
Mutolaa olami
Ilk bookblogerlar qaytmoqda
🍃
Yaqin orada kitobqurtlarini:
– yangi loyihalar,
– qaynoq uchrashuvlar hamda
– jo‘shqin muhokamalar kutmoqda
🤩
O‘tkazib yubormaslik uchun barchani bir jildda kuzating, yozuv ustiga bosing
!
#mutolaa
#Najib_Mahfuz
Hammamiz hayotda nimanidir kutib yashaymiz, bola boʻlsak, tezroq katta boʻlishni, ulgʻayganda tezroq oʻqishni bitirishni, oila qurishni, bolalarning tezroq oʻzini uddalashini, tezroq qaysidir mansabga oʻtirishni vhkz. Ammo ularga birma-bir erishib ham aslida muammolar tugamasligi, hayot jannatga aylanib qolmasligini bilganda hafsalamiz pir boʻladi.
Nacib Mahfuz'ning "Cebalevi sokağının çocukları" kitobida ham muallif bu holatni qayta-qayta eslatar ekan, insonlarning unutuvchanligini, odam zotidagi eng sust shakllangan jihat xulosa chiqarish ekanligini koʻrsatib beradi.
Asarda qahramonlar silsilasi orqali koʻplab diniy rivoyatlarga ishoralar ham borki, ularning jonli muhitga moslashtirilgani va bu orqali oʻz hayotimizda ham bunga oʻxshash hodisalar uchrab turishi bois mutolaa qadrdonlik ruhida kechadi. Voqealar silsilasida esa haddan ziyod halimlik ham, muloyimlik ham halokatli boʻlishi mumkinligi, har qanday narsada meʼyor muhimligiga urgʻu beriladi.
Asarning soʻnggi qismi esa tom maʼnoda romanning yuragi deyish mumkin: muallif Arif obrazi orqali ilm-fan qanchalik kuchli boʻlmasin, u axloq va masʼuliyat bilan meʼyorlashtirib turilmasa, u ham falokatli boʻlishini koʻrsatadi(Arifga "palakat" deb laqab ham qoʻyib oldim)), chunki Arif qayerga borsa, nima ish qilsa, vaziyatni yanada murakkablashtiradi. O‘zini juda aqlli deb biladi, oqibatda esa ko‘plab fojialarga sabab bo‘ladi.
Umuman, asarning tamal gʻoyasi haqida shuni aytish mumkin: hech kim bizga farovon hayotni tuhfa qilmaydi, hech kim biz uchun toʻkis hayot qurib bermaydi. O‘z hayotimizni o‘zimiz tartibga solmasak, kurashmasak, hech qanday "Jebalavi" kelib biz uchun kurashmaydi. Ammo hayotimiz uchun mas'uliyatni o‘z qo‘limizga olarkan, harakatlarimizni xudbinlik bilan emas, axloq bilan boshqarish ham juda muhimdir.
Asarni oʻqing, har xil hayot tarzidan xulosa chiqarish uchun ham. Aslida, aytganimdek, insoniyat va xulosa chiqarish tushunchalari bir-biriga mos tushmasa ham. Chunki xulosalar doim yodda turishi kerak, inson esa unutuvchan..
Mutolaadan charchamang, doʻstlar!
💚
Nihoyat..
🥲
Osmon choʻkib qoldi bu oqshom,
Ruhimda bir gʻashlik oʻrmalar..
Ertalabdan yangi choynagimiz oilamiz diqqat markazida boʻldi. Mana, men suvni qaynatib boʻldim, ishni doʻndirib qoʻydim degandek suv qaynashi bilan hushtak chaldi.
Qanday alomat narsa ekan-a deb hammamiz qarab turdik. Yangi choynagimiz esa battar avjiga chiqdi. Yanada balandroq shovqin solib choyni qaynatganini bildirishda davom etdi. Ana, moʻjiza!
Lekin bunday oʻylab qarasam, eski choynagimiz ham aynan shu vazifani bajarardi. Hech bir kamchiligi yoʻq edi. Ammo bunchalik e’tibor markazida emasdi, hammaning tahsiniga loyiq koʻrilmagandi. Chunki suvni qaynatib qoʻydim deb shovqin solmasdi!
Hayotda ham shunday. Ishini qoyilmaqom bajargan, ammo nimalar qilganini koʻrsatib bera olmaganlar e’tibordan chetda. Hech nima qilmagandek nazardan chetda boʻladi.
Ammo tayinli ish qilmasa-da shovqin koʻtargan, men suvni qaynatib tashladim, unaqa qilib tashadim, bunaqa qilib tashadim degichlar e’tibor markazida va koʻp e’tirof etiladi. Ayni yangi choynagimiz kabi…
Men sizga bunday uslubdan foydalaning demayman. Chin dildan, mehr bilan ishlang. Ammo qilganlaringizni koʻrsatib berishni, buni qolganlarga bildirishni ham unutmang. Ana shunda sizdan kechib hushtak chaladigan “choynak”ni oʻrningizga olib kelib qoʻyishmaydi. Unutmang!
➡️
@qora_yigit
Ишон, одам, баҳорга ишон,
қара, гўдак каби беғубор —
мингинчи бор оловдай порлоқ
гулларини кўрсатар баҳор.
Баҳор сенга ишонар, қара,
сузиб чиқди кўзига юрак —
қараб турар сенга интизор,
сен баҳорни севишинг керак.
Кўзига боқ, ҳайдама уни —
мингинчи бор қилмагин хато.
Остонангдан кетмайди баҳор,
сен аслингга қайтмагунча то.
Шарқиратар асов сойларин,
нафасидан ранглар уфурар,
ўйнайверар яшил қушларин,
гулларини ёндираверар...
Шавкат Раҳмон
❄️
Qish kelayotir.
Va u endi
yangi ko‘rinishda
kelmoqda…
📕
Muqova ochildi.
Taxt uchun kurash boshlanadi. Do‘stlik yemiriladi, sadoqat sinovdan o‘tadi. Bu o‘yinda yutish ham xavfli, yutqazish esa —
halokat
.
“Taxtlar o‘yini”
— o‘yin boshlanadi.
“Qirollar to‘qnashuvi”
— qoidalar yo‘q qilinadi.
🤴
TEZ KUNDA SOTUVDA
@ZabarjadMedia
— eng yaxshisini ilinamiz!
Siqilay desak, muammolar koʻp. Lekin afsuski, yashash kerak.
Havolar sovudi. Odamlar sovuq.
Toshkentda qor yogʻdi, qishloqda yomgʻir.
Shamollar zabtidan seni qoʻruvchi,
Qoʻlingdan tutguvchi mehribon bormi?
Sendan xavotirman...
Yoʻllar juda yomon. Odamlar yomon.
Ishdan qaytadursan toʻliqib, xorib.
Hech kimga bildirmay yigʻlaganingda
Yoshingni artguvchi mehribon bormi?
Sendan xavotirman...
Ey mening oʻjarim, xudbin malagim!
Ey kunda ming bora vido aytguvchi!
Gʻururning zoʻridan qaytmaganingda
Yoningga qaytguvchi mehribon bormi?
Sendan xavotirman...
Balki baxtlidirsan oʻz olamingda,
Balki bilmasdirsan gʻam-qaygʻu nadir.
Garchi begonasan anchadan beri,
Garchi uzoqdasan, balki shungadir,
Sendan xavotirman...
Ilhom Salimov
@salimov_blogi
#koʻzni_quvontiradigan_holat
Shoshilib chiqib, yoningda na bir kitob, na Kindle'ni olganingda boshqalarning kitobiga moʻralab oʻqib ketish ham qiziq holat ekan)