Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi/ RASMIY
Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining rasmiy telegram kanali
Boshqarmaning murojatlar boti
t.me/Nam_VMMTB_murojat_bot
Boshqarmaning darsliklar bo'yicha murojaat boti
t.me/Namangandarslik_murojat_bot
#Oav_biz_haqimizda
Maktab o‘quvchisi "Aqlli issiqxona" loyihasini ishlab chiqdi - Xalq so‘zi
Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati
Bizni kuzating
Telegram
|
Facebook
|
Veb Sayt
Триумф таланта и качества образования
Наманганская школа творчества имени Искокхона Ибрата уверенно вошла в элиту образовательных учреждений Узбекистана, заняв 9-е место в республиканском рейтинге, составленном Агентством по оценке знаний и квалификаций Министерства высшего образования, науки и инноваций.
https://nampravda.uz/obrazovanie/triumf_talanta_i_kachestva_obrazovaniya.html
Resurslarni tejaydigan innovatsiya: maktab o‘quvchisining aqlli issiqxona loyihasi
➖
Uchqo‘rg‘on tumanidagi 25-umumta’lim maktabi 11-sinf o‘quvchisi Diyorbek Qo‘qonboyev fizika faniga bo‘lgan qiziqishi natijasida zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnologiyalariga mos keluvchi “Aqlli issiqxona” qurilmasini ishlab chiqdi. Mazkur loyiha yoshlarning ilmiy-ijodiy izlanishlari natijasida agrar sohada samaradorlikni oshirish mumkinligini amalda isbotlamoqda.
◀️
Bugungi kunda dunyoning ko‘plab davlatlarida, xususan, Niderlandiya, Yaponiya va Janubiy Koreya kabi mamlakatlarda “aqlli issiqxona” texnologiyalari keng qo‘llanilmoqda. Ilmiy tadqiqotlarga ko‘ra, tomchilatib sug‘orish, avtomatlashtirilgan harorat va namlik nazorati, shuningdek, seleksiya asosidagi yuqori hosildor navlardan foydalanish orqali hosildorlik 2–3 barobarga oshiriladi.
✔️
Diyorbekning qurilmasi ham aynan shu prinsiplarga tayangan bo‘lib, unda tomchilab sug‘orish va o‘g’it integratsiyasi asosida masofadan boshqarish tizimi joriy etilgan. Amaliy sinovlarda ushbu moslama kichik hajmda bo‘lsa-da, 15 kilogrammgacha hosil yetishtirish imkonini bergani e’tiborga loyiqdir.
✍️
Yosh muhandis o‘z qurilmasida Kross F1 navli pomidor urug‘ini ekib, yiliga ikki marotaba hosil olishga muvaffaq bo‘ldi. Hozirda u tumandagi tomat ishlab chiqaruchi zavod bilan shartnoma asosida bir sotix maydonga pomidor ekib, 1,5 tonna hosil olish imkoniyatini sinab ko’rmoqchi.
➕
Mazkur loyiha O‘zbekiston sharoitida qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish va resurslarni tejashga xizmat qilib, mahalliy sharoitga moslashtirilgan, iqtisodiy jihatdan tejamkor hamda kelajakda keng joriy etilishi mumkin bo‘lgan texnologiya sifatida muhim ahamiyat kasb etadi.
🔗
Iqtidor egasi shu yilning o’zida innovatsion “Aqlli issiqxona” sini patentlashtirishni rejalashtirgan.
Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati

Yilning innovatsion haftaligi boshlanishiga oz fursat qoldi!
9-11-oktabr
kunlari
CAEx
ko‘rgazmalar zalida “
InnoWeek-2025” haftaligi
“Chegarasiz g‘oyalar”
shiori ostida boʻlib oʻtadi.
Bu yilgi tadbirda 400 ga yaqin yangi ishlanmalar, 100 dan ziyod innovatsion mahsulotlar namoyish etilib, 15 mingga yaqin ishtirokchi tashrif buyurishi kutilmoqda. Kun tartibidan ilg‘or texnologiyalar va sun’iy intellekt, tibbiyot va biotexnologiyalar, ta’lim sohasiga oid elektron yechimlar, agrosanoat texnologiyalari, aqlli shaharlar hamda robototexnika kabi yo‘nalishlar joy olgan.
Haftalikda ishtirok etgan eng yaxshi g‘oyalar egalari o‘z startaplarini xalqaro bosqichga olib chiqish uchun
xorijga bepul yo‘llanma
yutib olishi mumkin.
Ko‘rgazmalar, tanlovlar, forumlar, master-klasslar, startap pitchinglar, xakatonlar – barchasi “Innoweek-2025”da!
@hilola_umarova
Namangandagi
Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi respublika reytingida top-10 talik ro‘yxatdan joy oldi
➖
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari oliy ta’lim muassasalariga kirish bo‘yicha ko‘rsatkichlarda yuqori natijalarni qayd etdi.
✔️
Xususan, joriy yilda 38 nafar mazkur maktab bitiruvchisining umumiy ko‘rsatkichi 168,91 ballni tashkil etib, ilm maskani viloyat bo‘yicha 1-o‘rin, respublika miqyosida esa 9-o‘rinni egalladi. Shu tariqa ushbu dargoh yurtimizdagi eng ilg‘or ta’lim muassasalari safidan munosib o‘rin oldi.
◀️
Ta’kidlash joizki, maktab bitiruvchilari 100 foiz xalqaro va milliy sertifikatlarni qo‘lga kiritgan. Shuningdek, ikki nafar o‘quvchi Janubiy Koreyada o‘tkazilgan xalqaro yoshlar forumida, bir nafari Germaniyada tashkil etilgan ta’lim sayohatida qatnashgan. Muassasa ustozlaridan biri esa Fransiyaning Nitsa shahrida malaka oshirish kurslarida ishtirok etib, o‘z bilim va tajribasini yanada boyitdi.
🔗
Ijod maktabida yoshlarning ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlashga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘ndan ortiq bolalarning kitoblari chop etilib, ellikdan ziyod maqolalari nashr etildi.
Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati
‼️
‼️
‼️
Xorijdagi maktabdan o‘quvchilarni ko‘chirish bo‘yicha davlat xizmati ishga tushirildi
✅
Endilikda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari
xorijiy davlatda ta’lim olgan farzandlarini yurtimizdagi davlat umumiy o‘rta ta’lim maktablariga o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining
my.maktab.uz
platformasi orqali
elektron ariza yuborishi mumkin.
➖
Mazkur davlat xizmati Respublikamizdagi barcha davlat umumiy o‘rta ta’lim maktablarida joriy etilgan.
🌐
Batafsil ma’lumot bilan quyidagi yo‘riqnoma orqali tanishingiz mumkin.
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
Bizni kuzating
❤
Telegram
🌐
Facebook
🌐
Youtube
🌐
Instagram
🔎
Veb-sayt
😄
Linkedin
To‘raqo‘rg’on tumanidagi “Kalvak” MFY hududida joylashgan 26 – umumta’lim maktabida zamonaviy, qo‘shimcha 300 o‘rinli o‘quv binosini qurish hamda mavjud o‘quv binolarini ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda, ushbu maqsadlarga 10 mlrd 800 mln so‘m investitsiya mablag’lari yo‘naltirilgan.
➖
Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig’i A’zamjon Isakov mazkur qurilish maydonida bo‘lib, muhandislik infratuzilma, bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirdi.
◀️
Ishlarni sifatli amalga oshirish, belgilangan muddatda qurilish jarayonlarini yakuniga yetkazish bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatmalar berildi.
Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati
https://uza.uz/oz/posts/uchqorgonning-chegara-hududida-xalqaro-maktab-internati-ochildi_756340
#Audiobayonot
#Dolzarb_90_kun
🔴
Yozgi oromgohlar, sog‘lomlashtirish maydonlari, to‘garak va musobaqalar — "Dolzarb 90 kun" tadbirlari yakunlandi
➖
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida 1-iyundan 30-avgustgacha keng ko‘lamli ishlar olib borildi:
📊
Joriy yilning iyun-avgust oylari davomida jami 200 mingdan ortiq tadbirlar tashkil etildi. Respublika bo‘ylab 1 251 ta maktabda kunduzgi oromgohlar tashkil etilib, ularda 173 ming nafar o‘quvchi ishtirok etdi.
☺️
Yurtimizdagi 219 ta “Barkamol avlod” bolalar maktablaridagi 79 ta to‘garaklarda 300 ming nafardan ortiq yoshlar o‘z yo‘nalishlarida yangi ko‘nikmalarni egallashdi.
545 ta maktablarda tashkil etilgan qo‘shimcha darslarda esa 125 ming nafar o‘quvchilar qamrab olindi.
🔰
Bu yil ilk bora 100 nafar sportchi yoshlar uchun “Lochin” dam olish maskanida o‘quv yig‘in mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
📊
Oromgohda o‘quvchilar o‘rtasida turli musobaqalar tashkil etish orqali ularning orasidan eng iqtidorli o‘quvchilar saralab olinib, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Milliy terma jamoasi shakllantirildi.
🌐
BATAFSIL
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
Bizni kuzating
❤
Telegram
🌐
Facebook
🌐
Youtube
🌐
Instagram
🔎
Veb-sayt
😄
Linkedin