Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Mutolaa olami

mutolaa_olami
Xush kelibsiz! Kundalikda asarlarga doir tavsiyalar, taqrizlar, kitoblar haqida fikr-mulohazalar ulashib boriladi. > © Farengeyt boʻyicha 451 daraja
Subscribers
1 278
24 hours
5
30 days
-34
Unusual 24 hours growth
Post views
984
ER
77%
Posts (30d)
4
Characters in post
582
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Books
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Education
Summary
October 26, 02:16
Media unavailable
1
Show in Telegram

#tugadi
Yapon adabiyotiga oid bir necha mutolaadan soʻng bu kitobni ham oʻqishga tutindim, qiziqish bilan boshladim, ammo voqealar ilgarilagani sari kitobda syujet liniyalari xiraroq berilganini, voqealar yorqin ifoda etilmaganini his qildim. Masalan, (spoiler!)
professorning 80 daqiqalik xotirasi ham qisqarib qolishini asarning kulminatsiyasi desak, u ham yengilroq, mahvumroq yoritilgan, oʻquvchi sezmay ham qoladi. Professorning kelinoyisi oʻrtasidagi munosabatlar ham soʻroq ostida qoladi oʻquvchi uchun.
Xullas, hodisa oʻzi hikoyaga arziydi-yu, majburan romanga aylantirilgandek, xuddi ikki kishilik ovqatga yetadigan masalliqdan 10 kishilik yemak tayyorlanganga oʻxshaydi).
Ammo kitob matematika, sonlar dunyosiga qiziqtirib qoʻyarkan, oʻqib qoʻyish ziyon qilmaydi.
@mutolaa_olami

October 21, 07:10

#podcast
Oilaviy munosabatlar haqida hech yozmayman, aniqrogʻi kanal bu liniyaga mos emas. Ammo bu
podkast
dagi bitta daʼvatga hayotim bilan qoʻshilaman. Qizlar, singillar, oʻqing, oʻz kasb va mashgʻulotingizda mutaxassis boʻling, oʻz xobbilaringiz boʻlsin, oʻzingiz bilan yolgʻiz qolganingizda ham baxtli va xotirjam boʻla oling, oʻzingizni va boʻlajak farzandingizni mustaqil taʼminlashga ham ruhan, ham moddiy jihatdan tayyor boʻling, oʻshandan keyin oila haqida oʻylab koʻring. Va eng avvalo, oʻzingizni idora qila oling, zararingizga ishlaydigan odatlardan oʻzingizni cheklay oling, oʻz-oʻziga hukmi oʻtgan, aql bilan boshqara olgan qiz onalikni ham toʻliq uddalay oladi. Eʼtibor bering, mukammal yoki ideal demadim, bu imkonsiz.

October 14, 06:38
Media unavailable
1
Show in Telegram

#mutolaa
3 yoshli qizim bilan kitobning shu nashrini oʻqiyapmiz, juda sifatli, ajoyib nashr. Daryoga voqealarni aytib beryapman rasmlar orqali:
— qara, bu yerda uchuvchi kichkina shahzodani koʻtarib olgan, kichkina shahzodaning mazasi qochgandaa, suv ichgisi kelgan, uchuvchidan quduqdan suv olib berishini soʻrayapti.
— chichkina shahzodaning oyisi yoʻqmi, qani oyisi? Aptekaga ketganmi, doktorgami, qaysi biri?
🥹
Bolajonlar uchun oyi degan tushuncha butun muammolarning yechimiday goʻyo.
@mutolaa_olami

September 30, 15:50
Media unavailable
1
Show in Telegram

#shukr
Bayramga yaxshi sovgʻa boʻldi
💚

September 23, 15:20

..senga achinaman
yolgʻiz qolarsan,
Men esa tayyorman
duelga hatto.
Baxtlidir jomini ichib boʻlmagan,
Va kuylab boʻlmagan naydan ham navo..

August 20, 15:02

Ilk bookblogerlar qaytmoqda
🍃
Yaqin orada kitobqurtlarini:
– yangi loyihalar,
– qaynoq uchrashuvlar hamda
– jo‘shqin muhokamalar kutmoqda
🤩
O‘tkazib yubormaslik uchun barchani bir jildda kuzating, yozuv ustiga bosing
!

August 20, 10:19

​
#mutolaa
#Najib_Mahfuz
Hammamiz hayotda nimanidir kutib yashaymiz, bola boʻlsak, tezroq katta boʻlishni, ulgʻayganda tezroq oʻqishni bitirishni, oila qurishni, bolalarning tezroq oʻzini uddalashini, tezroq qaysidir mansabga oʻtirishni vhkz. Ammo ularga birma-bir erishib ham aslida muammolar tugamasligi, hayot jannatga aylanib qolmasligini bilganda hafsalamiz pir boʻladi.
Nacib Mahfuz'ning "Cebalevi sokağının çocukları" kitobida ham muallif bu holatni qayta-qayta eslatar ekan, insonlarning unutuvchanligini, odam zotidagi eng sust shakllangan jihat xulosa chiqarish ekanligini koʻrsatib beradi.
Asarda qahramonlar silsilasi orqali koʻplab diniy rivoyatlarga ishoralar ham borki, ularning jonli muhitga moslashtirilgani va bu orqali oʻz hayotimizda ham bunga oʻxshash hodisalar uchrab turishi bois mutolaa qadrdonlik ruhida kechadi. Voqealar silsilasida esa haddan ziyod halimlik ham, muloyimlik ham halokatli boʻlishi mumkinligi, har qanday narsada meʼyor muhimligiga urgʻu beriladi.
Asarning soʻnggi qismi esa tom maʼnoda romanning yuragi deyish mumkin: muallif Arif obrazi orqali ilm-fan qanchalik kuchli boʻlmasin, u axloq va masʼuliyat bilan meʼyorlashtirib turilmasa, u ham falokatli boʻlishini koʻrsatadi(Arifga "palakat" deb laqab ham qoʻyib oldim)), chunki Arif qayerga borsa, nima ish qilsa, vaziyatni yanada murakkablashtiradi. O‘zini juda aqlli deb biladi,  oqibatda esa ko‘plab fojialarga sabab bo‘ladi.
Umuman, asarning tamal gʻoyasi haqida shuni aytish mumkin: hech kim bizga farovon hayotni tuhfa qilmaydi, hech kim biz uchun toʻkis hayot qurib bermaydi. O‘z hayotimizni o‘zimiz tartibga solmasak, kurashmasak, hech qanday "Jebalavi" kelib biz uchun kurashmaydi. Ammo  hayotimiz uchun mas'uliyatni o‘z qo‘limizga olarkan, harakatlarimizni xudbinlik bilan emas, axloq bilan boshqarish ham juda muhimdir.
Asarni oʻqing, har xil hayot tarzidan xulosa chiqarish uchun ham. Aslida, aytganimdek, insoniyat va xulosa chiqarish tushunchalari bir-biriga mos tushmasa ham. Chunki xulosalar doim yodda turishi kerak, inson esa unutuvchan..
Mutolaadan charchamang, doʻstlar!
💚

August 17, 04:47

Nihoyat..
🥲

July 21, 17:08

Osmon choʻkib qoldi bu oqshom,
Ruhimda bir gʻashlik oʻrmalar..

April 11, 04:47
Media unavailable
1
Show in Telegram

Ertalabdan yangi choynagimiz oilamiz diqqat markazida boʻldi. Mana, men suvni qaynatib boʻldim, ishni doʻndirib qoʻydim degandek suv qaynashi bilan hushtak chaldi.
Qanday alomat narsa ekan-a deb hammamiz qarab turdik. Yangi choynagimiz esa battar avjiga chiqdi. Yanada balandroq shovqin solib choyni qaynatganini bildirishda davom etdi. Ana, moʻjiza!
Lekin bunday oʻylab qarasam, eski choynagimiz ham aynan shu vazifani bajarardi. Hech bir kamchiligi yoʻq edi. Ammo bunchalik e’tibor markazida emasdi, hammaning tahsiniga loyiq koʻrilmagandi. Chunki suvni qaynatib qoʻydim deb shovqin solmasdi!
Hayotda ham shunday. Ishini qoyilmaqom bajargan, ammo nimalar qilganini koʻrsatib bera olmaganlar e’tibordan chetda. Hech nima qilmagandek nazardan chetda boʻladi.
Ammo tayinli ish qilmasa-da shovqin koʻtargan, men suvni qaynatib tashladim, unaqa qilib tashadim, bunaqa qilib tashadim degichlar e’tibor markazida va koʻp e’tirof etiladi. Ayni yangi choynagimiz kabi…
Men sizga bunday uslubdan foydalaning demayman. Chin dildan, mehr bilan ishlang. Ammo qilganlaringizni koʻrsatib berishni, buni qolganlarga bildirishni ham unutmang. Ana shunda sizdan kechib hushtak chaladigan “choynak”ni oʻrningizga olib kelib qoʻyishmaydi. Unutmang!
➡️
@qora_yigit