Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

20 yoshimda tushunganimda edi

mashrabov_aa
- https://cloz.uz va https://hrsevil.uz asoschisiman - Ikkinchi kanalim - @street_mba Konsultatsiya & reklama: @Abroraloqabot
Подписчики
6 270
24 часа
28
30 дней
50
Просмотры
2 980
ER
47,53%
Посты (30д)
10
Символов в посте
742
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Блог о бизнесе и экономике
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Бизнес и управление
Краткое описание
September 09, 11:36

Yangi boylar faqat o’ziga o’xshagan boylar bilan xushmuomala.
Eski boylar esa hamma bilan xushmuomala.
Ayniqsa ofitsiant, kuryer, farrosh, qorovul va taksistlar bilan.
@mashrabov_aa
/
@street_mba

September 08, 15:29

Kichkina pulga yomon ishlaydigan xodim katta pulga ham yomon ishlaydi.
Kichkina ishlarni yomon bajaradigan xodim katta ishlarni ham yomon bajaradi.
Kichkina vaziyatlarda aldaydigan xodim katta vaziyatlarda ham aldaydi.
@mashrabov_aa
/
@street_mba

September 05, 14:29

Merfi qonuni
Yaqinimiz bir mahsulot import qiladi.
Mahsulotni bozorga tanitib olish uchun juda ko’p pul va mehnat sarfladi.
Endi mevasini tatiyman deganda zavod boshqa importchi bilan ham ishlashni boshladi.
«Ertaga importchilar soni birdan oshib ketishi mumkin, yoki zavodni o’zi bizga kirib kelishi mumkin, birovni mahsulotiga boringni berib yuborma» dedik.
Eshitmadi.
Reklamaga pul tikishni davom etdi.
Va yana endi mevasini tatiyman deganda zavodni o’zi kirib keldi bizga.
Narxlar ham tushib ketdi.
Merfi qonunini esdan chiqarmaylik,
Sodir bo’lishi mumkin bo’lgan har qanday yomon hodisa albatta sodir bo’ladi.
Uyimizda qoqilib tushish mumkin bo'lgan simga ertami-kechmi baribir qoqinib tushamiz. Uyimizni 5 qo'limizdek bilsak ham bu sodir bo'ladi.
@mashrabov_aa
/
@street_mba

September 03, 18:44

Influencer'miz
Bir chet ellik fuqaroni uxlatib ketsak, uning nafrati faqat bizga emas, millatimizgacha yoyilishi mumkin.
Boshqa din vakiliga nisbatan yomonlik qilsak, uning munosabati faqat bizga emas, butun Islomga nisbatan yomonlashishi mumkin.
Yosh bolani aldasak, uning ishonchi faqat bizga emas, barcha kattalarga nisbatan yo'qolishi mumkin.
Bir xodimga nisbatan adolatsizlik qilsak, u faqat bizdan emas, boshqa rahbarlardan ham sovub qolishi mumkin.
Bir o'quvchiga befarqlik qilsak, uning muhabbati faqat bizga nisbatan emas, o'qishga nisbatan ham tag-tugi bilan yo'qolishi mumkin.
Bir mijozimizga "ertaga tuzatib beraman" deb ishini cho'zib yursak, u faqat bizni emas, barcha ustalarni yomonlab yurishi mumkin.
Xuddi shu narsa teskarisiga, ijobiy tomonga ham ishlaydi.
Harakatlarimizni birgina odam ko'rib, u faqat bizga emas,
Biz orqali ko'plab boshqa narsalarga ham baho beradi, xulosa qiladi.
Influencer'ligimizni va ko'plab guruhlarni vakili ekanligimizni unutib qo'ymaylik.
Garchi 1,000,000 obunachimiz yoki rasmiy unvonimiz bo'lmasa ham.
@mashrabov_aa
/
@street_mba

August 26, 15:31

Ertaga gaplashaylik.
Ertaga ishlaylik.
Ertaga qaror qabul qilaylik.
Ertaga tanlaylik.
Ertaga uchrashaylik.
Bugun uyga borib o'zimizga dam beraylik, agar kayfiyatimiz yomon bo'lsa.
Chunki,
Yomon kayfiyatda aytilgan gaplardan, qilingan ishlardan, qarorlardan, tanlovlardan va o'tgan uchrashuvlardan afsuslanamiz baribir.
"Bugun qilsak bo'lmaydimi" deb so'rashadi hali.
Shunda hech uyalmay, "bugun kayfiyatim juda yomon, to'g'ri yondasha olmasligimi mumkin" deyaveraylik.
@mashrabov_aa
/
@street_mba

August 24, 17:11

Shadowing
Entoni Borden kollejda o'qib yurgan paytida idish yuvuvchi bo'lib bir restoranga ishga kiradi.
Yon atrofidagi oshpazlarni ishini kuzatib oshpazlikka qiziqib qoladi.
Xuddi ulardek taom pishirishni o'rganaman deb oshpazlik maktabida o'qib chiqadi.
Va dunyoni eng mashhur shef oshpazlaridan biri bo'ladi.
Instagramini
o'zida 2,7+ million obunachi yig'iladi.
Lekin,
Uni bu sohaga kirib kelishi qasddan bo'lmagan.
Oshpazlikka muhabbati shunchaki boshqa oshpazlarni kuzatish orqali uyg'ongan.
Professional tilda buni "shadowing" deydi - ya’ni bir mutaxassisga “soya” bo‘lib, uning ishini ichidan kuzatish.
3-4ta kasb ichidan bittasini tanlashda qiynalayotgan bo'lsak,
Tanish bilish qilib bo'lsa ham, shu kasb egalarini ishini 10-15 kun shunchaki soya bo'lib, oldilarida yurib kuzatib ko'raylik.
Shunda biz ishning kundalik ritmini ko'ramiz,
Odamlar aslida vaqtini nimaga sarflashini tushunamiz,
Kasbning yoqimli va zerikarli tomonlarini kashf qilamiz,
O‘zimizni shu muhitda tasavvur qilib ko'ramiz,
Bu kasb uchun kerak bo‘ladigan xarakter bizga mos yoki mos emasligini sezamiz,
Va eng muhimi "haypga" berilmasdan kasb to'g'risida xulosa qilamiz.
Bizga mos keladigan kasb - shunchaki chuqur kuzatishni o'zida mehrimizni qozonadi.
@mashrabov_aa
/
@street_mba

August 22, 16:54

Nafs vs. Ambitsiya vs. Himmat
Nafsimizga yo’liqsak:
— Men boy bo‘lishim kerak, deymiz. (Jordan Belfort)
Ambitsiyamizga yo’liqsak:
— Men [X ishda] #1 bo’lmoqchiman, tarixda qolmoqchiman, deymiz. (Aleksandr Makedonskiy)
Himmatimizga yo’liqsak:
— Millionlab odamlarga foyda beradigan [X ishga] umr sarflamoqchiman, deymiz. (Imom Buxoriy)
Himmati oliy insonlarni uchratsak,
Ularni etagini mahkam ushlaylik, qo’yib yubormaylik.
Ular bilan ishlaylik 1-2 yil bo’lsa ham.
Chunki,
Ularni hayoti barakali bo’ladi. Ko’p narsaga ulgurishadi.
Zora bizga ham yuqsa.
@mashrabov_aa
/
@street_mba

August 20, 16:52

Sog'inib turaylik
Safarga ko'p chiqib, ishidan bezillagan odamni ko'rmadim.
Safarga ko'p chiqib, oilasidan bezillagan odamni ko'rmadim.
Safarga ko'p chiqib, milliy taomlardan bezillagan odamni ko'rmadim.
Safarga ko'p chiqib, do'stlaridan bezillagan odamni ko'rmadim.
Safarga ko'p chiqib, yurtidan bezillagan odamni ko'rmadim.
Safarga ko'p chiqib, ishxonasidan, hamkasblaridan, xodimlaridan yoki rahbaridan bezillagan odamni ko'rmadim.
Chunki,
Vaqtinchalik ayriliq deyarli hamma narsaga bo'lgan muhabbatimizni mustahkamroq qilar ekan.
Shuning uchun,
Ishdan, odamlardan yoki ilm olishdan ham dam olib turaylik ora-orada, qishlog'imizga safar qilib bo'lsa ham.
Sog'inchimizni uyg'otib turmasak,
Yoki bezillab ketamiz,
Yoki qadriga yetmay qo'yamiz ko'p narsani.
@mashrabov_aa
/
@street_mba

August 13, 13:23

Shogird sindromi
Tajribali moliyachi qo'liga shogird oldi.
3 yil ichida shogirdi bemalol 50-100 xodim ishlaydigan korxonalar moliyasini boshqara oladigan darajaga chiqdi.
Bozorda bunday bollarni narxi kamida $2,000+ dan boshlanadi.
Ustozi unga beradigan summa esa $500-600 edi.
Bola uylanaman, ko'proq pul topishim kerak deb boshqa joyga ishga ketdi.
Ustozi bemalol bozorona narx to'lay olar edi, lekin qo'yib yubordi.
Ota-onamiz 30'ga kirsak ham yosh boladek ko'rishadi bizni. Gorshokda o'tirgan paytlarimiz xotiralariga tamg'alangan bo'ladida.
Milliarder bo'lib ketsak ham maktabdagi sinfdoshlarimiz o'sha-o'sha burnimiz oqib yurgan paytimizni eslab muomala qiladi biz bilan.
Ming afsus,
Ba'zi korxonalar ham bizni bozordagi qiymatimizga qarab emas, boshlang'ich kelgan narximizga qarab baho berishadi.
$200'lik shogird deb eslashadi. Kelganimizda hech narsani bilmaganligimiz ham yodida turadi.
Va bunday joylarda butun umr "shogird" bo'lib qolib ketish xavfi bor.
Garchi allaqachon PRO darajasiga chiqqan bo'lsak ham.
@mashrabov_aa
/
@street_mba

August 12, 16:01

Yaxshi g‘oya = Tinch qo’ymaydigan g’oya
Ishda yaxshi g'oya kelib qoldi.
1-2 kun g'oyani o'ylab uxlay olmadim.
Izlanishga tushdim.
O'xshash g'oyalarni qidirdim.
Hisob-kitoblarni Excel'ga tashlab ko'rdim.
ROI'ni hisoblab ko'rdim.
SWOT analiz qilib ko'rdim.
Boshqalar bilan muhokama qilib ko'rdim.
Yana 1-2 hafta o'ylashga vaqt berdim o'zimga.
G'oya unutilib ketdi. G'oyadan asar ham qolmadi.
Miyamizga "yaxshi" g'oya kelishi bilan ijroga shoshilmaylik.
Ishni boshlab qo'ygandan keyin g'oya biz o'ylanganchalik "ajoyib" emasligini anglash alamli bo'ladi rosa.
Yo‘qotilgan vaqt, o'xshamagan loyihalar va yopilgan bizneslar yaxshigina iz qoldiradi ichimizda.
Chinakam yaxshi g‘oya bizni tinch qo‘ymas ekan, orqamizdan oylab, kerak bo'lsa yillab yurar ekan.
G’oyani yaxshilab o‘rganib, ma’lumot yig‘ib, hayotga tatbiq etish qanchalik qiyinligini tushunsak ham - baribir u xayolingizdan chiqmayotgan bo'lsagina g'oyani ijrosiga o'taylik.
@mashrabov_aa
/
@street_mba