Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Kosonsoy tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi rasmiy

kosonsoyxtbrasmiy
Kosonsoy tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limining axborot va matbuot xizmati
Subscribers
1 970
24 hours
30 days
-130
Post views
508
ER
25,79%
Posts (30d)
114
Characters in post
788
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
EDEducation General Education News
Audience gender
Female
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Education
Summary
June 15, 10:51
Media unavailable
6
Show in Telegram

🔰
Yozgi ta’til — mazmunli hordiq va sog‘lom dam olish maskani
.
Kosonsoy tumanidagi 18-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilarning yozgi ta’til davrini mazmunli tashkil etish, ularning sog‘lom hordiq chiqarishi hamda bo‘sh vaqtini samarali o‘tkazish maqsadida kunduzgi yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Mazkur oromgoh 6-iyundan 18-iyungacha bo‘lgan davrda faoliyat olib borib, unga jami 150 nafar kam ta’minlangan oilalar farzandlari jalb etildi. Oromgoh davomida bolalarning nafaqat dam olishi, balki ularning ma’naviy-axloqiy tarbiyasini yuksaltirish hamda iqtidorlarini namoyon etishlariga alohida e’tibor qaratildi.
Tasdiqlangan reja asosida tashkil etilgan mashg‘ulot va tadbirlarda o‘quvchilar yosh va qiziqishlariga ko‘ra guruhlarga ajratildi. Har bir guruhga tajribali tarbiyachi-murabbiylar biriktirilib, bolalar bilan muntazam va samarali ishlar olib borildi.
Kosonsoy tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limining rasmiy axborot va matbuot xizmati

June 15, 07:50
Media unavailable
4
Show in Telegram

🔰
Kosonsoyda zamonaviy maktab qurilishi: Boshqarma boshlig'i 28-sonli maktabdagi qurulish ishlari bilan tanishdi.
Kosonsoy tumanida ta’lim infratuzilmasini yaxshilash va o‘quvchilar uchun zamonaviy sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar izchil davom etmoqda. Shu maqsadda viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshlig‘i A. Isakov Kosonsoy tumanidagi 28-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida olib borilayotgan qurilish ishlarini joyiga chiqib o‘rgandi.
Tashrif davomida maktab hududida bunyod etilayotgan yangi o‘quv binolari, sinfxonalar, sport zallari hamda yordamchi infratuzilma obyektlarining qurilish jarayoni batafsil ko‘zdan kechirildi. Qurilish ishlarining sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi yuzasidan mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Kosonsoy tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limining rasmiy axborot va matbuot xizmati

June 12, 12:03
Media unavailable
5
Show in Telegram

🏆
Kosonsoy tumanida
“Eng namunali maktabgacha taʼlim tashkiloti direktori” koʻrik-tanlovi o'tkazildi.
Kosonsoy tumanidagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari o‘rtasida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2026-yil 27-martdagi 111-son buyrug‘iga asosan “Eng namunali maktabgacha taʼlim tashkiloti direktori” koʻrik-tanlovi o'tkazildi.
▶️
Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida samarali boshqaruv tizimini rivojlantirish, rahbarlarning kasbiy kompetensiyasini oshirish hamda ilgʻor boshqaruv tajribalarini aniqlash va ommalashtirish maqsadida tashkil qilingan tanlovda haqiqiy lider rahbarlar o‘z salohiyatlarini namoyish qilishdi.
Kosonsoy tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limining rasmiy axborot va matbuot xizmati

June 12, 10:41
Media unavailable
10
Show in Telegram

Sport vazirligi ishchi guruhi tomonidan Namangan viloyati Kosonsoy tumanida o‘rganish ishlari olib borilmoqda
Sport vazirligi ishchi guruhi tomonidan Namangan viloyatida sport sohasini yanada rivojlantirish, ommaviy sportni keng targ‘ib etish hamda mavjud infratuzilmalardan samarali foydalanish yuzasidan o‘rganish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Ayni paytda ishchi guruh Namangan viloyatining
Kosonsoy tumanida
bo‘lib, hududdagi sport muassasalari va sport obyektlari faoliyati bilan yaqindan tanishmoqda.
Xususan, ishchi guruh tomonidan
Kosonsoy tumani Sport shtabi
faoliyati, sport majmualarida olib borilayotgan o‘quv-mashg‘ulot jarayonlari hamda
18-sonli umumta’lim maktabi
hududida bunyod etilgan zamonaviy sport maydonchasida tashkil etilgan mashg‘ulotlar ko‘zdan kechirildi.
O‘rganishlar davomida yoshlarni sportga keng jalb etish, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish, sport inshootlaridan samarali foydalanish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, hududlarda sportni rivojlantirish, iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
Respublika ishchi guruhining Namangan viloyatidagi oʻrganish ishlari davom etmoqda!
Web-Sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube

June 12, 08:34
Media unavailable
9
Show in Telegram

🔰
Ilg‘or tajribalar va zamonaviy metodlar bir maydonda jamlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2026-yil 27-martdagi 111-sonli buyrug‘i asosida davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglari o‘rtasida “O‘yinga asoslangan ta’lim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik o‘yinlar festivali”ning tuman bosqichi Kosonsoy tumanida yuqori saviyada tashkil etildi.
Festival davomida maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglari tomonidan zamonaviy pedagogik yondashuvlar, innovatsion ta’lim metodlari hamda bolalarning ijodiy va intellektual salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan didaktik o‘yinlar namoyish etildi.
Mazkur festival va ko‘rik-tanlov maktabgacha ta’lim tizimida innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash, pedagoglarning kasbiy mahoratini oshirish hamda ilg‘or tajribalarni ommalashtirishga xizmat qilmoqda.
Kosonsoy tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limining rasmiy axborot va matbuot xizmati

June 12, 08:16
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

#Qabul_2026

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan 2026–2027-o‘quv yilida 1-sinfga qabul jarayonlarini muvofiqlashtirish maqsadida Respublikamizning barcha hududlari bo’ylab shtablar faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Fuqarolarning murojaatlarini qabul qilish hamda qabul jarayonlari bo‘yicha savollariga tezkor javob berish maqsadida Call-markaz raqamlari bilan quyida tanishishingiz mumkin:
📍
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
📍
Andijon viloyati
📍
Buxoro viloyati
📍
Farg‘ona viloyati
📍
Jizzax viloyati
📍
Namangan viloyati
📍
Navoiy viloyati
📍
Qashqadaryo viloyati
📍
Samarqand viloyati
📍
Sirdaryo viloyati
📍
Surxondaryo viloyati
📍
Toshkent shahri
📍
Toshkent viloyati
📍
Xorazm viloyati
👉
Eslatib o‘tamiz,
shtab onlayn va offlayn tarzda tashkil etiladigan qabul jarayonlarini muvofiqlashtirib, haftaning dushanba kunidan juma kuniga qadar soat
09:00 dan 17:00 gacha
faoliyat yuritadi.

Shuningdek, elektron qabul jarayonlari yuzasidan Vazirlikning
71-203-07-04 raqamli “Call-markaz”
yoki telegramdagi
@mymaktab_uz
kanali
orqali qo‘shimcha ma’lumot olishingiz mumkin.
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
Bizni kuzating

Telegram
🌐
Facebook
🌐
Youtube
🌐
Instagram
🔎
Veb-sayt
😄
Linkedin

June 12, 05:45
Media unavailable
3
Show in Telegram

🔰
"Yuragimiz siz bilan!”
Kosonsoy tumanidagi 22-sonli umumta’lim maktabida o‘tkazilgan challenge davomida o‘quvchilar milliy terma jamoamizga bo‘lgan ishonch va faxr tuyg‘ularini namoyon etdilar.
Kosonsoy tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limining rasmiy axborot va matbuot xizmati

June 12, 05:37
Media unavailable
3
Show in Telegram

“O‘zbekiston olg‘a!”
Kosonsoy tumanidagi 9-sonli DMTT tarbiyalanuvchilari O‘zbekiston milliy terma jamoasini qo‘llab-quvvatlash maqsadida challenge tashkil etishdi. Kichkintoylar bayroqlar va samimiy tilaklar bilan sportchilarimizga omad tilashdi.
Kosonsoy tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limining rasmiy axborot va matbuot xizmati

June 12, 05:33
Media unavailable
1
Show in Telegram

#milliy_qadriyat
📍
Kosonsoy tumanidagi 2-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida milliylik ruhi
Milliy urf-odatlarimizni hayotimizga uyg‘unlashtiraylik!
Kosonsoy tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limining rasmiy axborot va matbuot xizmati

June 12, 05:30
Media unavailable
1
Show in Telegram

“G‘alaba sari birga!”
Kosonsoy tumanidagi 20-sonli umumta’lim maktabida O‘zbekiston milliy terma jamoasini qo‘llab-quvvatlash maqsadida vatanparvarlik ruhidagi challenge tashkil etildi. Unda maktab o‘quvchilari faol ishtirok etib, yurtimiz sharafini xalqaro maydonlarda himoya qilayotgan sportchilarimizga samimiy tilak va ezgu niyatlarini bildirishdi.
Challenge davomida o‘quvchilar davlat bayroqlari, turli shiorlar hamda ijodiy chiqishlar orqali milliy jamoamizga bo‘lgan ishonch va faxr tuyg‘ularini namoyon etdilar. Ayniqsa, “Biz birgamiz!”, “O‘zbekiston oldinga!” kabi ruhlantiruvchi chaqiriqlar tadbirga yanada ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.
Mazkur tashabbus yoshlar qalbida vatanparvarlik, birlik va milliy g‘urur tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Yoshlar ishonadi — milliy terma jamoamizni oldinda yangi g‘alabalar kutmoqda!
🇺🇿
Kosonsoy tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limining