababini qilgan bo’lasiz:
1. O’z faningizni chuqurroq o’rganing. Fanlardan bo’lsa kamida MSdan A darajada. Tillardan bo’lsa C1 darajada.
2. Shaxsiyatingiz ustida ishlang. Shaxsiyatni rivojlantirganingiz sari harakatlaringiz sifati parallel rivojlanib boraveradi.
3. Faningizga dastlab qiziqmagan o’quvchilar bo’lishi tabiiy. Aybni ularga ag’darishga shoshilmang. Qiziqishi o’lishiga sizdan oldingi ustozlari ta’siri bo’lishi ham mumkin. Shu muammoga ular yaxshi ko’radigan boshqa fan ustozlaridan maslahatlar so’rang.
4. Doim samimiy bo’ling. Maqtanmang. O’zingizga hurmat olib kelish uchun aytgan har bir gapingizga ba’zi fikrlamasdan xulosa qiladigan o’quvchilar ishonishishi mumkin. Ammo aqillilari oldida hurmatingiz yo’qoladi.
5. Himmatli bo’ling. O’rganishga qiynaladigan yoki qobiliyatli o’quvchilarga kerak bo’lsa darsdan tashqari vaqt ajrating. Natijasi eng tez ko’rinadigan o’quvchilar shular. Natija sizni qadrliroq qiladi.
6. Faoliyatingizda aniq prinsiplaringiz bo’lsin. Faqat uni o’quvchilar foydasiga ishlating. Ularga esa buni foydasini eslatib turing. Foyda anglansa ko’nikish osonlashadi.
7. O’quvchilaringiz bilan fandan tashqari foydali mavzularda suhbatlashib turing. Muammolari bo’lsa ilmingiz yetsa yechim bering. O’quvchilar bilan munosabatingiz mustahkamlanadi.
8. O’rinli tanqid va maslahatlarga doim ochiq bo’ling. Xatolar kamaymagunicha tanqidlar kamaymaydi. O’rinli maslahatlarga amal qilinmaguncha professionallikka yaqinlashilmaydi.
@javokhir_toshpulatov

June 22, 12:01

Kamtarroq bo’l
.
Suhbatlashganimda eng maza qiladigan suhbatdoshlarim kamtar insonlar. Amallari sifatli inson amalini gap bilan habada qilishdan tiyiladi.
Kamtarlik ilmsizlik belgisi emas. Ko’p gapirish esa ilmlilik beligisi emas.
Shu oddiy qoidani ko’pchilik tushunmaydi. O’zini e’tirof etib o’tiradigarni eng zo’rlari deb o’ylashadi.
Ishoning unaqa emas!
Qanchalab ilmli insonlarni ko’rdim, suhbatlashdim birga ishladim. Ular gapirishdan ko’ra eshitishni afzal ko’rishadi.
So’ramasangiz o’zlari haqlarida gapirishmaydi. O’zlari qoyillatgan ishlardan misollar keltirishmaydi.
Gap ochilganda tajribasiz paytida qilgan xatolarini bemalol ayta olishadi. Ularga seni ular haqidagi fikring muhim emas.
Har 8 ta gapidan 7 tasida o’zini maqtaydiganlar bilan suhbat boshlansa tugashini kutaman.
Yaqinim bo’lsa argumentlar so’rab tasdiqlab olaman. Yaqinim bo’lmasa “hmm” deb bosh chayqab turaveraman. Bu ishonganim emas tugatishini kutayotganimni bildiruvchi signal.
Xulosa
1. Yaxshi suhbatdosh bo’lishingiz uchun o’zingiz haqingizda kamroq gapiring. Ayniqsa yutuqlaringiz haqida.
2. So’ramasangiz ham o’zini e’tirof etadiganlar e’tiborsiz qolgan insonlar bo’lishadi. Ko’pi o’zlaridan eshitganingizdek bo’lmaydi.
@javokhir_toshpulatov

June 18, 16:41

Bitta ustozni o’zi kamlik qiladi.
Bir ustozni o’quvchilariga fanni o’rgatishi uchun vaqt, sabr, bilim va tajriba kerak bo’lsa,
Ularni kuchli harakterli, intizomli va tarbiyali qilish uchun doimiy darsga kiradigan kamida 2 ta ustozni yordami ham kerak bo’ladi.(Ota-ona effekti u boshqa masala)
Ulardan talab qilinadigani:
To’g’ri maslahat, o’quvchilardan keladigan maqtovlarga behojatlik hissi, o’rinsiz etirozlarga e’tiborsizlik immunitedi, mas’uliyat va amali bilan kuchli shaxsiyat.
Agar shunday ustozlar atrofingizda topilmasa o’quvchini o’zgartirish karrasiga qiyinlashadi. Bilimi o’saveradi, qolgani turaveradi.
Xususiy maktabda dars o’tishni endi boshlaganman. O’quvchilarni maktabga kelmaganidan davomat pastligi masalasida rahbariyat bilan ko’p talashardim. Menga berilgan eng noto’g’ri maslahat esa:
“Javohir o’ylamang. Hamma matematik bo’lmaydiku”. Bu fakt. Lekin sabablarga javobgarmiz natijaga emas. Aynan o’sha o’quvchilar birorta fanni o’rganmasdi.
Ularga nisbatan bo’lgan shunaqa munosabat o’quvchilarni shu ahvolga tushurganini keyingi 4 yillik tajribamda ko’ryapman.
Ustozlarning bundan keyingi vazifasi faqat fanni o’rgatish emas. Fan o’rgatish davomida fan atrofidagi barcha narsani o’rgatish. Aks holda o’rgangan fani hech qanday foyda bermaydi.
Bular: Mas’uliyat, farosat, intizom va to’g’ri qadriyat.
@javokhir_toshpulatov

June 18, 10:06

Mehrga muhtoj bo’lmaysiz
10 yildan buyon Toshkentdaman. Onam Qarshida. Onam bilan telefonda har kuni kamida 45 daqiqa suhbatlashamiz. Ba’zida 2 soatdan ham oshib ketadi.
Shunday qilishim kerakligi uchun emas, balki suhbatlashib huzur-halovat topganim uchun.
Bu yaqindan boshlab bo’lmadi. Kichikligimdan onam bilan eng yaqin do’stlarim bilan gaplashgandek erkin gaplashardim.
Xatolarimni tushuntirganlar. Ishlarim o’xshamay qolganda, ishi yurishayotganlar bilan taqqoslamaganlar.
Ketma-ket muammolarga kirib qolganimda motivatorim ham onam bo’lganlar. Hozir ham shunday.
Bitta uyda yashab kuniga 15 daqiqa ota-onasi bilan suhbatlashmaydiganlar ko’p. Bu muammo. Bunga faqat bitta tomon sababchi bo’lmaydi.
Bu yillar davomida yig’ilib kelgan ota-onalar xatosi. Farzandning xatosi esa vaqt ajratishi shartligini bilsa ham buni qilish uchun o’zini majburlay olmayotgani.
Qariganingizda, yolg’iz qolganingizda farzandingiz ajratayotgan vaqt, berayotgan mehr bu har qanday hadiyadan karrasiga ustun turadi.
Bu uchun farzandingiz kichikligidanoq harakatni qilib qoling. Ular yoshligidan vaqt ajrating, suhbatlashing. Maqsadlariga
ishoning.
Tushuning.
Xato qilsa
tushuntiring. Hech qachon “Yaxshiroq”lar bilan taqqoslamang.
@javokhir_toshpulatov

June 16, 15:15

“Tezroq oila qur!”
Uylanmagan do’stlarim bilan suhbatlashamiz. Ular oila, farzand tarbiyasi va erkaklik burchlarini ba’zi uylanganlardan ko’ra yaxshiroq his qilishadi.
Biz ta’limdagi insonlarmiz. Uylanib farzand tarbiyasini eplay olmasdan farzandi qanchalik ularni qiynayotganini ko’ramiz.
Bog’bonni xatosini bog’mon, sartaroshnikini sartarosh va tarbiyadagi xatolarni esa tarbiyachi ko’radi.
Hayotni kichik sinovlarini kuchli zarbadek qabul qilib ajrashayotgan oilalarni ko’ramiz. Qiynalayotganlar esa bolalar.
Ayolni eri oldidagi haqqi, erni esa ayolini oldidagi. Bularga e’tibor bermasdan yashab kamiga nima bo’lsa ham tezroq oila qurishni maslahat berayotgan insonlarga,
Oilasi parokanda. Ammo turmush o’rtoq tanlashni o’rgatayotgarga esa chidab bo’lmaydi. So’ralganda berilgan maslahat bu boshqa.
Bularni har kuni ko’rib yashayotganlar tabiiy ehtiyot bo’lishadi. Bu degani ular harakat qilmayapti degani emas.
Ular ehtiyotkor bo’lishadi.
Bu ularni oila masuliyatidan qochayotganini bildirmaydi. Hadisga e’tiborsizligini ham.
Shunchaki jamiyat qilayotgan ba’zi xatolardan xulosalar olib harakatlanayotgan bo’lishi ham mumkin.
Oddiy va umumiy qoida bor.
Loyiq bo’lganing keladi.
Moddiyat qo’rquviga o’xshab ko’rinayotgan harakatlar Ohirat qo’rquvidan bo’lishi ham mumkin.
Oilasizlarni orzusidagiga loyiq bo’lib olishlari uchun vaqt bering.
@javokhir_toshpulatov

June 01, 18:02

Himmatli bo’l
Shanba yoki yakshanba kunlari dars qo’ysam hamma kelishi shart.
Imtihon yoki olimpiadalarga yaqin qolganda ertalab 06:30 da ham qo’shimcha darslar qo’yaman. Unda ham kelish majburiy.
Bunday vaqtlarda dars o’tishimiz muhimligini avval tushuntiraman. Rozi bo’lishsa undan keyin dars qo’yaman.
Rozi bo’lib darsga kelmaganlarni tushuna olishim qiyin bo’ladi. Odatiy darslarimga kela olmaganlardan ko’ra ko’proq hafa bo’laman.
Dam olish kunlari o’zimga vaqt ajratishim uchun eng qulay kunlar. 06:30 ham nimadir o’rganishim uchun barakali vaqt.
Majburiyatimga kirmaydigan vaqtdan tashqari dars o’tishim bu sen uchun. Natijang uchun. Raqobatchilaringni kamida harakatimiz bilan yengishimiz uchun.
Sen uchun boshqalar himmat qilganda, o’zing uchun o’zing himmat qila olmasang hech qanday natijaga loyiq emassan.
@javokhir_toshpulatov