Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Javokhir Toshpulatov | Blog

javokhir_toshpulatov
Asosan ta’lim, tarbiya va rivojlanish mavzulari bo’yicha gaplashamiz. Yozadiganlarimning hech biri shunchaki nazariyaning o’zi emas. https://t.me/+zOKz22G2GKY5OWRi 📩 @javokhirtoshpulatov
Subscribers
1 970
24 hours
-3
30 days
-89
Post views
1 534
ER
77,87%
Posts (30d)
2
Characters in post
720
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Education
Audience gender
Female
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Education
Summary
September 11, 12:08

Telegramda yana aktiv bo’laman. Hozircha faqat instagramda o’z fikrlarim bilan bo’lishib boryapman.
Biz imtihonni qanday tartibda olishimiz haqida tushuntirdim. Qiziq bo’lsa
ko’rishingiz
mumkin)

September 03, 09:55

Shu paytgacha turli mavzularda yozdim, kontentlar qildim.
Bundan keyin blogimni faqat mutaxassisligim bo'yicha yuritishim kerak deb o’yladim.
Mutaxassisligim haqida qisqacha:
Umumiy hisobda 10 yildan buyon aktiv ravishda ta'limda faoliyatdaman.
Orada o'quv markazlar, ijtimoiy loyihalar va o'zimni o'quv markazimni ham yuritishga ulgurdim.
Ammo bu loyihalar xususiy maktabdagi faoliyatimdek o'ziga torta olmadi.
Oxirgi 6 yilimda qolgan loyihalar bilan parallel ravishda xususiy maktabda faoliyat yuritaman.
Oxirgi 3 yilda esa qolgan loyihalardan deyarli to'liq chiqdim. Shundan so'ng maktabimiz tomonidan qo'shimcha mas'uliyatlar berildi.
1,5 yildan buyon Rahimov school lokomativ fillialida Matematika kafedrasi to'liq ishonib topshirildi.
Bilmaganlarimni o'qib, izlanib, tajribalar qilib va maktabimiz asoschilaridan maslahatlar olib o'rganyapman.
O'ylab qarasam bu mavzularni o'zida yozsam/kontent qilsam ham anchagina ma'lumotlar jamlanib qolibdi.
Ya'ni bundan keyin faqat ta'lim va tarbiya atrofida gaplashamiz.
Instagramda
ham aktivroq bo'laman. Qo'llab yuborsangiz xursand bo'laman)
@javokhir_toshpulatov

July 31, 15:42

Qalbi keng insonlarda:
Sabr ko’proq, osiylik kamroq;
Moslashish ko’proq, chala tashlab ketish kamroq;
Halimlik ko’proq, g’azab kamroq;
Hotirjamlik ko’proq, sakinatsizlik kamroq
bo’lishini ko’ryapman, bilyapman..
@javokhir_toshpulatov

July 27, 18:26

Yaqin do’stim bor. Bir kuni aytib qoldi:
Javohir juda omadliman. Negadir qayerga borsam hamma joyda yaxshi insonlar uchrayveradi.
Universitedda, Londonda, ishxonalarimda.
Uni yaqindan tanigan inson sifatida xulosa qildim. Haqiqat u o’ylagandek emas edi.
Unga faqat yaxshi insonlar uchrayvermagan.
U o’zi insonlarni yaxshi hislatlarini ko’radigan, kamchiliklariga esa deyarli e’tibor bermaydigan inson.
Fazilati bor insonda kamchiliklar ham bo’ladi. Qaysi birini ko’rish esa ko’ruvchiga bog’liq.
Keng qalbli inson fazilatlarni ko’radi. Qolganlar esa kamchiliklarini.
Bugun atrofidagilardan rozi bo’lmaganlar ertaga boshqa joydagi insonlardan ham rozi bo’lmaydi.
Muammo ko’p holatda atrofdagilar bilan bog’liq emas. Ularni qaysi qiyofada ko’rayotganlarga bog’liq.
Hamma dunyoni o’zini ko’zi bilan ko’radi.
Ko’zlarimiz atrof haqida nima deyotgan bo’lsa ichki dunyomiz haqida ham o’shani aytayotgan bo’ladi.
@javokhir_toshpulatov

June 29, 10:52

Matematikani
boshlangʻich sinfda yaxshi oʻqigan oʻquvchilarning 70% ga yaqini 5-sinfga oʻtganidan keyin oʻzlashtirish pasayishi kuzatiladi.
Boshida qiynalishadi, vaqt oʻtib esa umuman tushunmay qolishadi.
Bu holatga eʼtiborsiz boʻlish vaqt oʻtib bolalarda matematikaga boʻlgan qiziqish oʻrnini nafrat egallashiga sabab boʻladi.
Shu muammoni koʻrib, oqibatini yaxshi bilganligim uchun 5, 6 va 7-sinf oʻquvchilari uchun ham onlayn darslarni yoʻlga qoʻyyapman.
Yoz fasli — orqada qolgan mavzularni yetkazib olish, yangi darajaga koʻtarilish va fanga qaytadan qiziqish uygʻotish uchun ayni muddao.
5 yillik onlayn darslarimdan olingan natijalar va oʻquvchilarimning fikrlariga tayanib shuni ayta olamanki, onlayn darslardan ham offlayn darslardek qiymat olish mumkin.
Qiziq bo’lsa
menga yozing
. Farzandingiz bilim darajasini ham tekin tekshirib beraman. Faqat bitta guruh ochayotganligim uchun joylar soni cheklangan.
**
9-sinf va undan yuqori o'quvchilarga ham darslar avjida. U guruhda ham 4 ta joy bor.
Guruhga qo'shilish:
@javokhirtoshpulatov

June 11, 15:19

Uzoq muddatli mustahkam munosabatni 2 ta narsa ta’minlaydi:
1. Asosiy prinsiplar(qadriyatlar);
2. Kelajakdagi maqsadlar.
Shu ikkalasi o’xshash bo’lsa, istalgan uzoq muddatli munosabat uchun yo’l ochiq.
O’xshashlik tasdig’ini faqat tildan olmang. U istalgan narsa deydi. Amallarni kuzating. U aldamaydi.
Maqsadlar aytilganda, shovqinli eshitiladi. Bugungi harakatlar esa loyiqlikni belgilaydi.
Bugungi harakat va maqsad mutanosib emasligini ko’rsangiz, demak u orzu. Orzu esa 8 yoshli bolada ham bor.
@javokhir_toshpulatov

June 05, 07:13
Media unavailable
1
Show in Telegram

Yaqinda Islam Makhachev O’zbekistonga keldi. U bilan birga bo’lganlarni aytishicha:
“2-3 soat futbol o’ynadik. Hammamiz harakatlarimiz og’irlashib qoldi. Lekin uning harakatlarida zarracha susayish ko’rmadik.
Futboldan keyin soatlab Boks mashg’ulotlarini o’tkazdik. Asosan u harakt qildi. Uning yana o’zgarish sezmadik.
Shundan keyin biroz suhbatlashdik, g’alabalari haqida so’radik:”
Islam:
Bugun qilgan harakatimiz men uchun yengil qizish mashqlari xolos.
Bizni faqat bizdan ko’p shug’ullanadiganlar yutishlari mumkin. Lekin unaqalar yo’q!
**
Davomiy g’alabalar tasodif bo’lmaydi. Kam odam erisha oladigan natijalar ortida, kam odamlar bardosh bera oladigan mehnat yotadi.
@javokhir_toshpulatov

June 04, 18:13

Yakka sportda shunday sportchilar bo’ladi. Ular natija qilganda olqishlanadi, natija qilmaganda esa darrov ulardan yuz o’giriladi.
Bir qarashda, o’sha sportchiga muhlislari tomonidan adolatsizlik qilingandek ko’rinadi.
Yana shunday sportchilar bo’ladi-ki ular yutqazsa ham muhlislari tomonidan qo’llab quvvatlanaveradi. Ularga yana ishoniladi.
Sababini jiddiy kuzatsangiz bu ikki holatdagi ikki xil munosabatni mohiyatini tushungandek bo’lasiz.
Yutqazganda ham qadrlanadigan insonlar, bir paytlar g’alaba qozonganda o’zligini unutmagan bo’ladi.
Raqibni hurmat qilgan bo’ladi. G’alabaga faqat o’z kuchi bilan erishmaganini e’tirof qiladi.
Ammo yutqazganda qadrsiz bo’lib, faqat natijasi bilan qadrlanadigan insonlarda sof insoniy hislatlarni ko’rmaysiz. Samimiylik deyarli bo’lmaydi.
Hayotning boshqa yo’nalishlarida ham shu ishlaydi.
Qiymat berishdan boshqa *fazilatingiz bo’lmasa faqat qiymat berish muddaticha qadrlanasiz. Keyin darrov unutilasiz.
*
samimiylik, kamtarlik, ro’stgo’ylik va boshqalar yordamini ham e’tirof etish.
@javokhir_toshpulatov

May 29, 19:08

Aksariyat insonlarga yaxshi inson bo‘lib ko‘rinish juda oson.
Shunchaki ko‘proq eshitasiz, ularning fikrlariga qarshi fikr bildirmaysiz. Shuning o‘zi yetarli.
Insonlar ko‘proq eshitilishni xohlashadi. Ular eshitilgan sari o‘zlarida mamnunlikni his qilishadi.
Ularni mamnun qilgan insonlardan xayollarida o‘sha insonga nisbatan hurmatga loyiqlik obrazi shakllanadi.
U quyidagi ketma-ketlikda bo‘ladi:
Eshitdi, qo‘shildi va ma’qulladi;
Ma’qulladi, demak qabul qiladi;
Qabul qiladi, demak amal qiladi.
Real hayotda ham doim shunaqa bo’lsa qani edi.
Gapirishni xohlaydigan insonlardan ko‘ra kamroq gapiradigan insonlarni eshitgim keladi.
Ular bilan o‘tirib qolsam, suhbatimiz intervyuga o‘xshaydi. Savollar beraveraman.
Chunki hayotda shunday insonlardan ko‘proq foyda olganman.
Unday insonlarda quyidagi 3 ta hislat jamlanganligini ko‘raman:
1. Kamtarlik;
2. Samimiylik;
3. Yaxshiroq tahliliy fikrlash.
**
1. Yaxshi suhbatdosh bo‘lmoqchimisiz — ko‘proq eshiting.
2. Ko‘proq va foydaliroq narsalar o‘rganmoqchimisiz — kam gapiradigan insonlarni gapirtiring.
@javokhir_toshpulatov

May 20, 09:24

Men ko’rgan va eng muhim deb hisoblaydigan 7 ko'nikma/xislat
(asosan erkaklarda):
1. Tez va sifatli qaror qabul qila olish;
2. Stress ko’tara olish;
3. Mas’uliyatni o’ziga olish(nolimaslik);
4. Vaqt va energiyani boshqara olish;
5. O'z-o’zini majburlay/cheklay olish;
6. Shaxsiy fikr/prinsiplarga ega bo'lish;
7. Muzokara o'tkaza olish.
@javokhir_toshpulatov