
Luna Khusan
Tinch odam
Bu yerda qalbim va aqlimdagilarni bo‘lishaman.
Bu kanalda postlar o‘rgatish uchun emas, o‘rganish uchun yoziladi
Sen izlayotgan savol ham, javob ham aslida o‘zingsan.
Har bir insonning yuragida bir narsa yashiringan bo‘ladi. Tinchlik topmaydigan sog‘inch, nimanidir izlab to‘xtamaydigan ruh, hech bir boylik to‘ldira olmaydigan ichki bo‘shliq.
Lekin asl javob har doim yaqin huddi nafasimizday, yuragimizning ichida.
San’at ana shu izlanishdan tug‘iladi.
U yerda izlovchi ham, topilgan narsa ham, savol ham, javob ham bir-biriga singib ketadi.
Har bir chizilgan harf, har bir naqsh, har bir rang bizga shuni eslatadi:
go‘zallik tashqarida emas, ichimizda yashaydi.
Go‘zallik bu shunchaki bezak emas, u
haqiqatni ochish
.
San’at esa ko‘z bilan ko‘riladigan emas,
ruh bilan his qilinadigan
narsa.
Har bir asar bizni yana Yaratuvchimizga, bizni butun qilgan Zotga qaytaradi.
Live stream finished (1 hour)
Live stream started
10 daqiqalarda voice chat o‘tkazib yuboramizmi?
Maxsus bilim — inson ongining eng tabiiy shakllanishi
(Diqqat, bu post biroz uzunroq)
Hayotda har bir inson bir narsani boshqalardan osonroq bajaradi.
Kimdir zo‘r ishontira oladi, kimdir chuqur tahlil qiladi, kimdir esa tartib va go‘zallikni tabiatan his qiladi. Shu farqlar insondagi
maxsus bilim
(inglizcha:
specific knowledge
) mavjudligining dalilidir.
Maxsus bilim
bu formal ta’lim orqali emas, balki insonning individual tajribasi, tabiiy moyilligi va ichki javoblari orqali shakllanadigan bilim turi. U o‘qitilmaydi, balki kuzatish, sinash, xatolardan o‘tish va o‘zini anglash jarayonida shakllanadi.
Bu tushuncha zamonaviy kognitiv fanlarda “intuitiv learning” yoki “embodied intelligence” deb ham izohlanadi, ya’ni bilim inson tanasiga, xotirasiga va tajribasiga singib ketadi. Shuning uchun maxsus bilim insonning o‘ziga xos tabiiy yo‘lidan va tajribasidankeladi.
Men bunga o‘zimning kichik bir voqeam orqali yetganman.
Boshlang’ich sinflarda men doskani yaxshi ko‘rmasdim, lekin bu haqida hech kimga aytmaganman. Shuning uchun har bir darsni eslab qolishim, keyin uyda o‘zimga qayta tushuntirishim kerak bo‘lardi. Har bir mavzuni o‘zimdan eshitardim. O‘sha paytdan boshlab, tez qabul qilish, tahlil qilish va o‘rganishni sevish odatim shakllandi. Endi orqaga qarasam, o‘sha yillar mening
maxsus bilimim
poydevorini qo‘yilgan. Hozir istalgan o‘zim qiziqqan sohani, mentorsiz o‘rta darajada o‘rgana olaman.
Shundan keyin men shuni tushundim:
maxsus bilim inson tanlagan narsa emas, balki
insonni tanlaydigan yo‘l
dir.
Kimdadir bu kuzatish va tahlil qilish, kimdadir tinglash va tushunish, kimdadir esa go‘zallikni sezish qobiliyatidir. Bularning ildizi bitta: ichki ehtiros va o‘zini bilishga bo‘lgan ehtiyoj.
Demak, insonning eng tabiiy o‘rganish yo‘li — u o‘z qiziqishlarini himoya qilgan, o‘zini tinglagan va shu yo‘lda izchil mehnat qilgan holatdir.
Bugungi kunda sun’iy intellekt, algoritmlar va standart testlar davrida ham insonni ajratib turuvchi yagona narsa —
o‘zining maxsus bilimidir.
Chunki hech qanday algoritm sizning bolalikdagi tajriba, his, va ichki motivatsiyangizni takrorlay olmaydi.
Va eng go‘zal haqiqat —
hech kim siz bilan
siz bo‘lishda
raqobatlasha olmaydi.
Yaxshi tushuntirish —
o‘zgartirish qiyin bo‘lgan tushuntirish
.
Hayot g‘alati. Sen hech narsasiz kelasan, butun umr hamma narsani quvib o‘tasan, lekin baribir hech narsasiz ketasan. Hatto istagan narsangning barchasiga erishsang ham, baribir bo‘shlikni his qilasan.
Agar iymoning zaif bo‘lsa, hech qachon chin baxtni his qila olmaysan. Ruhing, qo‘llaringdan ko‘proq yutsin, shunda tinchlikni topasan.
Senda nima yaxshi narsa bo‘lsa, odamlarga ber.
©️
Mavlono
Bizda bor eng yaxshi narsa nima ekan?
Allaqachon bir oy bo‘ldi — men
Nasim Kutub nashriyotida
ambassador
sifatida faoliyat olib boryapman. Bu loyiha menga o‘zgacha ilhom berdi. Chunki bu yerda so‘z faqat kitob haqida emas, balki tafakkur, ruh va tarbiya haqida ketadi.
Biz loyihada “
Kitob tavsiyasi
” ruknini yo‘lga qo‘ydik. Unda har xil yo‘nalishdagi asarlarni faqat nomi yoki muallifi uchun emas, balki
nega o‘qish kerakligini
, u bizni qanday o‘zgartirishi mumkinligini ochib beramiz.
Eng so‘nggi tavsiyamiz
qalb tarbiyasi
haqidagi kitobga bag‘ishlandi — ichki poklik, halovat va o‘zini anglash haqida.
Men uchun bu faqat navbatdagi loyiha emas, balki o‘zimni yanada chuqurroq tinglash, so‘z va ma’no orqali o‘sish imkoniyati.
Loyihamizni qo‘llab quvvatlang
😊
🎧
Hayotingizni o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan suhbat!
Google, Amazon va Meta’da dasturchi muhandis bo‘lib faoliyat yuritgan
Azim Po‘lat
bilan bo‘lgan eksklyuziv podcast — endi
YouTube
sahifamizda!
Bu suhbatda siz:
💡
Maktab va litsey davrida boshlangan orzular,
💰
Birinchi qarz va undan chiqish yo‘llari,
🎓
Universitetni tark etish sabablari,
🇵🇱
Polshada 200 ta kompaniyaga ariza yuborish tajribasi,
🚀
Va nihoyat — dunyo gigantlariga kirish yo‘lini eshitasiz.
Bu shunchaki intervyu emas —
hayotingizni o‘zgartiradigan hikoya.
Premyerani tomosha qiling
👉🏻
https://youtu.be/I47YyE5SSKs?si=-Z4pSAmjFG3PTGCV