
Luna Khusan
Tashqarida yashang.
Hislaringizni, fikrlaringizni, quvonchingizni ham, og’riqlaringizni ham faqat ichingizda saqlab yuravermang.
O’zingizni doim kengroq qiling. Har qanday vaziyatda.
Chunki inson ichiga qamalib qolsa, bir muddatdan keyin o’zining fikrlari bilan yolg’iz yashay boshlaydi. Dunyo torayadi. Hamma narsa faqat ong ichida sodir bo’layotgandek tuyuladi.
Buni o’zimdan bilaman.
Ba’zan shunchalik ichimda yashaymanki, hayotimning eng muhim lahzalari ham tashqariga chiqmay qoladi. Quvonchlarim ham, qo’rquvlarim ham, orzularim ham faqat menga ma’lum bo’lib qoladi. Go’yo butun bir hayotni ichimda yashab o’tayotgandek bo’laman.
Lekin inson buning uchun yaratilmagan.
Biz his qilish, bo’lishish, gapirish, kulish, yig’lash va iz qoldirish uchun yaratilganmiz. Ichimizdagi hamma narsani sukutga topshirib qo’ysak, uning og’irligi bir kun kelib tanamizga ham, ruhiyatimizga ham ta’sir qila boshlaydi.
Shuning uchun ba’zan tashqariga chiqing. Odamlar bilan gaplashing. Fikrlaringizni yozing. Sevgan insonlaringizga mehringizni ayting. Ichingizdagi dunyoni faqat o’zingiz yashaydigan joyga aylantirib qo’ymang.
Hayot ichkarida emas, tashqarida davom etadi. Va ba’zan insonning eng katta yengilligi, qalbida olib yurgan narsalarini dunyo bilan bo’lishishidadir.
Eng sevimli ishlarimizdan birining
final qismi
yuklandi.
Barcha qismlar:
Intro
1-qism
2-qism
3-qism
Istaganingni emas, borini izla
Bir odam kechqurun ko’cha chirog’i tagida nimanidir qidirardi. O’tkinchi so’radi: “Nima yo’qotdingiz?”
- “Kalitimni.”
- “Shu yerda tushirdingizmi?”
- “Yo’q, narida, qorong’i joyda.
- Lekin u yer qorong’i, bu yer yorug’.”
Bu kulgili tuyuladi, biroq ko’pchiligimiz aynan shunday yashaymiz: haqiqatni u yotgan joyda emas, o’zimizga qulay, yoqimli joydan izlaymiz.
Gap shundaki, inson ko’pincha haqiqatni emas, o’z istagining tasdig’ini qidiradi, buni o’zi ham sezmaydi. Miyamiz shunday tuzilgan: o’z fikrimizga mos dalilni darrov ushlaymiz, qarshisini esa beixtiyor chetga surib qo’yamiz.
Sevganimizning aybi ko’rinmaydi, yoqtirmaganimizning yaxshiligi tan olinmaydi.
Borini izlash esa og’ir, chunki u ba’zan biz xohlamagan javobni beradi.
(Kim qorong’idan qo’rqmay, kalitni aslida tushgan joyidan qidira olsa, o’shagina uni topadi.)
Aslida imtihon oluvchi ilmning aynan o‘zidir..
Ilm shunday bir Sirot ko’prigdirki, bu yoni jannat, bu yoni jahannam.
Biron kun voice chat qilsakmikin?
Yaxshi odamlar ko‘proq…
Menimcha, bizda odamlarni baholashda biroz noto‘g‘ri qarash bor. Go‘yoki insonlar ikki turga bo‘linadigandek: mutlaqo yaxshi yoki mutlaqo yomon. Balki bunga kinolar, hikoyalar va tashqi ta’sirlar sababdir. Lekin men hayotda hali shunchaki ichidan g‘araz bo‘lib, sababsiz yomonlik qiladigan odamni uchratmadim.
Ha, odam noto‘g‘ri qiladi. Ba’zan boshqalarga og‘riq ham beradi. Lekin ko‘pincha buning ortida charchoq, qo‘rquv, yetishmovchilik, bolalikdagi jarohatlar yoki tushunilmagan qalb yotadi. Bu noto‘g‘rini oqlamaydi, albatta. Ammo insonni faqat qilgan xatosi bilan o‘lchash ham adolat emasdek tuyuladi menga.
To‘g‘ri va noto‘g‘ri, o‘ylaganimizdan ham murakkabroq va nisbiyroq ekan. Chunki har bir inson ichida kurash bilan yashaydi. Kimdir buni yashira oladi, kimdir esa yo‘q.
Men baribir ishonaman: dunyoda yaxshi odamlar ko‘proq. Faqat bizning me’zonlarimiz biroz charchagan. Balki odamlarni hukm qilishdan oldin ularni tushunishga harakat qilishimiz kerakdir.
Bir kun atrofimizdagilarga shunday qaray olsak:
“Bu inson ham bu hayotni birinchi marta yashayapti. Xuddi men kabi.”
Shunda ehtimol mehrimiz ko‘payadi, g‘azabimiz esa kamayadi.
Chunki odamlarni ayblashdan ko‘ra, ularni isloh qilishga urinish go‘zalroqdir.
2021-yil oxirida ta’lim blogimni boshlaganman.
Dars berish menda professional xobbi va asosiy daromad manbai bo’lishiga qaramasdan, hayotimni atigi 20-30%ini tashkil qilardi. O’sha vaqtlari top universitetlarga grand yutish va ta’lim haqida kontentlar chiqarardim va orqa fonda doimiy dunyoni eng elitasi hisoblangan top 10 talik universitetlarida o’qish uchun harakat ketardi.
“Qanchalik krinj tuyulmasin, agar kirsam hammaga hikoyamni aytib beraman toki odamlar menday qiynalishmasin va o’zidan shubhalanishmasin” degan fikr miyyamda aylanardi. Oradan 5 yil o’tdi. Men orzu qilganimdanda ziyoda universitetga qabul qilindim.
Hammasini aytib berish vaqti keldi!
👇
https://www.instagram.com/reel/DYUlpaaMHC_/?igsh=ZWliamdiOGFxNXoy
Tibet anʼanalarida hayotni sayohatchining ko‘zlari bilan ko‘rish tavsiya etiladi, u bir necha kun mehmonxonada to‘xtab turadi: unga xona yoqadi, mehmonxona yoqadi, lekin u ularga ortiqcha bog‘lanmaydi, chunki bularning barchasi unga tegishli emasligini va u tez orada ketishini biladi.
Shu kichkina velosipedga ko’zim tushdiyu, birdan 14–15 yil oldingi orzularim esimga qaytdi.
Bolaligimda velosipedim bo’lishini juda xohlardim. Shunchalik xohlardimki, har kuni maktabdan qaytayotib bitta umid bilan yurardim:
“Balki bugun uyga borsam, hovlida meni velosiped kutib turgandir…”
Tasavvurimda uning rangi ham tayyor edi. Uni qayerlarda haydashimni ham bilardim.
Faqat o’zi yo’q edi.
Menimcha, bir yilcha shu umid bilan yashaganman. Har kuni ichimda kichkina bir syurpriz kutgan bola bor edi.
Bugun esa bir kafening oldida turgan oddiygina bolalar velosipedi o’sha hislarni qaytarib yubordi. Ba’zi xotiralar shunaqa bo’larkan, bir lahza, bir hid, bir musiqa yoki bir buyum seni yillar ortiga qaytarib yuboradi.
Eng qizig’i, bolalikdagi ayrim orzular ushalmagan bo’lsa ham, ularni kutgan qalbning o’zi juda go’zal ekan.
Inson bilgani bilan emas, amallari bilan hisoblashiladi.