
misterberd
🇰🇷
Koreyada 11yil davomida yashab o’zimga singiy boshlagan 11ta odat haqida yozmoqchiman. Bu odatlar Koreyada yashab, ishlab, shu yerning tili, madaniyati, mahalliy xalqi bilan muloqotda bo'lib, shu yerning turmush tarzini ko'rib ongli ravishda menda singiy boshlagan.
O'zbekistonga butunlay qaytganimda ham balki bu odatlar menda yo'qolishi qiyin bo'ladi.
1-odat. Avtobuslarga navbat bilan chiqish. Avtovus bekatlarda koreyslar bir qator bo'lib navbatga turib, avtobus to'xtagach, navbat bo'yicha chiqadi. O'z-o'zidan siz ham navbat bilan chiqishni boshlaysiz.
2-odat. Mashina haydaydiganlar yo'lda deyarli signal chalishmaydi. O'z navbatida men ham uncha-bunchaga signal chalmayman. Xavfli vaziyat bo'p qolmasa, albatta.
3-odat. Taksi tutib, old o'rindig'iga o'tirsangiz, remen taqishga majbursiz. Bo'ysunmasangiz, haydovchi mashinani haydamaydi. Remen taqmaganda chiqadigan signal tovushi esa darhol ishga tushadi. Shungami Vatanga borganimda taksiga o'tirib qolsam, remen taqish odat bo'p qolgan.
4-odat. Ko’cha chiqqanda quyoshga qarshi suncream surtish (SPF). Menda shu yili paydo bo'lgan yangi odat. Koreya aholisining katta qismi tashqariga quyosh kremisiz chiqmaydi.
5-odat. Uydan chiqadigan chiqindilarni alohida-alohida paketga solib tashlash. Oziq-ovqatnikini oziq-ovqatga, qayta ishlanadiganini alohida.
6-odat. Kunduzi tushlikdan so'ng, tishlarni yuvish. Nafaqat ertalab va kechqurun, koreys kompaniyalarda xodimlar tushlikdan so'ng ham, darhol tishlarini tish pasta-cho'tkada yuvishadi. Ovqat qoldiqlari og'izda qolmasligi va suhbatdoshi bilan muomala qilganlarida og'izdan badbo'y xid kelib turmasligi uchun.
7-odat. Koreyslar har doim biror-joyga dam olishga borishsa, yoki ishda biror xonada meeting (uchrashuv) o'tkazishsa, o'sha dam olish yoki uchrashuv tugagach, o'zlari bilan olib kelgan har qanday chiqindilarni darhol yig'ishtirib, tozalab olishadi. Tozalik va tartibga qattiq rioya qilishadi.
8-odat. Ko'chada tupurmaslik. Rostini aytaman, O'zbekistonda yashagan vaqtlarimda ham deyarli tupurmasdim, lekin onda-sonda yerga tupurgan vaqtlarim bo'lgan. Lekin Koreyada koreyslar yerga tupurganini deyarli ko'rmaganman. To'g'ri, tupuradiganlari ham bor, lekin nisbatan juda kam. Shu sabab o'zimda ham yerga tupurish holati deyarli yo'qolgan va kimningdir tupurganini ko'rsam, ko'zimga yoqimsiz holatdek ko'rinadi.
9-odat. Koreyslar yosh bolalar oldida sigaret chekishmaydi, yoki sigaret chekib turgan koreyslar oldidan yosh bolalaringiz bilan o'tib qolsangiz, o'zlarini chetroqqa olishga harakat qilishadi. Ayniqsa yosh koreyslar. Yoshi kattalarini tarbiyasi ancha og'ir lekin
😁
. Men-ku chekmayman, mabodo qachondir Xudo ko'rsatmasin chekib qolgudek bo'lsam va oldimdan yosh bolalar o'tib qolgudek bo'lsa, o'zimni chetroqqa olib o'tishim kerak degan odat shakllanyabdi-da menda
😊
10-odat. Belgilangan uchrashuvga 5-10 daqiqa ertaroq kelib turish va ish jarayonida aniqlik. Ishda koreys xodimlar yoki o'qishda professorlarim bilan uchrashuv belgilanganda, ular ko'pincha o'z vaqtida yoki 5-10 daqiqa ertaroq manzilga yetib kelib kutib turishlarini ko'p bor guvoh bo'lganman va o'zim ham shunga intilganman. Bu sizga nisbatan hurmat, va umuman professionallik belgisi. Shuningdek, koreyslarga aniqlik yoqadi. Ya'ni ishda yoki o'qishda qaysidir vazifani bajarmoqchimisiz, shunchaki ha bajaraman, yoki bajarib kelaman, deb emas, shu kuni soat 8gacha bajarib, sizga vazifani e-mail orqali yuborib qo'yaman, desangiz, ularga ko'proq yoqasiz. Va ular ham sizni ko'proq hurmat qilishni boshlaydi.
11-odat. Jamoa bo'lib ishlash hissi. Koreys kompaniyada ishlab qolsangiz, har xil yig'ilishlar juda ko'p bo'ladi. Ko'pincha hech kim, hattoki eng yuqoridagi boshliq (CEO) ham biror qaror qabul qilishda xodimlariga to'gridan-to'gri buyruq bermaydi. Kerakli xodimlar bilan meeting tashkillashtirib, hammani fikrini eshitib ko'rib, keyin qaror qabul qiladi. Hattoki, Koreya Prezidenti ham
@misterberd
Koreyada o'qiyotgan, ishlayotgan yoki ishlashni rejalashtirayotgan bo’lsangiz, o’z huquqlaringizni bilish juda muhim!
WAYU Koreya Navbatdagi Huquq mavzusidagi foydali tadbirni Tajribali Mutaxassislar bilan davom etadi!
Sana: 25-iyul (shanba)
Soat: 11:00 ~ 13:00 (1-qism)
☕
Cofe time:
13:00 ~ 14:00
2-qism: 14:00 ~ 16:00
Manzil:
O’zbekiston Elchixonasi (Seul)
(서울 종로구 돈화문로 11가길 99)
Ishtirokchilar soni:
50 nafar
Seminarda quyidagi mavzular yoritiladi:
- Mehnat shartnomasi tuzish
- Ish haqi, haftalik dam puli va nafaqa puli
- Ish haqi to’lanmasa yoki ish vaqtida baxtsiz hodisa yuz bersa nima qilish kerak
- Homilador ayollar huquqlari va ish joyidagi zo’ravonlikdan himoya
- Chet-elliklar bilan uchrayotgan ko'p qonun buzilishi
- Pul yuvish
- Savol va Javoblar
Ro’yxatdan o’tish:
https://forms.gle/XokPbsy3NpKMUTuZ7
Instagram
|
Telegram
|
YouTube
|
Facebook
Chempionatning eng kuchli hujum chizig’iga ega termasi eng yaxshi yarim himoya tizimiga ega jamoaga qarshi to’p surdi va mag’lub bo’ldi.
Fransiya - Ispaniya 0:2
Ispaniya finalda
Futbol jamoaviy o’yin ekanligi yana bir bor o’z tasdigi’ini topdi.
Endi Argentina-Angliya bahsini kuzatamiz. Sizningcha, ikkinchi finalchi kim bo’larkin?
❗️
Azizlar, yordamingiz kerak!
👉
Azizjon Madrakhimov
akamiz hozirda Janubiy Koreyadagi Seoul National University Hospital (서울대병원)da miya saratoni, jigar bilan bog'liq xastalik, epilepsiya va yana boshqa kasalliklar tufayli bir qancha yillar davomida davolanib kelmoqdalar.
Bemor akamiz to'grisida bir yilcha oldin Avaz akaning instagram kanallarida ham ehson videosi qo'yilgan. Akamiz kasalxonadagi davolanish xarajalatlari oshib borayotgani sababli bizga murojaat bilan chiqdilar. Kanalga ushbu postni joylashdan oldin bemor akamiz to'grisida o'rgandik, tegishli shaxslardan surishtirdik. Akamiz haqiqatdan ham hozirda kasalxonada uzoq muddatli davolanish jarayonidalar.
Shunday og'ir vaziyatda biz, Koreyadagi o'zbek birodarlar, birlashib, ushbu postni boshqa kanallarga ham ulashsak, ko'rsatilgan Azizbek akaning hisobraqamlariga qo'ldan kelgancha ming wonmi, o'n mingmi, qancha bo'lsa ham yordam qilsak
🙏
👉
Hech bo'lmasa, ushbu postni Koreyadagi tanishlarimizga yuborib qo'yaylik. Barchaga rahmat
@misterberd
Argentina-Shveysariya 3:1 hisobida yakun topdi va Argentina endi yarim finalda Angliyaga qarshi bahs olib boradi.
Yarim finalning keyingi juftlik bahsi esa Fransiya va Ispaniya o'rtasida kechadi.
Nima deb o'ylaysiz, 2022-yilgi JChda bo'lgani kabi yana Argentina va Fransiyani finalda ko'ramizmikan? Bu safargi Fransiyani lekin to'xtatish qiyin ko'rinadi..
Argentina-Shveysariya o'yinini Koreyadan turib onlayn tomosha qilayotganlar bormi?
Qanday ko'ryapsizlar? Linki bo'lsa, ulashib qo'yinglar.
Hozir hisob 1-1 ekan..
Agar yaqin orada yangi kompaniyaga ishga o‘tayotgan bo‘lsangiz, birinchi kunlarda sizni noqulay vaziyatlardan asraydigan kichik maslahatlar.
Yangi ish joyida hamma narsa yangi bo‘ladi. Odamlar, muhit, ofis tartibi, ichki tizimlar, hatto oddiy kundalik jarayonlar ham. Ko‘pchilik yangi ishga kirganda faqat vazifalarini o‘rganishga e’tibor beradi. Aslida esa birinchi kunlarda quyidagi mayda narsalarni bilib olish ham juda muhim.
1. Ishga biroz ertaroq boring
Birinchi kunlarda yo‘l, transport, ofisga kirish, lift, turniket kabi narsalar vaqt olishi mumkin. Shuning uchun 20-30 daqiqa oldinroq yetib borish foydali.
2. Salomlashishni unutmang
Yangi jamoaga kirib borayotganingizda eng muhim narsalardan biri yaxshi taassurot qoldirish.
Faqat o‘z jamoangiz bilan emas, boshqa bo‘limdagi insonlar bilan ham yo'lda ko'rishsangiz salomlashing. Imkon bo‘lsa, eng kerakli odamlarning ismini eslab qolishga harakat qiling. Keraklilarini ismini yozib qo'ying.
3. Jamoa va tashkilot tuzilmasini o‘rganing
Kim qaysi bo‘limda ishlaydi?
Kim sizning bevosita rahbaringiz?
Kim bilan ko‘proq ishlaysiz?
Qaysi odam qaysi masala bo‘yicha javobgar?
Bularni bilib olish ish jarayonida juda asqotadi. Albatta bularni barchasini birinchi kundanoq bilish qiyin.
4. Ofis ichidagi joylarni o‘rganib oling
Bu mayda narsadek ko‘rinadi, lekin birinchi kunlarda juda kerak bo‘ladi:
Oshxona yoki dam olish xonasi qayerda?
Suv, choy, kofe qayerdan olinadi?
Kofe mashina qanday ishlaydi?
Tushlikni qayerda qilish mumkin?
Printer qayerda va qanday ishlatiladi?
Wi-Fi paroli qayerdan olinadi?
Shu narsalarni oldindan bilib olish o‘zingizni yangi joyda ancha erkin his qilishingizga yordam beradi.
5. Meeting room va ichki tartiblarni bilib oling
Yangi ish joyida majlis xonalari ham muhim bo‘lishi mumkin.
Masalan bizni kompaniyamizda 6 ta meeting room bor. Hozirgacha ba'zilariga adashaman.
Qaysi meeting room qayerda joylashgan?
Ularni qanday band qilish kerak?
Qaysi xona kichik uchrashuvlar uchun, qaysi biri katta yig‘ilishlar uchun?
6. Ichki tizimlarni o‘rganing
Har bir kompaniyaning o‘ziga yarasha tartibi bo‘ladi.
Ichki chat qaysi platformada yuritiladi?
Email imzosi qanday bo‘lishi kerak?
Hujjatlar qayerga yuklanadi?
Tasklar qaysi platformada beriladi?
Bular bir qarashda kichik narsalar, lekin ish jarayonida juda ko‘p vaqtni tejaydi.
7. Ko‘p savol bering
Yangi odamning hamma narsani bilmasligi tabiiy. Shuning uchun so‘rashdan uyalmang.
Savol berish bilimsizlik belgisi emas. Aksincha, ishni to‘g‘ri qilishga bo‘lgan mas’uliyat belgisidir.
Yangi ish joyida professional ko‘rinish faqat ishni yaxshi bilish bilan emas, balki muhitga tez moslashish bilan ham bog‘liq. Professional bo‘lish hamma narsani oldindan bilish emas, bilmagan narsani vaqtida so‘rash va tez o‘rganishdir.
@azik
🇺🇿
🧑🏻💻
Shoshilinch yordam kerak!
Bir vatandoshimiz hozirda 중앙대학교광명병원 shifoxonasida. Chaqaloq muddatidan oldin tug‘ilgan va hozir onaga zudlik bilan qon kerak bo‘lyapti.
🩸
Kerakli qon guruhi: AB- (4 manfiy)
Kim yordam bera olsa yoki qon topshira olsa, iltimos bog‘laning.
📞
Aloqa uchun: 010-2301-7709
👤
Ism: OYATULLO
Talablari:
1.Koreyaga kelgani 1 yildan oshgan bo'lishi kerak.
2. Oxirgi 1yilda 90 kundan oshiq Koreyadan tashqarida bo'lmagan bo'lishi kerak.
3. Pasport yoki aydi kartasi oldida bo'lishi kerak.
Iltimos, ushbu postni tarqatib yuboring. Sizning yordamingiz juda muhim.
Seul metrosida endi bo‘sh joy topish uchun ham ilova
chiqdi
.
Koreyada bir dasturchi 저 내려요 (keyingi bekatda tushaman) degan ilova yaratdi. Unda metrodan tushadigan odamlar o‘tirgan joyi haqida oldindan ma’lumot qoldiradi.
Masalan:
- qaysi liniyada ketayotgani,
- qaysi vagonda o‘tirgani,
- qaysi bekatda tushishi
kabi ma’lumotlarni yozadi. Shu orqali boshqa yo‘lovchilar bo‘shaydigan joyni oldindan bilib, o‘sha tomonga yurishi mumkin bo‘ladi.
Ilova ayniqsa uzoq vaqt tik turib qatnaydigan odamlar va homilador ayollar orasida mashhur bo‘lib ketgan.
Oradan ikki hafta ham o‘tmay, ilovadan 37 mingga yaqin odam foydalangan.
Ba’zilar bu g‘oyani “koreyscha tartib va bir-biriga yordam berish madaniyati” deb maqtamoqda. Boshqalar esa odamlar doim ham to‘g‘ri ma’lumot kiritmasligi yoki bunga vaqt ajratmasligini aytib, ilovaning uzoq muddat ishlashiga shubha qilmoqda.