Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Kosonsoy tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi rasmiy

kosonsoyxtbrasmiy
Kosonsoy tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limining axborot va matbuot xizmati
Подписчики
1 600
24 часа
-3
30 дней
-65
Просмотры
375
ER
23,44%
Посты (30д)
154
Символов в посте
632
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
EDОбщее образование и новости
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
October 25, 05:26
Файлы недоступны
7
Открыть в Telegram

🔰
«Меҳржон» — куз неъматлари ва болалар қувончи!
▫️
Косонсой туманидаги 4-сонли умумтаълим мактабида куз фаслининг файзу таровати, саховати ва неъматларини намоён этувчи «Меҳржон» байрами кўтаринки руҳда ўтказилди.
Тадбир давомида ўқувчилар томонидан ижро этилган дилрабо куй-қўшиқлар, жозибали рақслар ва бадиий чиқишлар йиғилганларга кўтаринки кайфият бағишлади. Байрам доирасида ташкил этилган мевалар ва куз неъматлари кўргазмаси эса ўзининг ранг-баранглиги, бетакрор безаклари ва ўзига хос композициялари билан эътиборни тортди.
Кузнинг мўл-кўлчилик ва барака фасли эканини ўзида мужассам этган мазкур тадбир ўқувчилар қалбида табиатга меҳр, дастурхон неъматларига шукроналик, миллий қадриятларимизга ҳурмат туйғуларини мустаҳкамлашга хизмат қилди.
«Меҳржон» байрами ўқувчиларга унутилмас таассуротлар, қувончли лаҳзалар ва кўтаринки кайфият улашди.
👉
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube

October 25, 01:06
Файлы недоступны
10
1
Открыть в Telegram

#KelajakMarkazlari
#JadidlarIzidan
📢
«Jadidlar izidan» tanlovining tuman-şahar bosqiçi
start oldi!
🤐
Umumiy örta taʼlim maktablari va nodavlat taʼlim muassasalari öquvçilari örtasida ötkaziladigan
«Jadidlar izidan» Respublika tanlovi
ning yangi mavsumi doirasida barça hududlarda
tuman-şahar bosqiçi
ötkazilmoqda.
⚡️
Tanlov
nizomiga köra
,
iştirokçilar
3 bosqiç
da (tuman-şahar, hududiy, respublika) jadidlar hayoti va ijodini örganişga doir şartlar böyiça öz bilimini sinovdan ötkazadilar. Tanlov
2 ta yoş toifasi
da
6-8
hamda
9-10-sinf öquvçilari
örtasida bölib ötadi.
🟧
Respublika bosqiçi
14 nafar ğoliblari
jadidlarimiz tahsil olgan
Germaniyaning Gumboldt universitetiga taʼlim sayohati
ni qölga kiritadi. Şuningdek,
oliy taʼlim muassasalariga kirişda kasbiy (ijodiy) imtihonida soha böyiça eng yuqori ball
oliş imkoniyatiga ega böladi.
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

October 25, 01:05
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#foydadan_holi_emas
⚡️
⚡️
Özbekistonda bolalarga hojatxonadan foydalaniş madaniyati ham örgatiladi.
Turizm qömitasi buning uçun maxsus videorolik tayyorladi. Unda jamoat hojatxonalarini toza saqlaş, qöllarni sovunlab yuviş va gigiyena qoidalariga rioya qiliş
tuşuntirilgan
.
Qömita avvalroq tadbirkorlarga hojatxonalarni
barça uçun bepul oçişni
tavsiya
qilgandi
.

October 24, 07:15
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

🔰
Косонсойлик ўқувчи SAT имтиҳонида 1530 балл тўплади
◽️
Косонсой туман ихтисослаштирилган мактабининг 11-синф ўқувчиси Жаҳонгир Баҳодиров халқаро SAT имтиҳонида 1530 балл тўплаб, юқори натижани қайд этди.
Шунингдек, ёш билимдон аввалроқ IELTS имтиҳонида 7 балл тўплаб, халқаро сертификатни ҳам қўлга киритган.
Иқтидорли ўқувчига келгусидаги фаолияти ва халқаро миқёсдаги мақсадлари йўлида улкан муваффақиятлар тилаймиз!

October 24, 02:49
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

🔰
Milliy libos — milliy iftixor ifodasi
▫️
Milliy liboslarimiz – bu nafaqat kiyim-kechak, balki ajdodlarimiz merosi, madaniyatimiz timsoli va iftixorimizdir. Har bir chakmoni, do‘ppi yoki atlasu adrasdan tikilgan libosda bobokalonlarimizning ma’naviyati, an’analari va nafis zehni mujassam. Bugungi kunda milliy liboslarimiz nafaqat bayramlarda, balki kundalik hayotimizda ham o‘z o‘rnini topib bormoqda. Ularni kiyish – nafaqat an’analarga sadoqat, balki zamonaviylik va o‘ziga xoslik belgisidir.
Kosonsoy tumani 2-sonli umumta’lim maktabida milliy qadriyatlarimizga hurmat, ularni targ‘ib etish maqsadida haftaning har juma kunida “Milliy libos - milliy iftixor ifodasi” haftaligi o‘tkazilmoqda.
Kosonsoy tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limining rasmiy axborot va matbuot xizmati

October 23, 11:10
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#milliy_qadriyat
🔰
Milliy an’ana va qadriyatlar – o‘zbek xalqi ma’naviyatining ajralmas fazilatidir
.
▫️
Milliylik-bu xalqning o‘ziga xosligi, tarixi, urf-odatlari va qadriyatlarining yig‘indisi bo‘lib, insonning yuragida yashaydigan, avloddan -avlodga o‘tadigan bebaho me’rosdir.
Xalqimizning asrlar davomida shakllangan bebaho qadriyatlari, milliy an’analari va liboslariga mehr uyg‘otish va o‘zbekona kiyinish madaniyatini yuksaltirish maqsadida Kosonsoy tumanidagi 6-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida «
Milliy libos - millat qiyofasi
» kuni o‘tkazildi.
Kosonsoy tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limining rasmiy axborot va matbuot xizmati

October 22, 14:47
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

📚
MILLIYLIK — QADRIYAT, KITOB — MA’RIFAT!
“Farzandimga kitob sovg‘a qilaman” aksiyasi doirasida Kosonsoy tumanidagi maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari tomonidan o‘zlari tahsil olgan ta’lim maskanlariga kitoblar sovg‘a qilindi.
Ushbu ezgu tashabbus milliy qadriyatlarimizni ulug‘lash, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish hamda yosh avlod qalbida ilm-ma’rifatga muhabbat uyg‘otishga xizmat qiladi.
Zero, o‘zi ta’lim olgan maktabga kitob sovg‘a qilish — ustozlarga ehtirom, kelajak avlodga esa bebaho tuhfa!
Kosonsoy tumani maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi matbuot xizmati

October 22, 09:38
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

“Qança kerak bölsa, bilim va kasb uçun pulni ayamaymiz” — Prezident
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

October 22, 09:07
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Namangan viloyatida Asosiy fan olimpiadasining II (ikkinchi) tuman (shahar) bosqichiga start berildi. 8-kun
👉🏻
Kuzatib borish uchun bosing
👈🏻

October 22, 04:23
Файлы недоступны
10
Открыть в Telegram

Erkinjon Turdimov xalqaro hamkorlar bilan uçraşuvlar ötkazdi
21-oktyabr kuni Samarqandda
«Bolalar farovonligiga investitsiya: kelajak avlodlar barqaror va adolatli taraqqiyoti sari yöl» jahon sammiti
doirasida Taʼlim va ilm-fan vaziri
Erkinjon Turdimov
bir qator xalqaro hamkorlar bilan uçraşdi.
Jumladan, Qirğiz Respublikasi maʼorif vaziri
Dogdurkul Kendirbayeva
bilan uçraşuvda
qirğiz tilida taʼlim beriladigan maktablar uçun darsliklar tayyorlaş, pedagoglar malakasini oşiriş, tajriba almaşiş
hamda
oliy taʼlim taşkilotlari örtasida qöşma dasturlar va talabalar almaşinuvini rivojlantiriş
masalalari muhokama qilindi.
Fransiya Respublikasining bolalar masalalari böyiça oliy komissari
Sara El-Xayri
bilan uçraşuvda esa
maktabgaça taʼlimni rivojlantiriş, inklyuziv taʼlimni qöllab-quvvatlaş, pedagoglar malakasini oşiriş hamda bolalar farovonligini taʼminlaş
sohasida tajriba almaşiş va qöşma dasturlarni amalga oşiriş masalalari yuzasidan fikr almaşildi.
Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi böyiça inson taraqqiyoti yönalişi mintaqaviy direktori
Aparnaa Somanatan
bilan muloqotda
maktab taʼlimi sifatini oşiriş, taʼlim infratuzilmasini rivojlantiriş, pedagoglar salohiyatini mustahkamlaş va «Bilim» loyihasini amalga oşiriş
istiqbollari körib çiqildi.
Uçraşuvlar taʼlim sohasidagi xalqaro hamkorlikni mustahkamlaş, ilğor tajribalarni joriy etiş va bolalar uçun sifatli taʼlim imkoniyatlarini kengaytirişga qaratildi.
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram