Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Mutolaa olami

mutolaa_olami

Xush kelibsiz!
Kundalikda asarlarga doir tavsiyalar, taqrizlar, kitoblar haqida fikr-mulohazalar ulashib boriladi.
<>
©
Farengeyt boʻyicha 451 daraja

Subscribers
1 640
Post views
752
ER
45,04%
Posts
1 143
October 05, 02:44


#mutolaa
Yangi kitobni boshlar ekanman, unda necha yillar avval hayotimda boʻladigan tortishmalarning hazin ruhini his qildim.
«.. — Xoʻp, nima oʻsha sen aytayotgan "hayotning haqiqiy ulugʻligi", biz kabi faqir kishilar uchun nima u? Menga oʻxshab kuniga 15 soat urinib-surinib ishlagandan keyin nari-beri 2 tanga olishning, bir burda non yeyishning nimasi "ulugʻ"? Yoki sen ruhoniylar kabi ertalabdan kechgacha oʻqiysan-u, lekin qoʻlingga nima tegyapti? Baqqol Alie hatto imzosini zoʻrgʻa qoʻyadi, ammo qoʻlida millionlari bor. Sen undan yaxshisini qil: avval hech vaqosi yoʻq kunlik ishchi boʻlishdan qutulib ol, keyin istaganingcha oʻqi.
— Boʻlmaydi, onajon, boʻlmaydi, — deya zorlanardi Adrian. — Inson bir paytda ham Tangrining, ham Shaytonning quli boʻlolmaydi!
— Xoʻp, unda sening Tangring kim, bechora bolaginam? Nima qilishni xohlaysan, maqsading nima..?
— Unaqa maqsad ham yoʻq. Oʻz qoidalarimga koʻra yashashni istayman; qornimni toʻygʻazish uchun juda oz, aqlimni, koʻnglimni toʻydirish uchun esa juda koʻp narsa istayman..»
©
Panait Istrati. Mihail.
@mutolaa_olami

October 01, 01:45
Media unavailable
2
Show in Telegram

Bugun bayram, lekin uni his qilish uchun bu kasbga oid diplomning oʻzi kamlik qiladi bizda. Albatta, taʼlim muassasalarida ishlayotgan boʻlish kerak, degan yozilmagan qoida bor.
Biroq, taʼlimning har qanaqa shaklida faoliyat yuritar ekansiz, ustoz sifatida mehnatingizni samimiy qadrlaydigan oʻquvchilar topiladi. Kechagina turk tilidan kurs oʻtgan oʻquvchim bayram bilan tabriklab, shu kitoblarni sovgʻa qildi.
Aslida, odamning eng katta boyligi — bu umri, vaqti. Shu umridan bir qismini ajratib, samimiy tabrik uchun kelar ekan, umringiz behuda ketma(ayot)ganini his qilasiz.
Bayram muborak, azizlar! Hamisha eʼzozda boʻling!
@mutolaa_olami

October 01, 01:35
Media unavailable
3
Show in Telegram

Qachondir davlat ishida ishlagan paytlarimni sogʻinaman deb oʻylamagan edim.. har bir davrning oʻz zavqi bor.
Bayram muborak, ustozlar!
Suqrot bejizga aytmaydi: "Ustozingni ota-onangdan ham koʻproq qadrla, chunki ota-onani senga Tangri inʼom etgan, ustozing esa seni oʻz ixtiyori bilan sevadi".
Ertaga mutlaqo foydamiz tegmasa ham, bugun biz uchun jon kuydirayotgan ustozlarimiz, hamisha sogʻ-salomat boʻling.
Oʻzingizni ehtiyot qiling.
@mutolaa_olami

September 15, 03:19

Kechirasiz, sizga yozmog‘im
To‘g‘ri emas harqalay endi.
Faqat harflar terib barmog‘im:
"Hayotingiz yaxshimi?" - dedi.
Qalb pardasin ko‘tarmay keldim,
Odob, hayo bizlarga meros.
Faqat, do‘stim bor edi dedim,
Faqat, esga tushdingiz xolos.
Yurakniku kitoblar ko‘mgan,
Faqat xayol titraydi oz-moz.
Peshonamku qismatga ko‘ngan,
Faqat hayot injitdi biroz.
Birozgina yetmay irodam,
Yana she‘rga cho‘zmoqdaman dast.
Qattol qismat, odamku odam,
Dunyosiga kelmagayman past.
Kechirasiz,, taqdirga tan yo
Peshonaga isyon emas bu.
Asr kirgach chalg‘itgan xayol
So‘ngroq o‘qi degan nafas bu.
Sizga Haqdan tilamoq xayr,
Baxtlimisiz bilmoq maqsadim.
Bor muhabbat, mehrimni esa,
Faqat Olloh uchun asradim
Shamshoda
@davr_qizi

September 07, 11:50
Media unavailable
1
Show in Telegram

#mutolaa_vaqti
Bu kunlarni oylardir kutdim. Onalik rutini, dissertatsiya tashvishlari kitoblardan ancha uzib qoʻygandi. Axir hech qanday bosim, zahmat his etmasdan mutolaaga shoʻngʻish ham bir baxtning parchasi..
Umberto Eko bilan ilk "tanishishim". Siz-chi?)
@mutolaa_olami

September 02, 16:09

#tavsiya
Yurgil, dalalarga ketaylik, do‘stim,
Diqqinafas uyda yotmoq paytimas.
Oltin O‘zbekiston tuprog‘i bu kun,
Bir pari fasIning og‘ushida mast...)

September 01, 02:39

Har inson qachondir badanining chirishini bilan biladi va bundan juda qoʻrqadi. Ammo aksariyat odamlarning ruhi tanasidan avval chirib bitgan boʻladi, negadir bundan hech kim qoʻrqmaydi.
©
Zülfü Livaneli. Ukamning hikoyasi

August 29, 12:04

Hayotning asosi, yashashning yagona sharti — unutmoqdir. Inson unutmasdan hayotini davom ettirolmaydi.
©
Zülfü Livaneli. Ukamning hikoyasi

August 26, 13:41
Media unavailable
1
Show in Telegram

Ayon haqiqat.

August 07, 11:41
Media unavailable
1
Show in Telegram

* * *
Sen uzoq yashaysan,
Hammadan ziyod.
Hali toychoqlaring o‘ynab yuribdi.
Meni-chi, shum ajal eshikda, hayhot,
Egarlangan otday kutib turibdi.
Sen balki baxtlisan,
Umringda ko‘klam,
Tunlar rang oladi hali sochingdan.
Men-chi, nazaringda yovqur bo‘lsam ham
Bir kunda to‘rt fasl kechar boshimdan.
Yuz yil yashab o‘tar dunyodan birov,
Fursat manglayiga sololmas izlar.
Yo‘q, yo‘q, yillar emas umrga egov,
Uni yemiradi beomon hislar..
A. Oripov
@mutolaa_olami