
Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi/ RASMIY
Ta’mirtalab maktab endi zamon talablariga mos ko‘rinishga kelmoqda
Efir: 28.07.2026 | 12:00
#Namangan
Namanganda “Yil o‘qituvchisi” tanlovining uchinchi bosqichiga start berildi
Tanlovining uchinchi bosqichi joriy yilning 28-30-iyul kunlari o‘tkazilib, unda respublikamizning 208 ta tuman va shahridan jami 416 nafar pedagog ishtirok etadi. Namanganlik 28 nafar o‘qituvchi ikki bosqichdan iborat ma'naviy-ma'rifiy faoliyat va kitobxonlik bo‘yicha test sinovida o‘zaro bellashishadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 264-son qaroriga muvofiq, 14 nafar viloyatdan g‘olib deb topilgan har bir qatnashchi BHMning 1400 baravari miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlanishi ko‘zda tutilgan.
Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati
RASMIY MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlarda maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i tomonidan mehnat qonunchiligi talablari buzilgani, xususan, mehnat ta’tilida bo‘lgan ta’lim muassasalari rahbarlari ularning roziligisiz ishga chaqirish haqidagi xabarlar yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi talablariga muvofiq, xodimni mehnat ta’tilidan uning roziligisiz chaqirib olishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ayni paytda viloyatdagi maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarini 2026–2027-o‘quv yiliga puxta tayyorlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini munosib nishonlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni muvofiqlashtirish maqsadida ta’lim muassasalari rahbarlari uchun onlayn vebinar tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Mazkur onlayn vebinarda mehnat ta’tilida bo‘lmagan ta’lim muassasalari direktorlari hamda mehnat ta’tilida bo‘lgan direktorlar o‘rniga belgilangan tartibda buyruq asosida direktor vazifasini vaqtincha bajarish yuklatilgan mas’ul xodimlarning ishtiroki nazarda tutilgan.
Shu bois, mehnat ta’tilida bo‘lgan direktorlarni ularning roziligisiz ishga chaqirish yoki ularni vebinarda majburiy ishtirok ettirish bo‘yicha hech qanday topshiriq berilmagan.
Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi faoliyatida mehnat qonunchiligi talablariga qat’iy rioya etiladi. Tarqatilayotgan asossiz va tasdiqlanmagan xabarlar yuzasidan jamoatchilikdan faqat ishonchli hamda rasmiy manbalarga tayanishni so‘raymiz.
Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati
#audiochat
📣
Hurmatli ota-onalar, qadrli kuzatuvchilar!
✅
Joriy yilning 28-iyul kuni soat 16:00 da
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining
rasmiy telegram sahifasida
2026-2027-o‘quv yilida umumta’lim maktablarining 1-sinfiga qabul jarayonlariga bagʻishlangan audio muloqot bo’lib o’tadi.
➖
Unda qabul jarayonlari tartibi va bu boradagi yangiliklarga doir savollarga vazirlik mutaxassislari tomonidan batafsil javob beriladi.
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
Bizni kuzating:
❤
Telegram
🌐
Facebook
🌐
Youtube
🌐
Instagram
🔎
Veb-sayt
😄
Linkedin
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
➖
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining “O‘quvchilar bilimini baholashning yangi tizimini amaliyotga samarali joriy etish bo‘yicha o‘quv-trening tashkil etish to‘g‘risida”gi 266-son buyrug‘i ijrosi doirasida Yangi Namangan tumanidagi 69- umumta’lim maktabida seminar-trening tashkil etildi.
◀️
Unda vazirlik vakillari, Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi trener-o‘qituvchilari, e – maktab tizimi xodimlari, viloyatda yangi baholash tizimi joriy etilishi rejalashtirilgan 100 ta maktablarning o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari va fan o‘qituvchilari ishtirok etdi.
🤔
Tadbir davomida mezonlarga asoslangan baholash tizimini amaliyotga samarali tatbiq etish, uning mazmun-mohiyati, afzalliklari va amaliy mexanizmlari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, ishtirokchilar bilan yangi baholash tizimini joriy etish jarayonida uchrashi mumkin bo‘lgan masalalar muhokama qilinib, ularga amaliy tavsiyalar taqdim etildi.
💳
Ma’lumot o‘rnida, joriy yil viloyatda Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablar tajribasi asosida mezonlarga asoslangan baholash tizimi joriy etilgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari soni 230 ta bo‘lib, 2026–2027-o‘quv yilidan boshlab esa ushbu tizimni 330 taga yetkazish ko‘zda tutilgan.
Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati
#qabul_2026
#NamDPI
KELAJAK ESHIKLARINI NAMDPI KALITLARI BILAN OCHING!
Ta’limning yangi nafasi, texnologiyaning yangi bosqichini Namangan davlat pedagogika instituti bilan birga kashf eting hamda zamonaviy imkoniyatlardan unumli foydalaning!
🏛
Namangan davlat pedagogika instituti rasmiy sahifalari:
📱
Telegram
2️⃣
Instagram
3️⃣
Facebook
📺
YouTube
Chustda zamonaviy qo‘l jangi zali foydalanishga topshirildi
Chust tumanining Tog‘ oldi hududi
,
Bog‘ormos MFYda joylashgan tuman sport maktabining Karkidon filialidazamonaviy talablar asosida bunyod etilgan qo‘l jangi sport zalining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur sport inshooti nafaqat Chust tumani, balki Namangan viloyati miqyosida qo‘l jangi sport turini rivojlantirishga xizmat qiladigan muhim maskanlardan biri hisoblanadi.
Yangi sport zalida 15×30 metr o‘lchamdagi universal sport maydoni. sportchilar uchun qulay kiyinish va yordamchi xonalar, yuqori saviyada mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun barcha zarur sharoitlar yaratildi.
Ushbu loyiha "Tashabbusli budjet" dasturi doirasida amalga oshirilib, buning uchun 1 milliard 500 million so‘mmablag‘ yo‘naltirildi.
Shuningdek, Sport vazirligi tomonidan zal zamonaviy sport anjomlari va jihozlari bilan to‘liq ta’minlandi.
Bugungi kunda mazkur sport zalida 100 nafardan ortiq yosh sportchilar muntazam shug‘ullanib, qo‘l jangi sporti bo‘yicha o‘z mahoratlarini oshirib bormoqda. Yangi inshoot kelgusida iste’dodli sportchilarni kashf etish va xalqaro maydonlarda yurtimiz sharafini munosib himoya qiladigan chempionlarni tarbiyalashga xizmat qiladi.
Tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiya qo‘mondoni general-polkovnik Baxodir Toshmatov, Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzaqov, Sport vaziri o‘rinbosari Avaz Karimov, Xalqaro qo‘l jangi federatsiyasi prezidenti Sergey Aleksandrovich Astaxov, tuman hokimi Baxtiyorjon Salimjonov, sektor rahbarlari, nuroniylar hamda soha mutasaddilari ishtirok etdilar.
Tadbir davomida mehmonlar yangi sport inshooti bilan yaqindan tanishib, mamlakatimizda sport infratuzilmasini kengaytirish, yoshlarni sog‘lom turmush tarziga jalb etish hamda vatanparvar, jismonan chiniqqan avlodni tarbiyalash yo‘lida amalga oshirilayotgan bunday loyihalarning ahamiyati beqiyos ekanini alohida ta’kidladilar.
https://t.me/Chusttumanhokimligi
#O‘tish_ballari
#Qabul_2026
🎓
Kelajagingiz uchun munosib yo‘nalishni tanlang va NamDPI talabasi bo‘lish sari dadil qadam tashlang!
📊
2025/2026-o‘quv yilidagi o‘tish ballari
Namangan davlat pedagogika instituti bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining kunduzgi va kechki ta’lim shakllari bo‘yicha o‘zbek hamda rus guruhlaridagi o‘tish ballari bilan tanishing.
📌
Jadvalda davlat granti va to‘lov-shartnoma asosidagi o‘tish ballari alohida ko‘rsatilgan.
🏛
Namangan davlat pedagogika instituti rasmiy sahifalari:
📱
Telegram
2️⃣
Instagram
3️⃣
Facebook
📺
YouTube
🎓
Kelajagingiz uchun to'g'ri tanlovni bugun amalga oshiring!
NamDTU
— zamonaviy oliy ta'lim, ilg'or innovatsiyalar va xalqaro imkoniyatlar maskani.
✅
Dunyoning
150 dan ortiq nufuzli oliy ta'lim muassasalari
bilan xalqaro hamkorlik;
🤖
Keng imkoniyatlarga ega
Sun'iy intellekt ilmiy laboratoriyasi
;
🔬
Ilm-fan, innovatsiyalar va startap loyihalarini qo'llab-quvvatlovchi zamonaviy muhit;
🌍
Xalqaro maydonda munosib o'ringa ega universitet.
Sifatli ta'lim, zamonaviy bilim va ulkan imkoniyatlar sari ilk qadamni
NamDTU
bilan boshlang!
🎥
Videoni tomosha qiling va
NamDTUni tanlang!
📞
Murojaat uchun:
+998692340564
+998692340615
Orzular ushaladigan maskan — Namangan davlat texnika universiteti!
✅
✅
✅
✅
✅
Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Eʼzoza Karimova boshchiligida joylardagi Direktorlar kengashi faoliyatini yanada takomillashtirish, taʼlim tashkilotlari rahbar kadrlari salohiyatini oshirish hamda yangi oʻquv yilida bolalarni 1-sinfga qabul qilish jarayonlariga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.
➖
Unda vazir oʻrinbosarlari, vazirlik masʼullari, hududiy boshqarmalar, tizim tashkilotlari rahbarlari hamda Direktorlar kengashi aʼzolari ishtirok etdi.
Yigʻilishda umumtaʼlim maktablari hamda davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini yuqori malakali, zamonaviy boshqaruv koʻnikmalariga ega rahbar kadrlar bilan taʼminlashga doir tahliliy maʼlumotlar masʼullar ishtirokida koʻrib chiqildi.
➖
Qayd etilganidek, menejerlik kurslarida hozirga qadar 5 200 nafarga yaqin direktorlik lavozimi uchun nomzodlar qatnashgan. Hududiy boʻlinmalar rahbarlariga umumtaʼlim maktablari direktorligi vakant lavozimlariga joylardagi Direktorlar kengashi tavsiyasi asosida munosib nomzodlarni tayinlash boʻyicha muhim koʻrsatmalar berib oʻtildi.
🔹
Yigʻilishda yangi oʻquv yilida bolalarni 1-sinfga qabul qilish jarayonlari ham har bir hudud misolida tahlil qilindi.
Masʼullarga maktab yoshidagi bolalarni maktabga qabul qilish ishlarini tizimli tashkil etish hamda taʼlim muassasalarini zarur darsliklar bilan taʼminlash boʻyicha aniq vazifalar belgilab berildi.
👉
Tadbir soʻnggida vazirlik masʼullari va hududiy boshqarma boshliqlarining kun tartibidagi mavzularga oid hisobotlari tinglandi.
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
❤
Telegram
🌐
Facebook
🌐
Youtube
🌐
Instagram
🔎
Veb-sayt
😄
Linkedin