Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Abdullo Nasullayev

nasullaevblog

“Portret Group” asoschisi

Subscribers
1 330
Post views
833
ER
62,63%
Posts
727
October 20, 17:25
Media unavailable
1
Show in Telegram

Bekorchilik yoki maqsadsizlikning belgilaridan biri - kimgadir yoqishga urinish (yoki bu haqida ko'p o'ylash) Agar siz yetarlicha kuchli va muhim ish bilan shug'ullanayotgan bo'lsangiz boshqalarning siz haqida nima deb o'ylashlari sizga qiziq bo'lmay qoladi…

October 19, 15:15

Bekorchilik yoki maqsadsizlikning belgilaridan biri - kimgadir yoqishga urinish (yoki bu haqida ko'p o'ylash)
Agar siz yetarlicha kuchli va muhim ish bilan shug'ullanayotgan bo'lsangiz boshqalarning siz haqida nima deb o'ylashlari sizga qiziq bo'lmay qoladi
Qiziq bo'lgani bilan sizning ularning fikrlariga ta'sir qilish haqida o'ylashingiz yakuniy natijani o'zgartirmaydi
Shunchaki aniq maqsadni qo'yib, hammaga qiziq bo'ladigan darajadagi qiziq va kuchli ishlarni qilishingizni o'zi kifoya
Biror narsaga erishishning eng oson yo'li - o'sha narsaga arzish.
Play the game well, the score takes care of itself
_______
Agar shu post 50 ta
🔥
yig'sa
(jangimni ko'rsataman desam-a
😂
)
,
maqsaddan chalg'imasdan harakatlanish va energiyani tiklashga
yordam berayotgan odatlarim haqida post yozaman.

September 27, 05:50

🧠
Haqiqiy donolik — Alloh bergan imkoniyatdan foydalanib, harakatda bo‘lish.
@nasullaevblog

September 26, 07:45

Biz 2 ta’sirga ko’ra harakatga o’tar ekanmiz
1. Ichki ta’sir - xohish, maqsad
2. Tashqi ta’sir - ehtiyoj, majburiyat, mas’uliyat
Tashqi ta’sir hayotimizga natija beradi, lekin rutinaga solishi hisobidan hayot rangsiz bo’lib qoladi
Ichki ta’sir esa harakatlarimiz kuchini yaxshilab, hayotimizga rang ham qo’shadi
Tashqi ta’sir manimcha hech qachon tugamaydi
O’zi yoqtirmagan ishga borayotgan inson hayoti rangli bo’lishi uchun emas, majburiy ehtiyojlari yopilishi uchun ishlaydi - bu must have
Ichki ta’sir majburiy bo'lmagani uchun quyidagi sabablarga ko’ra xohish esa o’lib qolishi mumkin
1. Ishonchsizlik
- aslida o’ziga bo’lgan ishonch hayot yo’lizdagi isbotlardan keladi. “30 yil hech nimaga erishmagan endi erishadimi” deb boshqalardan oldin odam o’zi o'ziga aytadi.
Yechim: Hayotda nimagadir erisha olishingizni kichik natijalar bilan bo’lsa ham avvalo o’ziz uchun isbotlashga harakat qiling
2. Taqqoslash
- bu hasadni uyg’otadi. Hasad esa harakatsizlikka olib keladi. Chunki, hasad qilgan odam hech qachon o’zidan ayb izlamaydi. Ayb izlasa u hasad bo’lmaydi. Bill Gatesni gapini ko’p eslayman: “O’ziga bo’lgan ishonchni o’ldirishning eng oson yo’li - o’zingizni boshqalar bilan taqqoslash”
Yechim: Ijtimoiy tarmoqlardan uzoqlashing. O’z hayot va xohishlaringizda yashang. Yoshligizda sizni qo'shnini bolasi bilan taqqoslab aytilgan gaplarni unuting.
3. Salomatlik.
Kasal bo’lganimizda garmonal holatimiz o’zgarishi hisobidan o’zimizga o’xshamay fikrlaymiz. Negativ bo’lib qolamiz yoki qo’rqoq. Nima bo’lsa ham yaxshi emas. Shu uchun kasal bo’lganda asosiy diqqatni tezroq tuzalishga qaratish kerak.
Yechim: Sport bilan shug’ullanish va uyqu-ovqatlanish rejimini to’g’irlash.
(Yosh o’tgandan keyin bilinarkanda endi
😅
)
O’zi bular umuman nimaga kerak?
Naval Ravikantning zo’r gapi bor:
“IQ darajasini 2 narsa ko’rsatadi:
1. Inson xohlagan narsasiga erishishi
2. To’g’ri narsani xohlashni bilishi.”
Bu post Maqsad va xohishlarimizga erishish yo'lidagi sabablarimizni mustahkamlash uchun kerak bo’ladi.
Obuna bo'ling
👉
@nasullaevblog

September 18, 11:32

Biror natijaga ishonchsizlik
Xuddi shu natijaning amalga oshirilishi bilan tugaydi
IELTS 9.0 imkonsiz edi toki Begzod aka bu natijaga erishguncha
Har doim imkonsiz deb o'ylangan natijalar amalga oshirilishi bilan o'sha natija ichidagi record'lar qayta va qayta buzilishni boshlaydi
Bugun sotuv menejerimiz ham man bergan topshiriq real ekaniga shubha qilib turgandi...
...toki o'zim talab qilgan ishni imkoni borligini o'zim amalga oshirib ko'rsatgunimgacha
Maqsadiz / topshirig'iz bor, lekin uni imkoni borligiga shubha qilayapsizmi?
Bu natijani qilgan odamni o'ziz uchun toping, miyadagi blok yechiladi
@nasullaevblog

September 12, 19:19

Shaxsiyat VS Funksionallik
Ma’lum ishni zo’r qiladigan (funksionallik) odamning shaxsiyati kuchsiz bo’lishi uni katta natijalardan to’sadi
Shaxsiyati kuchli odam esa istalgan ishni zo’r qiloladi
Kuchli Shaxsiyat shakllantirishga ta’sir qiladi:
1. Tarbiya
2. Mas’uliyat
3. Emotsiyalarni (xohishlar, qo’rquvlarni) boshqarish / ustun kelish
4. Odatlar qurish
Kuchli Kasb egasini xohlagancha “ishlab chiqarish” mumkin.
“Ishlab chiqaruvchilar” esa Kuchli shaxsiyatga ega insonlar bo’ladi
P.s.: Aslida kuchli shaxsiyatlilar emas, puldor tadbirkorlar ko’p bo’lgani uchun ham kim uchundir Shaxsiy brend qilishni to’xtatdim.
Biznesmen ham aslida ekspert, uni ham o’z ilmi bor, qiyin emas. Ba’zi ishlarni to’g’ri qilsangiz tez boyib ketasiz. Afsuski shaxsiyat bunday oson qurilmaydi.
@nasullaevblog

September 10, 18:13

Chuqur ma'noga ega gap
"Sen menga o'zingni kuchli qilib ko'rsatayapsan
Men esa senga o'zimni zaif qilib ko'rsatayapman
Haqiqat shundaki, ikkalamiz ham yolg'onchimiz"
@nasullaevblog

September 08, 18:24

Sinov
Qiyinchilik keladi, yechimi sifatida kimgadir ishingiz tushadi
Ishingizni bitirib bergan odam bilan kelajakda sinalasiz
Qanday yo’l tutishingiz sizni aslingizni ko’rsatadi
Boshqa odamga qiyinchilik keladi, yechimiga sababchi qilib siz tanlanasiz
Vaqt o’tadi va siz sabab ishi bitgan inson sizga o’z minnatdorchiligini bildirish vaqti keladi
O’sha vaqtdagi harakati uning kimligini ochib beradi
Sinovlarda yorug’ yuz bilan o’tish nasib qilsin
🤲🏼
@nasullaevblog

August 29, 05:21
Media unavailable
1
Show in Telegram

Buyuk Britaniya qirolicha vafot etganiga 3 yil bo'ldi
U dunyodagi 99% odamdan ko'ra boyroq, uzoqroq va unikal hayotga ega edi
Lekin biz hozir uni umuman eslamaymiz ham
Qanchalik yuqori darajaga chiqmaylik, bizning manzilimiz aniq
Hammasi tugaganda biz nimalarga erishganimiz va odamlarning fikrlari ahamiyatsiz bo'lib qoladi
Eng ahamiyatli bo'ladigani esa biz bu hayotda o'zimiz xohlagan ishlarni qiloldikmi?
(c) Hormozi
_____________________
Xulosam:
Harakatlarimizning tub motivini ongli tarzda bilib amalga oshirishimiz hayotimizning har bir lahzasini his qilishimizni ta'minlaydi.
To'g'ri qarorlar qilish uchun esa yoshlik davrimizni to'g'ri qadriyatlar, odatlar, insonlar davrasi qurishga sarflashimiz kerak

August 19, 15:56

Bir marta qilib ko’rsam, hech narsa bo’lmaydi
Yoshlikda qiziqqonlik hisobidan ko’plab taqiqlangan ishlarni bir marta sinab ko’rish qiziq bo’ladi
Yashirmayman, ba’zilarini o’zim ham qilib ko’rganman
Chunki, bir argumentimga qarshi argument topolmagan edim:
“Bir marta qilib ko’rsam, hech narsa qilmaydi”
Bu argument noto’g’ri emas, lekin yetarlicha kuchli ham emas
Va hozirgina yaxshi argument topdim va kanalda bo’lishishni xohladim
“Suvchechak yaralarini yirtsangiz o'zidan butun umrlik chandiq
qoldiradi.
Kasallik nafaqat o'z vaqtida bemorni qiynaydi, tuzalib ketgandan keyin ham xalaqit beradi. Giyohvand moddalar, yomon odatlar ham shunday. Aqliy qobiliyatlarni, potensial imkoniyatlarni tuzatib bo'lmas darajada pasaytirib yuboradi.”
Counter Strike o’yinida freeze-time degan narsa bor
Yangi o’yin uchun o’yin oldi tayyorlanishga qo’shib beriladigan cheklangan (5-10-15… sekund) vaqt
Freeze-time’da kim yaxshi qurollanib, o’yin rejasini tuzib ulgursa, muvaffaqiyat shansi shuncha yuqori bo’ladi
Yoshlik ham aslida katta hayot oldidan tayyorlanish uchun berilgan freeze-time
U vaqtni “qurollanishga” emas, kayf-safo va yengil narsalarga sarflaganlar “o’yin”ni yutqazish ehtimolini oshirgani qoladi
@nasullaevblog