Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

misterberd - Koreya yangiliklari

misterberd

Bu kanalda siz Koreya yangiliklari, vizalar, grant/stipendiyalar va Koreyaga oid muallifning shaxsiy fikrlaridan boxabar bo'lasiz!
Instagram:
instagram.com/misterberd
Admin:
https://t.me/botadminmisterberd_bot

Subscribers
1 240
Post views
3 040
ER
241,27%
Posts
168
October 22, 12:27
Media unavailable
6
Show in Telegram

• Startap nomi:
Korea Auto
• Qisqacha ma’lumot:
🇰🇷
Koreyada yashaydiganlar uchun soddalashtirilgan (chet elliklarga moslashtirilgan) mashina oldi-sottisi uchun platforma!
🚗
Bepul mashina e’lonini joylashtiring — post uchun pul to‘lamaysiz!
💬
Chat funksiyasi – xaridor va sotuvchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qila olish imkoniyati
⚡️
Qo‘ng‘iroq orqali tez aloqa – xaridor va sotuvchi bevosita gaplasha olish imkoniyati
🌏
6ta tilda ishlaydi: o‘zbek, koreys, ingliz, rus, vetnam va xitoy tillari
1000+ foydalanuvchi allaqachon biz bilan!
Siz ham ilovani yuklab oling va do‘stlaringizga taklif qiling — bu biz hammamizning loyihamiz!
💪
📲
iPhone:
App Store
📲
Android:
Google Play
📝
Muallif: Bekzod Abdulkhaev
📲
Profil:
@koreyadagi_dev

June 06, 04:38
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

Qurbon Hayiti muborak bo’lsin!

Barchangizni yaqinlashib kelgan
Qurbon Hayiti
bayrami bilan
muborakbod etaman. Sog'lik va salomatlik sizni hech qachon tark etmasin!
👉
@misterberd
👈

February 28, 09:26
Media unavailable
1
Show in Telegram

Seulda 0-5 yoshdagi chet ellik bolalarga bog'cha to'lovi 50% qoplanadi
Shu yildan boshlab Seuldagi bog'chaga qatnayotgan ota-onasi chet ellik bo'lgan 0-2 yoshdagi bolalarga ham bog'cha pulining yarmi
davlat tomonidan
qoplanadigan bo'ldi. Bu haqida 16-fevral kuni Seul shahri hokimiyati ma'lum qildi. Eslatib o'tamiz, bungacha faqat
3-5 yoshdagi bolalarga
Seulda 50% lik bog'cha puli qoplab berilmoqda edi.
Maqolada
aytilishicha, ushbu 50%lik chegirmaga ega bo'lish uchun Seul shahrida yashash talab qilinmaydi, lekin farzand
albatta Seulda joylashgan
bog'chaga qatnayotgan bo'lishi kerak. O'tgan yildan 2025-yil fevral oyigacha, 0-2 yoshdagi bolalarning bog'cha puli 2 yoshlilar uchun 390ming won, 2 yoshgacha bolalar uchun esa 540ming bo'lmoqda. Shundan kelib, 540ming won uchun maksimum
270ming qoplab beriladi
(mart oyidan yangi o'quv yili munosabati bilan bu summada o'zgarishlar bo'ladi).
Shuningdek, homilador ayollar uchun transport xarajatlarining qoplab berilishi bo'yicha ariza topshirish tizimi ham soddalashtirilmoqda. Endilikda oldingidek, 6 oy Seulda yashash talabi bekor qilinib, shunchaki
homiladorlik qog'ozi va ID karta
taqdim qilinsa, homilador ayollar metro va avtobusda bepul yura olishadi.
👉
@misterberd
👈

February 28, 02:34
Media unavailable
1
Show in Telegram

"
URconnection jamoasi
"
dan Koreyadagilar uchun kerakli ilova - Halal Compass
💥
👉
Koreyada istiqomat qilayotgan hamyurtlarimiz uchun ajoyib yangilikni ulashishdan xursandmiz. Nihoyat,
Halal Compass
deb nomlangan ilovamiz Android va iOS uchun ishlab chiqildi va hoziroq Play Market va App Storedan yuklab, ishlatib, sinab ko'rishingiz mumkin.
Koreyada halollikka rioya qilib hayot kechirishingizda ushbu ilovaning oz bo'lsa-da yordami tegsa xursand bo'lamiz!
♻️
"Halal Compass"ning o'ziga xos xususiyatlari quyidagilar:
🔸
Koreyadagi masjidlar ro'yxati
🕌
va aniq manzillarini ko'rish
🔸
Yashash joyingiz bo'yicha namozlar vaqtini ko'rish
🔸
Koreyada faoliyat ko'rsatayotgan halol do'kon va kafelar haqida ma'lumot olish
🔸
Kafe/Do'kon egalari uchun "Profil" bo'limi orqali o'z do'kon va kafelarini
qo'sha olish
imkoniyati
🔸
"Yangiliklar" va "Kitoblar" bo'limining mavjudligi
🔸
"Taqvim" bo'limi orqali Koreyadagi shahringiz bo'yicha Ramazon Taqvimini
pdf formatda
yuklab olish va boshqalar
Ilovani quyidagi tartibda yuklab olishingiz mumkin va albatta, o'z fikrlaringizni yozib qoldirishni unutmang
👇
Android Link
iOS Link

February 16, 11:14
Media unavailable
3
Show in Telegram

📢
"QAMAR CARGO" Sizning xizmatingizda!
🚛
Hurmatli mijozlar: Navbatdagi 25 Fevraldagi konteyner uchun
Quydagi hududlar bo'yicha yuk yig'ishni davom ettiryapti!!! Shoshiling, yuklaringizni ishonchli qo'llarga topshirin
📍
Seoul
📍
Suwon
📍
Hwaseon
📍
Pyeongtaek
📍
Cheonan
📍
Gimcheon
📍
Haman
📍
Changwon
📍
Gimhae
Yuklaringizni to'plash va yetkazib berish bo'yicha batafsil ma'lumot uchun biz bilan bog'laning:
📞
01081289229
📩
Telegram/Instagram:
@qamarcargoxizmati
/
@qamarcargo
Sizning ishonchingiz - bizning mas'uliyatimiz!!!
QAMAR CARGO - Tez va Ishonchli xizmat!
☝️

January 23, 08:26
Media unavailable
1
Show in Telegram

14 yoshgacha bo'lgan nolegal statusdagi bolalar endi hibsxonada saqlanmasligi mumkin
Koreyada ota-onasi tufayli nolegal statusga o'tib qolgan farzandlar va ular uchun yagona qarovchi hisoblanmish nolegal ota-onalar Immigratsiya tomonidan qo'lga olingan taqdirda
ularni qamoqxonada ushlab turmaslik bo'yicha
ish ko'rib chiqilmoqda.
👉
Bu 2024-yil 12-aprelda 2yoshlik bolasi bilan hibsxonada saqlab turilgan nolegal statusdagi
Mongoliyalik fuqaroning
ish bo'yicha ko'tarilgan petitsiya doirasida ko'rib chiqilmoqda.
Aytish kerakki, ota va yosh farzand 20-aprelgacha hibsxonada saqlab turilib, so'ngra vataniga deport qilingan.
Shunigdek, Koreya Adliya Vazirligining xabar berishicha, birgina 2019-2023-yillar oralig'ida Immigratsiya hibsxonalarida
jami 182ta
18yoshdan kichik voyaga yetmaganlar saqlangan bo'lib, ulardan biri eng uzoq - 196kungacha hibsda
saqlangan.
👉
@misterberd
👈

December 29, 03:57
Media unavailable
1
Show in Telegram

Muan Xalqaro Aeroportidadagi aviahalokatda 179 kishi halok bo'ldi
Bugun 29-dekabr kuni Shimoliy Jeolla viloyatiga tegishli Muan Xalqaro aeroportidagi aviahalokat natijasida
kamida 179 kishi
halok bo'lgani xabar qilinmoqda. O't o'chirish xizmati xodimlarining
ma'lum qilishicha
, samolyotda 173ta koreys, 2ta Tailand fuqarolari va 6ta ekipaj a'zolari bo'lishgan. Ushbu Jeju Airga tegishli samolyot Tailanddan soat kechki 1:30da uchgan va tonggi 8:30ga Muan Aeroportiga qo'nishi kerak bo'lgan.
Muan Aeroportiga yetib kelgan samolyot birinchi urunishda
qo'nishni amalga oshira olmagan
, so'ngga ikkinchi qo'nish jarayonida qo'nish yo'lagidan chiqib ketgan va chetdagi devor to'siqqa urilgan va soat 9:03da yong'in kelib chiqqan.
Samolyot halokatiga qo'nish moslamalaridagi
nosozlik
yoki
qushlar bilan to'qnashuv
sabab bo'lganligi tahmin qilinmoqda.
14:38 — 96 kishi halok bo'lgan, qolgan 83 kishi ham o'lgani tahmin qilinmoqda, 2kishi qutqarilgan.
16:15 — 125 kishi halok bo'lgani tasdiqlandi, qolganlar ham halok bo'lgani tahmin qilinmoqda, 2 kishi qutqarilgan
17:11 — 167 kishi halok bo'lgani tasdiqlandi, 2 kishi qutqarilgan, qolganlarning shaxsi tasdiqlanib o'rganilmoqda.
21:57 — 179 kishi halok bo'lgani, 2 kishi tirik qolgani to'liq tasdiqlandi.
👉
@misterberd
👈

December 22, 03:22
Media unavailable
1
Show in Telegram

Oylik vaqtida berilmayabdimi yoxud oylik kechiktirilishini oldini olish - Koreyadagi chet elliklar uchun tavsiya
🔰
Koreyadagi xorijiy ishchilar uchun ish qidirish platformasi hisoblangan
Kowork
yaqinda o'zining saytida ajoyib bir maqolani chop etdi. Unga ko'ra hozirda butun Koreyada har yili taxminan
120mlrd wonga
yaqin summa oylik sifatida kechiktirib to'lanmoqda va
har 10ta chet ellikdan 9tasi
oyligini kech olmoqda.
✍️
Maqolada
oyliklar kechikishini oldini olish yoki kech berilganda qanday yo'l tutilishi
haqida qisqacha tavsiyalar berilgan va buni oldini olishning eng yaxshi yo'li-
ishga kirishdan oldin tekshirish
ekanligi ta'kidlangan:
1. Ish beruvchining "Oyliklar kechikishi tarixi" (Wage Delay Records) ni tekshirish.
Koreya Mehnat va Bandlik Vazirligi oyliklarni vaqtida to'lamagan korxonalar ro'yxatini shakllantirgan bo'lib, ushbu
sayt
orqali tekshirish mumkin
2. Mehnat shartnomasini imzolashdan oldin undagi muhim bandlarni yaxshilab o'qib chiqing:
- kelishilgan oylik summasi va oylikni to'lash sanasi;
- ish soatlari va qo'shimcha ish soatlari uchun kompensatsiya;
- ish majburiyatlari va ishlash sharoitlari kabilar
Oyliklarning kechiktirilishi, nohaq ishdan bo'shatilish va boshqa shu kabi chet elliklarning mehnat faoliyati bilan bog'liq masalalar uchun Call center markaz ham faoliyat ko'rsatmoqda - 1577-0071 (16ta til mavjud)
Maqola bilan batafsil tanishish -
bu yerda
👉
@misterberd
👈

December 21, 09:48
Media unavailable
1
Show in Telegram

Keyingi yilda 130mingta xorijiy ishchilarga E-9 viza asosida Koreyaga kelib ishlashga ruxsat beriladi
2025-yilda Koreya hukumati mehnat bozorida ish o'rinlarini to'ldirish maqsadida 130mingtagacha xorijiy fuqarolarga E-9 vizasini berishni rejalashtirmoqda. Hozirgacha
17ta davlat bilan
bu borada o'zaro hamkorlik yo'lga qo'yilgan bo'lib, keyingi yildan
Tojikiston
ham ushbu ro'yxatga qo'shilishi ko'zda
tutilgan.
Aytish kerakki, E-9 viza asosida Koreyaga ishchi yollash tizimi ishchi topishda qiynalayotgan koreys ish beruvchilarni qo'llab-quvvatlash maqsadida ilk marta
2004-yildan boshlab
yo'lga qo'yilgan. Shuningdek, keyingi yildan 75mingta xorijiy fuqarolarga
E-8 vizasi
ham berilishi rejalashtirilgan.
👉
@misterberd
👈

December 14, 07:43
Media unavailable
1
Show in Telegram

Butun Koreya bo'ylab Prezident Yunga qarshi namoyishlar boshlandi
Shanba kuni ertalabdan amaldagi Prezidentning iste'fosini talab qilib bir qancha yirik shaharlarda minglab koreyslar
namoyishga
chiqishmoqda. Shuningdek, bugun Prezidentga nisbatan Milliy Assambleyada 2chi impeachment ovoz berish jarayoni ham bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.
Seulning Milliy Assambleya joylashgan Yoido tumanida esa
85mingga yaqin
odamlar to'plangani aytilmoqda. Bundan tashqari
Gwangju, Busan, Tegu, Shimoliy Gyeongsang
viloyatlarida ham minglab kishilar namoyishga chiqqani xabar
qilinmoqda
.
👉
@misterberd
👈