Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Mirzo Qodirov | Blog

mirzokodirov

CMO
➡️
@imanumapp
Boshqa joylarda siz kam uchratadigan chuqur tahlillar, fikrlar va xulosalar
Marketing, biznes, qadriyatlar va shaxsiyat

Subscribers
1 050
Post views
951
ER
90,59%
Posts
338
September 29, 13:05

Assalomu alaykum!
Web design qila oladigan va Tildada ishlay oladigan odam kerak
🙂
@mirzo_imanum

September 19, 05:32

Tajribali, bomba videolar qila oladigan mobilograflar bormi?
👀
Rus tilini biladigan insonlar kerak)
Shu formada ma’lumot qoldiringlar
👇
https://forms.gle/r2XDM3gXVR33h7EE7

September 18, 17:18

Hayot kompasi yohud nima uchun shijoatsizmiz
Hozir zamon shundayki, qayerga qaramaylik “muvaffaqiyatli muvaffaqiyat” haqidagi gaplar. Instagram’dagi hikoyalar go‘yoki boshqalar sizdan ko‘ra baxtliroq hayot kechirayotganini so‘zlaydi.
Kimdir yaxshiroq loyihada ishlaydi, kimningdir atrofida qiziqarliroq odamlar, kimdir yangi texnika, yana kimdir yangi ulov xarid qiladi. Siz esa zerikarli ishda bir o‘zingiz, hech narsaga erisha olmagan notovondek o‘tiribsiz. Doimiy xavotir va vasvasa ta’sirida daraxtning hali u shoxiga, hali bu shoxirga sakrashni boshlaysiz.
Sabotni, ya’ni o‘zingizga ishongan holda bir yerda muqim o‘rnashib olish imkoniyatini qo‘ldan boy berasiz. Natijada hech narsaga qo‘lingiz bormaydigan bo‘lib qoladi va bu holatni motivatsiya yo‘qligiga yo‘yib qo‘ya qolasiz. Mana shu holat xotiringiz jam emasligini ifodalaydi. Barchamizda bunday holat bor.
Ana shu holatning sababi va yechimlari haqidagi
kuzatuvlarimni yozdim.
Manfaati tegsa, albatta, xursand bo‘laman.

September 04, 16:54

Qadriyatlarga asoslangan marketing qanday bo‘ladi?
📈
Bugungi kunda bizneslarga nafaqat sotuv, balki qadriyatlarni insonlarga yetkazish muhim. Qadriyatli marketing — bu mahsulotni emas, insonlar qadrlaydigan g‘oyalarni ulashishdir.
🔥
Najot Ta’limda bu safar qadriyatli marketing nima, uni qanday qilib real loyihalarda qo‘llash mumkinligini bilib olamiz.

August 25, 06:00

Mirzo Qodirov | Blog
pinned «
Assalomu alaykum! Production tashkillashtira oladigan prodyuserlar bormi oramizda (lokatsiya, aktyor, rekvizitlarni topish va syomka jarayonini tashkillashtirish) Aloqaga chiqib yuboringlar) @mirzo_imanum
»

August 25, 06:00

Assalomu alaykum!
Production tashkillashtira oladigan prodyuserlar bormi oramizda (lokatsiya, aktyor, rekvizitlarni topish va syomka jarayonini tashkillashtirish)
Aloqaga chiqib yuboringlar)
@mirzo_imanum

August 05, 06:40

Ba’zida biror bir ishni qila olmasligimizga sabab dangasalik, motivatsiya yoki intizom yetishmasligi deb o‘ylaymiz.
Aslida sabab mohiyatning yo‘qligi yoki ichki va tashqi kutuvlarning zid kelishida bo‘lishi mumkin.
Tushuntiraman, inson miyasi tabiatan quvvat tejashga moyil, shu sabab qaysidir ishni qilishda mohiyat ochib berilmasa unga quvvat sarflamaydi. Ya’ni “Quvvat sarflashdan nima naf?” degan savolga javob berish kerak.
Oddiy misol — sport. Hozir hamma shunday qilayotgani uchun zalga chiqmoqchi bo‘lsangiz, katta ehtimol bilan, hech qachon qattiq intizom qura olmaysiz. Ammo sport bilan shug‘ullanish natijasida nimaga erishishingizni his qilgan holda harakat qilsangiz ancha osonroq kechadi. Boshlash ham, bardavom bo‘lish ham.
Ichki va tashqi kutuvlarning zid kelishi. Masalan, siz zohiran har kuni zalga chiqishni xohlaysiz, ammo ichingizda o‘zingizni sport ichida hayot kechirayotgan odam sifatida ko‘rmaysiz, unday odam bo‘lish sizga aslida kerak emas. Yoki kuchli mutaxassis bo‘lishni istaysiz, ammo deyarli hech narsa o‘rganmaysiz, sababi hozirgi holatingizdan qoniqasiz. Rivojlanishga sabab yo‘q.Bu dilemmani ichida ham miya osonrog‘ini tanlaydi.
Jeyms Klir ta’biri bilan aytganda agar o‘zingizni buni uddalayotgan odam sifatida qabul qila boshlasangiz, natijaga erishishingiz osonroq bo‘ladi.
“Amallar niyatlarga bog‘liq…” deb boshlanuvchi hadisni o‘qiganimda “Amal to‘g‘ri bo‘lishi uchun niyat to‘g‘ri bo‘lishi kerak” degan ma’noni tushunar edim. Aslini olsak amal bo‘lishi uchun ham niyat bo‘lishi kerak ekan.

July 31, 17:24

O‘tgan kuni bir ilhom kelib maqola yozgan edim.
Bu safar kontent, saviya, diqqat va shular bilan bog‘liq muammolar haqida yozdim…
Marhamat
👇
https://medium.com/@qodirovd2000/axborot-shovqini-c392d55d7edb
Xulosa yoki fikrlar bo‘lsa, bemalol
👇

July 21, 05:58

Performance marketologlar bormi?
👀
Talablar:
- kamida 1 yillik tajriba
- Google Ads, Meta Ads, Telegram Ads’da ishlay olish
- rus/o‘zbek tillarida gaplasha olish
- bitta loyiha bilan shtatda ishlay olish (narxini kelishamiz)
Agar hamma talablarga mos kelsangiz rezyume kutib qolaman
@mirzo_imanum

July 15, 02:05

Yaqinda xuddi shu mantiq bilan IMAN’da bir masalani tahlil qildik. Olingan insayt
🤯
Agar qiziq bo‘lsa, tafsilotlar bilan bo‘lishaman, nima deysizlar?
👀