Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

20 yoshimda tushunganimda edi

mashrabov_aa

20 yoshlik Abror Mashrabovga bag’ishlanadi.
Ikkinchi kanalim:
@street_mba
Aloqa uchun:
@Abroraloqabot

Subscribers
5 050
Post views
4 861
ER
97,42%
Posts
613
October 28, 10:36

Formula-1'da qatnashadigan mashinalarni o'rtacha tezligi soatiga 350 km. ekan.
Bizga soatiga 500 km. yuradigan mashinani bersa ham u poygada yutolmasligimiz 100% aniq.
Chunki,
Ko'p qayrilishlardan iborat poygalarda hamma narsani ham tezlik hal qilmaydi.
Qaylirilishlarda to'g'ri "tormoz" bera olmasligimiz mashina noto'g'ri boshqarishimizga olib keladi. Bu esa bizni o'ldirishi ham mumkin.
Hayotimiz ham ko'p burilishlardan iborat.
Ba'zan sekinlashishimiz - tezlashishning yagona yo'li ekan.
@mashrabov_aa
/
@street_mba

October 23, 13:54

Qog'ozdagi kelishuvlar yomon xotiramizga qarshi yaxshi kurashadi,
Lekin,
Uning asosiy maqsadi "shaytonimizga" qarshi kurash uchun ekan.
Chunki,
Bazan kelishuv xotiramizda tursada vaziyatni o'z foydamizga burgimiz kelib qolishi mumkin.
Shuning uchun ham,
Pullik masalalarda kelishuvlarni qog'ozda qilaylik. O’zimizni shaytondan saqlagan bo’lamiz.
@mashrabov_aa
/
@street_mba

October 13, 17:50

Yurakka yaqin olmaylik
Hatto Ronaldo (yoki Messi) bo’lsak ham, oyog’imiz sinib yugura olmay qolganimizda ishxonamiz uzog’i 1 mavsum maosh to’lashi mumkin. Shunda ham shartnoma majburlasa.
Oilamiz esa oyog’imiz sinib uyda 3 yil yurolmay yotsak ham birga bo’ladi.
Hech qaysi ishxona bunchalik turib bermaydi.
Ko’p joylarda “biz jamoa emasmiz, biz oilamiz” deyishadi.
Bo’lmagan gap.
Ishonavering,
Oilamizdan boshqa hech kimga keragimiz yo’q.
Chunki,
Sog’ligimiz joyidami - yo’qmi,
Ishlarimiz yurishyaptimi - yo’qmi,
Qarzimiz bormi - yo’qmi,
Xullas,
Faqat oilamiz har qanday holatda bizni qabul qiladi.
Shuning uchun,
Ishxonani ishlarini yuragimizga yaqin olib yubormaylik. Baribir oilaga aylanib qolmaydi.
@mashrabov_aa
/
@street_mba

October 07, 15:24

Istalmagan vakolat
100 kilo osh damlandi. Uni iste'mol qilishga davraga 100 kishi yig'ildik.
Oshpaz birma-bir hammaga osh suzayotgan bir paytda oshdan soch chiqdi.
Uni ko'rga odam dod solib hammaga baqirdi. Qolganlar ham oshni yeyishni to'xtatdi.
Soch umumiy oshni vaznida 0,0001%'ni ham tashkil qilmaydi. Lekin 99,999% oshni "yaroqsiz" qilib qo'yadi.
Bunday holatda esa na oshpazni mehnati ko'rinadi, na o'tinchini, na qassobni, na ro'zg'or qilgan kishini mehnati ko'zga ko'rinadi.
Jamoada ishlayotgan har bir insonni qo'lida o'zi istamagan "vakolat" bor.
Va u "vakolat": butun jamoani mehnati 0'ga teng qilib qo'yishdir.
Shuning uchun,
Jamoada ishlar ekanmiz - har qadamimizni bo'ynimizni tepasini ishlatgan holda bosaylik.
Aks holda bilib bilmay bu “vakolatni” ishlatib qo’yishimiz mumkin.
@mashrabov_aa
/
@street_mba

October 05, 13:22

Gaplarimiz esda qoladi
Oddiy tadbirkor olamdan o’tdi. Men ularni tanimas edim,
Lekin,
Ular ko’p ishlatadigan gapni meni qulog’imgacha yetkazishdi va esimda qoldi:
“Foyda keladi, eng asosiysi odamlar rozi bo’lsa bo’ldi.”
Shunday yashab qo’yamizki, xuddi ertaga odamlar janozamizda shu savollarni beradigandek:
U kishi qanay mashinada yurar edi?
U kishi qayerlarga sayohat qilgan edi?
U kishini puli qancha edi?
U kishi qanday kiyinar edi?
Vaholanki,
Gapirgan gaplarimiz va qilgan amallarimiz bilan esda qolar ekanmiz xolos.
@mashrabov_aa
/
@street_mba

September 28, 08:40

Yutqazamiz
Kabutar grossmeyster bilan shaxmat o’ynasa ham u o’z qanotlari bilan barcha figuralarni yiqitib tashlaydida,
Men seni yutdim va bopladim deb uchib ketadi.
Va bu haqida hammaga gapirib yuradi.
Ahmoqlar bilan partiya tashlamoqchi (sporlashmoqchi) bo’lsak,
Yodimizda tutaylik,
Baribir “yutqazamiz”.
@mashrabov_aa
/
@street_mba

September 27, 10:05

Server emas
Tetiklanishimizga uyqu ham yordam bermasa,
Muzdek dush, issiq qahva, ovqat, mashg'ulotlar, dam va safar ham yordam bermasa - demak bizda jismoniy emas, balki mental toliqish bor.
Undan qutulmoqchi bo'lsak bir katta qog'ozga,
Bitmagan ishlarimizni, qo'rquvlarimizni va xavotirlarimizni, va'dalarimizni va vazifalarimizni, qarzlarimizni va majburiyatlarimizni, orzularimizni va maqsadlarimizni - xullas bizni o'ylantirayotgan va hayolimizga kelgan hamma narsani yozaylik.
Yozganimizda miyamiz bo'shaydi. Yozganimizni ko'rganimizda xotirjamligimiz oshadi, hayotimizga nazorat hissi kelishni boshlaydida chunki. Diqqatimiz ham ancha oshadi.
Yodimizda tutaylik,
Miyamiz - ma'lumot saqlash uchun server emas. Miyamiz - qarorlar qabul qiluvchi kompyuter.
@mashrabov_aa
/
@street_mba

September 14, 18:56

Eshakdek harakat
Quruq harakat hamma narsani hal qilganidamidi,
Eshak hammadan muvaffaqiyatli jonzot bo'lar edi.
Harakatimizga Ilmni bog'lamasak ham natija bo'ladi,
Lekin,
Samarali (yani barakali) bo'lishi qiyin.
Oshpazlik bo'yicha hech bo'lmasa 1 dona kitob o'qib har doim pishirib yurgan sho'rvamizni qaytatdan pishirib ko'raylikda,
90% o'qigan narsamizni bilgan bo'lib chiqishimiz mumkin.
Lekin,
Bilganimizni nomlaganimiz va eslaganimizni o'zi ham ilmimizni kuchaytiradi.
Ilm esa (eskilar aytganidek) - rizqimizning barakasidir, johillik esa balosidir.
@mashrabov_aa
/
@street_mba

September 04, 18:08

Kutaylik
Svetofor qizil chirog’ida harakatlanishimiz 100% o’lishimizni anglatmaydi. Bunday harakat shunchaki tirik qolish ehtimolimizni kamaytiradi.
Shunday ekan,
Xato narxi kutish narxidan yuqori bo’lsa - kutaylik. Harakatga shoshilmaylik.
Chunki,
Hamma narsaga ham harakat bilan erishib bo’lmas ekan.
Ba'zi natijalarga faqat kutib erishsa bo'lar ekan.
@mashrabov_aa
/
@street_mba

September 01, 14:05

Quvvat
Zo’r benzin bo’lsa-yu, moy tugagan bo’lsa - motor qiynaladi.
Zo’r motor moyi bo’lsa-yu, akkumulyator charchagan bo’lsa - mashinamiz umuman yonmaydi.
Benzin, moy yoki akkumulyatorni eng muhim quvvat manbasi deya olmaymiz. Har biri bir biridan muhim.
Biz bilan ham shunday ekan.
Jismoniy quvvatimiz bo’lsa-yu, psixologik, ruhiy yoki aqliy quvvatimiz tugagan bo’lsa - “lanch” bo’lib yuraveramiz. Yurakga hech narsa sig’maydi.
Shuning uchun,
Quvvatni har tomonlama kuchaytiraylik, faqat bir tomonlama (masalan zalga chiqib) emas.
@mashrabov_aa
/
@street_mba