
Abdullo Nasullayev
🌊
Dengiz qancha chuqur bo'lsa u shuncha sokin bo'ladi
Inson qancha oqil bo'lsa shuncha bosiq bo'ladi
Og'ir, noqulay va stressli momentlarda insonlar o'zlarini qanday tutishlariga e'tibor qarating - bu ularning asl holatlari
Istalgan odam hammasi yaxshi va ularga mos bo'lgan holda o'zlarini yaxshi tuta olishadi
Og'ir vaziyat esa emotsiyalarni tizgindan chiqaradi, o'z-o'zini nazorat qilishga majbur qiladi
@nasullaevblog
May oyi eng band va samarali oylardan bo’ldi
1. Oyni Yangi O’zbekiston obyekti uchun online taqdimotdan boshladik
2. 4-may kuni esa Bosh Vazir va Savdo Sanoat Palatasi bilan birgalikda HongKong safariga ketdik
3. 7-may kuni Guanjouda safarimiz davom etdi va 11-may kuni Toshkentga qaytdik
4. 12-22 may kunlari China Housening yangi yirik loyihasi ustida jamoa bilan intensiv ishladik.
5. 23-26 may kunlari Navoiy safarida oilaviy bo’ldik. Jiyanni uylantirib keldik
6. Hayitda bir kun dam olib, shu bilan yangi oy oldidan China Housening Commercial Department’ini yangi darajaga chiqarish uchun reja va materiallarni tayyorladim. Bu ishdagi eng asosiy focusim management’ga qaratilgan. O’z o’zini boshqaruvchi tizim yaratish modeli 85% tayyor
Aynan shu modelni 100% qilish uchun mayning oxirgi kunlarini sokin tabiat qo’ynida o’tkazyapman
@nasullaevblog
⏰
Soat tungi 00:05
📆
28-maydan 29-mayga o’tish kechasi
Davlat 5 kunlik dam olish e’lon qilgan
2021-yildan beri o’z vaqtimni o’zim nazorat qiloladigan imkoniyatga egaman, lekin shunga qaramay hayotimning 80% qismi shu ko’rinishda o’tib keladi
Eng qizig’i, men tanigan o’nlab millionerlarning deyarli hammasi xuddi shu vaqtda aloqaga chiqsangiz ham siz bilan gaplashishadi (uyqusiragan ovozda emas!)
📌
Muhim to’ldirish: “Temshik” va Tadbirkorlar adashtirilmasin
🤔
Nega tepasida rahbari yo’q insonlar ish vaqti belgilangan xodimlarga qaraganda ko’proq ishlashadi?
Nega standartdagidan ozgina ko’p ishlagan xodimlar qo’shimcha haq yoki e’tirof talab qilib qoladi?
Meni xulosam,
harakat fundamenti ichkaridan bo’lgan insonlarga tashqaridan ta’sir kerak emas, ular bu ishni o’zlariga yoqqani uchun qilishadi. Ikkinchi toifa majbur bo’lganidan qiladi.
🐣
Oddiy lekin ideal o’xshatish: Tuxum ichkaridan sinsa yangi hayot, tashqaridan sinsa o’lim.
O’ylab ko’ring, harakatlaringizni xohlab qilyapsizmi yoki majburlikdan?
@nasullaevblog
Chumchuq inida ko'rganini qiladi
Bola uyida ko'rganini qiladi
Xodim rahbarida ko'rganini qiladi
Rahbar esa o'ziga o'xshagan xodim oladi
Atrofimizdagi hamma narsa aslida bizning ichki olamimizning aksi
Juda kichik qismi esa maqsadlarimiz yo'lida yengishimiz kerak bo'lgan muammolar
Muammolar aslida hayotimizning juda kichik foizini tashkil qiladi, ularga emotsional tus berish orqali ahamiyatini oshirib yuboramiz xolos
Hayotimizning asosiy qismi esa biz uchun qachonlardir muammo bo'lgan yechimlarning avtomatlashgan ko'rinishidan iborat
Xulosa: Atrofingizda sizga yoqmayotgan holatlar yoki sizning ichki olamingiz, yoki yangi darajaga chiqishingiz yo'lidagi to'siqchalar. Har bir to'siq yangi level uchun kalit. Kalitni topish uchun esa ratsional fikrlashimiz kerak bo'ladi (qaysiki, har doim ham oson bo'lmagan ish)
O'zing o'zgarmasang, olam o'zgarmas
@nasullaevblog
Keladigan keladi, ketadigan ketadi - 24 soat ichida bo’lgan 2 hayotiy voqea
24-may. Oilamizda to’y bo’ldi. To’yning yugur yugurlari bilan charchaganimiz aniq. Tungi soat 22:00 dan oshgandi.
Cho’ntagimdan pullarim tushib qolganini sezdim. Ular yo’qolganiga ichimdan 90% ga ishonib bo’lganman. Lekin baribir qidirdim. Aniqki topolmadim…
Ichimdagi bir fikr tinchlik bermayapti: “Halol bo’lsa topiladi…”
Pulim halol ekaniga ishonaman, lekin qaytmasligiga ham ishonaman
😂
Qidirib topolmadim, taqdirga tan berdim. 10 daqiqadan oshiqroq boshqa ishlar bilan ovora bo’ldim. Keyin ko’chaga chiqdik va birdan shamol ko’tarilib oyog’im tagidan yo’qolgan pullarim uchib ketdi…
Yosh bolalar yugurib ketishdi, terish uchun. Man hayronman - nahotki…?!
Hamma pullarim qaytdi. Holat bo’yicha hammasi nereal edi. Lekin oliy zot uchun bu qiziq emas - maniki ekan keldi
Ertasi kuni Toshkentga qaytishimiz kerak. Biletlar olingan, pasportlar joyida. Vokzalga reja qilingandan 1 soat oldin bordik. Bemalol o’g’lim bilan o’ynab vaqt o’tkazdik.
Bir payt xodimlar bilan gaplashsak, bizni poyezd 20 daqiqa oldin ketib bo’lgan ekan
🤯
Darhol, 10 daqiqadan keyin keladigan poyezdga bilet olishim kerak edi. Bo’lmasa shaharga qaytolmayman va vaziyat yanada jiddiylashar edi
Eski bilet pullari kuygani tabiiy, lekin yangi biletimiz eskisidan 3X qimmatroqqa tushdi. Vaholanki, man hamma sabablarini qilgan edim. Hayotimda hech qachon aeroport yoki vokzalga kech qolmagan edim. Hammasini puxta qilganman. Lekin, Ketishi kerak ekan ketdi. Xulosa olindi.
Nega bu voqeani hozir aytib beryapman? Chunki, xuddi shu mindset bilan 2 oydan beri yashashni boshladim. Hayot nafaqat osonlashdi, balki yaxshilandi ham. Xotirjamlik bo’lyapti. Xohishlarimga yetishim oson bo’lyapti.
Katta mavzu. Qisqa qilishga harakat qildim.
@nasullaevblog
Katta o’sish katta o’zgarish talab qiladi
Katta o’zgarish esa voz kechish va mas’uliyat talab qiladi.
Voz kechish va mas’uliyat olish nimani talab qiladi? O’zlikni va real xohishlarni anglashni talab qiladi!
Eski fikrlash modelidan voz kechish va yangi mas’uliyatlarni olish yangi daraja va masshtab beradi.
Daromad ko’payganidan keyin, puldorlarning aksariga hurmatingiz kamayadi.
Obunchalilar ko’payganidan keyin, mashhurlarning aksariga hurmatingiz kamayadi.
Ilmiy ish qila boshlasangiz, professorlarning aksariga hurmatingiz kamayadi.
Mansab zinalaridan chiqa boshlasangiz, rahbarlarning aksariga hurmatingiz kamayadi.
Bir tarafdan tushunarli.
Odam o’zida yo’q narsaga ko’proq qoyil qoladi.
Boshqa tarafdan, yuqoridagi yutuqlar, oddiy ishlar + omadning natijasi ekanligini tushuna boshlaysiz.
Bitta holat bundan mustasno ekan.
Nafsingiz bilan kurash ko’payganidan keyin, nafsidan g’olib kelganlarga hurmatingiz kamayib qolmaydi. Ko’payib boradi.
Jarayonga kirishmaguncha bu ishni oddiy deb o’ylagan edingiz.
Kirishganingizdan keyin, oddiy ko'ringan odamlarning buyukligi bilinib qoladi.
Tadbirkor 2 ta masala ustida qancha ko’p bosh qotirsa, shuncha yutishda davom etaverar ekan.
Birinchisi,
“qanday qilib hodimlarimni boyitsam bo’ladi?”
Ikkinchisi,
“qanday qilib mijozlarimni boyitsam bo’ladi?”
Tamom…
Rahbar, yotsayam tursayam shu savollarni o’ziga berib yursa bo’ldi.
Hodimlarni boyitish deganda birinchi pul tushuniladi. Keyin shahar markazidagi ofis, ahil jamoa, shirin kofe, play station keladi.
Mijozlarni boyitish degandayam birinchi moliyaviy qiymat tushuniladi. Undan keyin, xushmuomala bo’lish, vaqtida javob berish, kabilar keladi.
Ikkisi ham boy bo’lsa, siz avtomatik boysiz.
@shahadolimov
Maqtov
Inson harakatining eng asosiy drayverlardan biri
Maqtov = Isbot
Menimcha u 2 xil bo'ladi:
1. Arzon maqtov. Gapda - faqatgina gapirib, doim isbotlab yurishingiz kerak
2. Qimmat maqtov. Amalda - uni ko'rib turasiz. Xohlasangiz ham rad etolmaysiz
Men yoshligimdan ikkinchisini qurishga harakat qilib kelaman.
(Gapirishni atrofimdagilar darajasida eplolmaganman)
Maqsad: Yakunda, o'zim xohlasam ham rad etolmaydigan darajada kuchli isbot bo'lsin. Shunda gapirishga ehtiyoj qolmaydi.
Let your results speak for you.
Obuna bo'ling:
@nasullaevblog
❌
Avval quray, keyin sotamiz
Bu model qurilish bozorida hozir ishlamaydi
Hozir eng qimmat resurs - YER
Sizda bo'sh yer bo'lsa, tabriklayman.
Agar bu bo'sh yerning hududi katta va joylashuv qulay bo'lsa 2x tabriklayman.
Lekin bu faktlar hoziroq qurilish boshlasangiz boyib ketishingizni anglatmaydi.
Qurilish qilib, yaxshi daromad olishni xohlasangiz, quyida ba'zi foydali lifehack'larni beraman
1. Iloji bo'lsa, o'zingiz qurilish qilmang, sherikchilikda qiling. Faqat hujjat ishlariga e'tiborli bo'ling
2. Qurilishni "o'z hayollaringizga" ishonib emas, bozorni aniq o'rganib boshlang. Sizni yeringiz atrofida qanday loyihani qanaqa uslubda qursa oson va tez sotiladi
3. Agar qurilishingiz sotilishi qiyin bo'lib, xarajatlarni yopishga qiynalishni xohlamasangiz kiimningdir maslahati, buyrug'i yoki o'z tahminlaringizga ishonib qurilish boshlamang. Bozorni o'rganib, aniq konsepsiya bilan ish boshlaganlargina yaxshi daromad qilishmoqda
Bu oxirgi bir necha kundagi bozor analizi asosida chiqargan xulosalarim. Lifehack'lar maksimal darajada qisqa, lekin juda qimmat.
Obuna bo'ling:
@nasullaevblog