
🫀 𝐌𝐞𝐝𝐬𝐩𝐞𝐜𝐢𝐚𝐥 🩺
Tibbiyot yo'nalishidagi talabalar uchun manfaatli shaxsiy blog! Nima foyda topsangiz barchasi Allohdan, kamchilik topsangiz kaminadan bilgaysiz...
Albatta, qiyinchilikdan keyin osonchilik bordir. [94:6]
🫀
🧑💻
Murojaat uchun:
@Dr_Sirojiddinovich
Bolalar immun tizimini mustahkamlovchi vitaminlar
📌
Vitamin D
- sitokinlar ishlab chiqarilishini kuchaytiradi. Sitokinlar esa o‘z navbatida “immun tizimi sanitarlari” va gumoral immunitetni faollaydi. Sut va sut mahsulotlarida ko‘p uchraydi.
📌
Vitamin C
- interferon sintezini stimullaydi va immunitetga rag‘batlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Organizmning virusga qarshi xususiyatini oshiradi. Na’matak, bulg‘or qalampiri, ko‘katlar, sitrus mevalarida ko‘p uchraydi.
❗️
Yuqoridagi vitaminlarni dori preparati ko‘rinishida faqatgina vrach pediatr tavsiyasi bilan qo‘llash mumkin.
©
Doctor Muxtorov
🫀
@Medspecial_uz
🩺
6 oylik bolada inyeksiyadan keyingi holat (absess).
🫀
@Medspecial_uz
🩺
🔰
YALLIG’LANISH MEDIATORLARI
1.
Gistamin
- qon tomir kengayishi va kapilyar o'tkazuvchanligini oshiradi
2.
Serotonin
- trombotsitlardan ahraladi va qon tomir o'zgarishiga sabab bo'ladi
3.
Prostoglandinlar
- araxidon kislotadan hosil bo'ladi asosiy og'riq va isitmani yuzaga kelishiga sabab bo'ladi
4.
Leykotrienlar
- bronxlar spazmini va tomirlar o'tkazuvchanligini oshiradi
5.
Tromboksan A2
- trombotsitlar faolligini va vazokonstruksiyani oshiradi
6.
Lipoksinlar
- yallig'lanishni bostiruvchi mediatorlar
7.
Iterleykin 1 ; Interleykin 6
- umumiy yallig'lanish reaksiyasini kuchaytiradi
8.
Interleykin 8
- neytrofillarni oshiradi
9.
Interleykin 10
- yallig'lanishni bostiradi
10.
Tumor nekroz faktori ą
- yallig'lanishni kuchaytirib nekrozni oshiradi
11. X
emokinlar
- leykotsitlarning yallig'lanish joyiga ko'chishini ta'minlaydi
12.
Reaktiv kislorod radikallari
- mikroorganizmlarni o'ldiradi lekin to'qimaga zarar yetkazadi
13.
Azot oksidi (NO )
- qon tomir endoteliysi faoliyatini normallashtiradi , mikroorganizmlarga qarshi ta'sir
14.
Bradikinin
- kapilyar o'tkazuvchanlikni oshiradi va og'riq chaqiradi
⚫
Ushbu mediatorlar yallig‘lanish signalining integratsiyalashgan va tartiblangan transduksiyasini ta’minlab, vaskulyar o‘zgarishlar, hujayra migratsiyasi, og‘riq hissi, isitma va to‘qimalarning tiklanish jarayonlarini boshqaradi.
🫀
@Medspecial_uz
🩺
Qon quyish - bu qon mahsulotlarini tomir orqali odamning qon aylanishiga o'tkazish jarayoni
.
Birinchi muvaffaqiyatli qon quyish inklar tomonidan 1500-yillarda amalga oshirilgan. Ispan konkistadorlari XVI asrda kelganlarida qon quyishning guvohi bo'lishgan.
Hayvondan odamga birinchi qon quyish 1667 yil 15 iyunda Fransiya qiroli Lyudovik XIVning taniqli shifokori doktor Jan-Batist Denis tomonidan amalga oshirilgan, u 15 yoshli bolaga qo‘y qonini quygan.
1840 yilda Londondagi Sent-Jorj kasalxonasi tibbiyot maktabida Semyuel Armstrong Leyn Blundell yordami bilan gemofiliyani davolash uchun birinchi muvaffaqiyatli qon quyishni amalga oshirdi.
Ikkinchi jahon urushi paytida Sharqiy Evropada natsistlar asirlikda bo'lgan bolalarni takroriy majburiy qon donorlari sifatida ishlatishgani haqida ma'lumotlar uchraydi.
🫀
@Medspecial_uz
🩺
🔴
Rubella (qizilcha) - bu virus asosan havo orqali tarqaladi va odatda, kasal odamning nafas olish yo'llari orqali chiqarilgan tomchilar orqali yuqadi. Rubella odatda o'z-o'zidan o'tadigan kasallikdir. Lekin u homiladorlik vaqtida ayolga birinchi marta yuqsa, u holda ayol uchun ham homila uchun ham xavflidir. Uning I trimesterda yuqushi abortga ko'rsatma bo'ladi.
🟡
Belgilari:
■Kasallikning dastlabki bosqichida yengil bosh og'rig'i paydo bo'lishi
■Odatda, 38-39 °C gacha ko'tariladi.
■Kasallikning asosiy belgilardan biri bo'lib, terida qizil toshma paydo bo'ladi. Bu toshma odatda yuzdan boshlanadi va keyinchalik butun tanaga tarqaladi.
■Mushak og'rig'i va shishgan limfa tugunlari.
🟢
Davolash
a)Simptomatik davolash:
– Bosh og'rig'i va mushak og'rig'ini yengillashtirish uchun ibuprofen yoki paratsetamol kabi dorilar yoshga qarsb 2max tavsiya etiladi.
– Degidratsiyadan saqlanish uchun ko'p suyuqlik iste'mol qilish muhimdir.
b)Sog'lom ovqatlanish va vitaminlar (masalan, vitamin C) iste'mol qilish immunitetni mustahkamlashga yordam beradi.
c) Immunitetni tiklash uchun yetarli dam olish zarur.
🟠
Profilaktika:
Rubella kasalligidan himoyalanishning eng samarali usuli — emlash.
Asosan bu vaksina bolalarda qilinadi.Agar ayol bolalikdan vaksina olmagan bo'lsa yoki Rubella bilan zararlanmagan bo'lsa, homiladorlikdan oldin emlash muhim hisoblanadi.
🫀
@Medspecial_uz
🩺
#Farmakologiya
BRONXODILYATATORLAR
💉
Eufillin
- 2,4% li 5 yoki 10 ml
✅
Fosfodiesterazani ingibitsiya qilib, bronxodilatatsiya chaqiradi
➡️
Asosiy qo'llanilishi:
- Barcha bronxoobstruktiv sindrom genezli holatlarda:
- Bronxial astma
- Surunkali obstruktiv o'pka kasalliklarida
- Surunkali obstruktiv bronxitda
- O'pka gipertenziyasida
- Tungi apnoeda
💉
Salbutamol
- 90 yoki 200 doza (aerozol)
✅
Beta 2 - adrenomimetik, bronxolitik preparat
➡️
Asosiy qo'llanilishi:
- Bronxial astmada
- Allergen yoki fizik kuchlanish natijasida kelib chiqqan bronxospazm xurujlarida
- Nafas yo'llaridagi obstruktsiyada
- O'SOK (ХОБЛ) da
- Surunkali bronxitda
🫀
@Medspecial_uz
🩺