Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Abdullo Nasullayev

nasullaevblog
“Portret Group” asoschisi
Subscribers
1 300
24 hours
—
30 days
21
Post views
902
ER
69,38%
Posts (30d)
1
Characters in post
669
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Psychology
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Business & Management
Summary
October 18, 15:59
Media unavailable
1
Show in Telegram

Miyangiz maksimal charchashiga qo’yib bering
2019-yildan beri hardcore rejimida ishlayman. Vaqt tushunchasi deyarli ahamiyatini yoqotgan
Lekin bu format tez tez burn out holatiga olib keladi. To’g’ri dam olmasangiz ishlaringizdan baraka qochib, yoqqan ishlar ham yoqmay qoladi
Yechim: ba’zan maksimal bekorchi bo’lishimga qo’yib beraman va miya o’z haqini olgandan keyin yana darhol ishga qaytib oladi
Bu xuddi prujina siqilishiga o’xshaydi, u qancha kuchli siqilsa shuncha baland sakraydi, lekin bu vaqt oladi. Prujina yetarlicha siqilmasa ham harakatlanishi mumkin lekin sakramaydi
Xullas, agar siz katta sakrashlarni xohlasangiz to’g’ri dam olishni yo’lga qo’yishingiz kerak.
@strategik_sherik

September 17, 13:02

Sun'iy intellekt tabiiy intellektingizga tutilgan ko'zgu
Shu sababdan kimdir AI orqali milliard dollarlik kompaniya qurayotgan bir vaqtda boshqa biri shunchaki googledan topsa bo'ladigan ishlar uchun foydalanmoqda
Xulosa, o'zingiz o'smasangiz tashqaridagi hech bir narsa sizni yangi darajaga olib chiqolmaydi.
@nasullaevblog

September 09, 20:28

Biznes egasi qilishi kerak bo'lgan 2 ish bor
1. To'g'ri insonlarni topish
2. Ularni to'g'ri boshqarish modelini shakllantirish
Bu ikki ishni to'g'ri qilish uchun esa quyidagi 2 ishni qilishi kerak
1. Produkt konsepsiyasini ishlab chiqish. Kimning qanday muammosini qanaqa unikallik bilan hal qilyapti. Masalan, biznes egalarini shaxsiy brendini rivojlantirish orqali lead narxini arzonlashtirib, konversiyasini oshiramiz. (Compound effect beruvchi yechim). Unikalligimiz, media va hayotdagi shaxsiyatingiz orasida farq bo'lmaydi
2. Boshqaruv modeli idealogiyasi hamda instrumentlarini tayyorlash.
Bu faqat biznesda emas, istalgan loyihani boshqarish yoki maqsadga erishishda ham ishlaydi.
Aynan mana shu yechim formatini jamoamizda realizatsiya qilishimiz bilan qiladigan ishlarimni soni kamaydi, davomiyligi uzaydi, natijalar o'sdi, samaradorlik yaxshilandi.
Bilaman, murakkab bo'ldi. Tushungan bo'lsangiz reaksiya qoldiring
🔥
@nasullaevblog

August 22, 17:45

G’ayrat, katta gapirma
Bir ota maktab bilan tanishishga kelib:
— Maktab ochishdan maqsadinglar nima? — deb so‘radi.
Biznes. Pul topish. Tirikchilik, — dedim.
— Iya, ta’limdan maqsad ham pul bo‘ladimi?
— Boshqa katta maqsadlarimizni aytsam, hozir sizga quruq gap bo‘lib eshitiladi. Hali bizni tanimaysiz. Shuning uchun aniq narsani aytganim ikkimizga ham yaxshi, — dedim.
Katta niyating bo‘lsin.
Millatga foydang tegishini xohlarsan.
Bir sohani o‘zgartirmoqchidirsan,
Odamlar uchun katta ish qilish niyating bordir.
Lekin bularni hammaga aytib yurma.
O‘ta yaqinlaring bilsa, yetadi.
Katta da’voni erta aytishning o‘zingga ham zarari bor.
Hali ish qilmay turib, gapirib rohatini olib qo‘yasan.
Odamlarda katta kutish uyg‘otasan.
Keyin ish qilishdan ko‘ra, o‘zing haqingda yaratgan obrazga mos ko‘rinish bilan ovora bo‘lib qolasan.
Endi ish boshlagan yosh tadbirkorlarda shu narsa ko‘payib qolyapti:
Amal kichkina, da’vo katta.
Har ikki gapda “Inshaalloh”, “millat”, “ummat”, “kelajakni o‘zgartiramiz”.
Bu so‘zlarda muammo yo‘q.
Muammo — ular bilan o‘zingni amalingdan kattaroq ko‘rsatishda.
Katta niyat qil.
Kam gapir.
Ko‘p ish qil.
Da’vong amalingdan oldinga o‘tmasin.
Ba’zi katta maqsadlaringni esa amalga oshirmaguningcha o‘zingda saqlaganing yaxshi.
@boshqaruvchiga
|
Boshqaruv kursi

August 21, 19:36

🤓
/
😎
Aqlli bilan intellekti baland insonni adashtirmang
Aqlli inson - formulalar, kitobdagi barcha qonuniyatlar, noyob bilimlarni o’rganadi va yodlab oladi
Ko’plab ko’rik tanlovlar g’olibi va istalgan mavzuda suhbatlasha oladi
Intellekti yuqori inson esa bu darajada chuqur bilimga ega bo’lmasligi mumkin, lekin keraklicha biladi
Bilganlarini hayotini o’zgartirishga tadbiq eta oladi
Bu ikki inson hammamizni hayotimizda bor
Doim 5 ga o’qigan, barcha qoidalarga bo’ysunadi, o’z ishida undan zo’ri kam topiladi, lekin o’zi xohlagan hayotda yashayaptimikan? Savol ostida
Intellectual inson har jabhada sizga yoqadigan siz xohlagandek bo’lmasligi mumkin, lekin o’zi xohlagan hayotda yashaydi
Bir gap bilan tushuntiraman: Biznesning barcha qoidalarini bilib lekin o’zi biznes qilmaydigan murabbiy - aqlli.
Biznes qoidalari chuqur bilmaydigan lekin biznesi bor inson intellekti baland
Eng qiziq qarama qarshilik endi keladi
Biznesi bor va daromadi yaxshi, lekin halovati yoq inson - aqlli
Daromadi ham halovati ham bor inson - intellekti yuqori
Intellekt bilish bilan emas, bor resurslarni togri boshqarish va nafsga qarshi kurashish bilan o’lchanadi deb hisoblayman
Navalning bir gapi bilan mavzuni yakunlamoqchiman:
IQ’si baland insonni 2 narsadan bila olasiz:
1. Bu hayotda o’zi xohlaganiga erishganidan
2. Eng asosiysi, to’g’ri narsani xohlaganidan
Unutmang, hamma o’zi xohlaganiga erisholadi lekin erishgani to’g’ri bo’lmaydi
@nasullaevblog

July 27, 07:05

Yakuniy natijani nima ta'minlaydi?
• Bilim?
• G'oya?
• 24/7 ishlash?
Oxirgi kunlardagi ba'zi voqealardan keyin o'ylab qoldim
Nega ba'zi insonlarda g'oya juda ko'p, bilimi ham ko'p, lekin 24/7 ishlasa ham natija bo'lmaydi, yoki tan olinmaydi
Aynan shu savolim bor insonlarni uzoq kuzatish davomida olgan javobim juda oddiyligidan o'zim ham hayron qoldim
Mani xulosam bitta:
Mas'uliyatni olishdan qo'radi, boshini bolta ostiga qo'ymaydi.
Shu ishni qilish kerakligini, qayerda xato qilmaslik kerakligini biladi, lekin "Yakunda natija bo'lmasa javob berasanmi o'zing?" deb so'ralganda ortga chekinadi. Ha shunchaki "har qanday natija uchun man turib beraman" degan pozitsiyani o'zi yuqoridagilarning hammasidan ustun turadi
Shunday mindsetdagi odamda g'oya va bilim bo'lmasa ham u natijani ta'minlay olganini ham o'zim ham atrofdagilar misolida ko'rib kelyapman

July 26, 06:01

G'oya muhimmi yoki realizatsiyami?
Menimcha ikkinchisi muhimroq
Ideasi yoq lekin mavjud ideani amalga oshiroladigan odam bir kun kelib qanday qilib idea qilishni o'rgana oladi
Lekin ideasi bor, ammo amalga oshirmaydigan odam harakatga o'tishni o'rganish ehtimoli juda kam
Nega? Chunki g'oya qilishda risk yoq, amaliyotda esa risk bor
Kimki qo'rquvlarni yengib mas'uliyatni ola bilsa harakatga o'ta oladi
Harakatdan to'xtamagan odam esa bir kunmas bir kun aniq natijaga erishadi
Siz bu fikrga qo'shilasizmi?
Qo'shilaman -
🔥
Qo'shilmayman -
👎

July 25, 13:42
Media unavailable
1
Show in Telegram

Bu hayotda menimcha o’zi hayollarida yoshligida ekilgan orzu / tasavvur urug’larini parvarishlab, umri davomida o’stiradi
Siz ekkan ekiningiz hosili juda uzoq yillardan so’ng keladi
Shunday ekan miyangizga har xil urug’larni ekib tashlamang
🫱🏼‍🫲🏽
Qanday urug’ miyangizga ekilganini kimga havas qilayotganingiz, qanday maqsad tomon harakatlanayotganingizdan tahmin qilsa bo’ladi
@nasullaevblog

July 08, 17:34
Media unavailable
1
Show in Telegram

Kech bo'lganda yaxshi bepul darslik topib oldim
👆

July 08, 17:33
Media unavailable
1
Show in Telegram

KPI bo’yicha to’liq darslik
✅
🔗
Link:
https://youtu.be/MVC5OsNdoX4?si=Ald_ajJdpWANR-sb
Instagramdagi Reality’ning 9-kunida KPI haqida tushuntirdim.
@Abdulboriy_sotuvchi