
Javokhir Toshpulatov | Blog
Ota cheklagan ishlarga ona ruhsat berishi yoki ona cheklagan ishlarga ota ruhsat berishi bolada ikkilanish paydo qiladi.
-Bu ishni qilish to'g'rimi yoki xato?
Natijada nafsi nima desa o'sha ishni qiladi.
Unday muhitda katta bo’layotgan bolalar ota-onasidan birini ko'proq yaxshi ko'rishga boshqasini esa kamroq yaxshi ko'rishga majbur.
Bolasiga *cheklov qo'ygani yomon obraz shakllantiradi. Xatto cheklanayotgan ish aslida bola uchun yaxshilikka bo'lsa ham.
Sababi oddiy. Bola o'ziga nima foyda ekanligini bilmaydi.
Maktabda ham shunaqa.
Bir ustoz bolani yaxshi tomonga o'zgartirmoqchi bo'lsa qolgan fan ustozlarining ham o'rni muhim. Huddi oiladagi ota-ona hamkorligiga o'xshab.
O'quvchilarni nafsini tarbiyalayman deb cheklovlar qo'yganingda qolgan ustozlar "bo'laveradi" yondashuvida ishlasa bola uni standartlarini tanlaydi.
U adolatli o'ylash darajasiga yetmagan bo'ladi. U uchun kim yaxshilik xohlayapti-yu yana kimdir oson yo'l tutib imkon berib yuborishini tushunmaydi.
*Cheklov qo’yish aslida ruhsat berishdan ancha qiyin yo’l. Cheklov qo’yish uni nazoratini ham talab qiladi.
O’quvchilarimga ko’p tushuntiraman:
Men qiyin yo’lni tanlayapman. Aynan shuni o’zi sizlarni menga muhimligingizni bildiradi. Sizlar ham nafsingizni qiynashga tayyor bo’lsangiz yaxshi tomonga jiddiy o’zgarishlar ko’rishni boshlaysiz.
*Nafsga yoqmaydigan yomon odatlarga qo’yiladigan taqiq. Unga foyda olib keladigan ishlarga qat’iy turib talab qilish.
@javokhir_toshpulatov
Dars qilish kimgadir oson, yana kimgadir juda qiyin.
Kimga oson?
Hayotida murakkab ishlar ko‘p bo‘lgan o‘quvchilarga.
Boshqa murakkab ishlar oldida dars qilish ancha yengil. Chunki biroz toqat, mavzuni qisman tushunish va dars qilishga kichik xohish bo‘lsa, bas.
Kimlarga qiyin?
Hayotida qilayotgan eng murakkab ishi dars qilish bo‘lganlarga.
Bolasining dars qilishga yalqovligidan noliydiganlarni ko‘raman.
“Xo‘p… Nimalar qiladi o‘zi?” deb so‘rasam,
u bolalar nafaqat dars qilishga dangasa, balki hayotida birorta murakkab ish qilmayotgan degan xulosaga kelaman.
Bolalarimiz dars qilishini xohlasak, ularning hayotida boshqa murakkab ishlar ham yaratib beraylik.
Bir narsaga irodasiz bola boshqasiga ham irodasiz bo‘ladi.
Dars qilish qobiliyatga bog‘liq emas.
Ko‘p va sifatli dars qilib, o‘zlashtira olmaslik — qobiliyatsizlik.
Dars qilishgacha yetib bormaslik — shunchaki irodasizlik.
Harakat qilishga iroda shakllantirilmagan bolalarda biror sohada qobiliyatini ko‘ra olmay o‘tamiz.
@javokhir_toshpulatov
Telegramda yana aktiv bo’laman. Hozircha faqat instagramda o’z fikrlarim bilan bo’lishib boryapman.
Biz imtihonni qanday tartibda olishimiz haqida tushuntirdim. Qiziq bo’lsa
ko’rishingiz
mumkin)
Shu paytgacha turli mavzularda yozdim, kontentlar qildim.
Bundan keyin blogimni faqat mutaxassisligim bo'yicha yuritishim kerak deb o’yladim.
Mutaxassisligim haqida qisqacha:
Umumiy hisobda 10 yildan buyon aktiv ravishda ta'limda faoliyatdaman.
Orada o'quv markazlar, ijtimoiy loyihalar va o'zimni o'quv markazimni ham yuritishga ulgurdim.
Ammo bu loyihalar xususiy maktabdagi faoliyatimdek o'ziga torta olmadi.
Oxirgi 6 yilimda qolgan loyihalar bilan parallel ravishda xususiy maktabda faoliyat yuritaman.
Oxirgi 3 yilda esa qolgan loyihalardan deyarli to'liq chiqdim. Shundan so'ng maktabimiz tomonidan qo'shimcha mas'uliyatlar berildi.
1,5 yildan buyon Rahimov school lokomativ fillialida Matematika kafedrasi to'liq ishonib topshirildi.
Bilmaganlarimni o'qib, izlanib, tajribalar qilib va maktabimiz asoschilaridan maslahatlar olib o'rganyapman.
O'ylab qarasam bu mavzularni o'zida yozsam/kontent qilsam ham anchagina ma'lumotlar jamlanib qolibdi.
Ya'ni bundan keyin faqat ta'lim va tarbiya atrofida gaplashamiz.
Instagramda
ham aktivroq bo'laman. Qo'llab yuborsangiz xursand bo'laman)
@javokhir_toshpulatov
Qalbi keng insonlarda:
Sabr ko’proq, osiylik kamroq;
Moslashish ko’proq, chala tashlab ketish kamroq;
Halimlik ko’proq, g’azab kamroq;
Hotirjamlik ko’proq, sakinatsizlik kamroq
bo’lishini ko’ryapman, bilyapman..
@javokhir_toshpulatov
Yaqin do’stim bor. Bir kuni aytib qoldi:
Javohir juda omadliman. Negadir qayerga borsam hamma joyda yaxshi insonlar uchrayveradi.
Universitedda, Londonda, ishxonalarimda.
Uni yaqindan tanigan inson sifatida xulosa qildim. Haqiqat u o’ylagandek emas edi.
Unga faqat yaxshi insonlar uchrayvermagan.
U o’zi insonlarni yaxshi hislatlarini ko’radigan, kamchiliklariga esa deyarli e’tibor bermaydigan inson.
Fazilati bor insonda kamchiliklar ham bo’ladi. Qaysi birini ko’rish esa ko’ruvchiga bog’liq.
Keng qalbli inson fazilatlarni ko’radi. Qolganlar esa kamchiliklarini.
Bugun atrofidagilardan rozi bo’lmaganlar ertaga boshqa joydagi insonlardan ham rozi bo’lmaydi.
Muammo ko’p holatda atrofdagilar bilan bog’liq emas. Ularni qaysi qiyofada ko’rayotganlarga bog’liq.
Hamma dunyoni o’zini ko’zi bilan ko’radi.
Ko’zlarimiz atrof haqida nima deyotgan bo’lsa ichki dunyomiz haqida ham o’shani aytayotgan bo’ladi.
@javokhir_toshpulatov
Matematikani
boshlangʻich sinfda yaxshi oʻqigan oʻquvchilarning 70% ga yaqini 5-sinfga oʻtganidan keyin oʻzlashtirish pasayishi kuzatiladi.
Boshida qiynalishadi, vaqt oʻtib esa umuman tushunmay qolishadi.
Bu holatga eʼtiborsiz boʻlish vaqt oʻtib bolalarda matematikaga boʻlgan qiziqish oʻrnini nafrat egallashiga sabab boʻladi.
Shu muammoni koʻrib, oqibatini yaxshi bilganligim uchun 5, 6 va 7-sinf oʻquvchilari uchun ham onlayn darslarni yoʻlga qoʻyyapman.
Yoz fasli — orqada qolgan mavzularni yetkazib olish, yangi darajaga koʻtarilish va fanga qaytadan qiziqish uygʻotish uchun ayni muddao.
5 yillik onlayn darslarimdan olingan natijalar va oʻquvchilarimning fikrlariga tayanib shuni ayta olamanki, onlayn darslardan ham offlayn darslardek qiymat olish mumkin.
Qiziq bo’lsa
menga yozing
. Farzandingiz bilim darajasini ham tekin tekshirib beraman. Faqat bitta guruh ochayotganligim uchun joylar soni cheklangan.
**
9-sinf va undan yuqori o'quvchilarga ham darslar avjida. U guruhda ham 4 ta joy bor.
Guruhga qo'shilish:
@javokhirtoshpulatov
Uzoq muddatli mustahkam munosabatni 2 ta narsa ta’minlaydi:
1. Asosiy prinsiplar(qadriyatlar);
2. Kelajakdagi maqsadlar.
Shu ikkalasi o’xshash bo’lsa, istalgan uzoq muddatli munosabat uchun yo’l ochiq.
O’xshashlik tasdig’ini faqat tildan olmang. U istalgan narsa deydi. Amallarni kuzating. U aldamaydi.
Maqsadlar aytilganda, shovqinli eshitiladi. Bugungi harakatlar esa loyiqlikni belgilaydi.
Bugungi harakat va maqsad mutanosib emasligini ko’rsangiz, demak u orzu. Orzu esa 8 yoshli bolada ham bor.
@javokhir_toshpulatov
Yaqinda Islam Makhachev O’zbekistonga keldi. U bilan birga bo’lganlarni aytishicha:
“2-3 soat futbol o’ynadik. Hammamiz harakatlarimiz og’irlashib qoldi. Lekin uning harakatlarida zarracha susayish ko’rmadik.
Futboldan keyin soatlab Boks mashg’ulotlarini o’tkazdik. Asosan u harakt qildi. Uning yana o’zgarish sezmadik.
Shundan keyin biroz suhbatlashdik, g’alabalari haqida so’radik:”
Islam:
Bugun qilgan harakatimiz men uchun yengil qizish mashqlari xolos.
Bizni faqat bizdan ko’p shug’ullanadiganlar yutishlari mumkin. Lekin unaqalar yo’q!
**
Davomiy g’alabalar tasodif bo’lmaydi. Kam odam erisha oladigan natijalar ortida, kam odamlar bardosh bera oladigan mehnat yotadi.
@javokhir_toshpulatov
Yakka sportda shunday sportchilar bo’ladi. Ular natija qilganda olqishlanadi, natija qilmaganda esa darrov ulardan yuz o’giriladi.
Bir qarashda, o’sha sportchiga muhlislari tomonidan adolatsizlik qilingandek ko’rinadi.
Yana shunday sportchilar bo’ladi-ki ular yutqazsa ham muhlislari tomonidan qo’llab quvvatlanaveradi. Ularga yana ishoniladi.
Sababini jiddiy kuzatsangiz bu ikki holatdagi ikki xil munosabatni mohiyatini tushungandek bo’lasiz.
Yutqazganda ham qadrlanadigan insonlar, bir paytlar g’alaba qozonganda o’zligini unutmagan bo’ladi.
Raqibni hurmat qilgan bo’ladi. G’alabaga faqat o’z kuchi bilan erishmaganini e’tirof qiladi.
Ammo yutqazganda qadrsiz bo’lib, faqat natijasi bilan qadrlanadigan insonlarda sof insoniy hislatlarni ko’rmaysiz. Samimiylik deyarli bo’lmaydi.
Hayotning boshqa yo’nalishlarida ham shu ishlaydi.
Qiymat berishdan boshqa *fazilatingiz bo’lmasa faqat qiymat berish muddaticha qadrlanasiz. Keyin darrov unutilasiz.
*
samimiylik, kamtarlik, ro’stgo’ylik va boshqalar yordamini ham e’tirof etish.
@javokhir_toshpulatov