
20 yoshimda tushunganimda edi
Biror kimdan 100 so’m qarz olib uni qaytarib bergan bo’lsak,
Qarzimdan to’liq qutildim deb o’ylamaylik.
Biz qarzni pullik qismini ato aytdik xolos.
Qarzni to’liq ato aytdim deyish uchun,
Biz ham pulni, ham yaxshilikni qaytarishimiz kerak.
Ya’ni,
U ham bizdan yordam so’ragan paytda biz ham turib berishimiz kerak qo’ldan kelgancha.
@mashrabov_aa
/
@street_mba
Boylik boshimizni aylantirib, kibrli qilib qo’ymas ekan agar:
1. Boylikka kech erishgan bo’lsak. Ideal holat - 30-40 yosh.
2. Boylikka erishib, orada kamida bir marta sinib, keyin tiklanib olgan bo’lsak.
3. Kuchli ruhiy tarbiya olgan bo’lsak.
@mashrabov_aa
/
@street_mba
Rahbarlikning hech kim o‘qimaydigan shartlari
Biror bir saytdan ro'yxatdan o'tayotganimizda "foydalanish shartlari" degan joyiga galochka qo'yamiz.
Oddiy xodimdan boshqaruvchilikka o'tmoqchi bo'lsak, avval shu shartlarga galochka bosaylik:
1. Boshqaruvchi - bu status emas, unvon emas. "Lord", "СЭР", "ПЭР" - bular status. Boshqaruvchi - bu kasb.
2. Mas’uliyati bor, yuki yengil emas.
Chunki, faqat boshqaruvda yaxshi natija qilsak - e’tirofni jamoaga beramiz. Yomon natijani mas’uliyatini esa 100% bo'ynimizga olamiz.
3. Odamlar bilan gaplashish yoqmasa - boshqaruv bizga emas, o'zimizni qiynamaylik.
Boshqaruvchini 90% vaqti odamlar bilan gaplashishga ketadi. Nizolarni hal qilish, adolatli qarorlar berish, ishga olish, bo'shatish, majlislar.
Undan tashqari mas'uliyatlarni taqsimlash, vazifalar berish, natijalarni audit qilish, ijroni tashkil qilish va hokazo.
4. O'rta qatlam boshqaruvchilarni oyligi oddiy ishchilarnikidan +/- katta farq qilmaydi.
Hatto kamroq bo'lishi ham mumkin. Masalan, yaxshi ingliz tili o'qituvchisi oyligi hozir 30-40 mln. bo'lsa, filial rahbarlarida 10-20 mln. bo'ladi.
Qaymog'i faqat eng tepada.
5. Undan tashqari "yuridik kaltaklar ham" boshqaruvchilarni boshida sinadi.
Bizni hududimizda bo'layotgan har narsaga biz javobgarmiz. Masalan, Borovskiy nomidagi med. kollejida o‘quvchilar orasida nizo chiqib 1 kishi vafot etganda direktor ishdan haydalgan.
@mashrabov_aa
/
@street_mba
O’zimizni moliyaviy muammolarimiz ko’p bo’lsa moliyaviy muammolari bor qizga uylanmaylik.
Uydagilari baquvvatroq qizni olaylik.
Chunki,
Uylanganimizdan keyin bizni muammolarimiz faqat biznikiligicha qolaveradi.
Lekin,
Qizni muammolari qizniki bo’lib qolmaydi. Uning muammolari ham bizniki bo’ladi.
Agar hal qila olmasak o’zimizni ham kelinni ham qiynab qo’yamiz.
Shuning uchun,
Oyoqqa turib olmagunimizcha kamida o’zini moliyaviy muammolarini o’zi hal qilib ola oladigan qiz tanlaylik.
@mashrabov_aa
/
@street_mba
Ahmoqona o'yinlarda raqobat qilsak faqat ahmaqona sovg'alar yutar ekanmiz.
Ko'pchilik o‘ynaydigan o'yinlar esa (hashamatli to'y, boy ko'rinish va hokazo) = ahmoqona o'yinlar.
Shunday ajratib olaveraylik.
@mashrabov_aa
/
@street_mba
Do’stimizni do’sti
Umumiy (общий) do’stimiz bo’lishi munosabatlarimizni mustahkamlaydi.
Umumiy dushmanimiz bo’lishi munosabatlarimizni mustahkamlaydi.
Umumiy tanishimiz bo’lishi ham munosabatlarimizni mustahkamlaydi.
Lekin,
Do’stimiz dushmanimiz bilan (yoki biz suymaydigan inson bilan) do’st bo’lishi munosabatlarimizni sovutar ekan.
Sirlarimiz dushmanimizga borishidan qo’rqib jiddiy mavzularda gaplashmay qo’yamiz.
Suhbatlarimiz sayozlasha boshlaydi.
To’liq ishonmay qo’yamiz. Garchi ishonishni xohlasak ham.
@mashrabov_aa
/
@street_mba
Nol nuqtasi ≠ Mag’lubiyat nuqtasi
Birinchi yil ekkan ko’chatimiz hosil bermagan bo’lsa,
Shunchaki qishdan omon chiqib, tirik qolganiga xursand bo’laylik.
3 yildan beri biznes qilib ishlarimiz zo’r bo’lib ketmagan bo’lsa,
Shunchaki yomon bo’lib, qurib ketmaganimizga xursand bo’laylik.
25’ga kirib boy bo’lib ketmagan bo’lsak,
Shunchaki 22% aholiga o’xshab qarzga botib minusga kirib ketmaganligimizga xursand bo’laylik.
Noldaman deb o’zimizni yemirmaylik,
Chunki,
Nolga chiqib olishni o’zi katta muvaffaqiyat hisoblanadigan zamonda yashayapmiz.
Nol nuqtasini o’zi juda ko’p ishlar qilishga erkinlik beradi.
@mashrabov_aa
/
@street_mba
Kelajagimizni o’g’irlaydi
O’zini ishidan tashqari taksi qilar edi.
Jami $1,000 daromadi bor edi.
Yaxshiroq ish so’rab bordi bir joyga.
Boshlanishiga $500’lik taklif berishdi.
Bosib ishlasa 2 yilda $3,000 ga chiqishi mumkinligini ham aytishdi.
Kreditlarim bor, uzr, men $1,000 dan kam topishim mumkin emas dedi va avvalgi ishida qoldi.
Kredit va qarzlar faqat halovatimizni va uyqumizni emas,
U kelajagimizni ham o’g’irlaydi.
Zo’r imkoniyatlarga YO’Q deyishga majbur qiladi.
@mashrabov_aa
/
@street_mba
Hayot chiziqli ishlamaydi
Chumoli o'zini vaznidan 50 barobar og'ir narsani ko'tara oladi.
Chumolini odam hajmigacha kattalashtirsak u hatto o'z vaznini ko'tara olmay o'lib qoladi.
—
2x2 xona = 4 m2
4x4 xona = 16 m2
Xonani hajmini 2 barobar kattalashtirdik, lekin xona kvadrati 2 barobar emas 4 barobar oshdi.
—
Ko'chada mashinalar soni 10% ko'paysa probkalar 10% emas, 50-100% ko'payishi mumkin.
—
2 barobar ko'p ishlasak, 2 barobar ko'p natija o'rniga umuman natija olmasligimiz ham mumkin. Masalan, ahmoq bilan 2 barobar ko'proq sporlashsak.
—
8 soat o'rniga 16 soat uxlasak 2 barobar ko'proq dam olgan bo'lmaymiz. Umuman bosh ko'tara olmay qolamiz.
—
Obro' qurishga 10 yil vaqt ketishi mumkin. Uni yo'qotishga esa 100 barobar kamroq vaqt ketadi.
—
1,000ta xorijiy so'z biladigan odam bilan 500ta so'z biladigan odam orasidagi farq shunchaki 2 barobar ko'proq so'z bilishda emas.
500ta so'z bilan hali tilni deyarli ishlata olmaslik mumkin.
1,000ta so'z bilan esa sodda matnlarni o'qish boshlanadi.
—
Ko'rib turganimizdek,
Hayot qonunlari juda nochiziqli (non-linear). 1+1 har doim ham 2 emas. Ba'zida 0, ba'zida esa 10.
Shunday ekan,
Faqat chiziqli (linear) fikrlashimizni o'zi yetarli emas. Nochiziqli fikrlashni ham o'rganaylik.
@mashrabov_aa
/
@street_mba
Yangi boylar faqat o’ziga o’xshagan boylar bilan xushmuomala.
Eski boylar esa hamma bilan xushmuomala.
Ayniqsa ofitsiant, kuryer, farrosh, qorovul va taksistlar bilan.
@mashrabov_aa
/
@street_mba