Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Mirzo Qodirov | Blog

mirzokodirov
CMO ➡️ @imanumapp Data-driven va qadriyat asosidagi marketing. Absolyut haqiqatlar emas, balki shaxsiy fikr, kuzatuv va xulosalarim.
Подписчики
1 040
24 часа
2
30 дней
4
Просмотры
1 792
ER
172,31%
Посты (30д)
3
Символов в посте
680
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Блог о бизнесе и экономике
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Маркетинг и продажи
Краткое описание
October 24, 07:23
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Bir vaqtni o‘zida ikkita konkurent bilan ishlaydigan marketolog do‘sting
😂

October 21, 15:44
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

October 17, 13:30

Assalomu alaykum, yaxshilar!
Kanalda jiddiy post yozganimga ham 7 oy bo‘libdi. Undan keyin kanalda faqat vakansiyalar chiqdi)
Albatta bahonalarim ko‘p: ish, jamoa yig‘ish, yangi loyihalar… Oilali bo‘lgandan keyin nimagadir vaqt ajratish ham qiyin bo‘lib qolar ekan))
Yuqoridagi postdan keyin eng ko‘p eshitgan savolim «IMAN’dan ketyapsizmi?» bo‘ldi
😂
Yo‘q, hali shu yerdaman. Faqat yo‘nalishimni Business Growth – ya’ni analitika, marketing, sotuv va produktni birlashtirgan holda biznesni o‘stirishga o‘zgartirdim.
Bugun vakansiyalarni yopish jarayonida hosil qilganim kuzatuv bilan bo‘lishmoqchiman.
Avval yaxshi tomoni: bozor kengayyapti, mutaxassislar yildan yilga ko‘payyapti, ulardagi ko‘nikmalar ro‘yxati ham uzayyapti: SMM, target, SEO, kontent, analitika, AI va h.k.
Suhbatga kelganda esa manzara ancha o‘zgaradi. Rezyumedagi «Head of Marketing» ko‘pincha haqiqatda «head» darajasiga mos kelmaydi. «Strategiya» deganda kontent-reja, «analitika» deganda reklama kabinetidagi raqamlar tushuniladi.
Muammo bilim kamligida emas. Muammo bilimning chegarasini ko‘rmaslikda.
Ko‘pchilik marketingni faqat o‘zi tajribada ko‘rgan qismdan iborat deb o‘ylaydi. Ishi reklama sozlash bo‘lsa, marketing reklamaga aylanadi. Kontent qilsa, kontentga. Aslida bu katta binoning ustunlari xolos. Unda unit-ekonomika, mahsulot, narx siyosati, mijoz psixologiyasi, jamoa boshqaruvi, biznes moliyasi ham bor. Potolok odatda biz o‘ylagandan ancha balandda.
Shu sabab eng ko‘p xalaqit beradigan narsa ortiqcha ishonch bo‘lib chiqyapti. Rezyumega istalgan narsani yozish mumkin, lekin suhbatda 2-3 ta savoldan keyin hammasi baribir oydinlashadi. «Bilmayman, lekin o‘rganaman» degan nomzod «hammasini bilaman» deganidan ancha kuchli ko‘rinadi.
Xulosa: har doim o‘zingizni katta sohaning boshida turgan odam deb bilsangiz, o‘sish tezroq bo‘ladi. Ishonchni ko‘nikmalar ro‘yxati va loyihalar sonidan emas, natijalar va masshtabdan oling.

August 18, 13:41

Assalomu alaykum hammaga!
IMAN jamoasiga Head of Marketing kerak
Management bo’yicha kuchli (jamoani boshqara oladigan) inson kerak
Asosiy talablar:
- kamida 3 yillik menejer rolidagi tajriba
- kontent yo’nalishida ekspertiza
- matematikani yaxshi tushunish
- mustaqil ravishda qaror qabul qilib masalalarni hal qila olish.
@mirzo_imanum
da rezyumelarni kutaman
P.S. IMAN’dan ketganim yo’q hali))

April 21, 09:26

Assalomu alaykum!
Jamoamizga kontent lead kerak bo‘lyapti. Raqamli produktlar (jismonan mavjud bo‘lmagan: fintech, xizmat ko‘rsatish, edtech va h.k.) bilan kamida 3-5 yil ishlagan senior mutaxassis kerak.
Asosiy ish to‘xtovsiz kontent yarata oladigan tizim qurishdan iborat bo‘ladi.
Birga ishlash istagi bor bo‘lsa, iltimos, murojaat qilinglar
@aszacyt

March 03, 19:34
Файлы недоступны
10
Открыть в Telegram

Ramazon faqatgina cheklovlardan iborat emas. Bu oy aslida intizom oyi.
Bu yil IMAN’da Ramazon oyi uchun kampaniya tayyorlayotganda qiziq bir chellenj bilan yuzlashdik. Shunday g‘oya kerak ediki:
• u oddiy bir mavsumiy kampaniya bo‘lmasin.
- unda odamlar e’tiqodidan marketing vositasi sifatida foydalanilmasin.
• undagi kommunikatsiya «aqillilik qilish»ga o‘xshab qolmasin.
Ko‘pchilik Ramazon oyini oddiy cheklovlar sifatida ko‘radi: ovqat yemaslik, suv ichmaslik va h.k. Lekin chuqurroq qaraganimizda, Ramazon nafsni jilovini qo‘lga oladigan, o‘zni sarhisob qilib yo‘nalishni to‘g‘rilab oladigan oy. Bunda albattaki o‘zimiz uchun noqulay, lekin ayni vaqtda foydali savollarni beramiz
- Men kimman?
- Qayoqqa ketyapman?
- Nimani yaxshilashim mumkin?
Aynan shu yerda salbiy odatlar - ko‘pincha sezilmaydigan, ammo fe’l-atvorimizni shakllantiradigan kundalik xatti-harakatlar e’tiborimizni tortdi.
• g‘iybat
• hasad
• odamlarni xafa qilish
• yolg‘on so‘zlash va h.k.
O‘zimizga savol berdik:
Marketing yordamida ana shu ko‘pchiligimiz e’tiborga olmay yengil qaraydigan salbiy odatlar haqida eslatma qilib ularda o‘zlari uchun foydaliroq narsaga rag‘bat uyg‘ota olamizmi? Shu tariq asosiy g‘oya paydo bo‘ldi:
G‘iybat qilmang - investitsiya qiling.
Hasad qilmang - investitsiya qiling.
Isrof qilmang - investitsiya qiling.
Bu holatda investitsiya faqat pul emas. Bu tizimli kundalik moliyaviy odatni shakllantirish.
Aksariyat reklamalar "sotib ol" deb hayqirayotgan bir paytda sokinroq bo‘lishga qaror qildik. Agar banner sotishga urunmay, kuzatuvchi bilan suhbat qurishga harakat qilsa, uning e’tiborini tortish osonroq bo‘ladi.
- Birinchi e’tibor.
- Keyin kommunikatsiya/messej.
- Oxirida yechim yoki taklif.
Ammo kommunikatsiyani o‘zi yetarli emas. G‘oya haqiqatan ishlashi uchun ilovada ham ba’zi o‘zgarishlar qildik.
• har kuni sarmoya kiritishni avtomatlashtirish uchun avto-invest funksiyasini ishlab chiqdik;
• kunlik minimum investitsiyani 50 ming so‘mga tushirdik.
Shu tariqa kichik kundalik odat paydo bo‘ladi, insonda kapital shakllanib foyda olib kelishni boshlaydi.
Ba’zida baland ovozda gapirishning hojati yo‘q. Haqiqatan ham muhim narsalar haqida gapirsak shuni o‘zi yetadi.
Ha, bu ham marketing. Faqatgina tranzaksion metrikalar emas, balki mijozlar fikrlash tarzini shakllantiradigan, ularni uzoq muddatli munosabatga tayyorlaydigan marketing

March 02, 07:29
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

Mana buni kreativ desa bo‘ladi
🥹
Manimcha ortiqcha izoh shart emas…

February 18, 02:45

Marketing faoliyatini yuritishda qadriyat juda katta ahamiyatga egaligini tushunib yetibmanki, bu g‘oyani yanada ko‘proq mutaxassislarga yetkazish istagi hech tark etmaydi. 14-fevral kuni ham Tashkent Marketing Forum 2026’da «Islom moliyasi va marketing:…

February 10, 18:43
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Marketing faoliyatini yuritishda qadriyat juda katta ahamiyatga egaligini tushunib yetibmanki, bu g‘oyani yanada ko‘proq mutaxassislarga yetkazish istagi hech tark etmaydi.
14-fevral kuni ham Tashkent Marketing Forum 2026’da «Islom moliyasi va marketing: qadriyatlar asosidagi marketing qanday bo‘ladi?» mavzusida chiqish qilamiz
Mavzuga qiziquvchilar bo‘lsa, albatta, forumda kutaman! Barchamizga manfaatli qilsin.
Manzil: AZIMUT Grand Hotel Tashkent
Batafsil:
https://tmf26.marketing.uz/uz

February 07, 14:37

Oxirgi 3 oy ichida 100 ga yaqin rezyume bilan tanishdim, 30 ga yaqin inson bilan interview o‘tkazdim.
Bu jarayonda ma’lum bir xulosalar paydo bo‘ldi va bugungi mavzuni muhokamasiga undadi.
Barchaga manfaatli qilsin