Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Kosonsoy tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi rasmiy

kosonsoyxtbrasmiy

Kosonsoy tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limining axborot va matbuot xizmati

Subscribers
769
Post views
218
ER
28,4%
Posts
7 874
October 17, 12:41
Media unavailable
4
Show in Telegram

📚
“Jasorat maktabi” o‘quvchilari o‘rtasida “Mardlik” mavzusida diktant tanlovi o‘tkazildi.
Joriy yilning 17-oktyabr kuni “
21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni
” munosabati bilan “Jasorat maktabi” o‘quvchilari o‘rtasidagi “Mardlik” mavzusidagi diktant tanlovining Namangan viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tanlov O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamkorligida yoshlar o‘rtasida vatanparvarlik tuyg‘usini yuksaltirish, davlat tiliga hurmatni mustahkamlash va savodxonlikni oshirish maqsadida tashkil etildi.
Tanlovda Kosonsoy tumani 25-sonli maktabning 5-sinf o’quvchisi Burxonjonova Feruza muvaffaqiyatli qatnashib, faxrli 1-o’rinni egalladi.
Kosonsoy tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limining rasmiy axborot xizmati

October 17, 06:21
Media unavailable
5
Show in Telegram

📚
“Jadidlar izidan” tanlovining Kosonsoy tuman bosqichi o‘tkazilmoqda.
Mamlakatimizda oʻquvchilar o'rtasida ajdodlarimizning boy maʼnaviy merosini keng targʻib qilish orqali kitobxonlikka jalb etish maqsadida, “
Jadidlar izidan
” Respublika tanlovi tashkil etib kelinmoqda.
Bugun Kosonsoy tumanidagi 13-sonli maktabda tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi, Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘limi hamda viloyat Bolalar kutubxonasi bilan hamkorlikda “
Jadidlar izidan
” tanlovining tuman bosqichiga start berildi.
Tanlovning ochilish marosimida tuman hokimi o'rinbosari M.Soibbayev, Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘limi boshlig'i D.Isoqov va tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi boshlig'i S.Ergashevlar ishtirok etdilar.
Ishtirokchilar mazkur bosqichda test sinovlari asosida bellashadilar. Tanlov yakuniy natijlariga ko’ra g'olib deb topilgan o'quvchilar viloyat bosqichiga yo'llanmani qo’lga kiritadilar.
Kosonsoy tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limining rasmiy axborot xizmati

October 16, 13:21
Media unavailable
2
Show in Telegram

#Maktabgacha_taʼlim
#Raqamlashtirish

“Bolalar bogʻchasi” axborot tizimining afzalliklari bilan tanishtiramiz!
👍
Davlatimiz rahbarining
2025-yil 15-may kuni
maktab ta’limida amalga oshirilgan islohotlar va kelgusidagi asosiy vazifalar to‘g‘risida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida bergan topshiriqlari asosida maktabgacha taʼlim tashkilotlarida
raqamlashtirish ishlari bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yilmoqda.
👍
Hozirda
“Bolalar bogʻchasi”
axborot tizimi orqali
bolalar va xodimlarning elektron davomatini yuritish, ish vaqti tabelini shakllantirish, oziq-ovqat xarajatlarini hisoblash hamda ota-onalar to‘lovlarini avtomatlashtirish
imkoniyati yaratilmoqda.
👍
Mazkur tizim maktabgacha ta’lim tashkilotlarida boshqaruv jarayonlarini soddalashtirish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlashga yo’naltirilgan.
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
Bizni kuzating

Telegram
🌐
Facebook
🌐
Youtube
🌐
Instagram
🔎
Veb-sayt
😄
Linkedin

October 16, 12:38
Media unavailable
5
Show in Telegram

🔰
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarini raqamalashtirish bo’yicha o’quv seminari tashkil etildi.
Joriy yilning 16-oktyabr kuni Kosonsoy tumanidagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari uchun tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo'limi mutaxassislari tomonidan maktabgacha ta’lim tashkilotlarini raqamlashtirish, elektron davomat yuritish, xodimlar ish vaqti tabelini shakllantirish va boshqa masalalar bo’yicha o’quv-seminari tashkil etildi.
Seminarda maktabgacha ta’lim tashkilotlarini raqamlashtirish bo’yicha olib borilayotgan ishlar tahlil qilinib, tarbiyalanuvchilarning elektron davomatini yuritish, xodimlar elektron davomatini “Bolalar bogʻchasi” axborot tizimi orqali amalga oshirilishi bo’yicha atroflicha tushunchalar berildi.
Kosonsoy tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limining rasmiy axborot va matbuot xizmati

October 16, 12:38
Media unavailable
5
Show in Telegram

🔰
"Besh tashabbus olimpiadasi" qizg'in davom etmoqda
.
▫️
"
Besh tashabbus olimpiadasi
" deganda mahallalarda start olib, yosh iqtidorlarni kashf etadigan, ularni munosib rag‘batlantiradigan ko‘rik-tanlov yodimizga tushadi. Haqiqatan ham ushbu olimpiada orqali o‘g‘il-qizlar kasb-u korda, sportda, ijodda o‘z iqtidorlarini, qirralarini namoyon etmoqdaki, bu ularning tajriba orttirish va almashishlariga ham xizmat qildi.
Bugun Kosonsoy tumanida olimpiada doirasida sportning voleybol turi bo'yicha musobaqalarning hududiy bosqichi o‘tkazildi. Ushbu bosqichda "Maktab ligasi" g'oliblari tuman bosqichi yo'llanmasi uchun kurash olib bordilar.
Kosonsoy tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi matbuot xizmati

October 16, 11:51
Media unavailable
5
Show in Telegram

🔰
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarini raqamalashtirish bo’yicha o’quv seminari tashkil etildi.
Joriy yilning 16-oktyabr kuni Kosonsoy tumanidagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari uchun tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo'limi mutaxassislari tomonidan maktabgacha ta’lim tashkilotlarini raqamlashtirish, elektron davomat yuritish, xodimlar ish vaqti tabelini shakllantirish va boshqa masalalar bo’yicha o’quv-seminari tashkil etildi.
Seminarda maktabgacha ta’lim tashkilotlarini raqamlashtirish bo’yicha olib borilayotgan ishlar tahlil qilinib, tarbiyalanuvchilarning elektron davomatini yuritish, xodimlar elektron davomatini “Bolalar bogʻchasi” axborot tizimi orqali amalga oshirilishi bo’yicha atroflicha tushunchalar berildi.
Kosonsoy tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limining rasmiy axborot va matbuot xizmati

October 16, 06:04
Media unavailable
2
Show in Telegram

#Chellenj
#Milliy_qadriyat
🇺🇿
“Ona tili — men uchun!” shiori ostida chellenj
21-oktyabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Kosonsoy tumanidagi 22-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘zgacha ruhdagi “Ona tili — men uchun!” shiori ostida chellenj tashkil etildi.
Tadbirda maktabning fidoyi ustozlari va iqtidorli o‘quvchilari faol ishtirok etdilar. Ushbu chellenj orqali ishtirokchilar ona tilimizga bo‘lgan cheksiz hurmat va ehtiromlarini ifoda etdilar.
Tadbir jarayonida ona tilining boy tarixiy merosi, so‘z qudrati va milliy o‘zligimizning asosi sifatidagi ahamiyati haqida teran fikrlar bildirildi.
Ona tili — millat g‘ururi, Vatan iftixoridir!
Kosonsoy tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi matbuot xizmati

October 14, 06:09
Media unavailable
5
Show in Telegram


Kosonsoy tumanida asosiy fan olimpiadasining tuman bosqichiga start berildi.
▫️
Respublikamizning barcha umumta’lim maktablarida tahsil olayotgan iqtidorli o’quvchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida har yili o’quvchilar o‘rtasida an’anaviy fan olimpiadasi o‘tkazilib kelinmoqda.
Joriy yilning 14-oktabr kuni Kosonsoy tumanida asosiy fan olimpiadasining tuman bosqichiga start berildi. Ochilish marosimida tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi boshlig'i, tegishli hamkor tashkilot vakillari ishtirok etib, o’quvchilarga bilimlar bellashuvida muvaffaqiyat tiladilar.
Olimpiadaning ilk kunida maktab bosqichida g’olib bo’lgan o’quvchilar Matematika fani bo’yicha olgan bilimlarini sinovdan o’tkazdilar.
Kosonsoy tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi matbuot xizmati

October 14, 05:52
Media unavailable
5
Show in Telegram

❇️
Namangan viloyati Kosonsoy tumanida xorijiy til fanidan dars berayotgan, ammo tegishli sertifikatlarga ega bo‘lmagan o‘qituvchilarni qo‘shimcha o‘quv mashg‘ulotlariga jalb qilish ishlari olib borilmoqda.
❇️
Ma’lumki, 19.05.2021 kundagi VM ning 312-sonli qaroriga ko‘ra, umumta’lim muassasalaridagi xorijiy til o‘qituvchilari kamida B2 darajasidagi (milliy yoki unga tenglashtirilgan xalqaro) sertifikatga ega bo‘lishlishi lozimligi belgilangan.
❇️
Xabaringiz bor Prezidentimizning 3.02.2022 kundagi PF-22 sonli Farmoyishi ijrosi ta’minlash maqsadida Namangan viloyati Kosonsoy tumaniga Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan xorijlik ingliz tili o'qituvchisi yuborilgan edi.
❇️
Xorijlik mutaxassis bilan birgalikda tuman ingliz tili o‘qituvchilari uchun haftaning muayyan kunlari belgilab olindi. Bu kurslar orqali o‘qituvchilarga qo‘shimcha sharoitlar yaratilib, ularning malakasini oshirishga katta e’tibor qaratilmoqda.
Kosonsoy tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi.

October 13, 16:18
Media unavailable
4
Show in Telegram

#bolalar_uchun
#ijodiy_tanlovlar
DIQQAT, YANGI TANLOVLAR!
🎬
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, Bolalar kontentini rivojlantirish markazi va
Ichki ichlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamentining Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati “Yoʻl-Bars berar dars” nomli, bolalarga yoʻl harakat qoidalarini oʻrgatuvchi ko‘p qismli multserial loyihasiga ijodiy tanlov eʼlon qiladi.
Talabgorlar tanlovda maktabgacha taʻlim muassasalari va boshlangʻich sinflar uchun kontentlar loyihasi bilan qatnashishlari mumkin.

Tanlov shartlari
Taqdim etiladigan materiallar quyida ko‘rsatilgan talablarga muvofiq bo‘lishi lozim:
1)
loyihaning asosiy qahramonlari, syujet liniyasi, g‘oya va mazmuni aks etgan, davlat tilida, adabiy til va imlo qoidalariga rioya qilingan holda A4 format, 14 keglda, “Times New Roman” shriftida, 1,0 intervalda yozilgan
2-3 bet
dan iborat
sinopsis
ning qog‘oz va elektron shakli;
2)
loyiha suratga olinadigan lokatsiya, obyektlar, ijodiy guruh tarkibi va filmografiyasi, taxminiy aktyorlar jamoasi va loyihani amalga oshirish bilan bog‘liq boshqa jarayonlarni qamrab oluvchi
taqdimot
albomi (qog‘oz va elektron shaklda);
3)
loyihaning taxminiy
xarajatlar smetasi
.
Takliflar berish muddati tugagan paytda
kamida ikkita loyiha
qabul qilingan bo‘lsa, tanlov sharti bajarilgan, deb topiladi.
Bolalar kontentini rivojlantirish markazi
Ekspertlar kengashi bir oy davomida loyihalarni ko‘rib chiqadi, baholaydi, g‘olib loyihani belgilaydi hamda yig‘ilish bayoni bilan rasmiylashtiradi.
G‘olib aniqlanmagan holda, qayta tanlov e’lon qilinadi.
Tanlov ishtirokchilari e’londa ko‘rsatilgan manzil va tartib asosida o‘z loyihalariga
ariza
hamda
studiya haqida qisqacha ma’lumot
ni biriktirgan holda,
Bolalar kontentini rivojlantirish markazi
ga taqdim qilishlari lozim.
Tanlov shartlariga qat’iy amal qilinmagan, imloviy xatolari bor, mavzuga aloqasi bo‘lmagan, faqat internet ma’lumotlari va sun’iy intellekt tayyorlagan matndan iborat loyihalar tanlovga qo‘yilmaydi.
Taqdim etilayotgan loyihalarda bolalarning
ma’naviy
hamda
ruhiy dunyosiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi
,
insoniy qadriyatlarga zid
,
milliy mentalitetimiz
va
an’analarimizga
,
yosh toifasiga mos bo‘lmagan
munosabatlar aks ettirilmasligi lozim.
Tanlovga hujjatlar
2025-yil
13-oktabrdan
2025-yil
13-noyabrga qadar
qabul qilinadi.
Izoh:
taqdim etilgan loyihalarga taqriz berilmaydi va mualliflarga qaytarilmaydi.
Telefon:
+998555111505
(ichki 1005)
.
Manzil:
Toshkent shahri, Olmazor tumani, Ziyo ko‘chasi, 2-“A” uy.
Bizni
kuzating

Telegram
🌐
Facebook
🌐
Youtube
🌐
Instagram
🔎
Veb-sayt
😄
Linkedin