Π’Ρ‹Π±Π΅Ρ€ΠΈΡ‚Π΅ Ρ€Π΅Π³ΠΈΠΎΠ½
ΠΈ язык интСрфСйса
ПокаТСм Π°ΠΊΡ‚ΡƒΠ°Π»ΡŒΠ½Ρ‹Π΅ для Ρ€Π΅Π³ΠΈΠΎΠ½Π°
Telegram-ΠΊΠ°Π½Π°Π»Ρ‹ ΠΈ возмоТности
Π Π΅Π³ΠΈΠΎΠ½
avatar

πŸ«€ 𝐌𝐞𝐝𝐬𝐩𝐞𝐜𝐒𝐚π₯ 🩺

medspecial_uz
Tibbiyot yo'nalishidagi talabalar uchun manfaatli shaxsiy blog! Nima foyda topsangiz barchasi Allohdan, kamchilik topsangiz kaminadan bilgaysiz... Albatta, qiyinchilikdan keyin osonchilik bordir. [94:6] πŸ«€ πŸ§‘β€πŸ’» Murojaat uchun: @Dr_Sirojiddinovich
ΠŸΠΎΠ΄ΠΏΠΈΡΡ‡ΠΈΠΊΠΈ
1 005
24 часа
1
30 Π΄Π½Π΅ΠΉ
8
ΠŸΡ€ΠΎΡΠΌΠΎΡ‚Ρ€Ρ‹
86
ER
8,56%
ΠŸΠΎΡΡ‚Ρ‹ (30Π΄)
122
Π‘ΠΈΠΌΠ²ΠΎΠ»ΠΎΠ² Π² постС
828
Π˜Π½ΡΠ°ΠΉΡ‚Ρ‹ ΠΎΡ‚ Π°Π½Π°Π»ΠΈΠ·Π° ИИ ΠΏΠΎ постам ΠΊΠ°Π½Π°Π»Π°
ΠšΠ°Ρ‚Π΅Π³ΠΎΡ€ΠΈΡ ΠΊΠ°Π½Π°Π»Π°
ΠœΠ΅Π΄ΠΈΡ†ΠΈΠ½Π°
Пол Π°ΡƒΠ΄ΠΈΡ‚ΠΎΡ€ΠΈΠΈ
ЖСнский
Возраст Π°ΡƒΠ΄ΠΈΡ‚ΠΎΡ€ΠΈΠΈ
35-44
Ѐинансовый статус Π°ΡƒΠ΄ΠΈΡ‚ΠΎΡ€ΠΈΠΈ
Π‘Ρ€Π΅Π΄Π½ΠΈΠΉ
ΠŸΡ€ΠΎΡ„Π΅ΡΡΠΈΠΈ Π°ΡƒΠ΄ΠΈΡ‚ΠΎΡ€ΠΈΠΈ
Π—Π΄Ρ€Π°Π²ΠΎΠΎΡ…Ρ€Π°Π½Π΅Π½ΠΈΠ΅ ΠΈ ΠΌΠ΅Π΄ΠΈΡ†ΠΈΠ½Π°
ΠšΡ€Π°Ρ‚ΠΊΠΎΠ΅ описаниС
September 10, 07:42
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
1
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

Yana yoshlarga murojaatim:
Siz ba’zi kattalar qilayotgan xatolarni qilmanglar. Farzandingizni albatta emlating. Shifokor qaysi vaksinani yozib bersa, o’shani oxirigacha olishini qat’iy nazorat qiling.
Eshitsa odamning kulgisi keladigan afsonalarni gapirib yuradigan kattalarning gapiga ishonmanglar. Vaksinaga Bill Geyt chip o’rnatgan emish, vaksina bepusht qilarmish, vaksina odamlarni qirish uchun o’ylab topilgan va hk.
Tarix kitoblarida o’qigansiz-a, ilk vaksinani ingliz shifokori Eduard Jenner chechakka qarshi
o’ylab topgan
. U sigir sog’uvchi ayollarning chechakdan tuzalganini ko’rib, vaksina yaratgan. Lekin o’sha davrdagi omi insonlar
β€œbizni sigirga aylantirmoqchi”
degan afsonalar bilan vaksinaga qarshi bo’lishgan.
Lekin bu voqea 18-asrda bo’lgan. U davrda odamlar ongi va dunyoqarashi keng bo’lmagan. Bugun 21-asr. Internet emas, sun’iy intellekt asri. Shunaqa davrda ham 18-asrdagi omi insonlar darajasida yurmanglar, iltimos.
Kattalarning qaysarligi, omi va savodsizligi jabrini farzandlar ko’radi. Unaqa ota-ona bo’lmanglar, iltimos.
πŸ”˜
@xushnudbekuz

September 09, 11:25
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
1
1
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

Chaqaloqlar reflekslari
πŸ‘Ά
Xartum refleksi.
Barmoqlar bilan chaqaloqning lablariga tegish natijasida uning lablari cho’chchayib, oldinga cho’ziladi.
πŸ‘Ά
Robinson refleksi.
Kaftiga barmoq yoki qalam tegishiga javoban bola ularni shunday kuch bilan ushlab oladiki, xatto ko’tarsa ham qo’yib yubormaydi. 4- oyga borib, bu refleks yo’qolib ketadi(yuqoridagi suratda ko'rsatilgan).
πŸ‘Ά
Moro refleksi.
Bola yotgan stol yoki krovat turtilsa, bola avval qo’llarini yoyadi, so’ng ularni bukadi. Bu refleks qo’ldagi bolani tez pastga tushirganda ham qayd etiladi. U statokinetik reflekslar turkumiga kirib, bola 4 oylik bo’lgunicha kuzatiladi.
πŸ‘Ά
Bauer refleksi.
Bola qornida yotgan holatda kaft bilan uning oyoqlari kaftiga yengilgina bosiladi. Shunda bola kaftdan itarilib, emaklashga o’xshash harakat qiladi. Bu refleks ham bola 4 oylik bo’lganidan keyin yo’qoladi.
©️
Doctor Muxtorov
πŸ›
@Medspecial_uz
πŸ«€

September 09, 11:23
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
1
1
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

7 yoshgacha boβ€˜lgan bolalarda koβ€˜rish oβ€˜tkirligini aniqlashga yordam beruvchi
Orlova jadvali.
Hali maktabga bormagan bolalar harflarni tanimagani uchun mana shunday shakllardan foydalaniladi.
πŸ›
@Medspecial_uz
πŸ«€

September 09, 11:20
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
1
1
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

✍️
πŸ” 
πŸ” 
πŸ” 
πŸ” 
πŸ“
🀩
Operativ uslub
- bu jarohatlangan a'zoda o'tkaziladigan operatsiyaning asosiy qismiga aytiladi.
βœ…
Amputatsiya
-Qo'l-oyoq yoki a'zoning periferik qismini kesib olib tashlash.
βœ…
Rezeksiya
-a'zoni periferik qismidan kesib olib tashlash.
βœ…
Tomiya
-a'zoni kesish, uning bo'shlig'ini ochish.
βœ…
Rafiya
-chok qo'yish.
βœ…
Ektomiya
-a'zoni olib tashlash.
βœ…
Stomiya
- sun'iy tarzda a'zo bo'shlig'ini tashqi muhit bilan bog'lash.
βœ…
Trepanatsiya
-bosh suyagini qopqog'ini ochib kirish.
βœ…
Plastika
- biologik yoki sun'iy materiallar qo'llangan holda a'zo va to'qimalardagi nuqsonlarni bartaraf etish.
πŸ›
@Medspecial_uz
πŸ«€

September 09, 11:18
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
4
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

Oβ€˜TKIR PANKREATIT β€” Oshqozon osti bezi oβ€˜zini hazm qila boshlaganda
Oβ€˜tkir pankreatit oshqozon osti bezida hazm qiluvchi fermentlarning erta faollashuvi bilan boshlanadi.
30 soniyada patofiziologiya:
1️⃣
Trigger (qoβ€˜zgβ€˜atuvchi) – tosh bilan yoβ€˜lning toβ€˜silib qolishi yoki boshqa shikastlanish
2️⃣
Tripsinogen β†’ Tripsin faollashuvi aynan oshqozon osti bezi ichida sodir boβ€˜ladi
3️⃣
Boshqa hazm fermentlarining faollashuvi
4️⃣
Oshqozon osti bezining oβ€˜zini hazm qilishi (autodigestiya)
5️⃣
Atsinar hujayralarning shikastlanishi + yalligβ€˜lanish + shish (ΓΆdem)
6️⃣
Lipaza β†’ yogβ€˜ nekrozi
Elastaza β†’ qon tomir devorlarining yemirilishi
7️⃣
Gemorragiya β†’ retroperitoneal (qorin orti) boβ€˜shliqqa qon oqishi
Ogβ€˜ir gemorragik pankreatitda Kullen belgisi va Grey-Terner belgisi paydo boβ€˜lishi mumkin.
Eslatma: Kullen va Grey-Terner belgilari kam uchraydigan, kechki belgilar boβ€˜lib, ular jiddiy qorin ichi/retroperitoneal qon ketishda kuzatiladi; oβ€˜tkir pankreatitning aksariyat holatlarida bu belgilar boβ€˜lmaydi.
πŸ›
@Medspecial_uz
πŸ«€

September 09, 11:15
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
1
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

Bolalarda pakanalik sabablari va uning oldini olish
​Bolaning oΚ»sishi va rivojlanishi irsiy omillar, gormonal muvozanat va tashqi muhitga bogΚ»liq. Kattalardagi boΚ»y uzunligi
130 sm (oΚ»gΚ»il bolalar)
va
120 sm (qiz bolalar)
dan past boΚ»lishi pakanalik (nanizm) deb baholanadi.
πŸ“
Bolaning boΚ»yini taxminiy hisoblash formulasi:
(Ota boΚ»yi + Ona boΚ»yi) / 2
​OΚ»gΚ»il bola uchun: natijaga
+5 sm
qoΚ»shiladi.
​Qiz bola uchun: natijadan
-5 sm
ayiriladi.
​
⚠️
Pakanalikning asosiy sabablari:
β–ͺ️
​
Endokrin kasalliklar:
OΚ»sish gormoni (somatotrop) yetishmasligi (gipofizar pakanalik), qandli diabet, qalqonsimon bez faoliyati pasayishi.
β–ͺ️
​
Oziqlanish va vitaminlar:
Oqsil, mineral va vitaminlar yetishmasligi.
β–ͺ️
​
Genetik sindromlar:
Daun va Shershevskiy-Terner sindromlari.
β–ͺ️
​
Surunkali xastaliklar:
Yurak illatlari, buyrak, asab va nafas a'zolarining ogΚ»ir xastaliklari.
β–ͺ️
​
Homila davri patologiyalari:
Ona qornidagi infeksiyalar (qizilcha, sitomegaliya), kislorod yetishmasligi va ruhiy omillar.
​
🧐
Gipofizar pakanalik qanday namoyon boΚ»ladi?
Bola tugΚ»ilganda vazni va boΚ»yi normada boΚ»ladi, ammo
2–3 yoshdan boshlab
orqada qolish seziladi.
​Tana aΚΌzolari mutanosib ravishda kichik boΚ»ladi, muskullar zaif rivojlanadi.
​Tish chiqishi va almashinuvi kechikadi.
​
"Suyak yoshi"
tugΚ»ilgan yildan ancha ortda qoladi.
​
πŸ’‘
Muhim:
Zamonaviy tibbiyotda pakanalikni davolash imkoni bor! Eng muhimi β€” oΚ»sish zona suyaklari berkilib qolmasdan (oΚ»sish davri oΚ»tib ketmasdan) barvaqt bolalar endokrinologiga murojaat qilish zarur. Ba'zan balogΚ»atga yetish kechikishi sababli oΚ»sish 15–16 yoshdan keyin ham tengdoshlariga yetib olishi mumkin.
πŸ›
@Medspecial_uz
πŸ«€

September 09, 11:13
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
4
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

Koβ€˜z yosh apparati: Sekretsiyadan burun boβ€˜shligβ€˜igacha
πŸ‘¨β€βš•οΈ
Koβ€˜z yoshlari shunchaki ishlab chiqarilmaydi β€” ular aniq va tartibli fiziologik yoβ€˜l orqali harakatlanadi.
πŸ“ˆ
Jarayon
koβ€˜z yoshi bezida (glandula lacrimalis)
boshlanadi. Bu yerda koβ€˜z yoshi suyuqligi ishlab chiqariladi va
koβ€˜z yoshi chiqaruv yoβ€˜llari
orqali koβ€˜z yuzasiga yetkaziladi.
Koβ€˜zni pirpiratish natijasida koβ€˜z yoshi pardasi
koβ€˜zning ichki burchagi (medial kantus)
tomon harakatlanadi,
koβ€˜z yoshi koβ€˜li (lacrimal lake)
da toβ€˜planadi va
koβ€˜z yoshi nuqtachalari (lacrimal puncta)
orqali oqib oβ€˜tadi.
Shundan soβ€˜ng koβ€˜z yoshlari quyidagi yoβ€˜l boβ€˜ylab harakatlanadi:
Koβ€˜z yoshi nuqtachalari β†’ yuqori va pastki koβ€˜z yoshi kanalchalari β†’ koβ€˜z yoshi xaltachasi β†’ nazolakrimal kanal β†’ burun boβ€˜shligβ€˜i.
πŸ›
@Medspecial_uz
πŸ«€

September 09, 11:10
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
1
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

Kriptorxizm
(yunoncha β€” "yashirin moyak") β€” oβ€˜gβ€˜il bolalarda moyakning yorgβ€˜oqqa tushmay, qorin boβ€˜shligβ€˜i yoki chov kanalida qolib ketishi.
​
Bitta moyak tushmagan boβ€˜lsa β€”
monorxizm
, ikkalasi ham tushmagan boβ€˜lsa β€”
anorxizm
deyiladi.
​
Kelib chiqish sabablari:
β–ͺ️
​Homiladagi gormonal yetishmovchilik;
β–ͺ️
​Xromosoma patologiyalari;
β–ͺ️
​Chov kanali rivojlanishidagi nuqsonlar.
​Sogβ€˜lom tugβ€˜ilgan oβ€˜gβ€˜il bolada moyaklar homiladorlikning 9-oyida yorgβ€˜oqqa tushgan boβ€˜lishi kerak.
​
πŸ”
Turlari va xavf darajasi:
β–ͺ️
​
Soxta kriptorxizm:
Moyak vaqti-vaqti bilan yorgβ€˜oqqa tushib turadi (operatsiyasiz davolasa boβ€˜ladi).
β–ͺ️
​
Chin kriptorxizm:
Moyak umuman yorgβ€˜oqqa tushmaydi, oβ€˜z vaqtida aralashuv talab etadi.
​
⚠️
Xavfli tomoni:
Kriptorxizmda bola hech qanday ogβ€˜riq sezmaydi, shuning uchun ota-ona hushyor boβ€˜lishi va doimiy tekshirib turishi lozim.
​
πŸ‘¨β€βš•οΈ
Qachon shifokorga murojaat qilish kerak?
​
6 oygacha:
Agar moyaklar yorgβ€˜oqqa tushmasa, darhol bolalar xirurgi yoki urologiga murojaat qilish zarur.
​
2–3 yoshgacha:
Koβ€˜pincha konservativ (dori-darmon) usulda davolanadi.
​
Kattaroq yoshda:
Jarrohlik amaliyoti (operatsiya) oβ€˜tkaziladi.
❗️
​
Muolaja qanchalik kechiktirilsa, kelajakda bepushtlik va boshqa noxush asoratlar xavfi shunchalik ortadi! Tashxisni aniqlash uchun UTT va bolalar xirurgi koβ€˜rigi yetarli.
πŸ›
@Medspecial_uz
πŸ«€

September 09, 11:07
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
3
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

INSULIN: HUJAYRANI β€œOCHADIGAN” MOLEKULYAR KALIT
🧐
Insulin oshqozon osti bezidan ajralib chiqqandan keyin organizmda nima sodir boβ€˜lishini hech oβ€˜ylab koβ€˜rganmisiz?
➑️
Oshqozon osti bezi β†’ Qon oqimi β†’ Insulin retseptori β†’ IRS/PI3K/Akt β†’ GLUT4 β†’ Glyukozaning hujayraga kirishi
➑️
Insulin mushak va yogβ€˜ hujayralaridagi retseptorlariga bogβ€˜lanadi. Natijada hujayra ichida signal uzatish kaskadi faollashadi va
GLUT4 tashuvchilari hujayra membranasiga chiqariladi
. Shu orqali glyukoza qon oqimidan hujayra ichiga kiradi.
βœ…
Bitta gormon.
βœ…
Bitta signal yoβ€˜li.
βœ…
Glyukoza almashinuviga kuchli ta’sir.
Bu β€”
insulinning hujayra darajasidagi ta’siri
.
πŸ›
@Medspecial_uz
πŸ«€

September 08, 10:25
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
4
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

Vaksinalarsiz daxshatli o'tmish
🀩
πŸ›
@Medspecial_uz
πŸ«€