
Kun.uz | Rasmiy kanal
Harri Keyn «Oltin töp»ni qölga kiritdi
Ingliz hujumçisi nufuzli sovrin uçun kuraşda Mbappe, Yamal va Messi kabi raqobatçilarni ortda qoldirdi.
👉
https://kun.uz/uz/27387947
Kun.uz rasmiy kanali
Vuçiç hokimiyatda qoliş uçun prezidentlikdan ketgandi. Ammo rejasi öxşamadi
U parlament saylovlarida yagona yetakçisi yöq bölgan «talabalar»ga yutqazdi va boş vazir sifatida hokimiyatga qayta olmaydigan böldi.
👉
https://kun.uz/uz/74734191
Kun.uz rasmiy kanali
Elit OÇL. «Neftçi» sönggi daqiqada gol ötkazib, «Al-Ittihod»ga yutqazdi
Özbekiston çempioni Elit Osiyo Çempionlar Ligasi guruh bosqiçining 3-turida Saudiya Arabistoni vakili bilan 1:2 hisobini qayd etdi.
👉
https://kun.uz/uz/51952194
Kun.uz rasmiy kanali
Islomiy bank uçun ilk litsenziya va talon-toroj qilingan gazballonlar — mahalliy dayjest
▪️
Toşkentda isitiş tizimi qaçon yoqilişi tuşuntirildi.
▪️
Farğonada boğça bolalari ovqatdan ommaviy zaharlangani gumon qilinmoqda.
▪️
Islomiy bank faoliyati uçun ilk litsenziya berildi.
▪️
Sirdaryoda qöş qotillik sodir etgan ayolga hukm öqildi.
▪️
Töqqiz oyda 10 mingdan ortiq gazballon talon-toroj qilindi.
🗓
Kunning muhim yangiliklari bilan taniştiramiz.
👉
https://kun.uz/kr/80769033
Kun.uz rasmiy kanali
Özbekistonliklar uçun Misrga kirişdagi yangi qoidalarni joriy etiş keçiktirildi
Olib borilgan muzokaralar orqali özbekistonliklar uçun Misrga kiriş talablarini qatʼiylaştiriş muddati 2027-yil 1-martgaça keçiktirildi. Bu muddatgaça sayyohlar Şarm-al-Şayx va Sinay yarimoroliga viza olmasdan, amaldagi tartibda sayohat qilişda davom etişi mumkin.
👉
https://kun.uz/uz/76595161
Kun.uz rasmiy kanali
«Oltin töp»–2026. Mukofotga kim loyiq?
Asosiy favoritlar haqida.
👉
https://kun.uz/uz/55186563
Kun.uz rasmiy kanali
Salqin tonglar
Hafta boşida salqin va quruq, keyinçalik esa biroz iliqroq ob-havo kuzatilişi kutilmoqda. Şimoliy hududlar va toğlarda tungi harorat noldan pastga tuşişi, hafta örtalarida esa ayrim toğoldi va toğli hududlarda yoğingarçilik bölişi mumkin. Haroratning sutka davomida özgarişi aholi salomatligi va mavsumiy qişloq xöjaligi işlarida e’tibor talab qiladi.
📹
VIDEONI TOMOŞA QILING
IMAN Invest atrofidagi mojaro: kim nimalarni da’vo qilyapti?
IMAN Invest - investorlar kiritgan pulga tovarlar sotib olib, boşqalarga muddatli tölovga sotadi va bundan olingan foydani taqsimlaydi.
IFCB Islom moliyasiga muvofiqlaştiriş kengaşi
esa şar’iy auditorlik taşkiloti bölib, 2023 yil 1 mayda tuzilgan şartnoma asosida IMAN Invest’ga xizmat körsatgan.
25 oktyabr kuni IFCB direktori Mahmud Usmon IMAN Invest bilan hamkorlikni töxtatib, kompaniyada bir neça million dollarlik kamomad borligini e’lon qildi. Kompaniya esa bildirilgan da’volarni xolis baholaş uçun mustaqil şar’iy audit boşlanganini bildirdi.
Ertasi kuni IMAN rahbari Rustam Rahmatov Mahmud Usmonni "tölovlar kamaytirilgani va uluş berilmagani uçun" şunday yöl tutişda ayblab çiqdi
(uşbu post keyinroq kompaniya rasmiy sahifalaridan öçirildi)
. Mahmud Usmon buni tuhmat deb atab, kompaniya rahbari imzolagan hujjatlarni e’lon qildi.
Auditorlar qöygan asosiy savol esa hamon oçiq qolmoqda:
“Investorlar hozir pullarini sörasa, kompaniya qaytara oladimi?”
👉
https://kun.uz/uz/33870146
Kun.uz rasmiy kanali
«Özbekfilm» qayta tashkil etiladi
Endi kinolarni moliyalaştirişda davlat buyurtmasi amaliyotidan subsidiya asosida qöllab-quvvatlaş tizimiga ötiladi.
👉
https://kun.uz/uz/49123292
Kun.uz rasmiy kanali
Kinematografiya agentligi tugatiladi
Prezident sohani boşqariş, moliyalaştiriş va film yaratiş vazifalari aniq ajratilib, yangi tizimga ötilişini ma’lum qildi. Avvalo, ixçam va zamonaviy boşqaruv yölga qöyiladi.
Kinematografiya agentligi tugatilib, kino sohasida davlat siyosatini yuritiş vakolati Madaniyat vazirligiga ötkaziladi.
👉
https://kun.uz/uz/49123292
Kun.uz rasmiy kanali