
Luna Khusan
Bir qiziq voqea bo‘ldi..
Yaqinda jonli efir qilayotgandim. Bir inson savol berdi:
Ular: Zreniyangiz pastmi?
Men: Ha.
Ular: Men ham shundan qiynalaman.
O’sha paytda man ularga shunday javob berdim, keyin o’zim ham bu haqda o‘ylab qoldim.
— Yo’q, nimasi qiyin? Bu ham bir ne’mat-ku. Ko’zimiz mukammal ko’rmasligi mumkin, lekin baribir ko’ryapmiz. SubhanAllah, hatto yaxshiroq ko’rishimiz uchun ko’zoynak kabi vositalar ham bor.
Qizig’i, man bu haqda oldindan hech qachon chuqur o’ylab ko’rmagan ekanman. Bu shunchaki o’sha paytda aytgan javobim edi.
Lekin keyin o’ylab qoldim: rostdan ham shunday-ku.
Ba’zan biz biror narsaning yetishmayotgan tomoniga shunchalik ko’p e’tibor beramizki, uning o’zida bor ne’matni sezmay qolamiz.
Ko’zimiz tiniq ko‘rmasligi mumkin, lekin ko’rishning o‘zi katta ne’mat.
Qolaversa, Alloh bizga sabablarni ham bergan: ko’zoynak, tibbiyot, davolanish imkoniyatlari.
SubhanAllah, inson ba’zan bir narsaga boshqa tomondan qarashi uchun uzoq o’ylashi shart emas ekan. Ba’zan bir og’iz gapning o’zi ham o’ziga qaytib, nimanidir anglashga sabab bo‘ladi.
Man bu fikrni oldindan tayyorlamagan edim. O’sha paytda qalbimga kelgan javob edi. Uni Allohning ilhomi deb his qildim.
Va hozir yana bir bor o’ylayapman:
Balki shukr faqat bizda bor narsalarni sanash emas, balki kamchilik deb ko’rayotgan narsalarimiz ichida ham qanday ne’matlar borligini anglashdir.
Bir muddat ba’zi iltimoslarga vaqtim bo‘lmasa ham rozi bo‘lib yurdim. Balki yordam bergim kelgandir, balki rad etish noqulay tuyulgandir. Har holda, “mayli, qilaman” dedim.
Lekin vaqt cheklangan. Bir ishga rozi bo’lsez, unga shunchaki yaxshi niyat emas, vaqt va mas’uliyat ham ajratishiz kerak.
Natijada vaqtim yetmadi. Ba’zi ishlarni kechiktirdim, ba’zilarini esa va’da qilgan vaqtimda bajara olmadim.
Eng yomoni, o’zimni oldimda ham, boshqalarni oldida ham noqulay vaziyatda qoldim.
Shunda bitta narsai tushundim: yordam berishni xohlash bilan yordam bera olish, ikki xil narsa.
Sizning niyatingiz yaxshi bo‘lishi mumkin. Lekin imkoniyatingiz yetmasa, bergan va’dangiz baribir bajarilmay qoladi.
Ba’zan “yo’q” desak, odamning ko’ngli qolishidan qo’rqamiz. Lekin o‘ylamay turib “ha” deyishimiz oxir-oqibat undan ham noqulay vaziyatga olib kelishi mumkin ekan ))
Hozir bitta narsani o‘rganyapman: har bir iltimosga darrov javob berishim shart emas. Avval vaqtimni, imkoniyatimni va boshqa majburiyatlarimni hisobga olishim kerak. Chunki zimmamizdagi ishlarni haqqi ham bor.
“yo’q
”
deyish ba’zan insonni xafa qilishi mumkin, lekin bajara olmaydigan ishga “ha” deyish ham to’g’ri emas.
Hamma uchun qulay inson bo’lishga harakat qilib, o’z so’zining ustidan chiqolmaydigan insonga aylanib qolmaslik kerak.
Toshkentda nima taxi ishlayapti
🥲
?
Doimiylik.
Dinimizda amallarning eng sevimlisi, oz bo‘lsa ham doimiy bo‘lgani haqida aytiladi.
SubhanAllah, bu fikr hayotning juda ko’p joyiga to’g‘ri keladi.
Mediada o‘z brendingizni yaratmoqchimisiz?
Doimiy bo’ling.
Bir oyda 20 ta post chiqarib, keyin uch oy yo‘qolib ketishdan ko‘ra, uzoq vaqt davomida muntazam ravishda o‘z fikrlaringizni ulashish ko‘proq natija beradi.
Kitob o‘qimoqchimisiz?
Bir kunda 100 bet o’qib, keyin bir oy kitobga qaramaslikdan ko’ra, har kuni 10 bet o‘qish sizga ko‘proq kitob o’qish imkonini beradi
Biror hunarni o’rganmoqchimisiz?
Har kuni ozgina mashq qiling.
Til o‘rganmoqchimisiz?
Har kuni gapiring, o’qing, eshiting.
Munosabatlarni yaxshilamoqchimisiz?
Bir marta katta katta e’tibor yoki sovg’a qilishdan ko’ra, kichik g’ammxo’rliklarni doimiy qilish ko‘proq narsani anglatadi.
Menimcha, hayotda ko’p narsani aynan shu prinsip yutadi:
katta boshlash emas, davom ettirish.
Chunki boshida hamma narsa qiziq.
Motivatsiya bor. Energiya bor. Rejalar bor.
Asl natija esa bir necha hafta yoki oy o‘tgandan keyin, boshlang‘ich hayajon yo‘qolganda ham davom eta olganingizda paydo bo‘ladi.
Balki doimiylikning eng chiroyli tomoni ham shunda.
U sizdan har kuni juda ko‘p narsani talab qilmaydi.
Faqat bugun ham kechagidek ozgina harakat qilishni so‘raydi.
Va shu kichkina amallar yig’ilib, bir kuni katta o‘zgarishga aylanadi.
Bir narsaning ustida qanchalik ko‘p va diqqat bilan ishlasangiz, oxir-oqibat unda nimagadir erishasiz.
Bu har doim ham darrov sezilmaydi.
Masalan, oldingizda tushunarsiz bir vazifa turibdi.
Birinchi qarashda miyangiz tabiiy ravishda undan qochishni xohlaydi. Boshqa ish topadi, telefonni tekshirgisi keladi, “keyinroq qilaman” degan bahona paydo bo‘ladi.
Chunki tushunarsizlikning o‘zi miyaga og‘ir.
Lekin vazifaning yoniga qaytib kelasiz.
O‘ylaysiz. Izlanasiz. Birinchi urinish qilasiz, chiqmaydi. Yana urinib ko‘rasiz. Nimadir tushunarli bo‘la boshlaydi.
Keyin boshqa tomondan qaraysiz.
Asta-sekin miyangizda alohida-alohida turgan narsalar bir-biriga ulanadi.
Va bir payt kelib, kecha tushunarsiz bo‘lgan narsa bugun ancha ravshan ko‘rinadi.
Keyin esa shunchaki tushunib qolmay, uning ustida ijod qila boshlaysiz.
O‘zgartirasiz. Sinaysiz. Xato qilasiz. Sayqallaysiz.
Va oxirida nimadir chiqadi.
Balki mukammal emasdir.
Lekin kecha umuman yo‘q bo‘lgan narsa bugun sizning qo‘lingizda turibdi.
Menimcha, ko‘p narsalar aynan shunday yaratiladi.
Avvaliga bizga qiyin tuyuladi. Keyin unga yetarlicha vaqt beramiz. Va bir nuqtada qiyin bo‘lgan narsa o‘zimiz qila oladigan narsaga aylanadi.
Shuning uchun ba’zan “men buni qila olmayman” degan fikrga juda tez ishonib yubormaslik kerak.
Balki siz hali shunchaki uning ustida yetarlicha uzoq qolmagandirsiz.
“Ko‘p ishlasangiz, albatta burnout bo‘lasiz.”
Bu gapni oxirgi paytlarda juda ko‘p eshitamiz.
“Ko‘p ishlama, burnout (hissiy charchash) bo‘lasan.”
Go‘yo burnoutning asosiy sababi ishning ko‘pligidek.
Lekin biroz o‘ylab qarasak, har doim ham unday emas.
Ba’zi insonlar kuniga juda ko‘p ishlaydi, lekin qilayotgan ishidan zavq oladi, uning ma’nosini ko‘radi va o‘z vaqtini qanday boshqarishni biladi.
Ba’zilar esa unchalik ko‘p ishlamasa ham, doim charchagan bo‘ladi.
Nega?
Chunki insonni faqat ishning miqdori charchatmaydi.
Ish ustidan nazorat qila olmaslik, qilayotgan narsangning ma’nosini ko‘rmaslik, doimiy bosim, tiklanishga vaqt topolmaslik, qo‘llab-quvvatlashning yo‘qligi, bular ham juda katta rol o‘ynaydi.
Menimcha, eng qiziq joyi ham shu.
Juda band bo‘lish va burnout bir xil narsa emas.
Ba’zan kun bo‘yi ishlaysiz, lekin kechqurun ichingizda yaxshi charchoq bo‘ladi: “Bugun nimadir qildim”, degan hissiyot.
Ba’zan esa atigi bir nechta ish qilasiz, lekin kun oxirida miyangiz butunlay tugagandek bo‘ladi.
Demak, masala faqat qancha ishlaganimizda emas.
Qanday ishlayotganimizda ham.
Balki shuning uchun hayotimizda faqat “qancha ishladim?” degan savol bo‘lmasligi kerak.
“Men nima uchun buni qilyapman?”
“Bu jarayonda o‘zimni qanchalik nazorat qila olyapman?”
“Qilayotgan ishim men uchun nimanidir anglatadimi?”
degan savollar ham kerak.
Chunki ba’zan bizga ko‘proq dam olish emas, qanday yashayotganimizni qayta ko‘rib chiqish kerak bo‘ladi.
Islomning da’vat uslubini bir eslaylik. Haqni yetkazish uchun mushriklarga ular kabi munosabat qilish, qo‘pollikka qo‘pollik bilan javob berish yoki agressiya kerak bo‘lganmi? ( bu shunchaki misol o’laroq ) Yo‘q. Rasululloh da’vatlarida hikmat, sabr, go‘zal muomala va inson qalbiga yetib boradigan uslub bor edi..
Ilm-fan taraqqiyotini ham olaylik. Biror ilmiy haqiqatni odamga qabul qildirish uchun uni majburlash yoki unga tajovuz qilish talab etilmaydi. Ilm dalil, izlanish, savol berish, munozara, ustoz-shogirdlik va bilimni avloddan avlodga yetkazish orqali rivojlanadi. Ya’ni to‘g‘ri narsani yetkazishning o‘zi bilan birga, uni qanday yetkazish ham muhim.
Niyatimiz yaxshiligi uslubimiz xatoligini oqlashi qiyin
Niyatimiz yaxshi bo‘lishi mumkin. Aytayotgan gapimiz haq bo‘lishi mumkin. Ammo uni qanday yetkazayotganimiz ham mas’uliyatimizning bir qismi.
Agar biz yaxshilikni himoya qilaman deb qo‘pollik qilsak, haqiqatni aytaman deb insonni tahqirlasak yoki yomonlikka qarshi chiqaman deb o‘zimiz ham tajovuzkor uslubga o‘tsak — “niyatim yaxshi edi” degan gap uslubimizdagi xatoni oqlab qo‘ymaydi.
Haqni aytishning o‘zi yetarli emas. Uni qanday aytishimiz ham muhim.
Chunki ba’zan insonlar biz aytgan gapning mazmunidan ko‘ra, uni qanday yetkazganimizni ko‘proq eslab qoladi.
Yaxshilikni yomon uslubda targ‘ib qilish esa odamni yaxshilikning o‘zidan uzoqlashtirib qo‘yishi mumkin.
Mas’uliyat bizni o‘zimizga ishonchliroq qiladi
Yoz oyida jamoamiz rahbari bilan o‘tirib, keyingi jarayonlar va vazifalarni kelishib oldik.
O‘sha paytdagi eng yomon kelishuvim, ertalab 09:00 dan aktiv bo‘lish edi :)
Bizda hech kim shtatda ishlamaydi. Lekin kelishuvimiz shunday edi: 09:00 dan boshlab uyg’oq va aktiv bo‘lishi kerak.
Birinchi hafta amallab 10:00 larda kunni boshlashga harakat qildim. Rahbarimiz esa har kuni 09:00 ni eslatib turdilar. Taxminan 10 kunlardan keyin asta-sekin bu odat shakllana boshladi.
Qiziq tomoni, 09:00 da ish boshlashning o‘zi hayotimni keskin o‘zgartirmadi. Lekin kunni ertaroq boshlash boshqa narsalarni tartibga sola boshladi.
Maishiy ishlar, mayda vazifalar, miyadagi tarqoq fikrlar, hammasiga vaqt topila boshladi.
Bu shunchaki ish rejimi emas, intizomning boshlanishi bo‘ldi.
Keyin yana bir shart bor edi: har kuni qaysidir filialda bo‘lish.
To‘g‘ri, jarayonning ichida bo‘lganingizda har doim ham eng effektiv ishlay olmaysiz. Lekin jarayonda bo‘lishning boshqa foydasi bor ekan, siz ishlash uchun kerakli resurslarni yig‘asiz.
Odamlarni ko‘rasiz, muammolarni joyida tushunasiz, nimani o‘zgartirish kerakligini his qilasiz.
Shuning uchun kun davomida filiallarda bo‘lib, kechqurun 2 soatlik deep work qilish men uchun juda yaxshi kombinatsiyaga aylandi.
Va shu jarayonda bir narsani tushundim:
Mas’uliyat odamga faqat vazifa yuklamaydi. U odamni o‘ziga ishontiradi.
Avval “buni qila olamanmi?” deb o‘ylaysiz. Keyin esa har kuni qilaverib, o‘zingiz haqingizdagi tasavvuringiz o‘zgaradi.
09:00 da turish. Jarayonda bo‘lish. Va’dada turish. Biror ishni oxirigacha yetkazish.
Bularning har biri kichkina narsadek ko‘rinadi. Lekin vaqt o‘tib, ichingizda: “Men o‘zimga bergan va’damni bajara olaman”, degan ishonch paydo bo‘ladi.
Bu yoz men uchun aynan shuning uchun juda yaxshi o‘rganishlar oyi bo‘ldi.
(Aytgancha, hozir istasam ham 11:00-12:00 gacha uxlay olmayman
😭
)
Optimistik tungi fikrlar
Texnologik yangiliklarni doim ham qo‘rqib yoki salbiy qabul qilish shart emas.
Axir texnologiya hayotimizni bir necha bor butunlay o‘zgartirdi. Biroz avval do‘stim bilan qariyb 2 soat videoqo‘ng‘iroqda gaplashdik. O‘ylab qoldim: agar biz 18–19-asrda, boring ana 20-asr boshlarida yashaganimizda, balki bir-birimiz bilan yiliga bir necha marta xat orqali yozishishdan nariga o‘ta olmasdik.
Bugun esa dunyoning boshqa nuqtasidagi inson bilan bir necha soniyada bog‘lanishimiz mumkin.
Shuning uchun men sun’iy intellektga ham shunday qarash kerak deb o‘ylayman. Uni insonning o‘rnini bosadigan xavf sifatida emas, hayotimizni yengillashtiradigan, imkoniyatlarimizni kengaytiradigan instrument sifatida ko‘rish.
Har bir yangi texnologiya bilan birga qo‘rquv ham keladi. Chunki yangilik doim noaniqlik olib keladi. Lekin tarixga qarasak, insoniyat aynan shu yangiliklar orqali ko‘p narsani osonlashtirib, tezlashtirib va yaxshilab kelgan.
Balki sun’iy intellekt ham shunchaki navbatdagi katta o‘zgarishdir.
Va ehtimol, bizning vazifamiz undan qo‘rqish emas, undan qanday qilib to‘g‘ri foydalanishni o‘rganishdir.
Kechasi kelgan biroz optimistik fikrlar.
Vaqt aslida nima?
Takrorlanishlar bizga vaqt o’tayotganini sezdiradi.
Yangi oy, yangi yil, o’quv yili, tug’ilgan kun, fasllar almashadi. Go’yo hayot vaqti-vaqti bilan: “Qara yana bir yil o‘tibdi”, deb eslatadi.
Lekin vaqtning o‘zini ko‘rmaymiz. Faqat uning izlarini sezamiz.
Bir yil oldingi rasmni ochamiz, qancha narsa o’zgarganini anglaymiz. Eski joyga boramiz, o’sha paytdagi insonlar, suhbatlar va hissiyotlar yodimizga tushadi.
O’ylab qolaman: balki biz vaqtni soat bilan emas, hissiyot va xotiralar bilan o‘lcharmiz. (Bu haqida oldin ham kimgadir aytgandim)
Bir xil kunlar takrorlansa, vaqt tez o‘tayotgandek tuyuladi. Yangi joylar, insonlar va tajribalar esa o‘sha davrni xotiramizda uzoqroq qoldiradi.
Inson hissiyotlari esa bundan ham qiziqroq.
Ba’zan o‘zimiz nima his qilayotganimizni ham tushunmaymiz. Bir qo‘shiq, eski joy yoki qandaydir nostalgik kod ichimizda nimanidir uyg‘otadi. Nima ekanini tushuntirib berolmaymiz.
Lekin his qilamiz.
Balki vaqt ham shuning uchun biz uchun shunchaki soniyalar emasdir.
U boshdan kechirganlarimiz va xotiramizda qolgan hissiyotlar yig‘indisi.
Vaqt o‘tib ketadi. Lekin uning hissi bizda qoladi.