
Kun.uz | Rasmiy kanal
Nyu-York terakti: samolyotni egallash g‘oyasi qanday paydo bo‘lgan?
🔘
Aslida bin Lodinga 10 ta samolyotni egallash varianti taklif qilinadi. Hozir Guantanamoda saqlanayotgan guruh aʼzosi o‘zi mingan oxirgi samolyotda barcha erkaklarni o‘ldirib, aeroportga qo‘ngach, matbuot anjumani o‘tkazishni reja qiladi.
🔘
Britaniyaning MI6 razvedka tashkiloti bin Lodinning atrofidagi odamlardan birini o‘ziga ishlashga ko‘ndiradi. Agent guruh lideri Nyu-York terakti ijrochilaridan biriga vazifa topshirayotganda yonida bo‘ladi, lekin bu haqda inglizlarga xabar berolmaydi.
🔘
Butunjahon savdo markaziga urilgan birinchi samolyot ichidagi guruh aʼzosi teraktdan avval bin Lodinga «tushida qush bo‘lib katta minoraga urilgani» haqida aytib bergach, AQSHga yuboriladi.
Kun.uz rasmiy kanali
“Qurilishda ishlaysan deyishgandi” – Rossiya armiyasiga yollangan yigit frontda mina bosib olib, barmoqlaridan ayrildi
Quvasoylik yigit avvaliga Rossiyada hujjatsiz transport vositasini boshqargani uchun 1,5 yilga qamalgan. So‘ngra qamoqdan Ukrainaning bosib olingan hududlarida qurilishda ishlash aldovi bilan frontga jo‘natilgan.
U jarohatlangan askarlarni jang maydonidan olib chiqish vaqtida ehtiyotsizlikdan yerga ko‘milgan minani bosib olgan. Oqibatda mina portlab ketib, o‘ng oyog‘i barmoqlari uzilib tushgan.
👉
https://kun.uz/uz/96784419
Kun.uz rasmiy kanali
Qurtlagan shokolad: u yaroqlilik muddati oʻtmagan mahsulotlarda ham uchraydi
Ijtimoiy tarmoqlarda qadoqlangan shirinlik ichidan tirik qurt chiqqani aks etgan video tarqaldi. Eʼtiborli jihati - videodagi mahsulotning yaroqlilik muddati hali tugamagan. Mahsulot yaroqlilik muddati oʻtmagan boʻlsa ham, qadoq ichida qurt yoki boshqa zararkunanda paydo boʻlishi mumkinmi? Bunday holatga nima sabab boʻladi va hasharot mahsulotga qachon tushib qoladi?
Kun.uz
oziq-ovqat xavfsizligi boʻyicha mutaxassisdan shu savollarga javob oldi.
👉
https://kun.uz/uz/31916973
Kun.uz rasmiy kanali
Navoiydagi konda baxtsiz hodisa va fuqarolar osoyishtaligi himoyasi — mahalliy dayjest
▪️
NKMK konida yuk avtomobili shinasi portlashi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi.
▪️
Fuqarolarning tungi osoyishtaligini himoya qiluvchi qonun imzolandi.
▪️
Oltita viloyatda chiqindidan elektr energiyasi ishlab chiqariladi.
▪️
Toshkentda jamoat transporti narxi oshishi mumkin.
▪️
Jizzaxda yo‘lovchi avtobus yuk mashinasi bilan to‘qnashdi.
🗓
Kunning muhim xabarlari bilan tanishtiramiz.
👉
https://kun.uz/uz/02267092
Kun.uz rasmiy kanali
Prezidentga Talabalar shaharchasining vaziyatlar markazi taqdimot qilindi
Vaziyatlar markazi shaharchadagi 41 ta talabalar yotoqxonasini qamrab olgan. Tizim orqali 75 mingga yaqin talaba, shu jumladan, yotoqxonalarda istiqomat qiluvchi 17,5 ming nafar yigit-qizning xavfsizligi taʼminlanadi. Ularning davomatini nazorat qilish va huquqbuzarliklarning oldini olish imkoniyatlari ham mavjud.
👉
https://kun.uz/uz/46943685
Kun.uz rasmiy kanali
Aholini shovqindan himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun. Asosiy maʼlumotlar
Shovqin talablarini buzganlik uchun 8,8 mln soʻmgacha jarima qoʻllanishi mumkin.
👉
https://kun.uz/uz/78320077
Kun.uz rasmiy kanali
Prezident Olmazor tumanidagi obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi
Qichqiriq mahallasidagi oʻzgarishlar poytaxtning boshqa mahallalari uchun ham namuna boʻlmoqda.
👉
https://kun.uz/uz/42158837
Kun.uz rasmiy kanali
Sirdaryoda ekoinspektor oʻlimi yuzasidan 3 kishi ushlandi
Sirdaryo daryosida Ekopolitsiya xodimi Mirzo Botirov halok boʻlishi bilan bogʻliq ish doirasida uch nafar fuqaro ushlandi. Ular ehtiyotsizlik ortidan odam oʻldirishda gumonlanmoqda. Shuningdek, hayvonot dunyosidan foydalanish tartibini buzish va hokimiyat vakiliga qarshilik koʻrsatish moddalari boʻyicha ham jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
👉
https://kun.uz/uz/35900458
Kun.uz rasmiy kanali
Prezident Milliy muzey qurilishini koʻzdan kechirdi
Majmuaning umumiy maydoni 3,9 gektarni, bino maydoni esa 40 ming kvadrat metrdan ortiqni tashkil etadi. Inshoot 3 qavatli asosiy bino hamda 2 qavatli yer osti qismidan iborat bo‘ladi.
Muzey maydonining 60 foizi ta’lim va ilmiy faoliyatga ajratiladi. Bu yerda ko‘rgazma zallari, boy kutubxona, restavratsiya laboratoriyalari va konferensiya zallari joylashadi. Oilalar va yoshlarning mazmunli hordiq chiqarishi uchun restoranlar hamda bolalar maydonchalari ham tashkil etiladi.
👉
https://kun.uz/uz/04867840
Kun.uz rasmiy kanali
11-sentyabr terakti: yangi urushlarga yoʻl ochgan dahshat
11-sentyabr teraktlari insoniyat unutmaydigan fojialardan biri. Bundan 25 yil avval shu kuni AQShda bir nechta samolyot egallab olinib, turli binolarga urilgan, terakt oqibatda minglab odamlar halok boʻlgandi.
Amerika bu dahshatli teraktni sabab qilib «terrorchilardan oʻch olishga kirishdi»: avval Afgʻonistonga, keyinroq Iroqqa bostirib kirdi.
👉
https://kun.uz/uz/45499255
Kun.uz rasmiy kanali