Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Kun.uz | Rasmiy kanal

kunuz

🇺🇿
Kun.uz
saytining Telegram-kanaliga xush kelibsiz!
‼️
Ushbu kanal lotin alifbosida yuritiladi
Reklama:
+998781137733
Sayt:
http://kun.uz/uz
facebook.com/kunuznews
twitter.com/KunUzNews
instagram.com/kun.uz
@kunuzmurojaat

Subscribers
83 100
Post views
9 953
ER
11,86%
Posts
91 204
October 29, 12:39
Media unavailable
1
Show in Telegram

Turkiyadagi aeroportda 61 kg oltinni noqonuniy olib o‘tmoqchi bo‘lgan 5 nafar o‘zbekistonlik ushlandi
Nevshehir (Turkiya) Kappadokiya aeroportida qiyma va xamir qorish mashinalari ichiga yashirilgan 61 kg 121 g noqonuniy oltin topildi. Tezkor tadbirda 6 kishi ushlandi, ulardan 5 nafari O‘zbekiston fuqarosi. Oltinning qiymati taxminan 132 mln lira deb baholandi.
👉
https://kun.uz/35881686
Kun.uz rasmiy kanali

October 29, 12:06
Media unavailable
1
Show in Telegram

Dollarning rasmiy kursi 12 ming so‘mdan pasaydi
AQSh dollarining so‘mga nisbatan rasmiy kursi 12 ming so‘mlik psixologik chegarani buzib, 11 990,53 so‘mgacha tushdi.
Yil boshidan beri dollar 914 so‘mga arzonlashib, milliy valutaning qadri 7,1 foizga oshdi.
👉
https://kun.uz/36079219
Kun.uz rasmiy kanali

October 29, 12:04
Media unavailable
1
Show in Telegram

Istanbulda o‘zbekistonlik ayolni o‘ldirgan shaxs umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi
Pendik tumanida 47 yoshli
V.U.ni
pichoq bilan o‘ldirgan 47 yoshli R.A. “qasddan o‘ldirish” jinoyati uchun umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi. Unga ayni voqeada ayolning sumkasini o‘g‘irlagani uchun alohida ravishda 6 yil qamoq jazosi ham berildi.
👉
https://kun.uz/89930824
Kun.uz rasmiy kanali

October 29, 11:34
Media unavailable
4
Show in Telegram

Rioda jinoiy to‘daga qarshi qonli reyd: politsiya amaliyoti chog‘ida 64 kishi halok bo‘ldi
Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida politsiya «narko-terrorchilar»ga qarshi keng ko‘lamli operatsiya o‘tkazdi. Shahar tarixida eng qonli va harbiylashgan amaliyotda kamida 64 kishi, jumladan to‘rt politsiyachi halok bo‘ldi, 81 kishi qo‘lga olindi. Rioning eng zich kvartallaridagi to‘xtovsiz otishmalar shahar hayotini ham bir muddat to‘xtatib qo‘ydi.
👉
https://kun.uz/07334686
Kun.uz rasmiy kanali

October 29, 10:59
Media unavailable
1
Show in Telegram

G‘azoga yana hujum qilgan Isroil, Braziliyadagi «qonli reyd» va Trampning Osiyodagi «so‘nggi bekati» – kun dayjesti
O‘tgan kun davomida jahonda ro‘y bergan eng asosiy voqea va yangiliklar sharhi bilan kundalik xabarnomada tanishtiramiz.
👉
https://kun.uz/87566778
Kun.uz rasmiy kanali

October 29, 10:10
Media unavailable
4
Show in Telegram

Toshkentda oltin kuz - foto
Kun.uz
fotomuxbiri Muhammadjon G‘aniyev oltin kuz manzaralarini fotolarga muhrladi.
📸
👉
https://kun.uz/86648275
Kun.uz rasmiy kanali

October 29, 09:37
Media unavailable
1
Show in Telegram

Finlandiya prezidentining O‘zbekistonga tashrifi 4 kun davom etadi
Prezident Shavkat Mirziyoyev taklifiga binoan Finlandiya rahbari Aleksandr Stubb 29-oktabrdan 1-noyabrgacha Toshkentda bo‘ladi. Oliy darajadagi muzokaralarda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilinadi.
👉
https://kun.uz/36361103
Kun.uz rasmiy kanali

October 29, 08:44
Media unavailable
1
Show in Telegram

Rossiyada endi armiyaga chaqiruv yil bo‘yi davom etadi
Duma «abadiy» chaqiruv to‘g‘risida qonunni qabul qildi.
👉
https://kun.uz/77529212
Kun.uz rasmiy kanali

October 29, 08:09
Media unavailable
1
Show in Telegram

«Sulh xavf ostida emas» – Tramp Isroilning G‘azoga bergan zarbalari «qasos» ekanini aytdi
G‘azoda davom etayotgan sulhga qaramay Isroil sektorga bergan aviazarbalari natijasida kamida 26 kishi halok bo‘ldi. Donald Tramp zarbalarni «isroillik askar o‘ldirilgani uchun javob» deb atadi va sulh saqlanayotganini bildirdi. Hamas esa hujumga aloqasi yo‘qligini aytib, Isroilning o‘zini sulh buzishda aybladi.
👉
https://kun.uz/83040779
Kun.uz rasmiy kanali

October 29, 07:40
Media unavailable
1
Show in Telegram

Hindiston kompaniyalari Rossiya neftini sotib olishni to‘xtatdi
Ammo ular Rossiya neftidan butunlay voz kechmoqchi emas.
👉
https://kun.uz/11224079
Kun.uz rasmiy kanali