Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

manaviyat_va_marifat_darsi
Маърифат – бу эркинликдир | СУҚРОТ 👉 https://taplink.cc/inspectoruz 👉 @jinoyatkodeksi_uz 👉 @jpk_uz 👉 @mjtk_uz Боғланиш @inspector_aloqa_bot
Subscribers
70 610
24 hours
-4
30 days
375
Post views
20 530
ER
29,08%
Posts (30d)
29
Characters in post
992
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Education
Audience gender
Female
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Government & Public Sector
Summary
September 11, 09:21
Media unavailable
1
Show in Telegram

Damasdagi 5 nafar o'lik | BIR JINOYAT OMILI VA UNING BARTARAF ETILISHI

September 11, 08:49

36/2026 – mavzu
TINÇLIK – BEBAHO NE’MAT
Atrofga boqing. Tong otyapti, quyoş bor, odamlar öz işlari bilan andarmon – köçalarda hayot daryosi toşadi, boğça, maktab, iş, dökon va hokazo... sari boşlangan tiriklikning osuda onlari. Borliq osoyişta, oyoğimiz ostidagi yer omonatmas, boşimiz tik, zamin portlamaydi, kök titramaydi...
Quşlar sayrayapti, gullar oçilgan. Şundan özga saodat bormikan? Odam bolasi uçun tinçlik va xotirjamlikdan boşqa uluğ ne’mat yöq. Bir burda non, bir qultum suv ham tinçlik tufayli tatiydi. Işoning, boşingizda öq uçib, atrof-javonib zirillab tursa, tomoğingizdan yemak ötmaydi, karaxtlik va qörquv vujudingizni muzlatib, içingizda tuşunuksiz bir iztirob örlab, a’zoyi tanangizni lohas etadi.
Ba’zida jang oldidan xuddi şunday tuşunuksiz holga tuşardim, botinimni allaqanday dahşat timdalay boşlardi. Yöq, bu qörquv emas, uruş içidagi tirik Insonning öz biologik xususiyatlaridan ma’lum daqiqalarda mosuvo böliş holati edi. Bunday holni heç kimga ravo körmayman, heç kimning boşiga tuşmasin.
Baxt nima? Baxt – tinçlik! Böldi, uni boşqa narsadan izlamang. Sevgi ham, oila ham, töy-tomoşalar ham, ijod va kaşfiyotlar ham, yaratuvçanlig-u bunyodkorlik, hatto orzu va tiniq xayollar ham tinçlik va osoyiştalik evaziga könglimizni nurlantirib turadi. Hayotimizdagi dilxiraliklar, ötkinçi dunyodagi ğidi-bidi, adi-badilar, birbirimizga ozor berişimiz, hasad-u hasrat qutqusi, oh-vohlar, özimizning torfe’lligimiz evaziga paydo bölajak mayda-çuydalarning Inson hayotini izdan çiqarib yuboradigan dahşatli bir kuç – uruş oldida ikki pullik ahamiyati yöq, bular şunçaki çarxning hazilidir, xolos.
Osmon osoyiş ersa, yer gullaydi. Odamzod umri ham bevaqt xazon bölmaydi. Men uruşda bölgan odam sifatida aytyapman, bu gaplarni. U-bu narsa ijod qilayotgan ijodkorman, ba’zida uruş mavzusi meni öziga köproq tortayotganini sezaman. Hozir ham kompyuter qarşisida ötirgan çoğimda, men ikkinçi odamga, öşa la’nati uruş içida yurgan öğlonga aylanib qolganimni, «uruş hayoti» umrimning bir bölagi ekanligi, meni ikkiga bölib taşlaganini his qilyapman.
Işoning, uruş körgan kimsalar hayotda bir emas, ikkita odam bölib yaşaydi. Men ham bugun özimdan köra içimdagi «öğlon»imga köproq işonaman. U meni imtihon qilib turadi. Ba’zida bu hayotning ikirçikirlari, maydakaş odamlarining özimga qarşi pastkaşliklarini sezsam, botinimda uning qat’iyatli ovozi yangraydi: «E’tibor berma, ehtimol, sen şu «öyin»larni köriş uçun ham tirikdirsan. Bularning bu baçkana qiliqlariga çuvalaşib qolma. Qara, atrofga nazar sol, quyoş bor, osmon tinç, köçalarda odamlar yayrab yurişibdi, heç kim seni otmayapti, sen heç kimga qurol öqtalmayapsan, axir jangga ketmayapsan-ku, qöysang-çi, öşanda öqqa uçganingda nima bölardi? Şukr qilsang-çi...
...Öşa kuni qism oğir talafot kördi. Maşinamiz batamom işdan çiqqan ekan, öşa joyda qoldi. Avtomatim va aloqa qurilmasini yeçib olib kelişdi. Maşina içida, biqinimda turgan qurolimning mili teşik edi. Bilmayman, men içkaridaligimdami yo taşqariga otilib çiqanimdan söng tekkanmi, qurolimning milini ham snaryad parçasi yorib taşlagandi.
Bu 12-mayning tarixi. Öşa kuni 614-BMPdagi ekipajdan men, leytenant Yermelin va mexanik Rinat, uçalamiz tirik qoldik. Uyga qaytgaç, Yermelin odamovi bölib qolganini aytişdi. Monastirga borib rohib bölgan, heç kim bilan gaplaşmay qöygan, deyişdi. Köp ötmay vafot etdi. Rinat esa özini osib qöydi. U Yangiyölda yaşardi.
...12-may kungi yiğinimizda harbiy qismimizdagi razvedkaçilar rotasida jang qilgan sariosiyolik döstimiz yaqinda Tojikistonning Varzob tumanidan Imom degan quroldoşimizni izlaganini aytdi. Uni ölib ketgan, deyişibdi. Mayli, qabrini borib ziyorat qilay, deb köpçilikdan sörab-suriştiribdi. Oxiri toğ yonidagi qişloqda bir kişi uning tirikligini, lekin yigirma yildan beri uyidan çiqmay qöyganini aytibdi. Tirikligini eşitib xursand böldim, uyini topib bordim, deydi. Çindan, köçaga ham çiqmas ekan. Vosvosga yöliqqan... Qörqaman, taşqariga çiqsam, otib ketişadi, sen ham çiqma, yonimda ötir, dermiş. Şunday bölsa ham, uning tirikligi, mehribon ayoli va bolalari oq yuvib, oq tarab parvarişlayotganidan sevindik.
Razvedkaçi aytib bergan k ey i ng i bir voqeani tinglab, duşanbelik rotadoşim Xayriddin Zaburovni yanada yaxşi kördim. Zör yigit edi. Mard va tanti edi. U uruşdan qaytgaç, Panjşer toğidagi jangda portlagan vertolyot içida qolib ketgan öz vzvod komandiri Baxtiyor Akramovning bevasiga uylandi. Uning yetim qolgan gödagiga otalik qildi. Boqdi, tarbiyaladi. Uyli-joyli qildi. Muştipar bir ayol, norasida gödakning xor-u zor bölişiga yöl qöymadi. U urus tufayli yetim qolgan bir bolani boş egib, otasizlik jabri-sitamini tortiş azobidan qutqazdi.
Ayting, navqiron yigitning özidan yoşi katta, bolali beva ayolga uylanişi qaysi aqlga siğadi. Siğar ekan-ku, Xayriddin bu işni qildi-ku. Çunki Xayriddin bilardi: leytenant Akramov öz oilasini, ayniqsa, emgakdagi gödagini jon-jonidan yaxşi körardi, ularni bu hayotning mazmuni, deb bilardi. Ularga zarraça ozor yetişini istamasdi. Xayriddin bu qarorga kelgunga qadar neça bor özini-özi imtihon qilmadi, deysiz. Uning içidagi yana bir boşqa Xayriddin, öşa uruşlarda yurgan Xayriddinning da’vati bilan bu işga mardonavor qöl urdi. Komandirning gödagi közidan yoş oqişiga çiday olmasdi u.
Xullas... köryapsizmi, uruş odamlari öz hayoti davomida uruş yukini yuragida kötarib yuradi. Va ular bir vaqtning özida ikkita hayotda yaşaydi.
Tinçlik va osoyiştalik, tiriklikning naqadar uluğ ne’mat ekanligini anglaş ham insoniylikning eng muhim belgisi, aslida.
Tinçlik bu, hamma narsa! Tinçlik bölmasa, hamma narsa heç narsaga aylanadi.
Tinçlikning qadriga yetiş uçun uruşni köriş şartmas.
Qöçqor NORQOBIL,
Özbekistonda xizmat körsatgan jurnalist
———————————————————————-
Telegram
|
WORD
|
PDF
|
RUS
|
2026 barchasi
🎬
VIDEO FORMATDA KORISH
👈

September 11, 07:23
Media unavailable
1
Show in Telegram

Turkiy davlatlar ichki ishlar vazirlari: xavfsizlik borasida mushtarak yondashuv
———
Туркий давлатлар ички ишлар вазирлари: хавфсизлик борасида муштарак ёндашув
———
Министры внутренних дел тюркских государств: единый подход к безопасности
———
Ministers of Internal Affairs of Turkic countries: a shared security approach
Website
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube
|
Ok
|
TV

September 10, 10:37
Media unavailable
4
Show in Telegram

❗️
Такомиллаштирилган ўзбек алифбоси учун махсус бепул сервис ишга тушди
Сенат лотин ёзувига асосланган ўзбек алифбосини такомиллаштиришга қаратилган қонунни маъқуллади.
Кутилаётган ўзгаришларга мослашишни осонлаштириш учун
Undov.uz
сервиси ишга туширилди.
Ушбу сервис орқали матнларни
кирилл, амалдаги лотин ва такомиллаштирилган лотин ёзуви ўртасида
тез ва осон ўгириш мумкин. Шунингдек, ҳужжат файлларини ҳам транслитерация қилиш имконияти мавжуд.
Контент маркази томонидан тақдим этилган
Undov.uz
сайти дан фойдаланиш мутлақо бепул.
Фойдаланувчиларнинг матн ва файллари серверларда сақланмайди.

@INSPECTOR_UZ
👈
🏪
QONUN HUJJATLARI

September 10, 08:52
Media unavailable
2
Show in Telegram

“APK Qo‘riqchi” mobil ilovasini Play Marketdan o‘rnating va bank plastik kartangizdan pul o'g'irlanishidan ogoh bo‘ling!

@INSPECTOR_UZ
👈
🏪
QONUN HUJJATLARI

September 09, 04:00
Media unavailable
1
Show in Telegram

Ўзбекистон Республикаси Криминология тадқиқот институти тақдим этади
Самарқандда “Дамас” машинасидан бир оиланинг 5 кишилик жасади топилди! | Bir jinoyat izidan

September 08, 13:30
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

Ички ишлар органлари учун кадрлар тайёрлашнинг яхлит ва узлуксиз тизими яратилади
❗️
“Ички ишлар органлари учун профессионал кадрларни тайёрлаш тизимини трансформация қилиш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Президент қарори (ПҚ–303-сон, 26.08.2026 й.) қабул қилинди.
🔰
Қарорга кўра,
Ички ишлар вазирлигининг Фарғона, Жиззах, Тошкент ва Сурхондарё минтақавий ўқув марказлари юридик шахс мақомини сақлаб қолган ҳолда
Ички ишлар вазирлиги Малака ошириш институти
(Институт)
нинг
Фарғона, Жиззах, Тошкент
ва
Сурхондарё филиали
(филиаллар)
сифатида
қайта ташкил этилади.
Бунда:
🤑
2027 йил 1 январдан
ташкил этилаётган филиаллар бошлиқлари, ходимлари ва ўқитувчилари учун тегишлича Институт бошлиғи ўринбосари, ходимлари ва ўқитувчилари лавозимларига белгиланган пул таъминоти тартиби ва миқдорлари қўлланади;
💚
Институтнинг Нукус филиали касбий тайёргарлик факультети
Малака ошириш институти Нукус филиалининг
Сержантлар тайёрлаш маркази
сифатида
қайта ташкил этилади;
💚
вазирлик ва идораларнинг ҳарбийлаштирилган ва қоровуллик қўриқлаш бўлинмалари мутахассисларини Институт ва унинг филиалларида ўқитиш
тўлов-контракт
асосида
(1 нафар тингловчи учун 1 академик соатга БҲМнинг 12 фоизи миқдорида)
амалга оширилади.
🏛
2026/2027 ўқув йилидан бошлаб
Ички ишлар вазирлиги
академияси (Академия) таълим жараёни босқичма-босқич
дунёнинг топ–1000 талик рейтингга кирган университетлари
ҳамда
“Янги Ўзбекистон” университети
тажрибаси асосида қуйидаги тартибда тубдан такомиллаштирилади:
🔸
Академияда
“таълим – тадқиқот – амалиёт”
интеграциясини таъминлаш ҳамда кадрлар тайёрлаш тизимини илғор халқаро академик моделлар асосида ташкил этиш мақсадида
мактаблар (school)
тизими
жорий этилaди;
🔸
Академия факультетлари ва кафедралари мақбуллаштирилиб, улар негизида
мактаблар
ва
шўъбалар
ташкил этилади.
👇
👇
👇

September 08, 04:47
Media unavailable
1
Show in Telegram

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi delegatsiyasi Pekin shahrida tashkil etilgan “Markaziy Osiyo – Xitoy” ichki ishlar va jamoat xavfsizligi vazirliklarining norasmiy yigʻilishida ishtirok etdi
———
Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирлиги делегацияси Пекин шаҳрида ташкил этилган «Марказий Осиё – Хитой» ички ишлар ва жамоат хавфсизлиги вазирликларининг норасмий йиғилишида иштирок этди
Телеграм канал

September 07, 05:09
Media unavailable
4
Show in Telegram

Oʻzbekiston va Xitoy huquqni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqmoqda
▶️
Batafsil
———
Ўзбекистон ва Хитой ҳуқуқни муҳофаза қилиш соҳасидаги ҳамкорликни янги босқичга олиб чиқмоқда
▶️
Батафсил
———
Узбекистан и Китай выводят сотрудничество в правоохранительной сфере на новый уровень
▶️
Подробно
———
Cooperation between Uzbekistan and China in law enforcement reaches a new level
▶️
Read more
Телеграм канал

September 02, 14:30
Media unavailable
1
Show in Telegram

Иккинчи ишхонам... Мен у ерда бошлиқман...
«Аёл» кўрсатуви 131-сон | Зуҳра Алиева, Тошкент шаҳар
👈
тўлиқ томоша қилиш