Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

manaviyat_va_marifat_darsi

Маърифат – бу эркинликдир | СУҚРОТ
👉
https://taplink.cc/inspectoruz
👉
@jinoyatkodeksi_uz
👉
@jpk_uz
👉
@mjtk_uz
Боғланиш
@inspector_aloqa_bot

Subscribers
64 099
Post views
36 586
ER
57,17%
Posts
5 185
September 04, 03:43
Media unavailable
1
Show in Telegram

ТОШКEНТДАГИ СОДИҚ МЎЙЛОВ ИЛК ГАИ

September 03, 09:45
Media unavailable
4
Show in Telegram

Мактабга бориб келиб, 11 йил ўқишини билиб қолибди
@INSPECTOR_UZ
👈
🏪
QONUN HUJJATLARI

September 01, 17:34
Media unavailable
2
Show in Telegram

O‘ZBEKISTON BU...

HURSHIDBEK RO‘ZIYEV
🎤
UCHQUN TILLAYEV

INSPECTOR_UZ
👈
🏪
QONUN HUJJATLARI

August 29, 12:40
Media unavailable
1
Show in Telegram

Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!
Ichki ishlar vazirligida boʻlib oʻtgan yurtimiz mustaqilligimizning 34-yillik shodiyonasiga bagʻishlangan tantanali tadbir tafsilotlari
———
Ватан учун, миллат учун, халқ учун!
Ички ишлар вазирлигида бўлиб ўтган юртимиз мустақиллигимизнинг 34 йиллик шодиёнасига бағишланган тантанали тадбир тафсилотлари
Телеграм канал

August 28, 15:29
Media unavailable
1
Show in Telegram

Bu kelajak avlodning ham sog‘lom bo‘lishiga, ham tarixiy ildizlarimiz bo‘lmish obidalarni o‘z ko‘zi bilan ko‘rib, ma’naviy ozuqa oli­shida katta zamin bo‘lib xizmat qiladi.
Shuningdek, «O‘zbekistonda yana bir kun sayohat» dasturi amalga oshi­rilmoqda. Unga ko‘ra, viloyatlararo turizm obyektlarini o‘zaro bog‘lovchi «res­publika turizm halqalari» hamda tuman va shaharlar o‘rtasida «hudu­diy turizm halqalari» tashkil etilmoqda. «To‘rt faslning har birida sayohat» dasturi amalga oshirilmoqda. Masa­lan, bahor va kuz fasllarida ekologik, ekstremal, tibbiy va sog‘lomlashtirish, yozda suv havzalari va oromgohlar, qishda ekstremal turizm va tog‘-chang‘i zonalarining imkoniyatlari targ‘ib qilinadi. Mazkur turizm mavsumlari­ning ochilishi uchun festivallar tashkil etilishi ham sayyohlar oqimini oshiradi.
Ichki va tashqi turizmni rivojlantirish mamlakatning barqaror iqtisodiy o‘sishi va ijtimoiy transformatsiyasida muhim ahamiyatga ega bo‘lib, O‘zbekistonning mintaqadagi yetakchi turizm yo‘nalishi sifatidagi mavqeyini mustahkamlaydi. Bu borada yana bir muhim masala sayyohlar xavfsizli­gini ta’minlashdan iboratdir. Ichki ishlar vazirligi Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti tomonidan olib borilayotgan sa’y-harakatlar zamirida yurtimizga kelayotgan sayyohlarga o‘zlarini xavfsiz sezishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan.
Xavfsiz turizmni ta’minlash bo‘yicha yaratilgan tizim turistik joylarda hamda tu­ristlar tomonidan respublika bo‘ylab harakatlanish uchun faol foydalanilayotgan temiryo‘l va havo-transport infratuzilmasi obyektlarida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar­ning barvaqt oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish chora-tadbirlarini o‘zida birlashtiradi.
Sayyohlik obyektlari hududida xodimlarga xorijiy hamda mahalliy sayyohlar turli masalalarda ko‘mak so‘rab murojaat qilishadi. Kamida 2–3 ta xorijiy tilni biladigan xodimlarning xushmuo­malalik bilan o‘z vaqtida ko‘rsatilgan amaliy yordamlar doirasida sayyohlar­ning yo‘qolgan hamyoni va boshqa buyumlari topilib, o‘z egalariga qaytarilmoqda. Bu ham xodimlarning huquqbuzarliklar profilaktikasini ta’minlash va jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar­ning natijasi aslida. Ushbu sa’y-harakatlarga munosib javob sifatida sayyohlar­ning minnatdorlik so‘zlari xodimlarning beminnat xiz­matlariga berilgan munosib bahodir.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, turizm sohasini rivojlantirish, birinchi navbatda, dunyo hamjamiyatida yurtimizning mavqeyi­ni mustahkamlaydi. Chet el investorlari uchun yangi imkoniyatlar va ishonchli hamkorlik eshiklarini ochadi. Respublikamizning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari barqarorligiga, aholi daromadlari, band­ligi va tadbirkorligi kabi ko‘rsatkichlarning yaxshilani­shiga omil bo‘lib, xizmatlar sohasining yanada takomillashuviga zamin bo‘ladi.
Sarvar SOBIROV,
o‘z muxbirimiz.

Телеграмда ўқинг / Telegramda o'qing
🔼
Ворд шаклида ўқинг / Word shaklida o'qing
🕯
ПДФ шаклида ўқинг / PDF shaklida o'qing
📈
Кирилл алифбосида ўқинг / Kirill alifbosida  o'qing
📊
Рус тилида ўқинг / Читать по русски
🔽
2025 йил барча мавзулар /  2025 yil barcha mavzular

August 28, 15:29

36/2025 - mavzu
Ichki turizm: ham sayohat, ham ziyorat
So‘nggi yillarda mamlakatimizda turizm salohiyatini yuksaltirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, turistlar uchun qulay sharoitlar yaratish hamda O‘zbekistonning tashrif uchun xavfsiz mamlakat sifatidagi imijini shakllantirishga qaratilgan tizimli islohotlar olib boril­moqda.
Xususan, sohaga oid qator huquqiy-me’yoriy hujjatlar qabul qilinib, amaliyotga tatbiq qilinmoqda. Natijada yurtimiz turizm sohasi milliy iqtisodiyotning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida jadal rivojlanmoqda. Sohaga qaratilayotgan alohida e’tibor natijasida tarixiy obidalarimiz va boshqa xushmanzara joylarimizga tashrif buyuruvchi chet el va mahalliy sayyohlar soni yildan-yilga oshib bormoqda.
Har bir mamlakat tu­rizmining rivojlanishi xorijiy valyuta oqimi, aholi bandligini oshirish hamda kichik va o‘rta biznes salohiyati kengayishi hisobiga yalpi ichki mahsulot o‘sishiga xizmat qiladi. Pirovardida infratuzilma rivojlanadi, mahalliy aholining turmush tarzi yaxshilanadi. Xorijiy tillar va milliy merosni bilish orqali aholining madaniy savod­xonligi yuksaladi.
O‘zbekistonda turizm haqida so‘z borganda, birin­chi navbatda, Samar­qand, Buxoro va Xiva kabi
YUNESСO Butunjahon me­rosi ro‘yxatidan o‘rin olgan shaharlar ko‘z oldimizga keladi. Yurtimizdagi har bir shaharni borib ko‘rish uchun yuzlab sabab topish mumkin. Toshkent, Qo‘qon, Andijon, Shahrisabz ham zamonaviy qiyofadagi, bag‘rida ko‘plab tarixiy obidalar jo bo‘lgan hududlardir.
Yurtboshimiz raisligida o‘tkazilgan hududlarning turizm salohiyatini oshirish, xorijiy investitsiya loyihalari­ni jadallashtirish masalalari muhokamasi bo‘yicha video­selektor yig‘ilishida so‘nggi yillarda mamlakatimizda turizm xizmatlari eksporti 1,6 barobarga oshib, 3 milliard 500 million dollarga yetgani ta’kidlandi. Ushbu sohada 2 mingdan ziyod yangi tadbirkorlik subyektlari ish boshladi. O‘tgan yili xorijiy sayyohlar tashrifi ilk bor 10 milliondan oshdi.
Turizm va servis infratu­zilmasi jadal rivojlanishi natijasida so‘nggi sakkiz yilda turizm sohasiga 6 milliard 500 million dollar sarmoya kiritilib, 130 mingta mehmon o‘rni ochildi. Mamlakatda 20 ta turizm qishlog‘i faoliyat ko‘rsatyapti. Bo‘stonliq tumanida «Amirsoy», «Ugam River» kurortlari, turizm zona­lari tashkil etildi. Parkent tumanidagi «Oltin bel» cho‘qqisida yangi xalqaro tog‘-chang‘i zonasi barpo etilyapti. Bularning barchasi, jumladan, mamlakatimizning tarixi, madaniyati va boy tabiati sayyohlar kelishini 2–3 karra ko‘paytirish mumkinligini ko‘rsatmoqda.
Toshkent viloyati­ning Bo‘stonliq tumanidagi «Chorvoq darvozasi» maj­muasi turizmni rivojlantirish uchun istiqbolli maskanlardan biri hisoblanadi. Yana bir loyiha Yashnobod tumanida okeanarium qurishga qaratilgan. Yangi sayyohlik obyekti 20 gektar maydonni egallaydi. Uning yonida savdo-mehmonxona majmuasini qurish rejalashtirilgan bo‘lib, bu 1,6 mingta ish o‘rni yaratish imkonini beradi. Shu bilan birga, Chorvoq suv ombori qirg‘og‘ida 10 ta kichik zonalarga bo‘lingan xalqaro sayyohlik markazini qurish rejalashtirilmoqda.
Ichki turizmning rivojlanib borishi natijasida statistika mahalliy sayyohlar soni 23 million nafarga yetganini ko‘rsatmoqda. Lekin haligacha boshqa viloyatlarga sayohatga bormaganlar ko‘p topiladi. Shu bois Prezidentimiz tashabbusi bilan har oyning bir shanba-yakshanbasi «Oila va jamoa bilan sayohatga chiqish kuni», deb e’lon qilindi.
Tarixning eng muhim ahamiyati – u o‘tmishimizdan saboq berib, umuminsoniy qadriyatlar va yuksak ma’naviyat timsolida bunyodkorlik va ezgulikka qarab intilishni, hech qachon yovuz­lik bilan maqsadga erishib bo‘lmaslikni, har qanday vaziyatda ham tari­xiy haqiqat bilan yondashishni o‘rgatadi. Bu borada yurtimizda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, yoshlar o‘rtasida turli yo‘nalishlarda muso­baqalar o‘tkazilib, g‘oliblarga O‘zbekiston bo‘ylab sayohat yo‘llanmasi sovg‘a qilinmoq­da.

August 28, 15:29
Media unavailable
1
Show in Telegram

Yana bir muhim tomoni shundaki, O‘zbekiston bugun o‘zining uzoqni ko‘zlagan siyosati bilan mintaqamiz va jahondagi siyosiy jarayonlar­ning faol ishtirokchisiga aylandi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Parlamentlararo Ittifoq, Yevropa Ittifoqi, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, Islom hamkorlik tashkiloti kabi xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan hamkorligimiz yangi bosqichga ko‘tarildi.
Ma’lumki, ushbu davr – «Yangi O‘zbekiston», «O‘zbekiston taraqqiyoti­ning yangi bosqichi» degan nomlar bilan Vatanimiz tarixida, jahon hamjamiyati bilan munosabatlarimiz silsilasida g‘oyat muhim o‘rin egallab kelmoqda. Bu davr – O‘zbekistonni, jamiyatimiz hayotidagi siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy munosabatlarni butunlay o‘zgartirgan, mamlakatimizni yangi, demokratik qiyofada jumlai jahonga tanitgan davrdir.
Odatda, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida so‘z borganda, davlatimiz rahbari kamtarlik bilan: «Biz hali izlanishda­miz, o‘rganishdamiz», deb bu yo‘lda oldimizda bir-biridan muhim va dolzarb vazifalar turganini ta’kidlaydi. Chindan ham, hozirgi vaqtda yurtimizda mamlakat yetakchisidan tortib barcha bo‘g‘indagi rahbarlar yangicha sharoit, yangicha muhitda ishlashga, izlanib, o‘rganib, xalq bilan muntazam muloqot asosida faoliyat yuritishga intilmoqda.
Yangi O‘zbekiston – «inson qadri uchun» degan ezgu g‘oya amalga oshayotgan ijtimoiy makondir. Ijtimoiy davlat barpo etishdan maqsad, birinchi navbatda, har bir fuqaroning munosib turmush sifati va darajasiga erishishdir.
Davlatimiz rahbari ta’biri bilan aytganda: «Jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo‘lsa, uning joni va ruhi – ma’naviyatdir. Biz yangi O‘zbekistonni barpo etishda ana shu ikkita mustahkam ustunga, ya’ni, bozor tamoyillariga asoslangan kuchli iqtisodiyotga hamda ajdodlarimizning boy merosi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan kuchli ma’naviyatga tayanamiz».
G‘ayratulla Shukurov,
o‘z muxbirimiz.

Телеграмда ўқинг / Telegramda o'qing
🔼
Ворд шаклида ўқинг / Word shaklida o'qing
🕯
ПДФ шаклида ўқинг / PDF shaklida o'qing
📈
Кирилл алифбосида ўқинг / Kirill alifbosida  o'qing
📊
Рус тилида ўқинг / Читать по русски
🔽
2025 йил барча мавзулар /  2025 yil barcha mavzular

August 28, 15:29

35/2025-mavzu
MUSTAQILLIKDAN – YANGI O‘ZBEKISTONGACHA
Mustaqillik e’lon qilingandan buyon o‘zbek xalqi o‘z taqdirini o‘zi mustaqil ravishda belgilashdan iborat bo‘lgan huquqni muvaffaqiyatli amalga oshirib kelmoqda. Mustaqillik asrlar mobaynida uning uchun kurashib kelgan xalqqa keng tarixiy imkoniyatlar ochib berdi. Istiqlol­ning dastlabki yillari O‘zbekis­tonda faol milliy davlat qurilishi, xalqning milliy o‘zligini ang­lashning ortishi, ko‘p asrlik ma’naviy-axloqiy qadriyatlarining qayta tiklanish davri bo‘ldi.
Mustaqillik O‘zbekiston xalqiga qaddini baland tutish, o‘z yerining haqiqiy xo‘jayini deb his qilish, o‘zbek xalqiga chinakam qadr-qimmat tuyg‘usini, til va ma’naviyatini qaytarish imkonini berdi. Istiqlol O‘zbekiston avval boshdanoq u milliy davlat qurilishining asosiy ustuvor yo‘nalishi sifatida demokratiya qadriyatlarini, shaxsning huquq va erkinliklarini ta’minlash, erkin bozor iqtisodiyotini yaratish yo‘lini tanladi.
Hozirgi dunyo globallashuvi jarayonida har bir davlat o‘zligini saqlab qolishi, o‘z mustaqil siyosatini yuritishi katta va murakkab masala. Ammo O‘zbekiston buni uddalamoqda. Bu haqiqatni Prezidentimizning nufuzli xalqaro anjumanlarda bildirayotgan dolzarb masalalardagi amaliy takliflari xalqaro hamjamiyat tomonidan e’tirof etilayotgani ham isbotlab turibdi.
Bugungi kunda butun xalqimizning qalbidan chuqur joy olgan, umummilliy harakatga aylanib borayotgan «Yangi O‘zbekiston» g‘oyasi zamirida ulug‘ ajdodlarimiz, alloma bobolarimizning orzu-intilishlari va armonlari mujassam.
Hozirgi vaqtda mamlakatimizda muhim Uyg‘o­nish jarayoni kechmoqda. Shu­ning uchun «Yangi O‘zbekis­ton» va «Uchinchi Renessans» so‘zlari hayotimizda o‘zaro uyg‘un va ham­ohang bo‘lib yangramoq­da, xalqimizni ulug‘ maqsadlar sari ruhlantirmoqda. Yurtimiz qiyofasi shiddat bilan o‘zgarib, hayotimizda yangicha munosabatlar, yangi imkoniyat va qadriyatlar shakllanayotganini har qachongidan ham ko‘proq his etmoqdamiz. Ayniqsa, «inson huquq va erkinliklari», «qonun ustuvorligi», «ochiqlik va oshkoralik», «so‘z erkinligi», «din va e’tiqod erkinligi», «jamoatchilik nazorati», «gender tenglik», «xususiy mulk daxlsizligi», «iqtisodiy faoliyat erkinligi» singari fundamental demokratik tushunchalar va hayotiy ko‘nikmalar hozirgi vaqtda real voqelikka aylanib borayotgani e’tiborlidir.
Xalqimiz hayotida maj­buriy mehnat, xususan, bolalar mehnati, ishsizlik, kambag‘allik, korrupsiya, aholini uy-joy bilan ta’minlash, ta’lim va tibbiyot bilan bog‘liq muammolar mavjudligini ochiq tan olib, ular keng jamoatchilik bilan birgalikda bartaraf etilmoqda. Bugun odamlarda adolatga, haqiqatga ishonch paydo bo‘lmoqda. Ular turli darajadagi rahbar va mansabdorlarning ish faoliyatiga xolisona baho bermoqda, kamchiliklarni oshkora tanqid qilmoqda.
Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, bugun jahon miqyosida yurtimiz haqida so‘z ketganda «Yangi O‘zbekiston» iborasi tilga olinmoqda. Bu keyingi yillarda taraqqiyotning mutlaqo yangi bosqichiga qadam qo‘yganimiz, erishayotgan zalvorli yutuqlarimizning e’tirofidir.
O‘tgan tarixan qisqa davrda mamlakatimizning Markaziy Osiyo mintaqasi va jahon miqyosidagi siyosiy o‘rni va nufuzi keskin oshdi. Dunyoda Yangi O‘zbekistonga nisbatan ishonch ruhi va mamlakatimiz bilan hamkorlikka intilish tamoyillari kuchaydi. Yurtimizda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, inson huquqlari, erkinlik va manfaatlarini amalda ta’minlash, bozor iqtisodiyoti prinsiplarini rivojlantirish orqali xalq farovonligini oshirish, tashqi siyosat sohasida Markaziy Osiyo mintaqasida do‘stlik va hamkorlik ruhini kuchaytirish, dunyodagi rivojlangan davlatlar qatoriga kirish Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning bosh maqsadi etib belgilandi.
Birinchi navbatda, qo‘shni davlatlar bilan munosabatlarimizda yillar davomida yig‘ilib qolgan muammolar hal etildi. Qo‘shni – qo‘shnisi bilan, aka – ukasi, ota – bolasi, qarindosh – qarindoshi bilan uzilib qolgan aloqalarni tiklab, bir mamlakatdan ikkinchi davlatga emin-erkin borib kela boshladi. Savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalarimiz jadal rivojlanib bormoqda.

August 27, 10:47
Media unavailable
1
Show in Telegram

Ўзбекистон Республикаси Президентининг тегишли фармонлари билан:
Ўзбекистон Республикаси ички ишлар вазири
Азиз Анварович Ташпулатовга
генерал-лейтенант махсус унвони берилди.

Соответствующими указами Президента Республики Узбекистан:
министру внутренних дел
Ташпулатову Азизу Анваровичу
присвоено специальное звание генерал-лейтенанта.
https://t.me/manaviyat_va_marifat_darsi

August 24, 16:09
Media unavailable
2
Show in Telegram

Ҳужралар. Азоблаш масканими... бу қачонгача давом этади?