Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

misterberd

misterberd
Koreya yangiliklari! Soliqlar 👉 @kortax_korea Instagram: instagram.com/misterberd Youtube: https://youtube.com/@Koreyamaniya Admin: https://t.me/botadminmisterberd_bot
Subscribers
1 110
24 hours
-1
30 days
-24
Post views
670
ER
60,36%
Posts (30d)
1
Characters in post
1 259
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
News
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Language Teaching
Summary
October 14, 02:45
Media unavailable
1
Show in Telegram

2026-yilning ikkinchi yarmidagi Koreya talabalik vizasi bo‘yicha yangi siyosat — batafsil qo‘llanma
Koreya Adliya vazirligi xorijiy talabalar soni 400 mingga yetayotgan bir paytda viza siyosatini tubdan yangilamoqda. Endi asosiy e’tibor talabalarni jalb qilish bilan birga, ularning ishga joylashishi va kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashga qaratiladi.
1. Koreyaga kirish bosqichi
① Koreys tilini yaxshi biladigan talabalar — TOPIK 4-daraja yoki Ijtimoiy integratsiya dasturining (KIIP) 4-bosqichi talabiga javob beruvchilar — viza olish uchun ariza topshirishda moliyaviy imkoniyatini tasdiqlashdan to‘liq ozod qilinadi.
② Noqonuniy qolishning oldini olish uchun ayrim mamlakatlarga nisbatan o‘qish xarajatlari uchun kafolat depoziti tizimi kengaytiriladi. Shuningdek, ta’lim hujjatlarini tekshirish va xorijdagi ta’lim agentliklarini ro‘yxatdan o‘tkazish tizimi orqali nazorat kuchaytiriladi.
③ OECD mamlakatlari talabalari uchun “Gap year” — o‘qishdagi tanaffus davri talabalik vizasi (D-2-8) hamda “kelajak universiteti” uchun qisqa muddatli viza kabi yangi kirish yo‘nalishlari joriy etiladi.
2. Universitetda o‘qish va rivojlanish bosqichi
① Qo‘shimcha ishlashga ruxsat olish uchun ariza topshirishda universitet beradigan 시간제취업 확인서 — yarim stavkali ishlashni tasdiqlovchi hujjat orqali hujjat topshirish tartibi ancha soddalashtiriladi.
② Biroq talabalarni o‘qishga jiddiy e’tibor qaratishga undash maqsadida qo‘shimcha ishlashga ruxsat berishdagi koreys tili talabi KIIP 3-bosqichigacha oshiriladi.
③ Ta’limdan ko‘ra ishlashga ko‘proq yo‘naltirilgan, darslari asosan dam olish kunlari, kechki payt yoki onlayn shaklda o‘tkaziladigan ta’lim yo‘nalishlariga beriladigan viza imtiyozlari to‘liq bekor qilinadi.
3. O‘qishni tugatgandan keyin ishga joylashish va doimiy yashashga o‘tish bosqichi
① Bitiruvdan keyingi D-10 ish qidirish vizasi bo‘yicha yashash muddati koreys tili darajasi va ishga tayyorgarlik holatiga qarab, ko‘pi bilan 3 yilgacha uzaytiriladi. Bu bitiruvchilarga ishga joylashish uchun barqaror tayyorgarlik ko‘rish imkonini beradi.
② Tabiiy fanlar va muhandislik yo‘nalishidagi xorijiy talabalar ishlab chiqarish sohasiga ishga kirganda, ularning malakali ishchi vizasiga (E-7) o‘tishi qo‘llab-quvvatlanadi. Shuningdek, professional texnik magistratura — K-Tech Master Visa yo‘nalishi orqali D-2 talabalik vizasidan F-2 yashash vizasiga o‘tish qo‘llab-quvvatlanadi.
③ Universitetlardagi OASIS bilan bog‘langan dasturlar orqali texnologik biznes tashkil etish va D-8-4 vizasiga o‘tishga ko‘maklashiladi. O‘z mamlakatiga qaytgan bitiruvchilar uchun esa ko‘p martalik “Koreyada tahsil olgan bitiruvchilarning tashrif vizasi” — Study Korea Alumni Visa joriy etiladi.
4. Xorijiy talabalarga ma’muriy yordam tizimi
① Hududiy immigratsiya idoralarining 5 tasida xorijiy talabalarning viza va yashash masalalarini qo‘llab-quvvatlash markazlari tashkil etiladi. Ularda arizalarni ko‘rib chiqish ishlari bir joyda, yagona tartib asosida amalga oshiriladi.
② Sun’iy intellektga asoslangan onlayn platforma yaratiladi. Bu orqali talabalar immigratsiya idorasiga bormasdan va qog‘oz hujjat topshirmasdan murojaatlarini hal qilish imkoniga ega bo‘ladi.
③ Talabalarga kasblar bo‘yicha malaka talablarini jamlagan ishga joylashish vizasi uchun tekshiruv ro‘yxati hamda bosqichma-bosqich yuqoriroq viza maqomiga o‘tish yo‘llari ularning holatiga mos ravishda taqdim etiladi.

September 22, 00:57

#foydali
#추석
Chuseok bayramida bepul ochiladigan 20 ta joy
Chuseok (추석) bayramida nima qilishni hali rejalashtirmadingizmi?
Unda bu postni albatta saqlab qo‘ying!
1.
🏯
Gyeongbokgung Palace 경복궁
📅
24–27 sentabr
📍
서울 종로구 사직로 161
2.
🏯
Changdeokgung Palace 창덕궁
📅
24–27 sentabr
📍
서울 종로구 율곡로 99
3.
🏯
Deoksugung Palace 덕수궁
📅
24–27 sentabr
📍
서울 중구 세종대로 99
4.
🏯
Changgyeonggung Palace 창경궁
📅
24–27 sentabr
📍
서울 종로구 창경궁로 185
5.
🏛
Jongmyo Shrine 종묘
📅
24–27 sentabr
📍
서울 종로구 종로 157
6.
👑
Seolleung & Jeongneung Royal Tombs 선릉 정릉
📅
24–27 sentabr
📍
서울 강남구 선릉로100길 1
7.
👑
Heolleung & Illeung Royal Tombs 헌릉 인릉
📅
24–27 sentabr
📍
서울 서초구 헌인릉길 34
8.
👑
Taereung & Gangneung Royal Tombs 태릉 강릉
📅
24–27 sentabr
📍
서울 노원구 화랑로 681
9.
🎨
MMCA Seoul 국립현대미술관 서울
📅
24, 26, 27 sentabr
📍
서울 종로구 삼청로 30
10.
🎨
MMCA Deoksugung 국립현대미술관 덕수궁
📅
24–27 sentabr
📍
서울 중구 세종대로 99
11.
🎨
MMCA Cheongju 국립현대미술관 청주
📅
24–27 sentabr
📍
충북 청주시 청원구 상당로 314
12.
🎨
MMCA Gwacheon 국립현대미술관 과천
📅
24–27 sentabr
📍
경기 과천시 광명로 313
13.
🌳
Korea National Arboretum 국립수목원
📅
27 sentabr
📍
경기 포천시 소흘읍 직동리 54-2
14.
🌿
Korea Native Plant Garden 국립한국자생식물원
📅
24, 26, 27 sentabr
📍
강원 평창군 대관령면 비안길 150-3
15.
🌸
National Garden Culture Center 국립정원문화원
📅
24, 26, 27 sentabr
📍
전남 담양군 금성면 하성길 33-37
16.
🌲
Baekdudaegan National Arboretum 국립백두대간수목원
📅
24, 26, 27 sentabr
📍
경북 봉화군 춘양면 춘양로 1501
17.
🔬
Gwacheon National Science Museum 국립과천과학관
📅
24, 26, 27 sentabr
📍
경기 과천시 상하벌로 110
18.
🔭
Gwangju National Science Museum 국립광주과학관
📅
24 va 26 sentabr
📍
광주 북구 첨단과기로 235
19.
🚀
Daegu National Science Museum 국립대구과학관
📅
24 va 26 sentabr
📍
대구 달성군 유가읍 테크노대로6길 20
20.
🧪
Busan National Science Museum 국립부산과학관
📅
24 va 26 sentabr
📍
부산 기장군 기장읍 동부산관광6로 59
Eslatma:
Bepul kirish faqat asosiy kirish yoki belgilangan doimiy ekspozitsiyalarga tegishli bo‘lishi mumkin.
Avtoturargoh, maxsus ko‘rgazmalar, turli dasturlar va ayrim qo‘shimcha xizmatlar uchun alohida to‘lov olinishi mumkin.

September 19, 11:26
Media unavailable
2
Show in Telegram

F-2-7 va F-2-R: ishlash bo‘yicha farqi nimada?
Ikkalasi ham F-2 toifasidagi viza. Lekin ishlash shartlari bir xil emas.
F-2-7
— skrinshotdagi tekshiruv natijasida yashash maqomi bo‘yicha ish faoliyatiga cheklov yo‘qligi ko‘rsatilgan.
F-2-R
— tavsiya berilgan, aholisi kamayib borayotgan hududda ishlash mumkinligi ko‘rsatilgan. Shu hudud doirasida ayrim taqiqlangan faoliyatlardan tashqari ish turiga cheklov yo‘q.
O‘zingizga tegishli shartlarni HiKorea saytida ma’lumotlaringizni kiritib tekshirishingiz mumkin. Natijani o‘qiyotganda faqat “ish turiga cheklov yo‘q” degan jumlaga emas, qaysi hududda ishlash mumkinligi haqidagi qismga ham e’tibor bering.
Ayrim kasblar uchun alohida malaka yoki litsenziya talab qilinishi mumkin.

September 04, 02:12
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

📢
PETITSIYA — F-5 doimiy yashash uchun GNI daromad talabini yumshatish
.
Vatandoshimiz tomonidan ajoyib
petitsiya
berilibdi, buni Janubiy Koreya Adliya Vazirligi ko'rib chiqish uchun esa yetarlich avoz yig'ilishi kerak.
Koreyada o'qishni tugatib, uzoq yillar qonuniy yashab, soliq va 4 turdagi sug'urtani o'z vaqtida to'lab kelayotgan chet elliklar ko'pincha
yuqori GNI daromad talabi
tufayli doimiy yashash huquqini (F-5) ololmayapti.
Bu petitsiyada nima so'ralgan?
👇
✅
GNI talabini
butunlay bekor qilishni EMAS
✅
Quyidagi shartlarga javob beradiganlar uchun talabni
real darajaga yumshatishni:
▪️
Koreyada oliy ta'limni bitirgan
▪️
KIIP (사회통합프로그램) 5-bosqichni tugatgan
▪️
Uzoq muddat qonuniy yashab, halol ishlagan
▪️
Soliq va 4 대 보험ni to'lab kelgan
Aniq takliflar:
▫️
Bunday shaxslarga amaldagi GNI mezonining
60–70%
darajasini qo'llash, YOKI
▫️
Faqat hozirgi maoshga emas — ma'lumot, KIIP, yashash va mehnat muddati, daromad, soliq tarixi va sug'urta a'zoligini
birgalikda
baholaydigan tizim joriy etish.
Bu — bizga ham, Koreyaga ham foyda: iste'dodli kadrlar mamlakatda qoladi, kichik va hududiy korxonalar kadr taqchilligini yengadi.
🇺🇿
🇰🇷
📎
🇺🇿
O'zbek tiliga tarjima qilingan to'liq matnni
ilovadagi hujjat
dan o'qishingiz mumkin.
📎
📔
Imzo qo'yish tartibi —
quyidagi ilova qilingan qo'llanma
da tushintirilgan (agar koreys tilini yaxshi bilmasangiz) .
Petitsiyaga o'tish uchun
👉
🔗
Link
.
Iltimos befarq bo'lmang. Mabodo sizga F-5 visasi kerak bo'lmasa ham yoki allaqachon uni olib bo'lgan bo'lsangiz ham 2 minut vaqtingizni ayamasdan shuni imzolab yuborsangiz ko'pchilikka manfaati tegadi degan imiddamiz.
✅
Osova kanaliga qo‘shiling va yanada foydali ma’lumotlardan xabardor bo‘ling!
👉
Kanal:
@osovajr
✉️
Reklama va murojaat uchun:
@osova_bot

August 17, 02:30

Agarda sizga quyidagi sug'urta xizmatlari kerak bo'ladigan bo'lsa, bemalol aloqaga chiqishingiz mumkin:
1. 자동차보험 (Mashina sug'urtasi) - 책임보험 (Bir tomonlama, majburiy), 종합보험 (ikki tomonlama)
2. 운전자보험 (Haydovchi sug'urtasi) - Avariya holatida sud, advokat yordami kabilarni qoplash (oyiga 10-15ming atrofida)
3. 실손의료보험 (실비, Sog'liq sugurtasi) - 국민건강보험 qoplamaydigan yoki qisman qoplaydigan kasalliklar va davolanish xarajatlari, operatsiyalar kabilar. Bemor haqiqatda to'lagan summaning 70-90% qismigacha qaytaradi
3. 치아보험 (Tish sug'urtasi) -15-70yoshdagilar uchun tish sug'urtasi
4. 어린이보험/태아보험 - Bolalar sug'urtasi
5. 암보험 - Saraton (rak) sug'urtasi
6. 종합보험 (Umumiy sog'liq sug'urtasi) - og'ir kasalliklarni qoplash, davolanish davrida ishlay olmagan holatda tirikchilik xarajatlari uchun naqd pul yordami, jarohatlanish va nogironlikdan himoya va boshqa ko'plab kompleks turdagi kasalxona va operatsiya xarajatlarini qoplab beradi
Bundan tashqari yong'indan sug'urta (화재보험), 펫 (uy hayvonlari sug'urtasi) kabi 20dan ortiq sug'urta xizmatlari bor.
Sug'urta va soliqlarni qaytarish bo'yicha
👇
📲
010-6818-8826 (Berdiyor, soliq va sug'urta xizmatlari bo'yicha ekspert)
@misterberd

August 17, 02:29
Media unavailable
1
Show in Telegram

Shu yil may oyida Koreyadagi eng yirik Sug'urta kompaniyalaridan biri -
Hyundai Marines (현대해상)
su'gurta kompaniyasining sug'urta agentlari (설계사) uchun mo'ljallangan imtihonidan o'tgan edim.
Va yaqinda
현대해상 소속 전문 보험설계사
sifatida qo'shimcha ravishda ish boshladim. Aytish kerakki, ushbu sug'urta kompaniyasining sug'urta xizmatlaridan o'zim 5yildan ziyod vaqt davomida foydalanib kelaman va haqiqatdan ham nisbatan arzon va ko'p narsalarni qoplab beradi.
@misterberd

August 16, 09:36
Media unavailable
1
Show in Telegram

KIIP (사회통합프로그램) koreys tili darslariga ro'yxatdan o'tkazishda yordam beramiz
Hozirda 0단계 - hech qanday imtihonsiz 0 dan boshlamoqchi bo'lganlar uchun regstratsiya boshlangan. 사전평가, 중간평가, 종합평가 imtihonlari uchun qabullar boshlansa, ularga ham ro'yxatdan o'tishda yordam beramiz.
Eslatib o'tamiz, KIIP sertifikati D-10, E-7, F-2, F-5 kabi uzoq muddatli vizalarni olishda foydasi tegadi.
📲
010-6818-8826
@misterberd

August 04, 05:12
Media unavailable
6
Show in Telegram

2026-yilgi Koreya – Markaziy Osiyo Global Yoshlar Forumi
WAYU Korea barcha faol vatandoshlarni 2026-yilgi Koreya – Markaziy Osiyo Global Yoshlar Forumida ishtirok etishga taklif etadi.
Sana: 2026-yil 22-avgust (shanba)
Vaqt: 12:30–17:50
Manzil: Hankuk Chet tillari Universiteti (HUFS), Seul kampusi, BRICS Madaniyat Markazi
Asosiy tashkilotlar:
- Eurasia Future Leaders Association (EFLA)
- Koryoin Global Network (KGN)
- World Association of Youth of Uzbekistan (WAYU)
Qo‘llab-quvvatlovchilar:
- Koreya–Markaziy Osiyo Hamkorlik Forumi Kotibiyati
- Media Saram
Forum dasturi:
- Yoshlar va mutaxassislar taqdimotlari
- Savol-javob sessiyalari
- Tajriba almashish va muhokamalar
- Networking
Sessiyalar mavzulari:
• Koreya va Markaziy Osiyo o‘rtasida yoshlar hamkorligini rivojlantirishda yosh yetakchilarning roli.
• Biznes g‘oyalari va muvaffaqiyatli hamkorlik tajribalari.
• Ikki mintaqa yoshlarining bugungi muammolari, ehtiyojlari va kelajak istiqbollari.
WAYU Korea orqali ishtirok etish:
Koreya Respublikasida istiqomat qilayotgan va WAYU Korea a’zosi bo‘lgan o‘zbekistonlik vatandoshlar.
O’rinlar: 15 nafar ishtirokchi (birinchi ro‘yxatdan o‘tganlar asosida).
Ro‘yxatdan o‘tish muddati:
2026-yil 3-avgust – 9-avgust, soat 18:00 (KST)
Ro‘yxatdan o‘tish havolasi:
https://forms.gle/dPJUGoFViYDWyHfHA
Forum Koreya va Markaziy Osiyo yoshlari bilan tanishish, yangi hamkorliklarni yo‘lga qo‘yish hamda tajriba almashish uchun yaxshi imkoniyat hisoblanadi.
Instagram
|
Telegram
|
YouTube
|
Facebook

August 02, 12:01

misterberd
pinned a photo

August 02, 12:00

Ko'p tushayotgan savol: D-9-1 vizasida yurib ham F-5 vizasiga o'tsa bo'ladimi?
Ha, albatta bo'ladi.
✅
1-yo'l: D-9-1 vizasida 5 yil uzluksiz yashaganingizdan so'ng F-5-1 (doimiy yashash) vizasiga topshirishingiz mumkin
. Albatta, buning uchun belgilangan barcha talablarni bajarish lozim.매출 talablari yuqori judayam. Eng muhim shartlardan biri — GNI 2 baravar daromad mezonini qondirishdir.
✅
2-yo'l: Avval F-2-7 vizasiga o'tib, unda taxminan 3 yil yashaganingizdan keyin F-5-16 vizasiga topshirishingiz mumkin.
Bu yo'nalishda ham
GNI 2 baravar daromad talab
i mavjud.
Muhim jihati aynan F-5-16 vizasida daromadni hisoblashda 사업소득 (biznes daromadi) va 근로소득 (ish haqi daromadi)ni birgalikda (합산) hisoblatish mumkin. Bu esa ko'pchilik uchun GNI talabini bajarishda katta qulaylik yaratadi.
Yana bir muhim tavsiya. F-5 vizasi uchun daromadni sun'iy ravishda oshirishga urinmang. Daromadingizni yildan-yilga tabiiy va barqaror tarzda oshirib boring.
Masalan, oldingi yillarda soliqda
40–50 million von daromad ko'rsatib kelib, F-5 topshiradigan yili birdaniga GNI 2 baravar daromad ko'rsatsangiz, bu Immigratsiyada shubha uyg'otishi mumkin.
Shuning uchun daromadingizni oldindan rejalashtirib, qonuniy va izchil shakllantirib borishingiz kelajakda F-5 vizasini olishda ancha foyda beradi.