Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Nofalsafiy fikrlar (20+)

nofalsafiy

Faqat fikrlashamiz!
Murojaat:
@Farhod_Azamov
- "5 ta kam" jurnalist(ish boʻlsa yozinglar, ishsiz ham hozirda), kinomen, 82 foizli "romantik"
Kino haqida -
@bobilkinoteatri

Subscribers
2 670
Post views
2 241
ER
83%
Posts
2 122
October 25, 16:51

Eng ogʻiri - oʻzingning kimligingni anglolmay qolish ekan. Men kimman? Kim uchundir farzand, kim uchundir umr yoʻldosh, kim uchundir nevara, kimnidir doʻsti va kimnidir dushmani. Lekin oʻzim uchun kimman? Bir kuni qarasa qandaydir "jurnalist", ertasiga "kinochi", kecha yurist edim, ertaga kim boʻlaman? Mana shu savol kechalari uxlashga bermayapti.
Men yaqingacha oʻzimni mustaqil fikriga ega, oʻzini tushungan, istaklari uchun yashayotgan odam deb bilar, oʻzimcha bundan gʻururlanib ham qoʻyardim. Lekin bugun oʻzimga bergan savollarimga javob topa olmagach, bundan maksimal qochadigan odamga aylanib ulgurdim. Men nimani istayman, nimaga yashayapman, kimman, kim boʻlmoqchiman? Ortiq bulardan qochishga madorim qolmadi.
Nega bularni bu yerga yozyapman, nega allaqachon umidimni uzgan kanalimga nimadir tashlayapman, odamlar menga achinishini xohlayapmanmi? Axir oʻzim emasmi har doim gapirishga qiynalgan paytlarim odamlarni achinib qarashlaridan nafratlanadigan, ularni mendan yaxshiroq gapira olgani oʻzlarini yaxshiroq deb oʻylab, achinganlarida ulardan nafratlanadigan?! Nega endi bunaqa qilyapman? Nega oʻzimga bunchalik tushunmay qoʻydim... Avvallari pafos toʻla gaplar yozib, oʻzimda ustunlikni his qilardim, keyinchalik shundan nafratlangan ham oʻzim edimku? Odamning eng katta urushi oʻziga qarshi boʻladi degan gaplar rost, bu urushda na yutasan, na magʻlub boʻlasan kishi.
Yoʻq men uylandim. Qaysi kalla bu bu ishga qoʻlim bor edi, umuman bunga tayyor boʻlmagan odam, unga qanday mehribonlik qilaman, oʻzimni kimligimni bilmay turgan holatda. Hammadan ham koʻproq farzandli boʻlishdan qoʻrqyapman, hech qachon bunaqa otam boʻlishini istamagan boʻlardim, u nega bunga duchor boʻlishi kerak.
Ha bu onda-sonda tutib turadigan melanxoliyaning humori. Ertaga oʻtib ketadi, ehtimol eslamayman ham, hech narsa boʻlmagandek kulib yuraveraman. Lekin bu bilan yashash...

September 11, 14:08
Media unavailable
1
Show in Telegram

#kinotavsiya
Bugun koʻrish uchun eng yaxshi film - "Fahrenheit 9/11". Bu kunda tarixdagi eng katta teraklardan biri sodir boʻlgan, 3000 dan ortiq odam halok boʻlgan. Film aynan ushbu mavzuda, yanayam aniqroq aytganda, Prezident Bush va uning hokimiyatining ushbu voqea bilan "aloqalari"ni tahlil qiladi, aslida bu uyushtirilgan deb aytishlarini asl sababini va rostdan ham shunday yoki yoʻqligini soʻzlab beradi. Filmni yaxshi ekanligini yana bir isboti, u Kann festivalida Palm d'or(eng yaxshi film) yutgan kam sonli hujjatli filmlardan biri hisoblanadi.
@bobilkinoteatri

September 08, 17:25

Yaqinda kitoblarni titkilab turib, dunyo faylasuflari degan kitobni topib oldim. Unda Demokratning quyidagi fikriga koʻzim tushdi: "Menga shohona, hashamatli hayot kerak emas, qashshoqlikda ham yashashni istamayman, menga oʻzimning oʻrtacha hayotim maʼqul".
Oʻylab koʻrsa rostdan ham oʻrtacha hayot tarzi yaxshiroq. Hech qachon abadiy baxtli boʻlishing iloji yoʻq, chunki unda buning taʼmi yoʻqolishi boshlaydi, umrbod azobda ham yashab boʻlmaydi. Lekin doimo oʻrtacha hayotda yashasa boʻladi, yeganim oldimda, yemaganim ortimda, degan naql bilan.
@nofalsafiy

August 19, 05:41

Masalan, internet, zamonaviy telefon, qurilmalar, umuman raqamli dunyoning rivojlanishi bizga anchagina qimmatga tushdi. Toʻgʻri, bu odamzodga juda katta erkinlik yaratgan boʻlishi mumkin, lekin minuslari ham yetarlicha. Tadqiqotlar haqida unchalik bilmayman, shunchaki oʻzimni koʻrganlarimdan aytmoqchiman.
Eslaysilarmi, avvallari bizning xotiramiz qanaqa edi, 10-15 yil avval qancha odamni raqamini yoddan bilardik, umuman hujjatlar, sanalar. Endichi, endi hammasi onlaynda bor, ularni eslab qolish nima kerak, yaxshisi miyani koʻproq vayn bilan toʻldirishi kerak. Xuddi shunday, oldinlari biror joyga borishni uyoqda tursin, katta sayohatlarga ham xotira bilan ketilgan. 2010 yil boshlarida boshqa mahallalarn, boshqa tumanlardan piyoda mol olib kelardik, hech qanaqa xaritalarsiz. Hozir uyimni orqasidagi korzinkaga ham lokatsiyasiz borolmayman.
Oxirgi marta qachon sheʼr yodlaganim esimda ham yoʻq. Aslida sheʼr miyani koʻproq ishlatishni eng yaxshi usuli, lekin biz buniyam allaqachon unutib yubordik. Universitetda shu mavzuda prezentatsiya qilgandim, kitob oʻqishni unutib qoʻyayapmiz deb. Shunchaki Googlega yozamiz, boʻldi. Avvalgidek maʼlumotlarni kitobdan oʻqish yoʻq, bir soniyada topilgan narsa, bir soniyada chiqib ketadi. Mana bu bizni rostmana dangasa qilib qoʻydi.
Sabrsizlik. Man kino koʻraman doim, lekin 1-2 yildan beri shunga ham sabr qilolmayapman, oʻzi hayotdagi eng sevimli mashgʻulotim lekin shunga ham sabrim yetmayapti. Man Garri Potterni 7 ta qismini hech narsa qilmay 1 kunda, bir oʻtirishda tugatgan odamman, hozirchi, hozir 2 soatlik kinoni bir oʻtirishda koʻrolmayman, sabrim yetmaydi bunga.
Oʻzimni "tema"mdan kelib chiqsak, internet romantikani butunlay oʻldiryapti. Hamma joyni onlayn muhabbat egallab oldi. Koʻl boʻyida qoʻl ushlashib yuradigan sevishganlar endi yoʻq, ular bir-biriga stiker yuborish bilan band. Sevgi standartlashib ketdi, aynan oʻziga xosligi bilan hamma narsadan ajralib turadigan muhabbat, endi eng bir xillikka ega narsaga aylanib qoldi. Sevgining eng muhim boʻgʻini boʻlgan jonli muloqot kamayib ketdi. Internetda boshqa, hayotda boshqalar, snapchat rasmlar haqida aytmasa ham boʻladi.
Shunaqa paytda xurjunni yelkaga olib toqqa chiqib ketging keladi kishi.
@nofalsafiy

August 13, 05:38


Nega erkaklar o‘nglarga, ayollar esa so‘llarga ovoz beradi?
Demokratik mamlakatlarda qiziqarli bir tendensiya kuzatiladi: yosh ayollar odatda so‘l siyosatga moyil bo‘lsa, yosh erkaklar o‘ng siyosatni qo‘llab-quvvatlaydi. Bu nima sababdan yuz beradi?
Buning bir nechta izohi bor:
1. Tenglik paradoksi.
Psixologiyadagi ko‘plab tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, erkak va ayol o‘rtasida tenglik oshgan sari ularning xulq-atvori va qarashlaridagi farqlar ham ortadi. Bu kasb tanlashda, shaxsiy xususiyatlarda, jinsiy munosabatlarda va boshqa ko‘plab sohalarda namoyon bo‘ladi. Albatta, bu siyosiy qarashlarga ham taalluqlidir. Ko‘proq patriarxal jamiyatlarda erkaklar ayollarga o‘z qarashlarini singdiradi. Jamiyat tenglashganda esa ayollar o‘zlariga haqiqatan ham yaqin bo‘lgan pozitsiyalarni erkin tanlay boshlaydi. AQShdagi so‘rovlar ayollarning migratsiya, abort, militarizm va yadro quroli kabi masalalarda so‘l pozitsiyaga moyilligini ko‘rsatadi.
2. So‘l harakatning “ayollashuvi”.
Uzoq vaqt davomida so‘l siyosatning asosiy elektorati sanoat ishchi sinfi edi, ularning aksariyati erkaklardan iborat bo‘lgan. XX asrning ikkinchi yarmida deindustrializatsiya va xizmat ko‘rsatish sohasining o‘sishi bilan bu ishchi sinf yo‘qola boshladi. Shunday sharoitda so‘l kuchlar yangi saylovchilar koalitsiyasini shakllantirishga majbur bo‘ldi. Bu koalitsiyaga talabalar va o‘sha davrda ommaviy ravishda mehnat bozoriga chiqa boshlagan ayollar kirib keldi. Natijada so‘l siyosat mafkurasi o‘zgardi: ishchi sinf uchun muhim bo‘lgan mavzular o‘rniga ular madaniyat va diskriminatsiya masalalarini ko‘proq ko‘tardilar. Bu esa ayollarning so‘l kuchlarni qo‘llab-quvvatlashiga turtki bo‘ldi.
3. Tanishuv (dating) muammolari. I
nternet paydo bo‘lgach, odamlar uchun juft topish ancha qiyinlashdi. Butun dunyoda munosabatda bo‘lgan odamlar soni kamaymoqda. Bunga bir nechta sabablar bor. Birinchidan, ayollarning mustaqilligi keskin oshdi: ularning daromadi ko‘paydi va o‘zini ta’minlash uchun turmushga chiqish zarurati yo‘qoldi. Daromadlar tenglashgan sharoitda ayollar nafaqat pul topadigan, balki yaxshi shaxsiy fazilatlari va yuqori mosligi bo‘lgan erkakni tanlashga harakat qiladi. Bu, albatta, juft topish jarayonini qiyinlashtiradi. Ikkinchidan, internet paydo bo‘lgach, odamlar yolg‘iz qolganida ham zerikmaydigan bo‘ldi: film, serial, o‘yinlar — hatto jinsiy ehtiyojni ham onlayn video ko‘rish orqali qondirish mumkin bo‘lib qoldi. Erkak va ayol juft topa olmaganda, ular bir-biriga nisbatan ranjish his qiladi va qarama-qarshi jinsni tushunish darajasi pasayadi.
4. Echo chambers.
Ijtimoiy tarmoqlar paydo bo‘lishi bilan erkak va ayollar majburiy muloqot qiladigan an’anaviy muhitlar yemirildi. Endi har kim kim bilan gaplashishni o‘zi tanlaydi. Bu esa erkaklar va ayollarning alohida onlayn jamoalarga ajralishiga olib keldi. Ijtimoiy tarmoqlardagi algoritmlar bu jarayonni yanada kuchaytirdi. Natijada erkaklar va ayollar onlayn makonda kamdan-kam uchrashadi, bu esa muloqotni qiyinlashtiradi.
@therealniyozov

July 30, 17:09
Media unavailable
1
Show in Telegram

Bugunda ushbu ruscha soʻzlar oʻzbekcha alternativlariga almashtirilyapti ekan. Yaxshi yurish, menimcha shunaqa davom ettirilsa anchagina yangilanish qilsa boʻladi tilda.
@nofalsafiy

July 16, 08:52

#chellenj Men kimman: Vasil Meni ifodalovchi film: Qora oqqush Meni ifodalovchi kitob: Dorian Greyning portreti Yodimdan chiqmaydigan kadr: Terabitya ko’prigi filmidagi Leslining Jess bilan yomg’ir ostidagi xayrlashuvi Ko’pchilikka yoqmaydigan, lekin…

July 15, 08:42

Doʻstim Ivan Karamazov yangi kanal ochibdi.
Oʻtib obuna boʻlib qoʻyinglar

July 01, 10:30
Media unavailable
2
Show in Telegram

Man oʻta liberal odamman, har doim davlat dunyoviy boʻlishini qoʻllab quvvatlayman. Lekin bu degani odamlarning diniy xohishlari istalgancha kamsitilinishi mumkin degani emas.
Oʻtgan yili Germaniyadagi olimpiadada oʻrin olgan qizni prezident bilan koʻrishishi uchun roʻmoli "yechtirilibdi". Kimdir oʻz xohishi bilan bunaqa ish qiladi degan gaplarga ishonmayman. Bu qonunga nisbatan hurmatsizlik, katta qilib vijdon erkinligi deb yozib qoʻyilgan. Avval futbolchilarni soqoli, endi bu. Erkinlikka qaysidir shaxslarning xohishlari chegara qoʻymasligi kerak, har xolda oʻzini "demokratiya" deb atovchi davlatda.
@nofalsafiy

June 26, 12:52
Media unavailable
1
Show in Telegram

Iyeeee
@nofalsafiy